YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
158
JIZZAX VILOYATIDA AHOLIGA TIBBIY YORDAM KO‘RSATUVCHI
MUASSASALAR FAOLIYATI
Jurayev A.
Qarshi Davlat Universiteti Mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15281910
Annotatsiya:
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng aholi salomatligini muhofaza
qilish sohasini qaytadan isloh qilish boshlandi. Jumladan, Jizzax viloyatida ham Sog‘liqni
saqlash tizimining asosiy tamoyili – profilaktik yo‘nalishi tiklandi; uning zamonaviy va samarali
usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etildi; onalar va bolalar salomatligini muhofaza
qilish tadbirlarini kuchaytirildi; tibbiy ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlash sohasini
takomillashtirildi
Kalit so‘zlar:
O‘zbekiston, Jizzax viloyati, Reproduktiv salomatlik, Xotin-qizlar, Sog‘lom
avlod, onalik va bolalik, Xalqaro xayriya jamg‘armasi, Perinatal Markaz, «Sog‘lom ayol»,
rekonstruksiya.
“Sihat salomatlik xar bir inson uchun butun aholimiz uchun xech narsa bilan o‘lchab
baholab bo‘lmaydigan buyuk ne’matdir. Faqat sog‘lom inson va sog‘lom xalq mislsiz ishlarga
qodirligini hammamiz yaxshi anglaymiz” darxaqiqat aholi salomatligini asrash va
mustahkamlash borasida mustaqillikning dastlabki yillaridan tub islohotlar o‘tkazildi.
Mamlakatimizdagi kabi Jizzax viloyatida xam sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar bosqichma
bosqich olib borildi. Birinchi bosqichda (1991—1994 yillar) butun e’tibor onalar va bolalar
sog‘lig‘ini muhofaza qilish xizmatini takomillashtirish, demografik ko‘rsatkichlarni
barqarorlashtirish, yuqumli kasalliklarni kamaytirishga qaratildi.
Ikkinchi bosqichda (1994—1998 yillar) dorixonalar va bir qancha davolash profilaktika
muassasalari xususiylashtirildi, ambulatoriya poliklinika xizmati rivojlantirilib qaytadan
tuzildi.
Viloyatda 2020-yil 1-yanvar holatiga shifoxona muassasalar soni 63 ta bo‘lib, ularda
o‘rindiqlar soni 5257 tani tashkil etdi. Shifoxonalarda jami 232268 ta bemorlar davolangan.
Shundan Jizzax shahrida 90939 tasi (jami davolangan bemorlarga nisbatan 39,2 %) ni, Sharof
Rashidov tumanida 21950 tasi (9,5 %), Zomin tumanida 21529 tasi (9,3 %), 18957 tasi (8,2 %)
G‘allaorol tumanida, 13122 tasi (5,6 %) Forish tumanida, 12879 tasi (5,5 %) Baxmal tumanida,
12600 tasi (5,4 %) Paxtakor tumanida, 9411 tasi (4,1 %) Zarbdor tumanida, 9404 tasi (4,0 %)
Do‘stlik tumanida, 6806 tasi (2,9 %) Mirzacho‘l tumanida, 5057 tasi (2,2 %) Zafarobod
tumanida, 4949 tasi (2,1 %) Yangiobod tumanida, 4665 tasi (2,0 %) Arnasoy tumanlarida
davolangan.
Jizzax viloyati bo‘yicha 2020-yil 1-yanvar holatiga 194 ta ambulatoriya- poliklinika
muassasalari mavjud bo‘lib, eng ko‘pi Jizzax shahrida 68 ta (jami ambulatoriya- poliklinikalarga
nisbatan 35,1 % ni tashkil etadi), Sharof Rashidov tumanida 21 ta (10,8 %) ni, G‘allaorol va
Zomin tumanlarida 18 tadan (9,3 %) ni, Baxmal tumanida 16 ta (8,2 %) ni tashkil qiladi. Jizzax
viloyatida sog‘liqni saqlash 2 Tibbiyot xodimlar soni, kishida Viloyat bo‘yicha 2020-yil 1-yanvar
holatiga jami 2271 ta shifokorlar mavjud bo‘lib, shundan 805 tasi (35,4 %) ayollar hissasiga
to‘g‘ri keladi. Shifokorlarning 85 % ni Jizzax shahar, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Zomin,
Paxtakor va Forish tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
159
Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, samaradorlikni oshirish maqsadida olib
borilayotgan islohotlar natijasida mustaqillik yillarida statsionar shifoxona muassasalarida
ham tarkibiy o‘zgartirishlar amalga oshirildi, natijada 2019-yildagi shifoxona, statsionar
muassasalar soni 2018-yilga nisbatan 1,9 % oshdi. Shifoxonalardagi shifo o‘rinlar soni 2018-yil
5,1 mingni tashkil qilgan bo‘lsa, 2019- yilda 5,2 ming o‘rinni tashkil qildi.
Viloyatda 2019-yilda ambulatoriya-poliklinika muassasalarida qayd qilingan kasalliklar
soni 454 307 tani tashkil etgan, shundan 14 yoshgacha bolganlari 112 967 tasini (jami
kasalliklar soniga nisbatan 24,9 %) bolib,15-17 yoshgacha bolganlari 37 932 tashkil etadi va
(8,3 %)ni 18-yosh va kattalari 303 708 tasi va (66,8 %) ni tashkil etadi.
Qayd qilingan kasalliklar soni bo‘yicha eng ko‘p Jizzax shahrida (jami kasalliklar soniga
nisbatan 33,4 %), Zomin tumani (11,0 %), Forish tumani (10,9 %), Paxtakor tumani (7,8 %),
Sharof Rashidov tumani (6,4 %), Baxmal tumani (6,1 %), G‘allaorol tumani (6,0 %), Mirzacho‘l
tumani (5,3 %), Zarbdor tumani (5,0 %), Yangiobod tumani (2,5 %), Zafarobod tumani (2,1 %),
Arnasoy tumani (1,8 %), Do‘stlik tumani (1,7 %) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Viloyatda 2019-yilda shifoxona va ambulatoriya-poliklinika muassasalarida jami 2,3 ming
shifokor va shu bilan bir qatorda 12,7 ming nafar o‘rta tibbiyot xodimlari aholiga xizmat
ko‘rsatdi. 2019- yilda har 10 ming aholiga to‘g‘ri keladigan shifokorlar soni 16 tani tashkil
qilgan bo‘lsa, har 10 ming aholiga to‘g‘ri keladigan o‘rta tibbiyot xodimlari soni esa 91 tani
tashkil qildi.
Xullas, Sihat salomatlik xar bir inson uchun butun aholimiz uchun hech narsa bilan
o‘lchab baholab bo‘lmaydigan buyuk ne’matdir. Faqat sog‘lom inson va sog‘lom xalq mislsiz
ishlarga qodir. Mustaqillik yillarida sog‘liqni saqlash sohasida mamlakatimizda xususan, Jizzax
viloyatida erishilgan yutuqlarga xalqaro xamjamiyat tomonidan ijobiy baxo berilmoqda.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev SH. “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” T.: O’zbekiston 2021.
2.
Karimov Sh. I., Muhamediyarova R. G. va boshqa, Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash.
Muammo va istiqbollar, T., 1998;
3.
Nazirov F.Gʻ. Ona va bola salomatligi yoʻlida. T., 2001.
4.
Saidov F.F. Jizzax viloyati ijtimoiy soxasining 2023 yil xolatiga Jizzax viloyati ijtimoiy
soxasida amalga oshirilgan ishlar taxlili. Jizzax, 2023, B. 6.
5.
Asilbek, Khojayorov. "History of Sufism in Nasaf Oasis." Intersections of Faith and Culture:
American Journal of Religious and Cultural Studies (2993-2599) 1.6 (2023): 15-19.
6.
Ходжаёров, Асилбек Отабек угли. "СОМОНИЙЛАР ДАВРИДА НАСАФ ШАҲРИНИНГ
ИЖТИМОИЙ, ИҚТИСОДИЙ ВА МАЪНАВИЙ ҲАЁТИ." ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ 6.1 (2023).
7.
Хўжаёров, Асилбек Отабек ўғли. "ҚАШҚАДАРЁ ВОҲАСИ АЛЛОМАЛАРИ ИЛМИЙ
МЕРОСИНИНГ АҲАМИЯТИ." INTERNATIONAL CONFERENCES. Vol. 1. No. 21. 2022.
8.
Хўжаёров, Асилбек. "ЎРТА АСРЛАРДА НАСАФ ВОҲАСИ ИЛМИЙ–АДАБИЙ ҲАЁТИ."
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
2.7 (2023): 41-43.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
160
9.
Бўриев, Очил, Шерзод Искандаров, and Асилбек Хўжаёров. "Абу Райҳон
Берунийнинг “Ҳиндистон” асари ноёб этнографик манба сифатида." Academic research in
educational sciences 3 (2022): 399-411.
10.
Khojayorov, A. (2023). The scientific–literary environment of the Nasaf oasis in the
middle ages. Educational Research in Universal Sciences, 2(3), 885-888.
11.
Khojayorov, A. (2024). JURISPRUDENCE OF MUHAMMAD BAZDAWI (IX–XII CENTURIES).
Collection of scientific papers «SCIENTIA», (February 23 2024; Amsterdam, Netherlands), 188-
191.
12.
Хўжаёров, А. О. (2024). МИРЗО УЛУҒБЕКНИНГ АСТРОНОМИЯ ИЛМИ РИВОЖИГА
ҚЎШГАН ҲИССАСИ. Science and innovation, 3(Special Issue 3), 332-336.
13.
Бўриев, О., & Хўжаёров, А. О. (2024). ТЕМУРИЙЛАР ДАВРИ РЕНЕССАНСИ–УЙҒОНИШ
ДАВРИНИНГ ЎЗИГА ХОС ЖИҲАТЛАРИ. Science and innovation, 3(Special Issue 3), 115-123.