GEPATOPROTEKTOR TA’SIRGA EGA YIG’MA TARKIBIDAGI OG’IR METALLARNI ANIQLASH
Gepatoprotektor ta’sirga ega yig’ma tarkibida vitaminlar, flavonoidlar va mikroelementlarni saqlaydi, ammo ushbu yig’ma yetarlicha o'rganilmagan. Ilmiy tibbiyotga ushbu dorivor yig’mani tadbiq etish uchun, uning tozaligi talabga javob berishi kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, kadmiy, qo'rg'oshin va mis kabi og'ir metallar tirik organizmi uchun zaharli hisoblanadi, ular inson organizmida turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shu munosabat bilan dorivor o'simliklarning ekologik tozaligi muammosi ayniqsa dolzarb bo'lib qoladi [1, 2].