YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
151
UYQU CHAQIRUVCHI DORI PREPARATLARNING TASNIFI VA ULARNING
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Kocherova Umida Anvarovna
Toshkent shahar Alfraganus Universiteti
Tibbiyot fakulteti Farmatsiya yo’nalishi
2-bosqich talabasi
umidakocherova@gmail.com +998937770970
https://doi.org/10.5281/zenodo.15278936
Annotatsiya:
Ushbu maqolada uyqu chaqiruvchi dori preparatlari haqida kengroq tasnif
berilgan. Ularning sinflari haqida ma’lumotlar keltirilgan va zamonaviy tibbiyotda ulardan
foydalanishning ilmiy asoslari keltrilgan. Uyqu chaqiruvchi dori preparatlaring farmakologik
xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan. Shu bilan bir qatorda uyqu chaqiruvchi dori
preparatlarining doimiy qo’llanilishi natijasida inson organizmda sodir bo’ladigan
mexanizmlari va salbiy oqibatlari haqida yoritilgan. Uyqu chaqiruvchi preparatlardan qanday
foydalanish va bunday kuchli ta’sirga ega bo’lgan dori preparatlarining dorixona faoliaytidagi
chakana savdosi qanday amalga oshirilishi bayon etilgan. O’zbekiston Respublikasi davlat
reystridan o’tgan uyqu chaqiruvchi dorilar ro’yhati ko’rsatilgan. Shu qatorda bunday
prepatlarni uy sharoitida qanday saqlanishi haqida ham maslahatlar ko’rsatib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
gipnotiklar, benzodiazepinlar, melatonin, barbituralar, antigistaminlar,
farmakoterapiya, uyqusizlik, uyqu buzulishi, uyqu apnoesi, kumulyatsiya,lipofil, trankvilizator
Kirish:
Uyqu bosh miya katta yarimsharlari po’stloq qismidagi nerv markazlarining
tormozlanishi natijasida hosil bo’ladigan fiziologik holatdir. Uyqu vaqtida analizatorlarning
faoliyati pasayadi yoki butunlay yo’qoladi. Shartli reflekslar hosil bo’lmaydi. Shuni ta’kidlash
lozimki uyqu vaqtida markaziy nerv sistemasing quyi qismlari ish faoliyati butunlay
yo’qolmaydi ya’ni odamning hayotini ta’minlaydigan organlar ishini boshqaradi (yurak-qon
tomir, nafas olish tizimi, buyrak, endokrin sistema). Shuning uchun uyqu vaqtida bu
organlarning ishi pasayadi xolos. Insoning kun davomida sutkalik fiziologik normal uyqu
o’rtacha 8 soatni tashkil qiladi. Uyquning kam yoki ko’p bo’lishi patalogik omillarning kelib
chiqishiga sabab bo’ladi. 7 soatdan kam uyqu uzoq muddat davom etsa yurak-qon tomir
kasalliklari, semizlik, depressiya va xotira muammolariga olib kelishi mumkin. Doimiy 10
soatdan ko’p uyquning davom etishi esa ba’zi garmonlarning faoliyatiga salbiy ta’sir
ko’rsatishi bilan bir qatorda uyqu apnoesiga ham sabab bo’lishi mumkin ya’ni bu uyqu paytida
nafas olishning qisqa muddatli to’xtab qolishiga sabab bo’ladi. Fiziologik uyquning buzilishi,
kelib chiqish sabablari turli xil. Bunga tashqi va ichki omillar bog’liq holda yuzaga keladi.
Asosiy sabablar stress, depressiya, tashvishli va xavotirli o’y xayollar ya’ni psixologik va
emotsional o’zgarishlardir. Organizmning ichki muhit faoliaytining salbiy o’zgarishlari
masalan surunkali og’riqlar (revmatizm,artroz). Endokrin tizimidagi patalogik holatlar ham
uyqu rejimi yomonlashtiradi. Shu qatorda nevrologik kasalliklar ham uyqu tartibini
salbiylashtiradi (Parkinson, Altsgeymer). Kofein, nikotin va alkagol kabi moddalar yoki
bo’lmasa antidepresantlar, kortikosteroidlar ba’zi yurak dorilari uyqu normalligini buzadi.
Yashash turmush tarzi ham o’z ta’sirini ko’rsatadi masalan uyali aloqalardan, gadjetdan
foydalanish, shovqin yoki yorug’ xona, tungi smenada ishlash kabi hayotiy tarzlar ham uyqu
tartibini buzadi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
152
Asosiy qism:
Uyqu chiqaruvchi dori preparatlari ma’lum sharoitda tabiiy uyquga yaqin
uyqu holatini keltirib chiqaradigan farmakologik moddalarga aytiladi. Uyqusizlikni bartaraf
etish uchun foydalaniladigan dori preparatlarini qo’llashdan oldin uyqusizlikning sabablarini
aniqlash darkor. Birinchi galda ushbu sabablarni yo’qotish tadbirlari ko’riladi. Uxlatadigan
dori vositalariga quyidagi talablar qo’yiladi:
-uyquning kechishi, tuzilishi va muddati tabiiy uyquga yaqin bo’lishi;
- tanada yig’ilib qolmasligi;
- uyqudan keyin noxush holatlar bo’lmasligi;
-qaramlik chaqirmasligi;
-allergik va shunga o’xshash salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak. Afsuski, mavjud dori
vositalari bularga to’liq javob bermaydi. Uyqu chaqiruvchi dori preparatlariga geterosiklik
birikmalar-
barbituralar
(fenobarbital, benzonal, benzobamil, geksamidin). Alifatik
birikmalar (xloralgidrat, bromizoval). Trankvilizatorlar guruhiga kiruvchi preparatlar –
benzodiazepinlar
(klonazepam,nitrozepam,sibazon)
Barbituralar asosiy uyqu preparatlari hisoblangan. Lekin keying vaqtlarda ular o’z
mavqeyini yo’qotgan. Chunki barbituralar keltirib chiqaradigan uyqu kechishi bo’yicha tabiiy
uyqudan farqlanadi. Ya’ni uyqu chuqur bo’lmasdan uyg’onib turish, uyqudan keying
uyg’onish davrida noxush xolatlarni keltirib chiqaradi. (lanjlik, mudrash). Barbituralar qayta-
qayta berilganda kumulatsiya (tanada yig’ilish), qaramlik holatlarini yuzaga keltiradi.
Barbituralar O’zbekiston davlat reystriga kiritilmagan. Ulardan
fenobarbital
va
etaminal-
natriy
preparatlari O’zbekiston davlat reystriga kiritilgan va tibbiyot amaliyotida ishalatiladi.
Barbituralar kuchsiz kislotallik xususiyatga ega bo’lagani uchun oshqozon va ingichka ichakda
yaxshi so’riladi lipofil (yog’da oson eriydi) xususiyatiga ega bo’lganligi uchun gematoensefalik
to’siqdan o’tadi va markaziy nerv sistemasiga ta’sir ko’rsatadi. Etaminal natriy preparatining
eritmasi venaga yuborish yo’li bilan qisqa muddatli narkoz olish uchun ishlatiladi.
Benzodiazepin guruhiga kiruvchi preparatlar trankvilizatorlar hisoblanadi va
tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsatib, uyqu kelishini tezlashtiradi. Bulardan
nitrozepam
samarali
hisoblanadi. Ushbu dori vositalari-benzodazepinlar past ishqoriy xususiyatli bo’lgani uchun
asosan o’n ikki barmoqli ichakda so’riladi. Organizmda qon bilan tarqaladi, 60-95% qondagi
oqsillar bilan bog’lanadi. Asosan, jigarda mikrosomal fermentlar ta’sirida oksidlanadi va o’t
bilan chiqib ketadi. Bu preparatlar uyqu tuzilishiga ta’sir etmaydi, ya’ni uyquga o’xshash uyqu
chiqaradi, kumulatsiya va noxush holatlarni keltirib chiqarmaydi. Mikrosomal fermentlarga
ta’sir etmaydi. Uyqusizlikning hamma turlarida keng qo’llaniladi. Nitrozepam O’zbekiston
davlat reystriga kiritilgan va tibbiyot amaliyotida keng ishlatiladi. Nitrozepam homiladorlik
davrida tavsiya etilamydi.
Piperidin
unumlaridan
nokseron
ham tibbiyotda keng qo’llaniladi. Nokseron ayrim
mintaqalarda ro’yxatdan o’tgan va cheklangan miqdorda qo’llaniladi. U benzodiazepinlar kabi
kuchli trankvilizator emas, balki yumshoqroq, metabolic va nootrop vosita hisoblanadi.
Hozirgi kunda 3 avlodga mansub yangi uxlatuvchi dorilar
(zolpidem-ivadol,
zopiklon-
imavon)
tibbiyot amaliyotiga kirib keldi. Bu preparatlar imidazopiridin va sikloparalon
unumlaridir. Uxlatuvchi preparatlar qo’llanilganda, o’rganib qolish yoki ulardan ajralib qolish
xavfi, abstinensiya sindromlari yuzaga chiqishi mumkin. Shu bilan birga bu preparatlar
qo’llanilganda, allergik reaksiya, teriga qizilchalar toshishi, haroratning ko’tarilishi, markaziy
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
153
asab sistemasi funksiyasi susayishi, qon bosimining tushishi, jigar va buyrak funksiyasing
buzilishi kabi nojo’ya ta’sirlar qayd atiladi.
Uxlatuvchi dorilar bilan zaharlanganda markaziy asab sistemasi tormozlanadi, nafas
markazlari falajlanadi, nafas olish yuzaki bo’ladi, bemor terisi oqaradi. Bunday hollarda
me’dani yuvish va bemorni qustirish zarur.
Xulosa:
Demak, uyqu-aktiv, hayotiy zarur bo’lgan fiziologik jarayondir. Bunda reflektor
holatlar yo’qoladi. Mushaklar tonusi pasayadi, miyadagi qon aylanish jarayoni oshadi, nafas
susayadi va tana harorati pasayadi. Uyqu chaqiruvchi dorilarga alohida talablar qo’yiladi.
1.
Yoqimsiz ta’mli va mahalliy qiqtiqlash ta’siridan xoli bo’lishi;
2.
Uyqu davrlariga ta’sir etmasligi va kumulyativ holatlarni yuzaga chiqarmasligi;
3.
O’rganib qolish va tobelik bo’lmasligi;
4.
Ishlatilishi qulay bo’lishi kerak.
Umuman, uxlatuvchi preparatlar uyqusizlikning sabablariga ta’sir etmaydi, ular uyqu
holatini yuzaga chiqarish uchun ishlatiladi. Bu dorilar og’riq sezish holating yuzaga chiqishini
susaytiradi, lekin og’riq jarayoniga ta’sir etmaydi.
Uyqu chaqiruvchi preparatlar kichik dozalarda tinchlantiruvchi-sedativ ta’sir, o’rtacha
dozalarda-uxlatuvchi va katta dozalarda narkotik ta’sir ko’rsatadi. Bu dorilar narkotik dori
sifatida ishlatilmaydi, chunki ularning narkotik kengligi juda tor.
Uxlatuvchi moddalarga barbitura kislota, piperidin va alifatik birikmalarning unumlari
kiradi. Barbituralar uyqu vaqtiga qarab, qisqa muddatga uyqu chaqiruvchi
(geksabarbital,
geksenal),
o’rtacha uyqu chaqiruvchi
(etaminal natriy, barbamil)
va uzoq uyqu chaqiruvchi
(fenobarbital, barbital)
barbituratlarga bo’linadi.
Barbitular uyquga ketishdan 30-60 daqiqa oldin ichiladi. Ularni ishqoriy suvlar bilan
ichilgani ma’qul. Barbituralar jigarda biotransformatsiyaga uchraydi, qisman o’zgarmasdan,
buyrak orqali organizmdan chiqib ketadi. Barbituratlar qisqa vaqt ichida qayta qo’llanilsa
kumulyatsiyani yuzaga chiqaradi. Kumulyatsiya jigar va buyrak kasalliklarida tezroq yuzaga
chiqadi. Keyingi yillarda uyqu chaqiruvchi preparat sifatida benzodiazepinlar, jumladan,
nitrozepam, mazipam, sibazon, trioksazin, diazepam kabi preparatlar keng miqiyosda
qo’llaniladi.
Barbituratlardan
natriygidroksibutirat
-markaziy asab tizimiga ta’sir qiluvchi kuchli
uyqu chaqiruvchi va sedativ vosita bo’lib bu preparat mamlakatlarda tibbiy jihatdan qattiq
nazorat ostida qo’llaniladi.
Shuni ta’kidlash joyizki agar sizda uyqusizlikdan shikoyatlaringiz bo’lsa, uyqu
chaqiruvchi dori preparatlaridan foydalanishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Chunki ushbu dori preparatlari dorixona tomonidan faqat retsept asosida beriladi. Shu aytib
o’tish joyizki ushbu dorilarni uy sharoitida +15 C dan +25 gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
Quyosh nuri yoki muzlatkichlarda saqlash taqiqlangan. Asosan quruq va qorong’u joyda
saqlanadi. Bolalar yetib bo’lmaydigan yerda hamda o’z qadog’ida saqlash lozim.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
154
1.
B. Aminov, T.Tilavov, O.Mavlonov. (O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi
umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun darslik). Toshkent-2014
2.
M.N.Mahsumov, X. Aliyeva, M.A.Odilov, N.A.Musayev. (O’zbekiston Respublikasi oliy va
o’rta maxsus ta’lim vazirligi). Toshkent-“Ilm ziyo”-2007
3.
F.SH. Toshmuhamedova, H.U.Aliyeva, R.Z.Nizomov. (O’zbekiston Respublikasi oliy va
o’rta maxsus ta’lim vazirligi). Toshkent-“Ilm ziyo”-2013.
4.
М.Д.Машковскый. “Лекарственные средства”. Москва-“ Медицина”- 1977.