YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
46
QON-CHO`PNING KIMYOVIY TARKIBI VA QO`LLANILISHI
Arzibayeva Dildora Rustamovna
Andijon Davlat Universiteti 1-bosqich magistranti
dildoraarzibayeva@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15239379
Annotatsiya:
Ushbu tezisda O`zbekistonda hamda chet davlatlarda o`sadigan Qon cho`p
(chelidonium) o`simligining tavsifi,yer yuzida tarqalishi, kimyoviy tarkibi, foydali xususiyatlari
va xalq tabobatida qo`llanilishi haqida ma`lumotlar berilgan.
Kalit so`zlar
: qon-cho`p, chelidonium majus, chelidonium asiatcium, xelidonin,
sanguinarin saponin, berberin, protopin, flavonoid, so`gal, papilloma, psoriaz.
Kirish
. Qon-cho`p ( chelidonium ) o`simligi qadimdan xalq tabobatida keng foydalanilgan
dorivor o`simliklardan biri hisoblanadi. Uning ikki turi --Chelidonium majus ( katta qon-cho`p)
va chelidonium asiaticum ( Osiyo qon-cho`pi) dorivor xususiyatlari va kimyoviy tarkibi
jihatidan muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada bu ikki turga oid adabiyotlar sharxi asosida
ularning kimyoviy tarkibi ,dorivor xususiyatlari va xalq tabobatida qo`llanilishi tahlil qilinadi.
[1]
Chelidoium qadimgi yunon tilidan tarjima qilinganda “ qaldirg`och” degan manoni
bildiradi. Abu Ali ibn Sino davrida qaldirgochlar bolalarini ko`zlarini shu o`simlik shirasi
bilan davolaydi degan fikrlar ham mavjud bo`lgan. [10] Boshqa manbalarda uni “qaldirgoch
o`ti” deb ham ataydilar. Chunki qaldirg`ochlar uchib kelganda gullaydi, qaldirg`ochlar
qaytishiga uning vegetatsiyasining tugashi to`gri keladi. Balki shu sabablar tyfayli unga
shunday nom berilgandir. Sutli sharbatida 40% gacha yog`ni o`z ichiga olgan modda qatronli
modda bilan ifodalanadi. Urug`ida 40-68% gacha yog` hamda lipaza saqlaydi. Shuningdek
kalsiy, kaliy, mis, rux, magniy, temir moddalari ham bor. Alkaloidlar eng ko`p o`simlik
tomirlarida bo`ladi, ammo barglari ham zaharlidir. [8]
1. Chelidonium majus ( Katta qon-cho`p)
Chelidonium majus – ko`p yillik dorivor o`simlik bo`lib, ko`knordoshlar ( Papaveceae)
oilasiga mansubdir. O`simlikning barcha qismlarida zaharli alkaloidlar mavjud bo`lib, ular
og`riqni qoldirish, yallig`lanishni kamaytirish va infeksiyaga qarshi ta`sir ko`rsatadi. [2]
Chelidonium majusning xalq tabobatida ishlatilishi teri kasalliklari, so`gal, eczema va oshqozon
–ichak muammolarini davolash bilan bog`liq.[3]
2. Chelidonium asiaticum ( Osiyo qon-cho`pi)
Chelidonium asiaticum Sharqiy Osiyo mintaqasida o`suvchi ko`p yillik o`simlikdir. Uning
kimyoviy tarkibida alkaloidlar ( chelidonin, sanguinarin, berberin) mavjud.
Mahalliy tabobatda teri kasalliklari va ichki organlar muammolarini davolashda
qo`llaniladi. Chelidonium asiaticumning tarkibi chelidonium majusdan farq qilishi bilan
birga, xususiyatlari ham biroz boshqacha.[4]
Kimyoviy tarkibi va dorivor xususiyatlari
Har ikki tur alkaloidlar , flavanoidlar va organik kislotalarga boy. Chelidonium majusda
chelidonin, homochelidonin, sanguinarin va cheleritin mavjud bo`lib ular antibakterial va
yallig`lanishga qarshi ta`sir ko`rsatadi. Chelinonium asaiaticum tarkibidagi alkaloidlar esa
antispazmatik va virusga qarshi xususiyatlarga ega.[5]
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
47
Sutli sharbatida 40% gacha yog`ni o`z ichiga olgan modda qatronli modda bilan
ifodalanadi. Urug`ida 40-68% gacha yog` hamda lipaza saqlaydi. Shuningdek kalsiy, kaliy, mis,
rux, magniy, temir moddalari ham bor. Alkaloidlar eng ko`p o`simlik tomirlarida bo`ladi, ammo
barglari ham zaharlidir. [8]
Ushbu o`simliklar xalq tabobatida so`gal, ekzema, teri infeksiyalari oshqozon –ichak
kasalliklari va yallig`lanishlarga qarshi ishlatiladi. [6]
Qon-cho`p o`simligi qadoq, so`gal, zamburug`, papiloma, psoriaz kabi yaralarni davolaydi
hamda yallig`lanishga qarshi, og`riq qoldiruvchi, tinchlantiruvchi, xoleretik, diuretic va laksativ
ta`sirga ham egadir. Qon-cho`p damlamasi jigar, o`t pufagi va oshqozon-ichak, ich qotishi
kasalliklari uchun ham qo`llaniladi. Abu Ali ibn Sinoning “ Tib qonunlari” kitobida ham bir
qancha kasalliklarga davo ekanligi yozilgan, jumladan: medaning dam bo`lib quldirashi,
bolalarning og`ziga quyiladigan dorilar tarkibiga kirishi,va bir qancha kasalliklarda
foydalanilishi haqida yozilgan. [10]
Qon-cho`pni suvli ekstraktini rus farmakologi S.O. Chirviniskiy o`rganib terida qo`llashda,
tirnash xususiyatini qayd etgan. Alkaloidlarni V.A. Chelobitko va D.A. Muravevoylar o`rgangan.
Homochelidonin
tomir
tortishishni
chaqiradigan
zaharlar
guruhiga
kirishi,
og`riqlansizlantiruvchi ta`sir qilishi, protopin bachadon muskullariga ta`sir etib asab tizimini
reaktivligini pasaytirishni o`rganganlar. Bu o`simlikning foydali xususiystlariga qaramay
zaharli tomonlari ham bor. Agar meyordan ortiq qo`llanilsa oshqozon-ichakni kuchli
yallig`laydi. Shamolash va tomoq og`rig`ida qon-cho`p damlamasi bilan chayish tavsiya etiladi.
Ba`zi tadqiqotlarda qon-cho`p ekstrakti o`sma hujayralarni to`xtatishi aniqlangan.[9]
O`simlikning zaharli xususiyatlari tufayli gijjalarga qarshi vosita sifatida qo`llaniladi. Bu ikki
tur o`simlikning sharbatini faqat tashqi muolajalarda ishlatish tavsiya etiladi. Ichki
foydalanishda o`simlikning qaynatmasi yoki damlamasi mikrodozalarda iste`mol qilinishi
lozim.
Kimyoviy tarkibi va dorivor xususiyatlari haqidagi ilmiy ma`lumotlar tahlili o`simlik
tarkibidagi mavjud alkaloidlarning samaradorligini tasdiqlaydi. Qon-cho`pning xalq
tabobatidagi qollanilishi bo`yicha adabiyotlar, uning mahalliy muolajalarda muvaffaqiyatli
ishlatilganini ko`rsatadi. Katta qon-cho`p va Osiyo qon-cho`pi turlarining farqlari haqida
batafsil izlanishlar mavjud bo`lib, ular dorivor ta`sirining o`xshashligi va ayrim farqlarini
yoritadi. [7]
Katta qon-cho`p ekstraktlarning og`iz mikroorganizmlarga qarshi antioksidant va
antimikrobiyal salohiyatini Suhyen Hong, Jumin Parklar o`rgangan. Uning biologik faolligini
baxolash uchun qon-cho`p fraksiyalari 80%metanol , n-geksan, etilasetat, n-butanol va suv
yordamida olingan.
Spektroskopik va xromatografik usullar yordamida qon-cho`pning bargi, poyasi, guli, va
ildizi kabi o`simlikning turli qismlarida metabolik o`zgarishlar, antioksidant salohiyat va
sitotoksik ta`sir o`rganildi. Jami fenollik moddalar va flavanoidlar qon-cho`pning turli
qismlarida o`rganilgan, poya , gul va ildiz bilan solishtirilganda bargida ko`proq flavonoid
137.43 mg/g, poyada esa eng yuqori fenollik 23,67 mg/g ko`rsatilgan. O`simlikning gulida,
boshqa qismlariga qaraganda yuqori antioksidant faollik aniqlandi. . Sutli sharbatida 40%
gacha yog`ni o`z ichiga olgan modda qatronli modda bilan ifodalanadi. Urug`ida 40-68% gacha
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
48
yog` hamda lipaza saqlaydi. Shuningdek kalsiy, kaliy, mis, rux, magniy, temir moddalari ham
bor. Alkaloidlar eng ko`p o`simlik tomirlarida bo`ladi, ammo barglari ham zaharlidir. [8]
In vitro SRB tahlili HeLa CaSki odamning bachadon bo`yni saraton hujayralariga qarshi
sitotoksik ta`sirini baxolashga yordam berdi. Ekstrakt ikkala hujayra chizig`ida dozaga bog`liq
inhibitiv ta`sir ko`rsatdi.
Eng yoqori sitotoksik ta`sir 1000 mkg/ml dozada 48 soat ta`sir qilishdan so`ng novda va
gul ekstraktlarida kuzatilgan. Shu bilan birga katta qon-cho`p o`zining turli farmokologik
birikmalari bilan yallig`lanishni kamaytirishi ham aniqlandi. Yarani parvarish qilish bo`yicha
innavatsion yechimlarga talab ortib borayotganligi sababli, tabiiy maxsulotlarning terapevtik
salohiyatini tushunish zarur bo`ladi. Ushbu sharx Sericin va katta qon-cho`p bo`yicha mavjud
bilimlarni sintez qilib, tabiiy moddalarni yaralarni boshlashning tarkibiy qismi sifatida
o`rganish jarohatni davolash sohasiga sezilarli ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan barqaror,
samarali va biologik mos materiallarni ishlab chiqish uchun istiqbolli yo`lni taqdim etadi. [11].
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Hwang, B.Y. et al. (2004) “Antitimor agents from Chelidonium majus.” Journal of Natural
Products, 67(5), 875-880.
2.
Hiller, K. & Ploss, H. (2006) “ The alkaloids of chelidonium majus”, “Phytochmistry, 47(8),
1565-1570
3.
Refieian-Kopaei, M. & Nasri, H (2015). “Chelodonium majus and its trerapeutic effects.”
“International journal of pharmaceutical sqiences and research,” 6(2), 582-588.
4.
Park, H. J., et al (2010) . “Phyotochemical analysis and biological activites of chelidonium
asiaticum extracts.” Journal of medical plants research, 4(22), 2392-2397.
5.
Jung, H. J., et al.(2009) . “ Antimicrobial and anti-inflammatory effects of chelidonium
asiaticum exstracts.” Journal of ethnopharmacology , 125(1),49-54.
6.
Arakawa, Y., et al.(2015). “ Chemical composition of chelidonium asaiticumand its
therapeutic potential. “ Asian journal of chemistry. 27(9),3471-3474.
7.
Tibbiy ensiklopediya (2023). “ Chelidonium majus va chelidonium asiaticumning dorivor
xususiyatlari.” O`zbekiston tibbiyot ilmiy markazi.
8.
Kimyoviy ensiklopediya (2022). “ Chistotel o`simligining kimyoviy tarkibi.” O`zbekiston
kimyo instituti.
9.
A.D. Turova, E. N.Sapojnikova (1983). “ Лекарственные растения СССР и их
применение.” Справочник.
10.
Abu Ali ibn Sino (1980). “ Tib qonunlari.” Beshinchi tom.
11.
Shivraj Hariram Nile, Hui Wang, Arti Nile, Xianmin Lin, Huilin Dong (2021) “Food and
Chemical Toxicology”