YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
147
MIKROQARZLAR TIZIMINI RIVOJLANTIRISH XALQARO TAJRIBALAR
TAHLILI
Ravshanova Sevara Zafar qizi
Buxoro Innovatsiyalar Umiversiteti
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) mutaxassisligi magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.15037152
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mikroqarzlar tizimining xalqaro amaliyotdagi o‘rni, turli
davlatlar (Tanzaniya, Hindiston, Keniya, Marokash, Indoneziya, Vetnam, Boliviya, Braziliya)
tajribalari hamda O‘zbekiston sharoitida joriy etilishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar tahlil
qilinadi. Xususan, moliyaviy savodxonlikni oshirish, mobil texnologiyalarni qo‘llash, islomiy
moliya prinsiplari, ayollar jamg‘arma-guruhlarini rivojlantirish va agrar sohaga yo‘naltirilgan
mikroqarz siyosati kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mikroqarzlar ijtimoiy
dasturlar bilan integratsiyalash orqali kambag‘allikni kamaytirish, iqtisodiy faollikni
kuchaytirish va moliyaviy inklyuziyani ta’minlashdagi afzalliklari hamda bu jarayonlardagi
xavf-xatarlar yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
Mikroqarzlar, kambag‘allik, moliyaviy savodxonlik, mobil texnologiyalar,
islomiy moliya, ayollar jamg‘arma-guruhi, agrar mikrokreditlash, ijtimoiy dasturlar, iqtisodiy
faollik, O‘zbekiston.
KIRISH
Mikroqarzlar tizimi kambag‘allikni kamaytirish, iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish va
aholi turmush darajasini yaxshilashda muhim omil sifatida jahon miqyosida e’tirof etilgan.
Turli davlatlarda bu borada turlicha yondashuvlar qo‘llab-quvvatlanib, o‘ziga xos ijobiy
natijalar berib kelmoqda. Avvalo, moliyaviy savodxonlikni oshirish mikroqarz mablag‘laridan
samarali foydalanish va qarzdorlik tuzog‘iga tushib qolmaslikda eng asosiy omillardan biri
sifatida namoyon bo‘ladi. Tanzaniya, Hindiston, Keniya kabi davlatlar misolida ko‘rish
mumkinki, moliyaviy ta’lim dasturlarini keng joriy etish orqali aholi o‘z-o‘zini band qilish
imkoniyatlarini kengaytirishiga erishilgan.
Mikroqarzlar amaliyotiga mobil texnologiyalarni jalb qilish Keniya tajribasida yorqin
namoyon bo‘lgan bo‘lsa-da, bu borada raqamli xavfsizlik, IT infratuzilmaga bo‘lgan talab,
regulyatsiya masalalari hamisha diqqat markazida turadi. Shuningdek, Marokash misolida
islomiy moliya prinsiplari, xususan, ribosiz kreditlar, mudharaba va mushoraka shartnomalari
mikromoliya sohasini kengaytirish, turli e’tiqod va qarashlarga ega aholining ishonchini
qozonish uchun muhim omil sifatida namoyon bo‘layotgani kuzatiladi.
Hindiston, Bangladesh, Misr kabi davlatlarda ayollar jamg‘arma-guruhlarining
rivojlanishi ijtimoiy birdamlik va iqtisodiy mustahkamlikni ta’minlashda muhim voqelik
bo‘lib, O‘zbekistonda ham “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” kabi milliy dasturlarni
mikroqarz bilan uyg‘unlashtirish mumkin. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi va agrar sohada
mikrokredit siyosatini takomillashtirish, diversifikatsiyalash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Indoneziya, Vetnam, Boliviya kabi davlatlar resurslar cheklanganligi, ta’minot zanjirini to‘liq
shakllantirish qiyinligi, valyuta xatarlarining mavjudligi kabi holatlarga e’tibor qaratish
zarurligini ko‘rsatib turibdi.
Braziliyada esa “Bolsa Familia” dasturlari bilan mikroqarzlarni integratsiyalash
kambag‘al qatlamni nafaqat ijtimoiy yordam olish, balki iqtisodiy mustaqillikka erishish sari
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
148
yo‘naltirmoqda. O‘zbekistonda ham ushbu tajribani inobatga olib, ijtimoiy yordam olayotgan
oilalarni bosqichma-bosqich mikroqarzlarga jalb etish orqali, ularning o‘zini o‘zi band
qilishiga, aholi turmush darajasini yaxshilashga erishish mumkin.
Mikroqarz tizimi dunyoda Grameen Bank modeli (Bangladesh), Bank Rakyat Indonesia
(Indoneziya), BancoSol (Boliviya) kabi ko‘plab muvaffaqiyatli tajribalar bilan boyib
bormoqda. O‘zbekistonda ham bu tizimni joriy etish yoki kengaytirishning o‘ziga xos qirralari
mavjud bo‘lib, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish,
islomiy moliya prinsiplarini sinovdan o‘tkazish, ayollar jamg‘arma-guruhlariga e’tibor
qaratish kabi qator yo‘nalishlar orqali mikroqarzlar samaradorligini oshirish imkoniyati
paydo bo‘lmoqda.
Moliyaviy savodxonlikni kuchaytirish barcha tajribalarda eng muhim omillardan biri
sifatida ko‘rsatildi. Xususan, Tanzaniya, Hindiston, Keniyada moliyaviy savodxonlikni oshirish
orqali aholi mikroqarz mablag‘larini samarali ishlatish, qarzdorlik tuzog‘iga tushib qolmaslik,
o‘z-o‘zini band qilish imkoniyatlarini yuksaltirish mumkinligini ko‘rish mumkin.
O‘zbekistonda ham maktab, kollej va oliy ta’lim muassasalarida, shuningdek, ommaviy
axborot vositalari, onlayn platformalar orqali moliyaviy savodxonlik bo‘yicha keng qamrovli
dasturlar yo‘lga qo‘yish lozim.
Mobil texnologiyalarni qo‘llash Keniyada ijobiy natija bergan bo‘lsa-da, nazorat
mexanizmlarining sustligi, IT xavfsizligi, raqamli tafovut kabi muammolar ham e’tiborga
molik. O‘zbekistonda ham mobil banking, onlayn to‘lovlar, mikroqarz platformalarini joriy
etish asnosida raqamli infratuzilmani kengaytirish, xavfsizlikni ta’minlash, mijozlarga qulay
foydalanish imkoniyatlarini yaratish, regulyatsiya qilish tizimini takomillashtirish zarur
bo‘ladi.
Ayni paytda, Markaziy Osiyo va O‘zbekiston sharoitida islomiy moliya prinsiplari joriy
etilishi ham bir imkoniyatdir. Marokash misolida shariatga mos moliyaviy vositalar orqali
mikromoliya jarayonlarini kengaytirish, kengroq aholini qamrab olish imkoniyati yaratilgan.
O‘zbekistonda ham islomiy moliya instrumentlarini sinab ko‘rish, xususan, ribosiz mikroqarz
berish, mudharaba va mushoraka kabi shartnomalar orqali risklarni bo‘lishish modeli joriy
etilishi mumkin.
Shuningdek, ayollar jamg‘arma-guruhlarini rivojlantirish Hindiston, Bangladesh, Misr
kabi davlatlarda ijobiy natijalar bergan. O‘zbekistonda ayollarni tadbirkorlikka jalb qilish,
ularga maxsus moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan mikroqarzlar orqali iqtisodiy
mustahkamlikka erishish kambag‘allikni kamaytirish yo‘lida muhim qadamdir. “Ayollar
daftari” va “Yoshlar daftari” kabi milliy dasturlarni mikroqarz siyosati bilan uyg‘unlashtirish
yoshlar, ayollar, ayniqsa qishloq joylarida yashovchi ishchi kuchining iqtisodiy faolligini
oshiradi.
Qishloq xo‘jaligi, dehqon xo‘jaliklari va fermerlarni mikrokreditlash borasida
Indoneziya, Vetnam, Boliviya tajribalari qimmatli saboqlar beradi. Resurslar cheklanganligi,
ta’minot zanjirini to‘liq shakllantirish qiyinligi, valyuta xatarlarining mavjudligi ushbu
davlatlarda kuzatilgan muammolar bo‘lib, O‘zbekiston ham bundan saboq olishi, ya’ni agrar
sohada mikrokredit siyosatini aniq hisob-kitoblar, rizq manbalari diversifikatsiyasi, sug‘urta
instrumentlarini qo‘llash bilan boyitishi lozim.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
149
Ijtimoiy dasturlar bilan integratsiya ham qiziqarli tajriba. Braziliyada “Bolsa Familia”
kabi dasturlar bilan mikroqarz mexanizmlarini uyg‘unlashtirish ijtimoiy himoya va iqtisodiy
imkoniyatlarni parallel ravishda kengaytirgan. O‘zbekiston ham kambag‘allikni kamaytirish
dasturlarini mikroqarz bilan integratsiya qilish orqali, masalan, ijtimoiy yordam olayotgan
oilalarni mikrokreditlashga bosqichma-bosqich jalb etishi mumkin. Bu odamlarning nafaqat
ijtimoiy yordamga suyanib yashashiga, balki o‘zini o‘zi band qilishi, daromad manbalarini
kengaytirishi va asta-sekin iqtisodiy mustaqillikka erishishiga yo‘l ochadi.
Quyidagi 1-jadvalda rivojlanayotgan davlatlar, shuningdek O‘zbekiston tajribasi orqali
mikroqarzlar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlari tahlil qilingan.
1-jadval.
Mikroqarzlar orqali kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha xalqaro tajribalar
1
Davlat
Mikroqarzlar orqali erishilgan natijalar
Bangladesh
2
Grameen Bank orqali 9 milliondan ortiq mijozlar, asosan ayollar, mikroqarz olgan va
ularning 80% dan ortig‘i kambag’allikdan chiqqan.
Hindiston
3
Microfinance Institutions Network ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda 50 milliondan
ortiq mijozlarga mikroqarzlar berilgan, bu esa kambag’allik darajasini sezilarli
darajada kamaytirgan.
Keniya
4
M-Pesa mobil banking tizimi orqali 20 milliondan ortiq foydalanuvchilar mikroqarz
olgan va bu ularning daromadlarini 30% ga oshirishga yordam bergan.
Filippin
5
CARD MRI tashkiloti orqali 6 milliondan ortiq mijozlar mikroqarz olgan va ularning
97% ayollar bo‘lib, oilaviy daromadlarini oshirishga erishgan.
Meksika
6
Compartamos Banco orqali 2 milliondan ortiq mijozlar mikroqarz olgan va ularning
90% dan ortig‘i kichik bizneslarini rivojlantirgan.
Peru
7
Mibanco orqali 1,5 milliondan ortiq mijozlar mikroqarz olgan va ularning 70%
kambag’allikdan chiqqan.
Indoneziya
8
Bank Rakyat Indonesia orqali 30 milliondan ortiq mijozlar mikroqarz olgan va
ularning 60% dan ortig‘i daromadlarini oshirgan.
Vyetnam
9
Vietnam Bank for Social Policies orqali 10 milliondan ortiq mijozlar mikroqarz olgan
va ularning 80% kambag’allikdan chiqqan.
Kambodja
10
ACLEDA Bank orqali 2 milliondan ortiq mijozlar mikroqarz olgan va ularning 75%
daromadlarini oshirgan.
O‘zbekiston
11
Mikromoliyaviy xizmatlar orqali 2022-yilda 1 milliondan ortiq mijozlar mikroqarz
olgan va ularning 50% dan ortig‘i kambag’allikdan chiqqan.
1
Muallif ishlanmasi.
2
Юнус М. Создание мира без бедности: социальный бизнес и будущее капитализма. – Public Affairs, 2007.
3
Microfinance Institutions Network (MFIN). Microfinance Industry Report 2020. – MFIN, 2020.
4
Suri, T., & Jack, W. (2016). The long-run poverty and gender impacts of mobile money. Science.
5
CARD MRI. Annual Report 2020. – CARD MRI, 2020.
6
Compartamos Banco. Annual Report 2020. – Compartamos Banco, 2020.
7
Mibanco. Annual Report 2020. – Mibanco, 2020.
8
Bank Rakyat Indonesia. Annual Report 2020. – Bank Rakyat Indonesia, 2020.
9
Vietnam Bank for Social Policies (VBSP). Annual Report 2020. – VBSP, 2020.
10
ACLEDA Bank. Annual Report 2020. – ACLEDA Bank, 2020.
11
Ўзбекистон Республикаси Марказий банки. Микрокредитларнинг иқтисодиётдаги роли бўйича ҳисоботи. –
Тошкент: Марказий банк нашриёти, 2022.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
150
Mikroqarz dasturlarini kengaytirish va samaradorligini oshirish orqali ko‘plab
mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishga erishmoqda. Ushbu tajribalar boshqa davlatlar uchun
kambag’allikka qarshi kurashda samarali model bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Mikroqarz tizimi haqida so‘z yuritganda, eng birinchi o‘rinda Bangladeshdagi Grameen
Bank misoli keltiriladi. Ushbu model tarixiy jihatdan dastlabki muvaffaqiyat hikoyalari
sirasiga kiradi. Bank asoschisi Muhammad Yunus odatiy garov yoki kafolatni talab qilmagan
holda, kichik summadagi kreditlarni ayollardan iborat guruhlarga berish tamoyilini joriy
etgan. Bunda guruhli kredit mexanizmi qo‘llanilib, mas’uliyatni o‘zaro bo‘lishish orqali risk
pasaytirilgan. Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi ijtimoiy hamjihatlik guruh a’zolarini kreditni o‘z
vaqtida qaytarishga undagan.
Ushbu modelning avzalligi shundaki, guruhli kreditlash jamiyat a’zolari o‘rtasida kuchli
ijtimoiy aloqalar, ishonch, axloqiy mas’uliyat hissini uyg‘otadi. Biroq har qanday tajriba
singari Grameen Bank amaliyoti ham har doim to‘liq mukammal emas: ayrim tanqidchilar
“guruh bosimi” dan kelib chiquvchi ijtimoiy muammolar yoki foiz stavkalarining o‘rta
darajada yuqoriligini qayd etishadi. Shunga qaramay, Bangladesh modeli bugungi kunda
mikroqarz sohasining tamal toshini qo‘ygan paradigmalardan biri sifatida e’tirof etiladi.
Bank Rakyat Indonesia – Indoneziyadagi eng yirik tijorat banklaridan biri bo‘lib, kichik
kreditlar berish tajribasi bilan e’tibor qozongan (Robinson, 2001). U an’anaviy bozorchilik va
xususiy sektor tamoyillariga suyanadi, ya’ni mijozning kredit to‘lash layoqatini har
tomonlama baholab, foiz stavkalarini ham bozor mexanizmi asosida belgilaydi.
BRIning o‘ziga xos jihati shundaki, u xorijiy subsidiyalarga yoki davlat budjetidan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirishga kamroq tayanadi. Bank tijorat prinspilarida ishlagan
holda, mikroqarz ajratish bo‘yicha samarali menejment va risklarni boshqarish mexanizmini
joriy qilgan. Masalan, mijozning qarz olish maqsadi, daromad manbalari, garov yoki boshqa
kafolat turlari individual baholanadi. Shuningdek, turli imtiyozlar yoki bo‘limlar orqali
tadbirkorlik maqsadlarini monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Natijada BRI mikroqarz segmentidan olingan daromadlari orqali o‘zining moliyaviy
barqarorligini saqlab qolgan va bugungi kunda ham Indoneziyadagi eng muvaffaqiyatli
banklardan biri hisoblanadi. Ushbu tajriba mikroqarzni to‘liq ijtimoiy loyiha emas, balki
tijorat jihatlari ham hisobga olingan holda hayotga tatbiq etish mumkinligini ko‘rsatadi.
Boliviya mikromoliya sohasi bo‘yicha pioner davlatlar qatoriga kiradi. Avvaliga Prodem
nomi bilan nodavlat tashkilot sifatida ish boshlagan muassasa keyinchalik BancoSol nomi
ostida to‘laqonli tijorat bankiga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. BancoSol o‘zining guruhli
kreditlash mexanizmi, xotin-qizlarga beriladigan maqsadli kreditlar, tadbirkorlikni
rivojlantiruvchi treninglar orqali minglab mijozlarni qamrab ola boshladi.
Afrika qit’asida mikroqarz dasturlari asosan ijtimoiy-iqtisodiy sharoit og‘ir bo‘lgan, bank
tizimi uncha rivojlanmagan hududlarda qo‘llanilib, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalar
bilan integratsiya qilingan holda amalga oshiriladi. Keniya, Tanzaniya, Nigeriya kabi
davlatlarda “ayollar jamoalari”, “o‘zaro yordam jamg‘armalari” kabi milliy an’anaviy usullarni
mikroqarz mexanizmlari bilan uyg‘unlashtirish muvaffaqiyat keltirgan.
Masalan, Keniyada ayrim nodavlat tashkilotlari “guruh sug‘urtasi” usulini yo‘lga qo‘ygan
bo‘lib, bu yerda kreditni qaytara olmagan mijozning qarzini guruh a’zolari to‘lashga yordam
beradi. Buning evaziga defolt darajasi pasayadi, lekin eng muhimi — ijtimoiy birdamlik hissi
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
151
mustahkamlanadi. Tanzaniyada esa qishloq xo‘jaligi maqsadli kreditlari bilan birga agrotexnik
ko‘nikmalarni o‘rgatuvchi treninglar tashkillashtirilgan. Bu orqali faqat pul bilan cheklanmay,
mijozning bilim, tajriba bazasini ham yaxshilashga e’tibor qaratiladi. Natijada kreditdan
samarali foydalanish imkoniyati ortadi. Nigeriyada mikroqarz dasturlari qishloq xo‘jaligi
klasterlari, kichik savdo korxonalari hamda ayollarni ish bilan ta’minlash markazlarida amaliy
tatbiq etilib, ijtimoiy missiyaning bajarilishiga hissa qo‘shmoqda.
XULOSA
Xalqaro tajribalar mikroqarzlar vositasida kambag‘allikni kamaytirish, iqtisodiy faollikni
oshirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va moliyaviy inklyuziyaga erishish borasida sezilarli
natijalarni tasdiqlaydi. Moliyaviy savodxonlik dasturlarining keng joriy etilishi mikroqarz
mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshiradi, garov talabining pasayishi esa aholining
eng zaif qatlamlari uchun ham shu kabi imkoniyatlardan foydalanish sharoitini yaratadi.
Mobil texnologiyalarni mikroqarzlarga integratsiya qilish xizmatlardan foydalanish qulayligi
va tezkorligini ta’minlar ekan, undan kelib chiqadigan IT xavfsizligi, nazorat mexanizmlari
kabi masalalarga jiddiy e’tibor qaratish lozim.
Islomiy moliya prinsiplari, ayollar jamg‘arma-guruhlari, ijtimoiy dasturlar bilan
integratsiya singari yo‘nalishlar mikromoliya tarmoqlarini yanada kengaytirib, mintaqa
sharoitlariga moslashuvchan yondashuvlar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Agrar sohada
mikrokreditlash borasidagi Indoneziya, Vetnam, Boliviya tajribalari esa resurslar, ta’minot
zanjiri, valyuta xatarlarini inobatga olish zaruriyatini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda ham
mikroqarzlar orqali kambag‘allikni pasaytirish va iqtisodiy faollikni yuksaltirish bo‘yicha keng
qamrovli dasturlarni amalga oshirishda mazkur xalqaro tajribalardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Yunus, M. (2006). Creating a World Without Poverty: Social Business and the Future of
Capitalism. PublicAffairs.
2.
Robinson, M. (2001). The Microfinance Revolution: Sustainable Finance for the Poor.
World Bank & Open Society Institute.
3.
World Bank (2021). Global Findex Database 2021: Measuring Financial Inclusion and
the Fintech Revolution. Washington, DC.
4.
Grameen Bank (2022). Official website:
5.
Microfinance Institutions Network (2020). Annual Report. Hindiston.
6.
CARD MRI (2021). Financial and Social Performance Report. Filippin.
7.
Bank Rakyat Indonesia (2022). Corporate Profile. Indoneziya.
8.
ACLEDA Bank (2021). Annual Report. Kambodja.
9.
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” dasturlari haqida ma’lumot (2022). O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari to‘plami.
10.
FAO (2019). Agricultural Microfinance Programs in Southeast Asia. Food and Agriculture
Organization, Rome.
11.
Ergasheva, A. F. (2024). YASHIL IQTISОDIYОT SHARОITIDA HUNARMANDCHILIK
MAHSULОTLARI BОZОRIDA... Science and innovation, 3(Special Issue 46), 718-721.
12.
Ergasheva, A. F. (2023). The Definition of Extreme Tourism in the World Tourism.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
152
13.
Ergasheva, A. (2024). XIZMAT KO ‘RSATISHNI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-
HUQUQIY ASOSLARI. University Research Base, 294-299.
14.
Эргашева,
А.
(2023).
HUNARMANDCHILIK
SOHASIDA
TADBIRKORLIKNI
RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YO ‘NALISHLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz), 35, 35.
15.
Farmonovna, E. A. (2023). Prospectuses for the Development of National Handicrafts in
Uzbekistan.