YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
152
TA’LIMDA KREATIV VA TANQIDIY YONDASHUV FAOLIYAT MAZMUNI
Toxirov Abrorbek Axrorovich
Andijon davlat pedagogika instituti Matematika kafedrasi o‘qituvchisi
G‘aniyeva Malika Murodjon qizi-
Andijon davlat pedagogika instituti Matematika yo‘nalishi 1-kurs talabasi
Alijonova Zulxumor Nodirjon qizi
Andijon davlat pedagogika insituti Matematika yo’nalishi 1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15123349
Annotatsiya:
Bugungi kunda mamlakatimiz Oʻzbekistonda ta’lim sifatini yanada
takomillashtirish va tubdan isloh qilish boʻyicha bir qancha strategiyali yondashuvlar amalga
oshirilmoqda. Shu jumladan, ta’limda kreativ va tanqidiy yondashuvning dolzarbligi ham
diqqatimiz markazidan joy olmoqda. Bu yondashuv asosida boʻlajak pedagog kadrlar
salohiyatini yanada oshirish va ta’lim sifati samaradorligini takomillashtirish mumkin . Ushbu
maqolada ta’limda kreativ va tanqidiy yondashuv innovatsion faoliyat mazmuni haqida
toʻliqligicha ma’lumot berib oʻtilgan.
Абстрактный.
Сегодня в нашей стране Узбекистане реализуется несколько
стратегических подходов по дальнейшему повышению качества образования и
фундаментальным реформам. Кроме того, в центре нашего внимания актуальность
творческого и критического подхода в образовании. На основе такого подхода можно
еще больше повысить потенциал будущих педагогических кадров и повысить
эффективность качества образования. В данной статье творчески-критический подход
в образовании в полной мере раскрывает содержание инновационной деятельности.
Abstract.
Today, several strategic approaches are being implemented in our country
Uzbekistan to further improve the quality of education and fundamental reforms. In addition,
the focus of our attention is the relevance of a creative and critical approach in education.
Based on this approach, it is possible to further increase the potential of future teaching staff
and improve the efficiency of the quality of education. In this article, a creative and critical
approach in education fully reveals the content of innovative activities.
Kalit so’zlar:
Ta’lim, kreativ, tanqidiy yondashuv, innovatsiya, faoliyat, bilim, ko’nikma,
malaka, globallashuv.
Ключевые слова:
Образование, творческий, критический подход, инновации,
деятельность, знания, навыки, компетентность, глобализация.
Keywords
: Education, creativity, critical approach, innovation, activity, knowledge,
skills, competence, globalization.
Kundan kunga rivojlanib borayotgan globallashuv davrida barcha sohalar qatori ta’lim
sohasida ham tub o‘zgarishlar olib borilmoqda. Yoshlarni malakali kadr qilib tayyorlash va
ularning bilim ko‘nikmalarini oshirish borasida bugungi kunda mamlakatimizda olib
borilayotgan sa’y-harakatlar qatorida zamonaviy ta’lim tamoyillari, kreativ va tanqidiy
fikrlash ham dolzarb ta’lim shakli sifatida qaralmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-sonli qarori natijasida yurtimizda tashkil
etilayotgan Prezident maktablarida ta’limni davom ettirish niyatida bo‘lgan o‘quvchi-
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
153
yoshlarni imtihonga tayyorlashda aynan tanqidiy va kreativ fikrlashga doir bilimlarga ehtiyoj
keskin oshdi.
Davlatimiz rahbari 2017-yil “iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida“ Bugun
mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo‘lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz,
o‘tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qat’iy qadamlar qo‘yildi, deb
aytishga barcha asoslarimiz bor. Bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholi uchun munosib
hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir. Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat
bundan keyin ham so‘zsiz davom ettiriladi. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik har bir rahbarni – bu bosh vazir yoki uning o‘rinbosarlari bo‘ladimi, hukumat
a’zosi yoki hududlar hokimi bo‘ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak.
Endi har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi – o‘zimiz
mas’ul bo‘lgan soha va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash asosida zimmamizga
yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Shunday davr keldi”, -
deya ta’kidlab o‘tgani bejiz emas .
Ta’limning asosiy vazifasi o‘quvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun
bugun va kelajakda kerak bo‘ladigan ko‘nikmalarni shakillantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi
yoshlar ega bo‘lishi kerak bo‘lgan muhim ko‘nikmadir.
Tanqidiy fikrlash — bu ma’lumot, vaziyatlar yoki muammolar haqida baholash, sintez
qilish va asosli xulosalar chiqarishni o‘z ichiga olgan kognitiv jarayon. Bu shunchaki
ma’lumotni boricha qiymatida qabul qilish yoki rad etishdan tashqariga chiqadi. Ya’ni, sodda
qilib aytganda, siz berilgan ma’lumotni “ha, shu ekan-da”, deb ketavermaysiz. Tanqidiy
fikrlovchilar taxminlarni aniqlashga, noto’g’ri fikrlarni aniqlashga va to’g’ri xulosaga kelish
uchun dalillarga asoslangan detallardan foydalanishga qodir bo‘lishlari kerak.
Bugungi jamiyatda rivojlanib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish va
bilim darajasini jahon malaka talablariga mos ravishda o‘stirish,ularda kreativ va tanqidiy
fikrlashni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb mavzusi sifatida qaralishi e’tiborga loyiq
tushunchadir.
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuygʻularida, muayyan faoliyat
turlarida namoyon boʻladi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi.
Qolaversa, kreativlik zehni oʻtkirlikni belgilab beradi.
Dunyo miqyosida taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch sifatida kreativlik eʼtirof
etiladi. Atrofga boqsangiz, har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli
namunalariga duch kelasiz: robotga aylangan kasblar, virtual reallik, koʻk atirgul, tuproqsiz
hosil olish va h.k. Bularning bari insonning tafakkuri mahsuli va insonning noodatiy fikrlashi,
oʻtkir zehni, hech kim oʻylamagan orginal gʻoyasi asosida, bir soʻz bilan aytganda
«kreativliligi» natijasida yuzaga kelgan desak xato boʻlmaydi.
Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi oʻqituvchilarda ham
kreativlik sifatlari mavjudligiga katta eʼtibor qaratiladi va uning darajasini aniqlab boruvchi
test ham mavjud. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil
etishdagi faollik, tezkor fikrlash, oʻziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar
boʻyicha baholash imkoniyatini yaratadi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
154
Tanqidiy fikrlash va kreativlik bilimlarining o‘zlashtirilishi nafaqat amaliy ko‘nikma va
malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va
vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan
xabardor bolish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy
sifatlarining yetarli darajada ozlashtirilishi talab etadi.
Ta’lim jarayoniga kreativ va tanqidiy yondashuv innovatsiyasini olib kirish yoshlarning
ilmiy salohiyatini va ta’limga bo’lgan qiziqishlarini tubdan o’zgartirib yuborishi tabiiy hol
albatta. Innovatsion goyalarning yildan yilga takomillashib borishi natijasida kelajak yosh
avlod uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda. Kreativlik va tanqidiy innovatsion
texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib kirish natijasida minglab salohiyatli kadrlar yetishib
chiqishi bu jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan haqiqat hisoblanadi.
Xulosa
Ta'limda kreativlikning ahamiyati beqiyosdir. Zamonaviy ta'lim jarayonida
o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish ularga nafaqat bilim olish, balki mustaqil va
innovatsion yechimlar topish ko‘nikmasini ham shakllantiradi. Kreativ yondashuv
o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi, ular bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirib, turli vaziyatlarda
qo‘llay olishadi. Shuningdek, kreativlik o‘qituvchilarga ham yangicha pedagogik metodlarni
qo‘llash imkoniyatini yaratadi.
Ta'lim tizimida kreativlikni rivojlantirish uchun interfaol usullar, texnologik vositalar va
muammoli vazifalardan keng foydalanish zarur. Shu bilan birga, o‘quv muhitini qo‘llab-
quvvatlovchi va ijodkorlikka rag‘batlantiruvchi sharoit yaratish muhimdir. Natijada, ta'lim
jarayonida kreativ yondashuv nafaqat o‘quvchilarning intellektual rivojlanishiga, balki
ularning hayotiy muvaffaqiyatlariga ham katta hissa qo‘shadi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi qonuni -T.: O’zbekiston, 2020 yil
23 sentabr.
2.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini
oshirish О‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qо‘llabquvvatlash tо‘g‘risida”gi 2017 yil 5
iyuldagi PF-5106 son Farmoni
3.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni ma’naviy-
ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi
nuqti (
4.
«Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти Т.: 975- bet.
5.
Ortiqov O.R. O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA
KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 5. – С. 42-
47.