YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
71
SHAXS XUSUSIYATLARNI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIZMLARNING BADIIY
TARJIMADA IFODALANISHI
Mohigul Uraimova
Farg‘ona davlat universiteti, Tayanch doktorant.
mohigulqobulovna@gmail.com, Tel: +998901639616
https://doi.org/10.5281/zenodo.15004127
Annotatsiya:
Mazkur maqola frazeologizmlarni badiiy tarjimada ifodalanishi
masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda frazeologizmlarning tarjima jarayonidagi ahamiyati
haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
frazeologiya, frazeologizm, tarjima, analogik, lingvokulturologiya.
Аннотация.
В данной статье рассматривается вопрос репрезентации
фразеологизмов в художественном переводе, а также рассматривается значение
фразеологизмов в процессе перевода.
Ключевые
слова:
фразеология,
фразеологизм,
перевод,
аналоговый,
лингвокультурология.
Abtsract
. This article is devoted to the issue of the representation of phraseologisms in
literary translation, and discusses the importance of phraseologisms in the translation
process.
Keywords:
phraseology, phraseologism, translation, analog, linguoculturology.
Tarjima – bu ikki xalq, madaniyat orasidagi ma’naviy ko‘prikka o‘xshaydi. Zero, u ikki
madaniy sohillarini tutashtiruvchi doimiy rishta vazifasini bajaradi. Azaldan ilm-fan rivojida
tarjima muhim ahamiyatga ega hisoblangan. Shu sababli, arab xalifaligi davrida ham yunon
olimlarining ko‘plab asarlari buyuk mutafakkir olimlar tomonidan arab tiliga tarjima qilingan.
Tarjimon G‘.Salomov ta’kidlaganidek:
“Xalqlar hech qachon bir-birlaridan mutlaq ajralgan
holda yashashlari mumkin bo‘lmagani singari, ularning moddiy va madaniy yodgorliklari,
adabiyoti va san’ati ham hech qachon faqat bir milliy chegara doirasida “sof holda” saqlanib
qolmagan”
1
.
Tarjimon badiiy matnlardagi frazeologizmlarni tarjima qilish jarayonida bir qancha
murakkab qiyinchiliklarga duch keladi. Ulardan eng asosiysi bu bir tildagi frazeologizmning
ekvivalenti ikkinchi tilda mavjud emasligidir. Ushbu holatni tilshunos Mona Beykr
“bir necha
tillarda ma’lum bir ma’noni ifodalashda turli xil til vositalaridan foydalaniladi”
2
–
deya
izohlaydi.
Ya’ni, bir tilda so‘z birikmasi orqali ifodalangan ma’no boshqa bir tilda so‘z yoki
ibora bilan ifodalanishi mumkin. Shuningdek, frazeologik birliklarning
“tarjimonning soxta
do‘stlari”
3
deb atalishi ham bejiz emas. Zero, frazeologik birliklarning asosiy qismi to‘lig‘icha
yoki qisman ko‘chma ma’nolarda qo‘llanadi. Masalan, inglizcha
“a heart of oak”
idiomasini
oladigan bo‘lsak, ushbu idioma o‘zbek tilida “bag‘ritoshlik, bemehrlik”ni ifodalaydi degan
noto‘g‘ri tasavvur tug‘dirishi mumkin. Aslida esa ushbu frazeologizm ingliz tilida shaxslardagi
mardlik va bahodirlikni ifodalash uchun qo‘llaniladi. “
A wise man of Gotham”
idiomasini
1
Salomov, G‘. Tarjima nazariyasi asoslari. 1983, Toshkent, -b 36.
2
Baker, M. In Other Words. London: Routledge, 1992.
3
Subbotina.V. Challenges of translating phraseological units. Procedia: Social & Behavioral Sciences, 70, 1487–1492.
https://doi.org/10.1016/j.sbspro.2013.01.216
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
72
so‘zma-so‘z tarjima qilganimizda,
“Gotemning dono odami”
tarzida bo‘ladi. Aslida esa, ushbu
frazeologizm kinoya ma’nosida ishlatilib, shaxslardagi ahmoqlik, aqlsizlik xususiyatini
ifodalash uchun ishlatiladi.
“Big-headed”
idiomasi esa ba’zida
“aqli to‘la, aqlli”
sifatida boshqa
til egalarida xato tasavvur tug‘diradi, aslida, ushbu frazeologizm insonlardagi “takabburlik,
kibr”ni ta’riflashda ishlatiladi. Tarjima jarayonida bu kabi misollarning bir qanchasiga duch
kelishimiz mumkin. Bu asosan, ikki xalq madaniyatidagi olamni idrok qilishdagi
nomuvofiqliklar (kognitiv dissonans) tufayli yuz beradi. Shu sababli, asliyat tilidagi idiomalar
tarjima oddiy so‘zlar orqali ifodalanishi yoki aksincha, asliyatdagi oddiy so‘z va so‘z birikmalar
tarjima tilida frazeologik birliklar shaklida kelishi ham mumkin.
Tarjima jarayonida “tarjima qilinishi mushkul til birliklari”
4
orasida birinchi o‘rinda
frazeologizmlar turadi.
Frazeologik birliklarni tarjima qilishda asosan, uch usuldan foydalanish tavsiya etiladi:
“1. Butunlay muvofiqlik;
2. Qisman muvofiqlik;
3. Muvofiqlikning yo‘qligi”
5
.
1. Butunlay muvofiqlik – asliyatdagi frazeologik birliklarning tarjima tilida turg‘un
ekvivalentining
mavjudligi.
Ushbu
guruhga
shaxs
xususiyatlarini
ifodalovchi
frazeologizmlardan quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
1. Thick-skinned – terisi qalin
2. Thin-skinned – terisi yupqa
2. Qisman muvofiqlik – asliyatdagi frazeologik birliklarning tarjima tilida to‘la muqobil
ekvivalentining yo‘qligi. Ushbu guruhga shaxs xususiyatlarini ifodalovchi frazeologizmlardan
quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
1. As gentle as a dove – musichadek beozor
2. An eagle eye – qirg‘iy ko‘z
3. Muvofiqlikning yo‘qligi – asliyatdagi frazeologik birliklarning tarjima tilida
ekvivalentlarining umuman mavjud emasligi. Ushbu frazeologik birliklarni tarjima qilishda
quyidagi usullardan foydalaniladi:
– So‘zma-so‘z tarjima: as poor as a church mouse – cherkov sichqonidek kambag‘al.
–
Analogik tarjima: as artful as a wagonload of monkeys – yerga ursa ko‘kka sapchiydigan.
–
Izohli tarjima.
–
Bir-biriga yaqin bo‘lmagan tillardagi badiiy asar tarjimasida asosan, uchinchi guruhdagi
usullardan foydalaniladi. Buni quyidagi berilgan misollardan ham ko‘rishimiz mumkin.
Ishimizning ushbu bobida ingliz tilidagi badiiy asarlarda qo‘llanilgan shaxs
xususiyatlarini ifodalovchi frazeologizmlarning o‘zbek tilidagi tarjimalarini tahlil qilamiz.
Tahlil obyekti sifatida J.Londonning “Martin Iden” asarining asliyatdagi matni va
o‘zbekchadagi tarjimasini oldik. Ushbu badiiy asardagi ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima
qilingan frazeologizmlarning ifodalagan ma’nosi tahlil qilindi.
Misol: “Cheese-Face wanted to demur,
–
Martin could see that – but Cheese-Face’s old
perilous pride was touched before the two gangs”. (J.London, Martin Eden. -P 134).
4
Влахов С., Флорин С. Непереводимое в переводе. Москва, Международные отношения, 1980. -С 179.
5
Sirojiddinov Sh., Odilova G. Badiiy tarjima asoslari. Monografiya. Toshkent, 2011. -B 101.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
73
Raqib taraddudlanib qoldi – Martin buni payqadi, lekin Moy Qovoq sirkasi suv
koʻtarmaydigan yigit edi, shuning uchun shuncha tomoshabin oldida sharmanda boʻlishni
istamasdi. (Q.Mirmuhammedov tarjimasi, Martin Iden. -B 160).
Ushbu misolda Moy Qovoqning
“old perilous pride”
(eski xavfli mag‘rurligi) birikmasi
tarjimon Q.Mirmuhamedov tomonidan o‘zbek tilida
“sirkasi suv ko‘tarmaydigan”
iborasi orqali
ifodalangan va bu orqali gapdagi ekspressivlik darajasi yanada oshgan.
Misol: “Yes, I
–
no invalid,” said he. When it comes
–
to hard-pan, I can digest rusty iron
(J.London, Martin Eden, 1960,28).
–
Да, я вообще здоров как бык,
–
сказал он. Ежеле понадобится могу переварить
ржавое железо (Ж.Лондон, Мартин Иден, - c 15 ).
–
Ha, umuman, men otdek sog‘lom – dedi u. Lozim bo‘lsa zanglagan temirni ham hazm
qilib yuboraman. (Q.Mirmuhammedov tarjimasi, Martin Iden, 15-bet).
Asarning asliyatida
“I am not handicapped” va “I am not invalid”
variantlari keltirilgan.
Rus tilida ushbu birikma “
здорови как бык” (healthy as an ox)
frazeologik birligi orqali
ifodalangan bo‘lsa, o‘zbek tilida esa “otdek sog‘lom” iborasidan foydalanilgan.
Misol: But while he believed Arthur’s description, and appeared a gentle lamb rather than
a willed man he was racing his brains for a course of action (J.London. Martin Eden, p 33).
Lekin Martin ayni damda Artur tasvirlagan yovvoyi odamga qaraganda koʻproq yuvosh
qoʻzichoqni eslatib oʻtirarkan, oʻzimni qanday tutishim kerak, degan savol ustida hamon bosh
qotirardi. (Q.Muhammedov tarjimasi, Martin Iden, -b 27).
Ushbu misoldagi “a gentle lamb” frazeologizmi “birovga ozor berolmaydigan, yuvosh”
odamlarni ta’riflashda ishlatiladi. Tarjimon Q.Muhammedov ushbu frazeologik birlikni
“yuvosh qo‘zichoq” tarzida so‘zma-so‘z tarjima qilgan. Aslida ushbu birikma “qo‘y og‘zidan
cho‘p olmagan” tarzida tarjima qilinganda, yanada to‘g‘riroq bo‘lar edi.
Bilamizki, tarjima jarayonida badiiy asar aks ettrigan madaniyatni to‘laligicha tarjima
qilinayotgan tilga olib o‘tish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, ba’zan xalqning
madaniy ruhi aks etgan birliklar bir tildan ikkinchi tilga so‘zma-so‘z tarjima qilinadi. Lekin
shunday holatlar bo‘ladiki, ikkinchi tilda ham aynan o‘sha iboraning muqobil variant mavjud
bo‘ladi va undan foydalanilganda, muallif ifodalamoqchi bo‘lgan ma’no ham aynan aks etadi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, tarjima jarayonida asliyatda ifodalangan ma’noni
kitobxonga yetkazib berishi uchun tarjimon asliyat tilidagi frazeologizmlarni bilishi katta
ahamiyatga ega. Zero, ularni so‘zma-so‘z o‘girish orqali ma’no o‘zgarib ketishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Baker M. In Other Words. London: Routledge, 1992.
2.
London J. Martin Eden. London, 1960.
3.
Salomov G‘. Tarjima nazariyasi asoslari. 1983, Toshkent.
4.
Sirojiddinov Sh., Odilova G. Badiiy tarjima asoslari. Monografiya. Toshkent, 2011.
5.
Subbotina V. Challenges of translating phraseological units. Procedia: Social &
Behavioral Sciences, 70, 1487–1492.https://doi.org/10.1016/j.sbspro.2013.01.216
6.
Влахов С., Флорин С. Непереводимое в переводе. Москва, Международные
отношения, 1980.