YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
22
FONETIKA VA FONOLOGIYA
Abdullayeva Marjona Furqat qizi
Shahrisabz davlat Pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabasi
abdullayevamarjona006@gmail.com + 998955450619
https://doi.org/10.5281/zenodo.15152565
Annotatsiya:
Ushbu maqolada fonetika va fonologiya fanlari,ularning asosiy
tushunchalari hamda o’zaro farqlari tahlil qilinadi.fonetika nutq tovushlarining fizik va
fiziologik xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullansa, ushbu tovushlarning til tizimidagi
funksional ahamiyatini tadqiq etadi.Maqolada ushbu fanlarning tadqiqot usullari, asosiy
kategoriyalar va amaliy ahamiyati haqida ma’lumot beriladi.Shuningdek,tillarda fonetik va
fonologik hodisalar tahli qilinib, ularning fonetik o’zgarishlari va fonologik tizimdagi o’rniga
e’tibor qaratiladi.Maqola ligvistika va tilshunoslikka qiziquvchilar uchun foydali bo’lishi
kutilmoqda.
Kalit so’zlar:
Fonetika, Fonologiya, Til, Tilshunoslik, Tovush, Unli va Undoshlar,
Fonema, Metataza, Urg’u, Assimilyatsiya, Disimilyatsiya, Orfoepiya.
Абстрактный:
В данной статье рассматриваются фонетика и фонология, их
основные понятия и различия. Фонетика изучает физические и физиологические
характеристики звуков речи, тогда как фонология исследует их функциональное
значение в языковой системе. В статье представлены методы исследования этих
дисциплин, их основные категории и практическое значение. Также анализируются
фонетические и фонологические явления в различных языках, уделяется внимание
фонетическим изменениям и их роли в фонологической системе. Статья будет полезна
для исследователей, интересующихся лингвистикой и языкознанием.
Клочевые слова:
Фонетика, Фонология, Язык, Лигвистика, Звук, Гласные звук
Согласные звуки Фонема, Метатеза, Ударение, Ассимиляция Орфоепия.
Abstract:
This article examines phonetics and phonology, their key concepts, and
differences. Phonetics studies the physical and physiological characteristics of speech sounds,
while phonology explores their functional role within a language system. The article discusses
research methods in these fields, their main categories, and practical significance.
Additionally, phonetic and phonological phenomena in different languages are analyzed, with
a focus on phonetic changes and their role in the phonological system. This article will be
useful for researchers interested in linguistics and language studies.
Key words:
Phonetics, Phonology, Language, Linguistics, Sound, Vowel sounds,
Consonant sounds, Phonema, Stress, Assimilation, Disimilation, Orthoepy.
KIRISH
"Til inson tafakkuri va muloqotining asosiy vositasidir. Har bir til o‘ziga xos tovush
tizimiga ega bo‘lib, ushbu tovushlar orqali ma’no ifodalanadi va nutq shakllanadi.
Tilshunoslikda nutq tovushlari fonetika va fonologiya fanlari tomonidan o‘rganiladi. Fonetika
tovushlarning fizik va fiziologik xususiyatlarini, ularning qanday talaffuz qilinishini va
eshitilishini tahlil qiladi. Fonologiya esa bu tovushlarning til tizimidagi funksiyasini, ma’no
farqlashdagi rolini o‘rganadi. Ushbu maqolada fonetika va fonologiyaning asosiy jihatlari,
ularning bir-biridan farqlari va o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi."
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
23
Tilshunoslikda fonetika va fonologiyaning o’rni
Fonetika va fonologiya til tovushlarini o’rganadigan ikki asosiy soha bo’lib, ular bir-
birini to’ldiradi.Fonetika tuvushlarning qanday hosil bo’lishini va fizik xususiyatlarini
o’rganadi, fonologiya esa bu tovushlarning til tizimidagi rolini va ma’no ajratuvchi
imkoniyatlarini tahlil qiladi.Ikkalasi birgalikda tilning ovoz tizimini to’liq tushunish va to’g’ri
talaffuz qilish uchun muhimdir. Fonetika va fonologiya birgalikda nutq tovushlarining hosil
bo’lishi, talaffuzi, eshitilishi va tilda qanday ishlatilishini tadqiq qiladi.Fonetika tuvushlarning
fizik va fiziologik xususiyatlarini o’rganadi,fonologiya esa ularning tildagi rolini
aniqlaydi.Misol uchun,o’zbek tilida
T
va
D
tovushlari mavjud.Fonetika bu tovushlarning
qanday hosil bo’lishi va akustik jihatlarini tahlil qiladi
– T
ovozsiz
, D
esa ovozli. Fonologiya esa
ushbu tovushlar ma’no farqlsh uchun muhim ekanini ko’rsatadi.
Agar bir tovush tildagi so’zlar
ma’nosiga ta’sir qilmasa, u faqat fonetik tafovut hisoblanadi. Masalan,
kitob
so’zining
K
tovushini kimdir yumshoqroq yoki qattiqroq aytsa ham, ma’no o’zgarmaydi.Bunday holat
fonetik jihatdan farq qiladi,lekin fonologik jihatdan muhim emas.Shunday qilib, fonetika va
fonologiya birga ishlaydi.
Fonetika
barcha tovushlarni tahlil qiladi.
Fonologiya
esa ushbu
tovushlarning qaysilari tilda fonema sifatida ishlatilishini aniqlaydi.
Fonetika va fonologiya til o’rganishda qanday yordam beradi?
Til o’rganish jarayonida fonetika va fonologiyaning o’rni juda katta. Yangi til
o’rganayotganda, to’g’ri talaffuz qilish, so’zlarning tovush tuzilishini tushunish va nutqni
tabiiy ohangda shakllantirish muhim ahamiyatga ega.Fonetika va fonologiya ushbu
jarayonlarga ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi. Fonetika va fonologiya birga ishlaydi va tilni
o’rganishda muhim rol o’ynaydi.Fonetika tovushlarning qanday hosil bo’lishini, fonologiya esa
bu tovushlarning tildagi ahamiyatini o’rganadi.
Oddiy misol qilib tushuntirsak, til- bu musiqa, va harflar yoki tovushlar- notalar.
Fonetika
bizga har bir notani qanday chalishni o’rgatadi [masalan, tovushni qanday
chiqarish, qaysi organlar ishtirok etishi].
Fonologiya
esa shu notalar qanday ohang hosil qilishini tushuntiradi [masalan, qaysi
tovushlar ma’no farqini yaratadi].
Xulosa qilib aytganda:tilni o’rganishda bu ikki tushunchani yaxshi bilish, tushunarli va
tabiiy gapirishga yordam beradi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Hozirgi paytda fonetika va fonologiyaning dolzarbligi va kamchiligi haqida gapirganda,
bir nechta asosiy masalalar ko’rib chiqilishi mumkin.
Dolzarbligi:
Hozirgi kunda fonetika va fonologiya lingvistikaning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi. Bu sohalar nafaqat tilshunoslik, balki texnologiya, ta’lim va nutq terapiyasi kabi
ko‘plab yo‘nalishlarda ham muhim ahamiyatga ega.
Xalqaro kommunikatsiyaning rivojlanishi: Globalizatsiya tufayli turli tillarda muloqot
qilish zaruriyati ortib bormoqda. Fonetika va fonologiyani chuqur o’rganish: Chet tillarini
samarali o’ganishga yordam beradi.To’g’ri talaffuz va nutq ohangini shakllantirish orqali
kommunikativ qobiliyatni rivojlantiradi.Til o’rganishda fonetik to’siqlarni kamaytiradi.
O’qitish va lingvodidaktika: Fonetika va fonologiya bilimlari chet tillarni o’qitishda
muhim ahamiyatga ega.O’quvchilarga to’g’ri talaffuzni o’rgatishda samarali usullar ishlab
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
24
chiqiladi: Ovoz orqali o’qitish texnologiyalari rivojlantiriladi. Nutqni rivojlantirish uchun
zamonaviy fonetik mashg’ulotlar ishlab chiqiladi.
Kamchilikliklari
Fonetika va fonologiyaning subyektivligi: Fonetika ko‘pincha tovushlarning akustik va
artikulyatsion xususiyatlarini tahlil qiladi, ammo har bir insonning talaffuzi o‘ziga xos bo‘lgani
uchun standart qoidalarni ishlab chiqish qiyin bo‘lishi mumkin.
Fonologik tizimlar esa turli tillarda keskin farq qiladi va ba’zan bitta til ichida ham
dialektlar o‘rtasida tafovutlar bo‘ladi.
Talaffuz va yozuv o‘rtasidagi tafovut: Ba’zi tillarda yozuv va talaffuz o‘rtasidagi farqlar
juda katta. Masalan, ingliz yoki fransuz tillarida so‘z qanday yozilsa, u shunday talaffuz
qilinmasligi mumkin. Bu esa fonetika va fonologiya tamoyillarini real nutq bilan bog‘lashda
qiyinchilik tug‘diradi.O‘zbek tilida ham ba’zi fonetik o‘zgarishlar yozuvda aks etmaydi
(masalan, “mening uyim” talaffuzda “meni guyim” kabi eshitilishi mumkin).
Nutq va fonetik tizimlarning o‘zgaruvchanligi: Fonetika va fonologiya doimiy ravishda
o‘zgarib boradi, yangi talaffuz me’yorlari paydo bo‘ladi. Masalan, yosh avlod va katta avlod
orasidagi talaffuz farqlari yoki tillarning evolyutsiyasi natijasida yangi tovushlar paydo
bo‘lishi.Bu esa tadqiqotchilar uchun qo‘shimcha murakkablik tug‘diradi, chunki fonetik va
fonologik tizimlar har doim qayta tahlil va moslashtirishni talab qiladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Fonetika va fonologiya tilshunoslikning asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib, ular inson nutq
tovushlarining tuzilishi,ishlash mexanizmi va tildagi roli bilan shug’ullanadi. Ushbu
sohalarning o’rganilishi til o’rgatish, nutq terapiyasi, avtomatik ovoz tanish texnalogiyalari va
sun’iy intellekt kabi turli yo’nalishlarda katta ahamiyat kasb etadi. Biroq fonetika va
fonologiya bilan bog’liq ba’zi muammolar ham mavjud.Xususan, yozuv va talaffuz o’rtasida
tafovutlar, dialekt va lahjalarning murakkabligi, texnalogik jihatdan rivojlangan fonetik tahlil
uskunalarining har doim ham hamma uchun qulay emasligi ushbu sohalarning rivojlanishida
qiyinchiliklar tug’dirish mumkin.
Fonetika va fonologiya tadqiqotlarini yanada rivojlantirish, zamonaviy texnalogiyalar,
ayniqsa aun’iy intellektbva ovoz tahlil dasturlaridan foydalanish.O’quvchilarga to’ri talaffuzni
o’rgatish uchun maxsus dasturlar va audio-mashhulotlar yaratish. Nutq buzilishlarini tuzatish
uchun fonetik tahlillarga asoslangan yangi yondashuvlarni ishlab chiqish.O’zbek tilining
fonologik jihatlarini boshqa tillar bilan taqqoslab,ularning universal xususiyatlarini aniqlash.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Abduazizov A. A. (2007). O‘zbek tilining fonetikasi va fonologiyasi. Toshkent:
O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti.
2.
Xo‘jiev A. (2006). O‘zbek tilining fonetikasi. Toshkent: Sharq nashriyoti.
3.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati (2008). Toshkent: O‘zbekiston Milliy
4.
ensiklopediyasi nashriyoti.
5.
Rahmatullayev Sh. (1982). Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent: O‘qituvchi.
6.
Yo‘ldoshev B. (2001). Tilshunoslikka kirish. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti.