YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
101
O'ZBEK TILIDA ILTIFOT VA MINNATDORCHILIKNING IFODALANISHI
Mahmudova Roziya
Termiz davlat universiteti
lingvistika o'zbek tili 2-kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15262441
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o'zbek tilida iltifot va minnatdorchilik ma'nosining
qanday ifodalanishi haqida ma'lumot berilgan.O'zbek tilida iltifot, nafaqat, so'z yordamida,balki
ma'lum bir holat,imo-ishoralar orqali ham ifodalanishi mumkinligi haqida to'xtalib o'tilgan.
Kalit soʻzlar:
O'zbek tili, iltifot ma'nosini ifodalovchi birliklar, tashakkur, rasmiy
minnatdorchilik iltifot ma'noli so'zlarning badiiy asarlardagi xususiyati va o'rni.
Bilamizki, o'zbek xalqi qadim-qadimdan mehmondo'st, xushmuomala, yaqinlariga
oqibatli xalq bo'lib kelgan. Shu bilan birgalikda bu xislatlarni o'zida ifoda etuvchi, aks ettiruvchi
talay so'z va birikmalariga ham ega. O'zbek xalqi qancha qadimiy xalqlardan biri bo'lsa, uning
tili undan-da qadimiyroq deb bemalol ayta olishimiz mumkin. O'zbek tili eng qadimiy va boy
tillardan sanaladi.Buni ularning kundalik hayotlarida, diniy harakatlarida, bir-birlariga yordam
berganlarida, quvonchli kunlarida, shuningdek, bir-birlaridan minnatdor boʻlib, bir-birlariga
iltifot ko'rsatganlarida ko'rishimiz mumkin. Iltifot,aslida, kishiga qilingan marhamat, himmat,
diqqat -e'tibor, yaxshi munosabat demakdir. Uning iltifot qilmoq, iltifot ko'rsatmoq kabi
shakllari mavjud. Iltifot arabcha so'zdan olingan bo'lib,o'girish,burish,lutf ko'rsatishma'nolarini
ifodalaydi. Iltifot -kishiga qilingan marhamatni ifodalovchi tushuncha. Iltifot kishilik jamiyatini
bezab,ziynatlab turuvchi, insonlar fazilatlardan biri bo'lib, lug'atlarda ko'rsatib o'tilganidek,
keng va chuqur ma'nolarga ega. Iltifot yuksak madaniyat belgisi bo'lib, iltifotli odam hech
qachon birovga nisbatan bee'tibor bo'lmaydi, hammaga bir xilda chiroyli muomala qiladi. Iltifot
odamlar o'rtasidagi munosabat va muomalaning saxovat, marhamat, himmat asosida amalga
oshirilishidir, xushmuomalalikdir. Masalan, avtobusda keksa odam o'rta yashar, qo'lida bolasi
yoki og'ir yuki bo'lgan ayolga rahmdillik bilan joy bersa,bu uning iltifotidir. Yoki xalqimizda
qadimdan xonadonga mehmon kelsa, uy egasi -mezbon uni ochiq chehra bilan kutib olib
ko'rishganidan keyin o'tirgan va yana o'rnidan turib,bir-biriga qulluq qilgan. Bu go'zal iltifot
edi. Agar do'st-u yor va oshnalar, qarindosh -urug'lar bir-biriga iltifotli va e'tiborli bo'lsa, ularni
bog'lab turgan rishtalar yanada kuchayadi.Shuningdek, iltifot so'zi o'rnida ba'zi o'rinlarda lutf
so'zi ham kelib qoladi.Minnatdorchilik esa birovning qilgan yaxshiligidan,xizmatidan mamnun
va qarzdor ma'nosini anglatadi. Minnatdorchilik aktiv, shubhasiz, ekspressiv aktning tarkibiga
kiradi. Minnatdorchilik, birinchi navbatda, minnatdorchilik bildirish orqali namoyon bo'ladi,bu
nutq yoki nutqdan tashqari harakat bo'lib, uning kommunikativ maqsadi suhbatdoshning o'zi
uchun qilgan yaxshiligini qadrlashini ko'rsatishdir. Shu bilan birga, minnatdorchilik muallifning
hissiy holatining namoyon bo'lishi va qabul qiluvchining his-tuyg'ulariga ta'sir qilish
vositasidir. Minnatdor bo'lish, shuningdek, salbiy narsalarga emas, ijobiy narsalarga diqqat
qaratishingiz ha ko'maklashadi. Minnatdorlik ko'rsatish salbiy fikrlash tarzidan
yiroqlashishingizga yordam beradi. Bir vaqtning o'zida ham minnatdor bo'lish ,ham hasad
qilish, tushkunlikka tushish yoki achchiqlanishning iloji yo'q.O'zbek tilida iltifot va
minnatdorchilikni ifodalovchi bir talay so'zlar va birikmalar mavjud bo'lib,ular ma'lum bir
holatda, ya'ni so'zlovchi tinglovchi yoki o'zga kishidan o'zining ishlariga berilgan yordamni,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
102
ijobiy munosabatni kutsa,unda shunday iltifotni yoxud minnatdorchilikni bildiradi.Quyida
ulardan keltirilgan namunalarni ko'ramiz: Sayfi Soqiyevich tumbochka ustiga gazeta yozib,
patir, yaproq-yaproq to'g'ralgan qazi tayyorlab qo'ygan ekan. -O'tiring,-dedi u Sherzodga
qaramay. Chamasi, boyagi keskinlikning zahri xiyla ko'tarilgan edi..-Rahmat! -Sherzod samimiy
ohangda tashakkur bildirdi.|1|. Bunda minnatdorchilikning yorqin ifodasi sifatida berilgan
"Rahmat!" birligining vazifasi ochiqlab berilgan.Quyidagi jumlada ham boshqa so'z orqali
ifodalangan minnatdorchilik va iltifot ma'nosini ko'rishimiz mumkin: - Bu saroydan sizlarnikiga
ko'chishim og'ir-, dedi Otabek, ammo otangizning ziyoratlariga borishga har qachon hozirman.
-Sog' bo'ling,bek aka,boradirg'an kuningizni tayin qila olasizmi? Ushbu jumlada Otabek
Rahmatning otasining qabriga borib uni ziyorat qilib,unga nisbatan o'z iltifotini ko'rsatishini
aytgan bo'lsa, bundan xursand bo'lib, Otabekka o'z minnatdorchiligini bildirayotgan Rahmat
esa unga "Sog' bo'ling,bek aka" deyishi unga nisbatan ijobiy minnatdorchilik munosabatini hosil
qilyapti.-Qutidor hovlisiga qaysilar ekan,bek bilan xayrlashdi:- Albatta,biror kun biznikiga
marhamat qilasiz,tuzumi?-Xo'b,amal.-Bizniki mana shu burchakdagi eshik...Qaytag'a bu kun
biznikida qolsangiz bo'lmasmi-a? -Rahmat...Xayr,salomat bo'lingiz.|2|. Bu o'rinda Qutidor
Otabekni uyiga taklif qilib,unga iltifot qilgan bo'lsa,Otabek ham unga o'z minnatdorchiligini
"Rahmat, xayr, salomat bo'lingiz!" birikmasi orqali ifodalayapti Bu 75-80 % lik ijobiy
minnatdorchilikni ifodalaydi. Chunki Otabekning "Rahmat" so'ziga "Salomat bo'lingiz"
birikmasini ham qo'shishi bu munosabatning darajasini oshirgan."Rahmat" so'zi asli arabcha
so'z bo'lib, o'zida shafqat, marhamat, mehribonlik va chikish ma'nolarini jamlaydi.
Shuningdek,bu so'z tashakkur va minnatdorchilikni ifodalovchi so'zdir. Bu so'zning rahmat
aytmoq, otangga rahmat,onangga rahmat,qilgan ishiga nisbat berib,rahmat zo'r ilding,
mehribonchiligi va e'tibori uchun rahmat kattakon, sen rahmat keltiradigan farzand
bo'lasanov,xudo rahmat qilsin, rahmatiga olgan bo'lsin kabi turlicha shakllari mavjud.Rahmat
aytish-minnatdorchilik bildirish shakli. U qayta-qayta rahmat aytib, meni mashinaga kuzatib
qo'ydi.|3|. Bu yerda minnatdorchilik bildirish oshib ketganligini va bu eshituvchi ha aytuvchi
tomonidan yuksak minnatdorchilik ekanligi ko'rinib turibdi. Tadqiqotchilarning izlanishiga
ko'ra, doim boshqalarga minnatdorlik izhor etganimizda, bu miyamiz faoliyatini o'zgartirishi
mumkin va hayotimizga ijobiyroq qaraydigan bo'lamiz. Minnatdorchilik-bu bor narsalarimizga,
hayotimizdagi ijobiy voqealarga, odamlarning mehribonligiga yoki oddiy quvonchlarga
nisbatan e'tibor va qadrlash hissidir. Minnatdorchilikni odatga aylantirish uchun quyidagilarni
qilish mumkin:
1. Kundalik minnatdorchilik yozuvlari: Har kuni uchta minnatdor bo'lgan narsangizni
yozib boring Bu sizda hayotdagi yutuq va kichik quvonchlarni ko'proq qadrlashga yordam
beradi.
2. Boshqalar uchun minnatdorchilik bildirish: Odamlarga ularning yordamidan,
mehribonligidan yoki borligidan minnatdor ekaningizni aytib berish uchun ularga quvonch
bag'ishlash bilan birga, munosabatlarni ham mustahkamlaydi.
3. Hozirgi paytdan bahramand bo'lish: Hoziroq mavjud boʻlgan narsalarga e'tibor qaratish
va qadrlash orqali hayotning har bir daqiqasidan quvonch topish mumkin.
Hayotda minnatdorchilikni odat qilish,nafaqat, stressni kamaytirishi, balki insonni baxtli
va ijobiy fikrlaydigan shaxsga aylantirishi ham ilmiy jihatdan isbotlangan. Jumladan,
minnatdorchilikni ifodalovchi so'zlar va birikmalarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
103
1) Rahmat -oddiy va eng keng tarqalgan minnatdorchilik so'zi.
2) Katta rahmat -minnatdorchilikni chuqurroq ifodalash usuli.
3) Sizdan juda minnatdorman -mehr-muhabbat va chin dildan minnatdorchilik bildirish
uchun ishlatiladi.
4) Sizni qadrlayman-hurmatingizni va minnatdorchiligingizni bildirishga mos keladi.
5) Borligingiz uchun minnatdorman-insonning mavjudligini qadrlashni bildiradi.
6) Tashakkur- yaxshi ish,xizmatni taqdirlab bildirilgan minnatdorlik.
"Tashakkur" so'zi o'zbek tilida "rahmat", "minnatdorchilik", yoki "shukur" degan
ma'nolarni anglatadi. Bu kimdir qilgan yaxshilik,yordam yoki ko'rsatgan e'tibor uchun
minnatdorchilik bildirish uchun ishlatiladi.Rasmoy minnatdorchilik: bu so'z,ko'pincha, rasmiy
vaziyatlarda,masalan, ish uchrashuvlarida, nutqlarda yoki rasmiy xatlarda ishlatiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsam,o'zbek tilida minnatdorchilik va iltifotni ifodalovchi
ko'plab birliklar va noverbal vositalar mavjud.Hatʼr biri vaziyat taqozosiga qarab ishlatiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O'.Hoshimov.Nur borki,soya bor.2024."Nurli dunyo" nashriyoti.
2.
A.Qodiriy.O'tkan kunlar.2007.
3.
S.Siyoyev."Yorug'lik" 1986.