YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
9
PSIXOLOGIYA FANIDA O‘ZINI O‘ZI ANGLASH MUAMMOSINING NAZARIY
ASOSLARI
Rajjaboyeva Feride Azizbek qizi
Toshkent Amaliy fanlar Unversiteti
Pedagogika fakulteti Pedagogika-psixologiya
ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi
Usmanova Sevara Akmalovna
Ilmiy raxbar: usmanovasevara05@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15165541
Annotatsiya:
o‘zini o‘zi anglash ongning tarkibiy qismi, aniqrog‘i uning o‘ziga xos shakli
hisoblanadi. Ong deb inson psixikasida ob’ektiv borliqni aks ettiruvchi shakli, psixik va o‘zini
o‘zi boshqarishning yuqori darajasi tushuniladi hamda odatda, faqatgina insonga xos deb
sanaladi. O‘zini o‘zi anglash esa insonning o‘zini, o‘z “Men”ini atrofdagi olamdan ajralishi va
alohida gavdalanishidir.
Kalit so‘zlar:
o‘zini o‘zi anglash, shaxsiy “Men”, tushunchasiga, “Men-konsepsiyasi”,
psixologik.
Kirish:
O‘zini o‘zi anglash tushuchasi U.Djems tomonidan psixologiya faniga kiritilgan.
Zamonaviy psixologiya fanda, bu tushunchani aniqlab beruvchi hech qanday yondashuv
mavjud emas. Biz o‘z ishimizda asosiy tushunchalarga tayanamiz, ularni quyida belgilab
o‘tamiz.
“O‘zini o‘zi anglash tushunchasi inson o‘z individualligini tushunishi sifatida ko‘rsatiladi.
Inson o‘zini o‘zi anglashi odamni o‘rab turgan tashqi dunyoga (tashqi yo‘nalish), yoki
sub’ektning o‘ziga – tanaga, xatti-harakatiga, ehtiyojlarga, xulq-atvoriga qaratilgan bo‘lishi
mumkin.
Psixolog V.V.Stolin tomonidan keltirilgan fikrga ko‘ra, “O‘zini o‘zi anglash – murakkab
psixologik tuzilma bo‘lib, o‘z ichiga quyidagi o‘ziga xos tarkibiy qismlarni oladi. Xususan,
birinchidan, o‘zining o‘ziga xosligini anglash, ikkinchidan, o‘zining shaxsiy “Men”ini, faol
faoliyatining boshlanishini anglash, uchinchidan o‘zining psixik sifat va xulq-atvorini anglash,
to‘rtinchidan, biron bir aniq ijtimoiy o‘ziga baho berish tizimini ishlab chiqishdir”.
Mazkur tushunchaga A.G.Spirkin quyidagicha ta’rif beradi: “O‘zini o‘zi anglash – bu inson
tomonidan o‘z harakatlari va ularning natijasini, xayollari, tuyg‘ulari, qiziqishlarini anglash,
o‘zini va hayotdagi o‘rnini umumiy baholashdir”.
Shunday qilib, o‘zini o‘zi anglash ongning tarkibiy qismi, aniqrog‘i uning o‘ziga xos shakli
hisoblanadi. Ong deb inson psixikasida ob’ektiv borliqni aks ettiruvchi shakli, psixik va o‘zini
o‘zi boshqarishning yuqori darajasi tushuniladi hamda odatda, faqatgina insonga xos deb
sanaladi. O‘zini o‘zi anglash esa insonning o‘zini, o‘z “Men”ini atrofdagi olamdan ajralishi va
alohida gavdalanishi tushuniladi.
Ilmiy izlanishlarda o‘zini o‘zi anglash ham jarayon, ham natija sifatida ko‘riladi.
O‘zini o‘zi anglash jarayon sifatida. Xususan, anglash jarayoni sifatida bir necha
parametrlarda ko‘rsatilishi mumkin. K.Yaspers bo‘yicha bunday parametrlar 4 ga ajratib
ko‘rsatadi: 1) o‘zini faol faoliyatchi sifatida anglash; 2) o‘zini tanho ekanligini anglash; 3)
shaxsiy o‘xshashligini anglash; 4) o‘zini tashqi dunyodan o‘zgachaligini anglash.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
10
O‘zini o‘zi anglash tushunchasiga yaqin tushuncha “o‘zini o‘zi baholash bo‘lib, bu inson
o‘zini, o‘z faoliyatini ahamiyatli, muhim deb bilishidir. O‘zini o‘zi baholash asosini individning
mazmunlar tizimi tashkil qiladi”.
O‘zini o‘zi anglash tuzilishida shaxs talabchanlik darajasi mavjudligini ham ta’kidlab
o‘tish zarur. K.Levin buni individning uni imkoniyatlariga mos bo‘lgan qiyinlik darajasidagi
maqsadga intilishi deb ta’rif bergan. Bu atama shaxsning o‘zini o‘zi baholash xususiyati bilan
mustahkam bog‘langan bo‘lib, sub’ektiv kechinmalar ta’siri ostida shakllanadi. Talabchanlik
darajasi adekvat ya’ni individ imkoniyatlariga mos, shu o‘rinda noadekvat ya’ni ortiqcha va
sust bo‘lishi mumkin.
O‘zini o‘zi anglashning barcha turlari ichida yana bir turi mavjud bo‘lib, “Kasbiy o‘zini
o‘zi anglash – bu inson o‘zini o‘zi mutaxassis deb tasavvur qilishi kompleksidir”.
Zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda ong masalasi doirasida qator ishlar amalga oshirilgan
bo‘lib, bu ko‘proq xorij psixologiyasida ham kuzatiladi.
Shu bois, ilmiy manbalarda quyidagicha atamalar qo‘llanilgan: “O‘zini o‘zi anglash”,
“Men”, “Men-konsepsiyasi”, “O‘zlik haqidagi tasavvur”, “O‘ziga bo‘lgan munosabat”, “O‘zini o‘zi
baholash”, “Men obrazi” va boshqalar. Ko‘plab tadqiqotlarning mualliflari asosiy
tushunchalarni bir-birini bog‘lashga va atamalarga taalluqli muammolarni tartibga solishga
harakat qilishgan.
S.L.Rubinshteynning ta’kidlashicha: “O‘zini o‘zi anglash - bu individ tomonidan o‘z
jismoniy, intellektual, shaxsini o‘ziga xosligini, millat va kasbiy mosligini, ijtimoiy aloqalardagi
o‘rnini anglashidir”.
V.V.Stolin, shaxs o‘zini o‘zi anglashini ko‘rib chiqqan holda, “O‘zini o‘zi anglashning turli
xil jarayonlarini, “Men obrazining” turli xil jihatlari singari, inson faolligining turli darajalari,
organizm, individ va shaxs bilan moslashtirish mumkin”ligini ta’kidlab o‘tgan.
V.V.Stolin ko‘p qirrali tuzilishga ega bo‘lgan inson ongini, bir xil ekanlini aniqlagan.
O‘zini o‘zi anglashni “boshqalarga bo‘lgan munosabat bilan ifodalangan o‘ziga bo‘lgan
munosabat” sifatida ko‘rib, Stolin “O‘zini o‘zi anglash uch ovozli: u o‘ziga bo‘lgan munosabat,
boshqalarga qilinadigan munosabat va qabul qilingan yoki kutilgan munosabatni o‘z ichiga
oladi” deb ta’kidlaydi.
V.V.Stolin O‘z ijtimoiy qadrini va borlig‘ining mazmunini aniqlash, o‘z kelajagi, buguni va
o‘tmishi haqidagi tasavvurini o‘zgartirish yoki shakllantirish shaxs o‘zini o‘zi anglashini
ifodalaydi” - deb yozadi va o‘zini o‘zi anglash psixologiyasida muhim bo‘lgan savolni beradi:
Sanab o‘tilgan o‘zini o‘zi anglash birliklaridan qaysi biri muhim, individ va shaxs darajasida
asosiy birlik rolini bajadigan hisoblanadi?
V.V.Stolin bu kabi “O‘zini o‘zi anglashning birligi” sifatida “o‘z o‘zidan hosil bo‘lgan
obrazlar emas, kognitiv va emotsional shakldagi o‘ziga baho berish emas, va o‘zini baholash
obrazlari emas” balki, “sub’ektning turli munosabatlarining to‘qnashuvini, motiv va
harakatlardagi to‘qnashuvini akslantiruvchi shaxsiy nizolashuvchan mazmun” deb taklif
qiladi. Bu to‘qnashuv “o‘ziga nisbatan qarama-qarshi munosabatning boshlang‘ich daqiqasi
hisoblangan xatti-harakatlar tomonidan amalga oshiriladi”. O‘z navbatida, “Men” ma’nosi,
kognitiv va emotsional doiralaridan o‘tadigan, o‘zini o‘zi anglashning keyingi ishini yo‘lga
qo‘yadi”.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
11
Inson o‘zini o‘z faoliyati sub’ekti deb qabul qilishi o‘zini o‘zi anglashning muhim tarkibiy
qismi hisoblanadi.
Insonni o‘z faoliyati sub’ekti deb hisoblash uchun muhim ko‘rsatkichi bo‘lib,
maqsadlarini mustaqil tuzish va amalga oshirish hisoblanadi.
Xulosa:
Insonni sub’ekt sifatida hisoblash muammosi yechimini topishda faoliyat
tamoyili muhim ahamiyatga ega. Shu asnoda insonni tarix sub’ekti sifatida namoyon bo‘lishida
ham o‘ziga xos o‘rni mavjud. Aynan uning asosida, qanday qilib inson tabiat bilan
munosabatda, ijtimoiy mavjudot sifatida, tarix sub’ekt sifatida gavdalanishi aniqlanadi. Lekin
shu bilan birga faoliyat prinsipi tarix sub’ekti sifatida nafaqat jamoat sub’ekti, balki alohida
odam individ sifatida ko‘riladi. Inson sub’ekt bo‘lib tug‘ilmaydi, balki faoliyat, muomala va
boshqa faollik turlari jarayonida sub’ekt bo‘la boshlaydi. Bu bog‘liqlikda mezonlar haqidagi
savol ilmiy muhim bo‘lib, unga ko‘ra fikr individ, individuallik haqida emas balki, aynan
sub’ekt haqida ketayotgani ta’kidlasa bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
https://psychologos.ru/articles/view/samosoznanie
2.
https://psichel.ru/samopoznanie/
3.
Усманова Севара Акмаловна. (2022). ЎЗИНИ-ЎЗИ АНГЛАШНИНГ ЎСМИРЛИК
ДАВРИДА
РИВОЖЛАНИШИ.
E
конференц-зона,
168-169.
Извлечено
из
https://econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/930
4.
Усманова Севара Акмаловна. (2024). РАЗВИТИЕ Я-КОНЦЕПЦИИ В ПОДРОСТКОВОМ
ВОЗРАСТЕ. Международные научные и текущие исследовательские конференции,
1(01),
87-90.
Извлечено
из
https://www.orientalpublication.com/index.php/iscrc/article/view/1519
5.
Обухова А.Ф. Возрастная психология: Учебник М.: Высщее образование , 2006,
460с.