Авторы

  • Muxtabar Zafarova
    Toshkent farmatsevtika instituti 3-bosqich talabasi
  • Shahnoza Xalilova
    PhD, dotsent Toshkent Farmatsevtika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.71173

Аннотация

Gepatoprotektor ta’sirga ega yig’ma tarkibida vitaminlar, flavonoidlar va mikroelementlarni saqlaydi, ammo ushbu yig’ma  yetarlicha o'rganilmagan. Ilmiy tibbiyotga ushbu dorivor yig’mani  tadbiq etish uchun, uning tozaligi talabga javob berishi kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, kadmiy, qo'rg'oshin va mis  kabi og'ir metallar tirik organizmi uchun zaharli hisoblanadi, ular inson organizmida turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shu munosabat bilan dorivor o'simliklarning ekologik tozaligi muammosi ayniqsa dolzarb bo'lib qoladi [1, 2].


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

7

GEPATOPROTEKTOR TA’SIRGA EGA YIG’MA TARKIBIDAGI

OG’IR METALLARNI ANIQLASH

Zafarova Muxtabar Zoxidjon qizi

Toshkent farmatsevtika instituti 3-bosqich talabasi

muxtabarzafarova@gmail.com tel: (+99899)976-10-72

Xalilova Shahnoza Ravshanovna

PhD, dotsent Toshkent Farmatsevtika instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14997474

Dolzarbligi.

Gepatoprotektor ta’sirga ega yig’ma tarkibida vitaminlar, flavonoidlar va

mikroelementlarni saqlaydi, ammo ushbu yig’ma yetarlicha o'rganilmagan. Ilmiy tibbiyotga
ushbu dorivor yig’mani tadbiq etish uchun, uning tozaligi talabga javob berishi kerak. Shuni
ta’kidlash kerakki, kadmiy, qo'rg'oshin va mis kabi og'ir metallar tirik organizmi uchun
zaharli hisoblanadi, ular inson organizmida turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shu
munosabat bilan dorivor o'simliklarning ekologik tozaligi muammosi ayniqsa dolzarb bo'lib
qoladi [1, 2].

Tadqiqotning maqsadi

. Gepatoprotektor ta’sirga ega yig’ma tarkibida og’ir metallarni

miqdorini aniqlash.

Usul va uslublar

. Gepatoprotektor ta’sirga ega yig’ma 2023-2024 yillari yig’ib olingan.

Yig’ma dorivor sut qushqo’nmas, o’tloq sebargasi, dorivor bo’znoch va makkajo’xori
popugidan tashkil topgan. ICP-MS mass-spektrometrida induktiv bogʻlangan plazma usuli,
ya'ni komponentlar ionlashganda hosil boʻluvchi ionlar massasiga zaryad massasini
aniqlashga asoslangan moddalarni oʻrganish usuli orqali aniqlandi. 0,5 g boʻlgan mahsulot
tortmasi teflonli avtoklavlarga joylashtirildi va tozalangan konsentrasiyalangan mineral
kislotalar aralashmasi (azot kislotasi va vodorod peroksidi) qoʻshildi. Shundan soʻng
avtoklavlar yopildi va barcha ehtiyot choralariga rioya qilingan holda, MWS-3 dasturiy
ta'minotiga ega Berghof mikrotoʻlqinli asbobga solindi. Parchalash dasturi oʻrganilayotgan
moddaning turidan kelib chiqqan holda belgilanib, parchalanish darajasi va avtoklavlar
miqdori koʻrsatildi.

Qizdirishning quyidagi rejimi qoʻllanildi: 25 daqiqa davomida haroratni 210°S gacha

koʻtarish, 10 daqiqa davomida 210°S gacha haroratda ushlab turish, 45°S haroratgacha
sovutish. Avtoklav ichidagini aralashtirish uchun sovutilgan avtoklav silkitildi va bosimni
muvozanatlash uchun qopqogʻi bir oz ochildi (sifatli qilib joylashtirilgan sinama azot oksidlari
ajratilganidan keyin tubida erimagan zarralardan va devorlarida ftoroplastli qatlamdan holi
boʻlgan rangsiz yoki sargʻish shaffof eritma koʻrinishida boʻladi). Xona haroratigacha
sovutilgan eritmani sinamada kutilgan element miqdoriga qarab 50 yoki 100 ml sigʻimli
oʻlchov kolbasiga oʻtkazdik, vkladish devorlari azot kislotaning 0,5% kichik qismlari bilan
yuvildi, belgilangan koʻrsatkichgacha etkazilib, yaxshilab aralashtirildi.

Elementning eritmalardagi umumiy konsentrasiyasini oʻlchash uchun tahlil qilinayotgan

sinama eritmalari peristaltik nasos yordamida mass-spektrometrning purkovchi kamerasiga
uzatildi va argon tokida (gaz sofligi 99,95%) hosil boʻlgan a'rozol atomlarning ionlashishi roʻy
bergan gorelkaga tushdi. Oʻrganilayotgan namunadagi moddaning haqiqiy miqdoriy
koʻrsatkichlari haqidagi ma'lumotlar olinganidan keyin asbob avtomatik tarzda mg/kg yoki
mkg/g koʻrinishida xatolik chegarasi RSD % da hisoblab chiqardi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

8

Natijalar

. Tadqiqot natijasida gepatoprotektor ta’sirga ega yig’ma tarkibida og’ir

metallar: mis - 23,7 mg/kg, qo’rg’oshin - 3,28 mg/kg, kadmiy - 0,055mg/kg miqdorda borligi
aniqlandi.

Element

Miqdori,mg/kg

Element

Miqdori,mg/kg

1.

Li

7

22,9

32.

Sn

119

0,145

2.

Be

9

0,067

33.

Sb

122

0,119

3.

B

11

82,1

34.

Te

128

0,10

4.

Na

23

3519

35.

Cs

133

1,04

5.

Mg

24

5494

36.

Ba

137

150

6.

Al

27

30464

37.

La

139

18,8

7.

P

31

4267

38.

Ce

140

32,3

8.

K

39

37025

39.

Pr

141

3,27

9.

Ca

40

15957

40.

Nd

144

6,71

10.

Sc

45

3,16

41.

Sm

150

1,88

11.

Ti

48

107

42.

Eu

152

0,499

12.

V

51

2,03

43.

Gd

157

1,49

13.

Cr

52

4,04

44.

Tb

159

0,180

14.

Mn

55

52,6

45.

Dy

163

0,833

15.

Fe

56

552

46.

Ho

165

0,172

16.

Co

59

0,408

47.

Er

167

0,402

17.

Ni

59

3,69

48.

Tm

169

0,051

18.

Cu

64

23,7

49.

Yb

173

0,358

19.

Zn

65

31,4

50.

Lu

175

0,085

20.

Ga

70

1,29

51.

Hf

178

0,01

21.

As

75

0,308

52.

Ta

181

0,139

22.

Se

79

0,639

53.

W

184

0,01

23.

Rb

85

33,0

54.

Re

186

0,139

24.

Sr

88

80,4

55.

Pt

195

0,01

25.

Y

89

5,14

56.

Au

197

0,05

26.

Zr

91

3,89

57.

TI

204

0,002

27.

Nb

93

0,300

58.

Pb

207

3,28

28.

Mo

96

2,46

59.

Bi

209

0,028

29.

Ag

108

1,62

60.

Th

232

5,75

30.

Cd

112

0,055

61.

U

238

0,191

31.

In

115

0,002


Xulosa

. Birinchi marta ICP-MS (induktiv bogʻlangan plazmaning mass-spektrometr)

usuli yordamida gepatoprotektor ta’sirga ega yig’ma tarkibida ogʻir metallar miqdori
aniqlandi. Zaharli elementlar konsentrasiyasi darajasi belgilangan qiymatlar chegarasida
boʻlib, bu tavsiya etilayotgan dorivor yig’mani ekologik toza mahsulot qatoriga kiritishga
imkon berdi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

9

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Терёшкина, О.И., Самылина, И.А., Рудакова, И.П., Гравель, И.В. (2011),

Гармонизация подходов по оценке безопасности состава лекарственных растительных
препаратов, Биомедицина, 2011, №3, С. 80-85.
2.

Терёшкина, О.И., Рудакова, И.П., Гравель, И.В., Самылина, И.А. (2010), Проблема

нормирования тяжелых металлов в лекарственном растительном сырье, Фармация, №
2, С. 7-11.
3.

Дементьева Т.М., Компанцева Е.В., Санникова Е.Г., Фролова О.О. Макро- и

микроэлементы коры и побегов некоторых видов ивы, произрастающих на Северном
Кавказе // Дальневосточный медицинский журнал. - 2017. - № 3. - C. 56-59.

Библиографические ссылки

Терёшкина, О.И., Самылина, И.А., Рудакова, И.П., Гравель, И.В. (2011), Гармонизация подходов по оценке безопасности состава лекарственных растительных препаратов, Биомедицина, 2011, №3, С. 80-85.

Терёшкина, О.И., Рудакова, И.П., Гравель, И.В., Самылина, И.А. (2010), Проблема нормирования тяжелых металлов в лекарственном растительном сырье, Фармация, № 2, С. 7-11.

Дементьева Т.М., Компанцева Е.В., Санникова Е.Г., Фролова О.О. Макро- и микроэлементы коры и побегов некоторых видов ивы, произрастающих на Северном Кавказе // Дальневосточный медицинский журнал. - 2017. - № 3. - C. 56-59.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)