Авторы

  • Ruslan Abatov
    Ajiniyoz nomidagi NDPI tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.71151

Аннотация

Yurtimizda ta’limga e’tibor yildan-yilga ortmoqda. Bunga misol tariqasida davlatimiz rahbari tomonidan chiqarilgan bir necha qaror va farmonlarini ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “O’zbekiston Respublikasi O’liy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi farmonida individual ta’lim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv rejalar ishlab chiqish orqali talabalar qiziqishlari hamda kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlariga muvofiq ta’lim dasturlarini shakllantirish, ularni tasdiqlash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga bosqichma-bosqich akademik mustaqillik berish kerakligi haqida aytilgan[1]. Albatta, ushbu konsepsiya asosida bir qancha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta’lim jarayonini tashkil etishda talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olish orqali ta’lim sifatini yana ham oshirish imkoniyatlari mavjud.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

77

TA’LIM JARAYONINI INDIVIDUALLASHTIRISH TA’LIMNING YANGI

TEXNOLOGIYASI SIFATIDA

Abatov Ruslan Kuatbayevich

Ajiniyoz nomidagi NDPI tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15012058

Yurtimizda ta’limga e’tibor yildan-yilga ortmoqda. Bunga misol tariqasida davlatimiz

rahbari tomonidan chiqarilgan bir necha qaror va farmonlarini ko’rishimiz mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “O’zbekiston
Respublikasi O’liy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to’g’risida”gi farmonida individual ta’lim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ
fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv rejalar ishlab chiqish orqali
talabalar qiziqishlari hamda kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlariga muvofiq ta’lim dasturlarini
shakllantirish, ularni tasdiqlash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga bosqichma-bosqich
akademik mustaqillik berish kerakligi haqida aytilgan[1]. Albatta, ushbu konsepsiya asosida bir
qancha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta’lim jarayonini tashkil etishda
talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olish orqali ta’lim sifatini yana ham oshirish
imkoniyatlari mavjud.

Yangi inovatsiyalarning paydo bo’lishi va ularning aylanishi o’z-o’zidan ularning yoqilgiga

bo’lgan talabin orttiradi. Shunday ekan, agarda texnologiya ajoyib dvigatel va kuchli katalizator
(tezlatgich) deb qaralsa, bilim uning yoqilgisi sifatida qaralishi kerak. Shunday qilib, hozir biz
jamiyat taraqqiyotini tezlashtirishning qiyin masalasiga keldik, sababi dvigatel har kuni
boyitilgan yoqilgi bilan to’ldirilishi kerak [2]. Elvin Tofflerning ushbu fikrlaridan kelib chiqqan
holda, biz bilimning insoniyat kelajagi uchun naqadar zarurligini anglashimiz mumkin. Kelajak
egalari bo’lgan bugungi kunning yoshlari vamisoli “innovatsiya” va yangidan yangi
“texnologiya”. Shunday ekan ushbu texnologiyalarni yurgizish uchun talaba yoshlar yangidan
yangi bilim va ko’nlikmalarni egallashi va kelajakda o’z faoliyatlarini zamon talabidan kelib
chiqqan holda amalga oshirishlari mumkin bo’ladi. Bu uchun esa, albatta, ular uchun zamonaviy
va yangi kasblarni egallashi uchun zarur bo’ladigan eshiklarni ochishimiz kerak. Bu degani
ularning kelajak faoliyatida muhum ro’l tutadigan va qiziqishlarini oshiradigan yangi o’quv
rejalarni ishlab chiqqan holda ularning individual ta’lim trayektoriyalarini tanlashga imkon
yaratishimiz kerak. Ushbu yondashuv ta’limda individuallashtirish muammosiga yangicha
yondachuvlarni paydo qilishga zaruratni keltirib chiqarmoqda.

Spirina va Sagoyakovalarning fikrlariga ko’ra umumiy bilim, ko’nikma va qobiliyatlarni

o’zlashtirish uchun individual xususiyatlarni inobatga olgan holda o’quv jarayonini tashkil etish
sifatida individuallashtirishni a’nanaviy tarzda ko’rib chiqish o’z o’rnini butunlay shaxsning
o’ziga xosligi va o’ziga xosligidagi individuallikga yo’naltirishga olib kelganligin ta’kidlaydi
[3;110].

Talabalar ta’lim jarayonida o’z ta’lim traektoriyalarini tuzish uchun talabalar o’zlariga

mos ta’lim muhitini ya’niy traektoriyasini yaratish kerak. Ushbu qarashlardan, ta’limda
individuallashtirish bo’yicha A.P. Tryapitsyna, B.S. Gershunsky va boshqalarning ishlarida
yoritilgan. Lekin, ushbu g’oyalar texnologik va ta’limiy jihatdan etarlicha ishlab chiqilmagan va
bular ommaviy ta’lim amaliyotida keng miqyosda qo’llanilmagan. So’ngi yillardagi pedagogik
va psixologik kuzatishlar ko’rsatadiki, hozirgi kunda Oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

78

tizimining joriy qilinishi bilan o’quv jarayonida talabalarning individual ta’lim traektoriyalarini
loyihalash va amalga oshirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
jarayonini individuallashtirish yurtimizdagi ta’lim tizimining eng asosiy vazifalaridan biri bo’lib
qolmoqda. Bu borada bir qancha ishlar olib borish, jumladan har bir soha o’ranuvchilarining
pedagogik va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda talabalarning individual ta’lim
traektoriyalarini loyihalashning pedagogik asoslarini takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Kasb nomlarining lug’atida keltirilgan statistik ma’lumotlarga ko’ra avvallari kasblar soni

yuzlab kasbni tashkil etgan bo’lsa keyinchalik bu raqamlar davrlar o’tishi bilan ko’payib
borganini va yana ham ko’payib borishi haqida aniq ma’lumotlar berilgan [4].

Mutaxassislarning fikrlariga ko’ra kasblar soni tobora ko’payib borishi, hattoki mavjud

kasblar soni iqtisodiy faol shaxslar soniga etishi mumkinligini ta’kidlaydi. Mavjud kasblar
sonining ortib borishi natijasida, shuningdek, kasblar doirasida o’zlashtirilgan bilim,
kompetensiya, ko’nlikma va malakalarning xilma xilligi sababli bo’lajak kasb egalarini
tayyorlashda ularning individual salohiyatiga mutanosib tayyorlash darajasiga o’tishni taqozo
etmoqda. Bu degani, bu tendentsiya individual ta’lim dasturlariga o’tishga olib keladi. Ushbu
ta’lim dasturlari bo’lsa, har bir talabaning ehtiyojlariga ko’ra shakllantirilishi kerak bo’ladi.
Kognitiv jamiyatdagi shaxs o’ziga xos bilim, ko’nikma va qobiliyatlar to’plamining
yetkazuvchisiga aylanadi. [5]. Shiddat bilan rivojlanayotgan davrda har qanday shaxsning talab
darajasidagi ishlash samaradorligini saqlab qolish maqsadida har bir inson hayoti davomida
muntazam o’qib, o’rganib borishi kerak. Albatta, ta’lim sifatida ham juda ahamiyatli. Karpenko
bosshiligidagi bir guruh olimlarning bergan xulosalariga ko’ra “o’liy ta’lim sifati bir qancha
omillarga bog’liq bo’lib, ular orasida eng muhimi oliy ta’lim muassasining ta’lim muhiti va har
bir talabaning qobiliyatir” deb o’z fikr va mulohazalarin keltirgan [6]. Shu nuqtai nazardan
qarasak, har bir ta’lim muassasi o’z talabalarining nimalarni o’rganishni hoqlayotganini
inobatga olgan holda, kelajak faoliyatlari uchun zarur bo’ladigan fanlarni ishlab chiqish va
talabalarga bir qancha tanlov fanlarining katalogini ishlab chiqish zarurati tug’ulmoqda. Bu
jarayon juda murakkab jarayonlardan hisoblanadi. Shunday bo’lishiga qaramasdan har oliy
ta’lim muassasi yangi o’quv dasturlarini, fanlarni va ularning sillabuslarini mukammal ishlab
chiqishi shart. Sababi hozirgi rivojlanayotgan global sharoitda raqobatbardosh kadrlar
tayyorlash dolzarb masala bo’lib qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son

“O’zbekiston Respublikasi O’liy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to’g’risida”gi farmoni.
2.

Toffler, E. (2008). Shock of the future. Moscow, Russia: AST

3.

Spirina, T.A., & Sagoyakova, N.F. (2014) Foreign and domestic experience in the higher

education individualization. World of Science, Culture, Education, 3(46), 110-113
4.

US Department of Labor. (1991). Dictionary of occupational titles (4

th

ed.). Washington,

DC: DOL.
5.

Karpenko M.P., Karpenko O.M., & Fokina V.N. (2016) Kognomika: monograph. Moscow,

Russia: Publishing house of MUH.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

79

6.

Karpenko M.P. (2007). Individualization of learning is the basis of it’s quality. In

proceedings of the All-Russian inter-disciplinary conference “Technology of individualization
of education in high school” (December 27, 2007). Moscow, Russia: MUH.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “O’zbekiston Respublikasi O’liy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi farmoni.

Toffler, E. (2008). Shock of the future. Moscow, Russia: AST

Spirina, T.A., & Sagoyakova, N.F. (2014) Foreign and domestic experience in the higher education individualization. World of Science, Culture, Education, 3(46), 110-113

US Department of Labor. (1991). Dictionary of occupational titles (4th ed.). Washington, DC: DOL.

Karpenko M.P., Karpenko O.M., & Fokina V.N. (2016) Kognomika: monograph. Moscow, Russia: Publishing house of MUH.

Karpenko M.P. (2007). Individualization of learning is the basis of it’s quality. In proceedings of the All-Russian inter-disciplinary conference “Technology of individualization of education in high school” (December 27, 2007). Moscow, Russia: MUH.