Авторы

  • E`zozaxon Axmadxonova
    GulDU Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.79241

Ключевые слова:

Xamsa din axloq iymon tavoze.

Аннотация

Mazkur maqolada “Xamsa” kitobining birinchi dostoni “Hayrat ul-abror”asarini axloqiy va diniy qadriyatlarni o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda o‘rganamiz.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

40

“HAYRAT UL-ABROR” DOSTONINI AXLOQIY VA DINIY QADRIYATLAR BILAN

BOG‘LIQ HOLDA O‘RGANISH

E`zozaxon Axmadxonova

GulDU Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15239265

Annotatsiya:

Mazkur maqolada “Xamsa” kitobining birinchi dostoni “Hayrat ul-

abror”asarini axloqiy va diniy qadriyatlarni o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda o‘rganamiz.

Kalit so‘zlar:

Xamsa, din, axloq, iymon, tavoze.

KIRISH

Emas oson bu maydon ichra turmoq,
“Nizomiy panjasiga panja urmoq...

1

Xamsa” yozish orzusi ila yashagan shoir va mutafakkir Hazrat Alisher Navoiy ikki yil vaqt

ichida bu ishni amalga oshiradi – “Nizomiy panjasiga panja uradi”. Hazrat Navoiy yaratgan
“Xamsa”ning boshqa dostonlardan farqi – uning turkiy tilda vujudga kelganidir. Navoiyning
turkiy zabon bilan yaralgan “Xamsa” dostoni turkiy adabiyotimiz xazinasiga qo‘shilgan nuri
so‘nmas gavhar kabidir.

“Xamsa” kitobi va uning dostonlari haqida fikr yuritayotgan, asarni o‘rganayotgan bo‘sak-

da, Navoiy dahosining o‘qiguvchiga yetkazishni ko‘zlagan g‘oyalarini shoir istagandek yoritib
berish mushkul. “Negaki, Navoiy – cheksiz va tubsiz ummon. Uning teranliklariga borib yetish
ham, poyonsizligini fikran qanrash ham oddiy bandaning qo‘lidan keladigan ish emas”

2

. Ammo

bu ishga kirishish, asar ustida tadqiqotlar olib borish biz uchun ham farz, ham qarzdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

“Xamsa” dostonining birinchi kitobi – “Hayrat ul-abror”dir. Ushbu asar haqida turli xil

o‘rganishlar olib borilgan. Aynan mazkur maqolada “Hayrat ul-abror” dostonidagi axloqiy va
diniy qadriyatlarining uzviy bog‘liqligini tahlil qilamiz. Bizgacha taqdim etilgan aniq bo‘lmagan
ma’lumotga ko‘ra, O‘rta asrlarda “Hayrat ul-abror” dostoni Markaziy Osiyo, Eron va Hindiston
madrasalarida o‘qitilgan. Ba’zi anonim sharhlarda (Masalan, “Hoshiya ala Hayrat al-abror”)
asarning ayrim qismlari tahlil qilingan, lekin mulliflari noma’lum. Ularda din va axloq
masalalari Navoiyning g‘oyalari asosida izohlangan.

3

“Hayrat ul-abror” dostonida tarib berilgan maqolat va hikoyatlar insonning komillik

darajasiga, Allohning rizosiga erishish yo‘lida egallanishi darkor bo‘lgan fazilat va xislatlar,
bilimlar to‘g‘risida insonlarga yo‘l-yo‘riq, o‘rni kelganda nasihat ham beradi. “Hayrat ul-abror”
dostonidagi axloqiy va diniy qadriyat tushunchalari o‘zaro bog‘langan. Shubhasiz, diniy
bilimlarni to‘la o‘zlashtirgan kishining axloqiy darajasi ham yuqori bo‘lmog‘i ayondir.

Alisher Navoiy Islom dinining mohiyatini, uning go‘zal shartlarini maqolat va

hikoyatlariga singdirgan. Islomning ma’naviy olamidan oziqlanganligi asarning hanuzgacha
boqiy va sevib o‘qilishining sabablaridan biridir, ehtimol. Navoiy axloq va dinni ayro
tasvirlamaydi, aksincha, axloqiy qadriyatlarni din shartlari ichidan qidiradi. Fitrat Navoiy
asarlarini Islom madaniyati va axloqiy qadriyatlarini targ‘ib qiluvchi yuksak namunalar sifatida

1

A. Navoiy, “Xamsa” (Farhod va Shirin)

2

E. Vohidov bilan suhbat, (“Yoshlik”, 1988/2)

3

Internet manbadan olindi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

41

ko‘radi. Unga ko‘ra, “Hayrat ul-abror” faqat badiiy doston emas, balki ijtimoiy hayot uchun
muhim bo‘lgan axloqiy falsafa asari hamdir.

4

Birinchi maqolat “iymon” tushunchasiga ta’rif bilan boshlanadi:
Kimki jahon ahlida inson erur,
Bilki, nishoni anga imon erur.

5

Hazrat Navoiy quyidagi jumlalar orqali haqiqiy, chin inson deb topilgan kishining belgisi

– bu uning iymonidir, demoqda. Bundan anglashiladi-ki, kishini haqiqiy inson qilib turuvchi,
nafs va yomonliklardan qaytarguvchi odil tarozi bu Iymondir. Insonning iymoni sof, go‘zal
bo‘lsa, u insonda axloq vujudga keladi. Axloqli bo‘lishga undab turuvchi kuch iymon emasmi,
axir?

Dostonning oltinchi maqolatida bir qancha insoniy fazilatlar va insoniy burchlar xususida

so‘z yurtiladi. Bularning barchasiga alohida to‘xtalib o‘tamiz:

Lek bu yo‘l qat’ida sharti talab,
Bilki tavozu’ bila kelmish adab.

Chunki tavozu’g‘a ham o‘ldi hilol,
Bo‘ldi fuzunroq anga har kun kamol.

6

Ma‘nosi: tavoze va odob doimo birgadir, bir-birini to‘ldirguvchidir. Hattoki, yangi hilol oy

tavozeli holda edi, shu xislati sababidan ham kundan kunga “fuzun”, ya’ni ziyoda bo‘ldi.

Tavoze o‘zini boshqalardan ustun bilmaslikdir. Tavozeli bo‘lishga Qur’oni karim oyatlari

va hadislarda ko‘pgina ta’kidlar bor. Iyoz ibn Ximor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Alloh menga: “Tavozeli bo‘linglar. Toki birov-birovga
tajovuz qilmasin va birovdan faxrlanmasin”, dedi”, dedilar”.

Navoiy oxirgi ikki jumlasi bilan “Kimki Alloh uchun tavoze qilsa, albatta, Alloh uning

martabasini yuqorilatmay qo‘ymas”, hadisiga ishora qilmoqda. Hazrat Navoiy islom dunyosiga
tavozeli bo‘lishga amr etilganligimizni eslatib o‘tmoqda. E’tiborli yana bir jihati shu-ki, shoir
tavoze va odobni yonma-yon tilga olmoqda. Albatta, kishining tavozeli bo‘lishida odobning o‘rni
katta. Odobsiz kishi o‘zgalarni hurmat qilmaydi, o‘zgalardan ham hurmat ko‘rmaydi. Tavoze va
odobni birdek egallamoq kerak.

Aynan shu maqoladagi keyingi masalaga yuzlanamiz:

Masxarakim kulgu uchun boj yer,
Bir diram olg‘uncha iki koj yer.

Shaklda chun masxaravash keldi bum,
Urmog‘ig‘a qushlar etarlar hujum.

Ma’nosi: Kuldirish uchun birovning sha‘nini oyoqosti qiladiganlar masqarabozlardir.

Baland qahqaha urish odob chashmasidan suv ichganlarning ishi emasdir.

4

Fitrat, “Navoiyning milliylik va umuminsoniylik tamoyillari” nomli maqolalari

5

“Hayrat ul-abror”, 71-bet

6

“Hayrat ul-abror”, 113-114-betlar


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

42

Payg‘ambarimiz alayhissalom aytadilar: “Ko‘p kulishdan saqlaninglar. Chunki ko‘p kulgu

qalbni o‘ldiradi va yuz nurini ketkazadi”

7

.

Islom insonni zavqlanishdan, hayotda baxtiyor bo‘lib yashashini taqiqlamaydi. Balki,

barchasini me’yorida va Qur’on, sunnatga muvofiq bo‘lishini buyuradi. Shoir aynan shu
hukmlarni jumlalarga singdirmoqda.


Kulguki o‘z haddidin o‘ldi yiroq,
Yig‘lamoq andin ko‘p erur yaxshiroq.

Ravshan etib sha’mni har tun yig‘i,
Elga berib g‘unchani xandonlig‘i,

Qildi Burgut ashki bila dur nisor,
Bo‘ldi choqin kulgusidin xoksor.

8


Ma’nosi: Sham har tun yig‘lay-yig‘lay, yanada ravshan bo‘la bordi. G‘unchaning xandon

otishi oqibatida shamolda sovurilib ketdi. Bulutning yig‘lashi esa uning dur sochishiga
musharraf qildi. Chaqmoq bo‘lsa, o‘zining shiddatli qahqahasi bilan tubanlashdi, yerga kirdi.

Shoir ushbu o‘xshatmalarining tub mohiyatida Qur’oni karimning ushu oyati yotadi: “Bas,

(ular) qilmishlarining jazosi uchun (bu dunyoda) oz kulsinlar va (oxiratda) ko‘p yig‘lasinlar”

9

.

Haq taolo ushbu oyatida dunyoda ko‘p kulganlarning, umrini behuda o‘yin-kulgu uchun

sarf qilganlarining holi oxiratda yig‘lash bo‘ladi, deya ogohlantirmoqda. Navoiy esa ushbu
amrni bizga eslatib, odobsizlarning ishidan – baland kulgudan qaytarmoqda. Alisher Navoiyni
ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lganlar keltirgan ma’lumot, ta’riflarga ko‘ra, Hazratning o‘ta og‘ir-
vazmin, tavozeli kishi bo‘lganliklari anglashiladi. Ushbu xislatlar Navoiyni xalqning mehr-
muhabbatiga sazovor bo‘lishiga asosiy sabablardandir.

XULOSA

Shoir Alisher Navoiy asarlarining, xususan “Xamsa”va uning birinchi kitobi “Hayrat ul-

abror” dostonida din masalasining ahamiyati kengdir. “Hayrat ul-abror” dostonida ko‘tarilgan
barcha masalalar: axloqiy va diniy qadriyatlarning birligi, bog‘liqligi yana o‘rganilish, tahlil
talab etiladigan masaladir. “Hayrat ul-abror” dostoni – go‘zal tarbiya va axloq namunasiga boy
nodir asar.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

A. Navoiy “Hayrat ul-abror” - Toshkent G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at, 1989

2.

Qur’on kitobi

3.

E. Vohidov: “Navoiy – so‘zni malham deb bilgan daho”, “Yoshlik” jurnali, 1988/2

4.

Fitrat “O‘zbek adabiyoti namunalari” – Samarqand, 1928

7

Abu Zarr G‘iforiy rivoyati

8

“Hayrat ul-abror”, 114-bet

9

Qur’on, “Tavba” surasi, 82-oyat

Библиографические ссылки

A. Navoiy “Hayrat ul-abror” - Toshkent G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at, 1989

Qur’on kitobi

E. Vohidov: “Navoiy – so‘zni malham deb bilgan daho”, “Yoshlik” jurnali, 1988/2

Fitrat “O‘zbek adabiyoti namunalari” – Samarqand, 1928