Авторы

  • Anvar Raximov
    PhD, dots., Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
  • Tulkin Uralov
    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti magistratura talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.81530

Ключевые слова:

turmush darajasi xizmat ko‘rsatish sanoat tarmog‘i innovatsion prospektorlar transport infratuzilmasi energetika infratuzilmasi aloqa infratuzilmasi xorijiy investorlar texnologiya transferi reaktorlar bozor qamrovi geografik doira vertikal maydon tashkiliy-iqtisodiy mexanizm avtomatlashtirilgan tizimlar raqamli boshqaruv zamonaviy texnologiyalar.

Аннотация

Maqolada aholing turmush darajasini rivojlantirishda xizmtlar sohasi, sanoat tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish hamda uni oshirishga qaratilgan bir qancha olimlarning fikr-mulohazalari bayon etilgan. Aholining turmush darajasini oshirishga sanoat tarmoqlarini hududiy rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari sxema ko‘rinishda, sanoat tarmog‘ining hududiy ixtisoslashuv strukturasi ko‘rsatib o‘tilgan. Sanoat rivojlanishining tabiiy resurslarga bog‘liqligi, sanoat tarmoqlarining o‘zaro energiya ta’minoti grafigi, sanoatning telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari (ICT) bilan bog‘liqligi yoritilib berilgan va bu bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

11

AHOLINING TURMUSH DARAJASINI YAXSHILASHDA XIZMAT KO‘RSATISH

SOHASINING RIVOJLANISHDAGI O‘RNI

Raximov Anvar Norimovich

PhD, dots., Iqtisodiyot va pedagogika universiteti ORCID: 0009-0009-2855-4084

sanjar.8548@mail.ru

Uralov Tulkin Tashkuvatovich

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti magistratura talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15285736

Annotatsiya.

Maqolada aholing turmush darajasini rivojlantirishda xizmtlar sohasi,

sanoat tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish hamda uni oshirishga qaratilgan bir qancha
olimlarning fikr-mulohazalari bayon etilgan. Aholining turmush darajasini oshirishga sanoat
tarmoqlarini hududiy rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari sxema ko‘rinishda,
sanoat tarmog‘ining hududiy ixtisoslashuv strukturasi ko‘rsatib o‘tilgan. Sanoat
rivojlanishining tabiiy resurslarga bog‘liqligi, sanoat tarmoqlarining o‘zaro energiya ta’minoti
grafigi, sanoatning telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari (ICT) bilan bog‘liqligi
yoritilib berilgan va bu bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan.

Kalit so‘zlar:

turmush darajasi, xizmat ko‘rsatish, sanoat tarmog‘i,

innovatsion

prospektorlar, transport infratuzilmasi, energetika infratuzilmasi, aloqa infratuzilmasi, xorijiy
investorlar, texnologiya transferi, reaktorlar, bozor qamrovi, geografik doira, vertikal maydon,
tashkiliy-iqtisodiy mexanizm,

avtomatlashtirilgan tizimlar, raqamli boshqaruv, zamonaviy

texnologiyalar.

Kirish.

Rivojlanmayotgan yoki rivojlanish bosqichiga endi o‘tayotgan aksariyat

davlatlarda, aholining to‘rtdan uch qismi qishloq xo‘jaligiga bog‘langan. Taraqqiy topgan
davlatlarda bu ko‘rsatkich: ishga yaroqli jami aholining bor-yo‘g‘i 10 foizini tashkil etadi.
Hatto yetakchi 20 talikka kirmaydigan va bu sohada bor imkoniyatdan foydalanmagan
davlatlarda ham xizmat ko‘rsatish sohasida aholining kamida 50 foizi band. Ayniqsa, xizmat
ko‘rsatishdan olinayotgan foyda YAIMning 3/4 qismini tashkil qilayotgan davlatlarda, YAIMga
nisbatan “xizmat ko‘rsatish iqtisodiyoti”ning ulushiancha yuqori. Bu ulush xususan,
Lyuksemburgda 85, Fransiyada 87, AQShda 86, Belgiyada 85, Angliyada 83 foizga,
shuningdek, janubi-sharqiy Osiyoning ba'zi mamlakatlari, jumladan, Gonkongda 94,
Singapurda 91 foizga yetgan. Xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasiga erishgan davlatlarda
qoida tariqasida moliya, kredit, kafillik, kafolat, sug‘urta, ta'lim, turizm, tibbiyot, aloqa va
axborot, innovatsion va nano texnologiyalarga asoslangan xizmatlar rivojlangan. Ispaniya,
Italiya va Fransiyaga o‘xshagan davlatlarda YAIM asosini turizm sohasidagi xizmatlar tashkil
etadi. AQShning qator kompaniyalari esa ishlab chiqarishga aloqador xizmatlarni sotish orqali
ishlab chiqarishdagi daromadning kamida 50 foizidan ko‘prog‘iga egalik qiladi

1

.

Respublikamiz, shuningdek, MDH davlatlar va xorijiy mamlakatlarning iqtisodiyotga oid

ilmiy adabiyotlarida xizmat ko‘rsatish sohasi jarayonlarini ekonometrik modellashtirish va
prognozlashning nazariy va amaliy jihatlariga bag‘ishlangan ishlar keng o‘rin olgan. Xususan,

1

Тараққиётнинг

ўқ

илдизи

ёхуд

хизмат

кўрсатишнинг

мамлакат

имижини

оширишдаги

муҳим

роли

хусусида

//

http://uza.uz/oz/business/-07-09-2019.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

12

M.Xirooka, Madsen J.B., F.Xayek, Sombie J.S.L, Spreafico M.R., M. Caldor kabi

2

xorijlik iqtisodchi

olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarida modellashtirishning nazariy muammolari tadqiq etilgan.

Xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining rivojlanishini ilmiy-metodologik jihatlari ko‘plab

xorijlik olimlar, jumladan, V.V.Kulibanova, K.X.Xaksever, B.R.Render, R.S.Rassel, R.G.Merdik,
V.K.Romanovich, S.N.Korobkova, V.I.Kravchenko, S.V.Orlov, I.P.Pavlova tomonidan ilmiy
tadqiq etilgan.

Mamlakatimizda esa ushbu sohada ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ekonometrik

modellashtirish borasida YU.Q.Muhammedov, A.M.Abdullaev, B.YU.Xodiev, A.I.Ishnazarov,
O.X.Abduraxmanov, N.K.Zokirova, X.S.Muxitdinov, O.Q.Xatamov, A.N.Raximov va boshqalar
tadqiqot ishlari olib borishgan

3

. Ularning ilmiy ishlarida iqtisodiyotning mintaqaviy hamda

tarmoq infratuzilmasi ob'ektlarini modellashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq
etilgan.

Tadqiqotchi olim CH.Murodov fikricha, bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat miqyosida

xizmat ko‘rsatish sohasi oltita yo‘nalishda, ya'ni ishlab chiqarish, ijtimoiy - maishiy,
institutsional, shaxsiy, ekologik va bozor munosabatlariga mos ravishda ajralib chiqadi va
shakllanadi. Bu xizmatlarni bir - biridan ajratish, farqlash hamda ularning asosiy
mohiyatlarini ifodalovchi ilmiy ta'riflash nafaqat nazariy, balki xizmat ko‘rsatish tarmoqlari
majmuasining iqtisodiy munosabatlar tizimida tutgan o‘rnini asoslashda muhim amaliy
ahamiyatga ega

4

.

Ammo yuqorida qayd etilgan olimlar tomonidan xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini tadqiq

etish, ekonometrik modellashtirish va prognozlash muammolari yetarli darajada
o‘rganilmagan.Shu sababli aholi turmush darajasini «hayotiy sikli»ni uzaytirish, ularning
barqaror va mutanosib rivojlanishini monitoring qilib borishni ta'minlaydigan qo‘shimcha
statistik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, respublikamiz hududlarida aholiga xizmat ko‘rsatish
tarmoqlarining rivojlanish tendensiyalari, istiqbollarini ekonometrik modellashtirish,
prognozlash kabi ilmiy-amaliy muammolarni hal qilish va amaliy tatbiq etishga hayotiy
zarurat tug‘ilmoqda. Mazkur dissertatsiya mavzusi tanlanishiga shu zarurat asos bo‘ldi.

Jahon amaliyotida xizmat ko‘rsatish sohasiga innovatsion loyihalarni kompleks

baholashning ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish borasida ilmiy tadqiqotlar olib
borish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2

Hirooka M. Innovation Dynamism and Economic Growth. A Nonlinear Perspective. – Cheltenham, UK-Northampton.

MA, USA “Edward Elgar”, 2006; Madsen J.B. “Semi-Endogenous versus Schumpeterian Growth Models: Testing the
Knowledge Production Function using International Data”. Journal of Economic Growth, forthcoming. 2008; Хaйек Ф.
Ценыипроизводство. Челябинск: Социум. 2008; Мс. Сомbie J.S.L, Spreafico M.R., M. Caldor’s “technical progress
function” and Vendor’sIaw revisited. Cambridge Journal of Economics. 2015.

3

Муҳаммедов Ю.Қ. Барқарор ижтимоий-иқтисодий ўсишнинг омиллари ва эконометрик моделлари.:

иқт.фан.док. …дисc.автореф.-Т.: ТДИУ. 2006. -38 б.; Абдуллаев А.М., Ходиев Б.Ю., Ишназаров А.И.
Эконометрика.- Т.: Fan va texnologiya, 2007. – 612 с.; Абдуллаев А.М., Абдурахманов О.Х., Зокирова
Н.К. Прогнозирование и моделирование национальной экономики. -Т: Fan va texnologiya, 2007. – 575
с. X.S. Muxitdinov, O.Q. Xatamov, A.N. Raximov. Ekonometrika asoslari. O‘quv qo‘llanma. – Qarshi:
«Intellekt» nashriyoti. 2021 - 287 bet.

4

Ч.Муродов Ўзбекистон иқтисодиётини эркинлаштириш шароитида бозор инфратузилмасининг ривожланиши. и.ф.д.илмий

даражасини олиш учун диссертация автореферати. //Тошкент – 2001й. 11-12 б.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

13

O‘zbekistonda ham mustaqillik yillarida xizmat ko‘rsatish sohasi jadal sur'atlar bilan

rivojlanib, uning milliy iqtisodiyotni yuksaltirishdagi, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mamlakat
aholisini hayot farovonligini oshirish va boshqa ijtimoiy muammolarni hal etishning
harakatlantiruvchi omili sifatidagi roli tobora o‘sib bormoqda.

Lekin u rivojlangan mamlakatlar erishgan darajaga nisbatan hali past. Yuqoridagilardan

kelib chiqib, O‘zbekistonda ushbu sohani jadal rivojlantirish ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur
vazifalarning samarali bajarilishi mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish
bo‘yicha xorijiy tajribalarning maqbul variantlaridan foydalanishni taqozo etadi.

Aholiga xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining rivojlanishini ekonometrik modellashtirish

nazariyalari mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda davlat boshqaruvi yo‘nalishlarini
shakllantiradi. Biroq ularni o‘rganish bilangina cheklanib bo‘lmaydi, chunki ular ko‘p jihatdan
mintaqalarning iqtisodiy o‘sish nazariyalariga tayanadi. Aholiga xizmat ko‘rsatish
tarmoqlarining rivojlanishi uchun yangi yondashuvlarni, modelь va usullarni izlash hamda
joriy etish taqozo etiladi.

Xizmat ko‘rsatish sohasining hozirgi sharoitdagi roli quyidagi omillar bilan aniqlanadi:
sohasda doimiy ravishda yangi ish joylari yaratiladi;
soha mamlakatning yalpi ichki mahsulotida o‘z hissasini o‘stirib boradi;
soha hisobiga uy xo‘jaligida xizmat ko‘rsatish vaqti qisqaradi va bu, aholining hayot

sifatini oshiradi.

Ekonometrik usullar oddiy, an'anaviy usullarni inkor etmaydi, balki ularni yanada

rivojlantirishga va ob'ektiv o‘zgaruvchan natija ko‘rsatkichlarini boshqa ko‘rsatkichlar orqali
muayyan tahlil qilishga yordam beradi.

Xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirishni ekonometrik modellashtirishda,

boshqarish jarayonlarini tavsiflashda real ob'ekt ikkita tizim ko‘rinishida keltiriladi:
boshqaruvchi va boshqariluvchi (boshqarish obe'kti).

Aholiga xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini ekonometrik modellashtirishning ahamiyati

quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

moddiy, mehnat va pul resurslaridan oqilona foydalaniladi;
iqtisodiy va tabiiy jarayonlarni tahlil qilishda yetakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi;
aholiga xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojlanishida prognozlashni amalga oshirish

vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi;

xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini faqat chuqur tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning

o‘rganilmagan yangi qonuniyatlarini ochishga imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida
xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin
bo‘ladi;

hisoblash ishlarini avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni yengillashtiradi, xizmat

ko‘rsatish sohasi xodimlari mehnatini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish imkoni
yaratiladi.

Respublikamiz iqtisodiy farovonligining oshishi va iqtisodiy hayotdagi ijobiy

o‘zgarishlar yangi turdagi talabni shakllantiradi, iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish sifatiga
talablarni oshiradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

14

Respublikamizda faoliyat yuritayotgan xizmat ko‘rsatish tarmoqlari o‘zining texnika va

texnologiyasini takomillashtirib bormoqdalar, iste'molchilarning o‘sib borayotgan talablarini
qondirishga harakat qilmoqdalar.

Avvalari xizmat ko‘rsatish sohasi moddiy ishlab chiqarish sohasini to‘ldirib boradi deb

hisoblanardi. Xizmat ko‘rsatish sifati past bo‘lib, iste'molchilarni qanoatlantirmas va
ehtiyojlarini qondirmasdi.

Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida respublikamizdagi faoliyat yuritayotgan xizmat

ko‘rsatish korxona va tashkilotlari xalqaro standartlarga mos keladigan takliflar berishi talab
etiladi. Ular iste'molchilarga o‘z vaqtidagi, qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni amalga
oshirishlari lozim.

Bunday sharoitda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirishni ekonometrik

modellashtirish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi:

Chunki bozor sharoitida:
birinchidan, tavakkalchilik va noaniqlik elementlari mavjud;
ikkinchidan, resurslar chegaralangan;
uchinchidan, ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o‘rtasida raqobat mavjud;
to‘rtinchidan, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning istiqboldagi holatini oldindan ko‘ra bilish va

boshqalar.

Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari turli xil va bir-biridan aniq bir belgilari bilan farqlanadi.
Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari murakkab jarayonli tarmoq bo‘lganligi uchun hayotiyligi

ularning modellashtiriladigan ob'ektga qanchalik mos kelishiga bog‘liq.

Bitta modelda ob'ektning hamma tomonini aks ettirish qiyin bo‘lganligidan unda

ob'ektning eng xarakterli va muhim belgilarigina aks ettiriladi. Shuni ham ta'kidlab o‘tish
kerakki, ortiqcha soddalashtirilgan modelь qo‘yilgan talablarga yaxshi javob bera olmaydi.
O‘ta murakkab modelь esa masalani yechish jarayonida qiyinchiliklar tug‘diradi.

Har bir modellashtirish jarayonida asosiy blok «maqsad» hisoblanadi, chunki qo‘yilgan

maqsadga ko‘ra, bitta ob'ekt uchun har xil modellar tuzilishi mumkin. Ob'ekt sifatida
Qashqadaryo viloyatining xizmat ko‘rsatish sohasidagi asosiy tarmoqlarini olamiz.

Viloyatda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirib, hududlarda gaz, suv va elektr

energiya taqchilligini pasaytirish uchun yangi texnologiya, yangi uslublardan foydalanish
kerak. Joylarda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarni
kiritish, tadbirkorlik va biznesni rivojlantirib, o‘z-o‘zini ta'minlashga va ijtimoiy tenglikka
erishish kerak.

Viloyatda xizmat ko‘rsatish sohasi tarmoqlariga ta'sir etuvchi barcha omillarni quyidagi

guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq:

material texnik omillar: ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, elektrlashtirish,

avtomatlashtirish darajasi va sifati, qo‘llaniladigan texnologiyalarning darajasi, fanning
rivojlanishi va boshqalar;

tabiiy tarixiy omillar: kimyolash, melioratsiya, irrigatsiya va boshqa vositalar yordamida

tuproq–iqlim sharoitlarini yaxshilash, chorvachilik va dehqonchilik sohalarida seleksiya,
genetika va boshqa omillar;


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

15

tashkiliy xo‘jalik omillari: ishlab chiqarishni tashkil etishning ixtisoslashuvi,

konsentratsiyasi, ilg‘or tajribaning qo‘llanilishi, boshqaruv tizimi va uslublarining xarakteri,
darajasi va boshqalar;

iqtisodiy omillar: ishlab chiqarishni rejalashtirish va istiqbolni belgilash, iqtisodiy tahlil,

hisob va nazorat, mehnatni normallashtirish, ishlarni tariflashtirish va boshqalar;

ijtimoiy omillar: inson qobiliyatlarini aniqlanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan

omillar – jismoniy, psixologik, intellektual, mehnatga va uning natijalariga ijobiy
munosabatlarning rivojlanishi va salbiy omillarning chetlashtirilishi bilan bog‘liqligi.

Oxirgi uchta omillar guruhi u yoki bu darajada ishlab chiqarish rivojlanishining mazkur

bosqichi uchun xarakterli bo‘lgan ishlab chiqarish munosabatlari yig‘indisi bilan bog‘langan.
Shu sababli ular ma'lum bir darajada ijtimoiy xarakterga ega, demak, ularning mazmuni
haqida so‘z yuritish mumkin, ya'ni uchinchi va to‘rtinchi guruh omillarining tashkiliy - xo‘jalik
va iqtisodiy mohiyati ustunligi hamda haqiqatdan o‘zida ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-
psixologik omillarni mujassamlashtirgan beshinchi guruhomillariijtimoiy mazmuni ustunligi
haqidadir.

Bozor munosabatlariga o‘tish davrida ijtimoiy omillar klassifikatsiyasini ishlab

chiqishda, fikrimizcha, ularning insonning turmush sharoiti va mehnatiga bevosita ta'siridan
kelib chiqish zarur.

Inson hayoti va mehnat ajralmasdir, chunki mehnat yordamida hayot uchun zarur

vositalar yaratiladi, faqat ishchi kuchi sifatida ko‘rib chiqiladigan insonning o‘zi, tabiatning bir
predmetidir, mehnat esa ushbu kuchning moddiy ko‘rinishidir. Vaholanki, ijtimoiy
omillarning ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligigata'siri ba'zida bevosita yoki bilvosita
xarakterga ega, ya'ni bevosita ta'sir etuvchi ob'ekt sifatida bir tomondan, insonning o‘zi turadi
va ikkinchi tomondan, uning mehnati esa bilvosita hisoblanadi. Jamoa amaliyoti,
iqtisodiyotning va ijtimoiy munosabatlarning istiqboli haqidagi ilmiy taasurotlar to‘liq
bo‘lmagan sharoitlarda, iqtisodiy siyosatning yangi yo‘nalishlarini shakllantirish uchun
dastlabki qadam sifatida ishlab chiqarishda va ijtimoiy sohada aniq ziddiyatlar va salbiy
hodisalarni bartaraf etish hisoblanadi.

Ushbu tadqiqotda aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini tizimli tahlil qilish orqali

integratsion turdagi imitatsion modelь takomillashtirildi. Bu esa aholiga xizmat ko‘rsatish
tarmoqlarini rivojlantirish uchun maqsadli va strategik qaror qabul qilishning metodologiyasi
va zamonaviy tizimli izlanishlar tuzilmasida o‘ziga xos o‘rin egallaydi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligining

o‘sishiga ta'sir etuvchi omillarni quyidagicha guruhlash mumkin:

ijtimoiy demografik: aholining joylashuvi, jinsi, yoshi, oilaviy axvoli bo‘yicha shakllangan

tizimni qamrab oladi;

ijtimoiy - kasbiy: ishlab chiqarishni sanoatlashtirish, kadrlarni tayyorlash va kasbga

yo‘naltirish tizimini, ya'ni ta'lim, mutaxassislik razryad, staj, malakani oshirish bilan
bog‘liqdir;

ijtimoiy - maishiy: bunda turmush darajasi va uy - joy sharoitlarining yaxshilanishi,

madaniy - maishiy xizmat, transport bilan bog‘liq muammolarning yechilishi, umumiy
ovqatlanish va tibbiy xizmatning tashkil qilinishi, maktabgacha muassasalarning mavjudligi,
insonlarning dam olishi va bo‘sh vaqtning unumli tashkil qilinishi bilan bog‘liq;


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

16

ijtimoiy - psixologik: korxonada, guruhda mehnat jamoasining ijtimoiy - psixologik

holatini, ish bilan qoniqganligi, o‘zaro yordam va do‘stona munosabatlarning rivojlanishini,
sog‘lom ma'naviy holatning tashkil qilinishini o‘zida aks ettiradi;

ijtimoiy - ishlab chiqarishga oid: mehnatni tashkil qilishni boshqarishda, raqobatda

ishtirok etishni, mehnatga haq to‘lash tizimini, bajarilayotgan ishga qarab haq to‘lashni,
mehnat intizomini qamrab oladi;

ijtimoiy - iqtisodiy: bunga ish haqi darajasi, jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad kiradi.
Xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirishga ta'sir etuvchi ijtimoiy omillarni bunday

guruhlash rivojlanishning o‘sishida boshqarishdan to‘liq foydalanish imkonini beradi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ijtimoiy omillar xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini

rivojlantirishga sezilarli ta'sir etadi. Xozirgi bosqichda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini
rivojlantirish maqsadida barcha ijtimoiy omillar tizimidan to‘liq foydalanish sohani
rivojlantirishning ob'ektiv zaruriyati hisoblanmoqda.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Hirooka M. Innovation Dynamism and Economic Growth. A Nonlinear Perspective. –

Cheltenham, UK-Northampton. MA, USA “Edward Elgar”, 2006.
2.

Madsen J.B. “Semi-Endogenous versus Schumpeterian Growth Models: Testing the

Knowledge Production Function using International Data”. Journal of Economic Growth,
forthcoming. 2008.
3.

Хaйек Ф. Ценыипроизводство. Челябинск: Социум. 2008.

4.

Мс. Сомbie J.S.L, Spreafico M.R., M. Caldor’s “technical progress function” and

Vendor’sIaw revisited. Cambridge Journal of Economics. 2015.
5.

Управление и организация в сфере услуг: теория и практика: Service

Managementand Operation-2-eмеждународ. изд. (пер. с. англ. под науч. ред.
В.В.Кулибановой)/ К.Х.Хаксевар, Б.Р.Рендер, Р.С.Рассел, Р.Г.Мердик.-СПб. и др.: ПИТЕР
бух, 2002. -С.751.;
6.

Романович В.К. Сервисная деятельность: учеб. пос.: под общ. ред. В.К.Романович./

С.Н.Коробкова, В.И.Кравченко, С.В.Орлов, И.П.Павлова – 3-е изд. –СПб.: Питер, 2005.-156
с.
7.

Муҳаммедов Ю.Қ. Барқарор ижтимоий-иқтисодий ўсишнинг омиллари ва

эконометрик моделлари.: иқт.фан.док. …дисc.автореф.-Т.: ТДИУ. 2006. -38 б.
8.

Абдуллаев А.М., Ходиев Б.Ю., Ишназаров А.И. Эконометрика.- Т.: Fan va texnologiya,

2007. – 612 с.
9.

Абдуллаев А.М., Абдурахманов О.Х., Зокирова Н.К. Прогнозирование и

моделирование национальной экономики. -Т: Fan va texnologiya, 2007. – 575 с.
10.

X.S. Muxitdinov, O.Q. Xatamov, A.N. Raximov. Ekonometrika asoslari. O‘quv qo‘llanma.

Qarshi: «Intellekt» nashriyoti. 2021 - 287 bet.

Библиографические ссылки

Hirooka M. Innovation Dynamism and Economic Growth. A Nonlinear Perspective. – Cheltenham, UK-Northampton. MA, USA “Edward Elgar”, 2006.

Madsen J.B. “Semi-Endogenous versus Schumpeterian Growth Models: Testing the Knowledge Production Function using International Data”. Journal of Economic Growth, forthcoming. 2008.

Хaйек Ф. Ценыипроизводство. Челябинск: Социум. 2008.

Мс. Сомbie J.S.L, Spreafico M.R., M. Caldor’s “technical progress function” and Vendor’sIaw revisited. Cambridge Journal of Economics. 2015.

Управление и организация в сфере услуг: теория и практика: Service Managementand Operation-2-eмеждународ. изд. (пер. с. англ. под науч. ред. В.В.Кулибановой)/ К.Х.Хаксевар, Б.Р.Рендер, Р.С.Рассел, Р.Г.Мердик.-СПб. и др.: ПИТЕР бух, 2002. -С.751.;

Романович В.К. Сервисная деятельность: учеб. пос.: под общ. ред. В.К.Романович./ С.Н.Коробкова, В.И.Кравченко, С.В.Орлов, И.П.Павлова – 3-е изд. –СПб.: Питер, 2005.-156 с.

Муҳаммедов Ю.Қ. Барқарор ижтимоий-иқтисодий ўсишнинг омиллари ва эконометрик моделлари.: иқт.фан.док. …дисc.автореф.-Т.: ТДИУ. 2006. -38 б.

Абдуллаев А.М., Ходиев Б.Ю., Ишназаров А.И. Эконометрика.- Т.: Fan va texnologiya, 2007. – 612 с.

Абдуллаев А.М., Абдурахманов О.Х., Зокирова Н.К. Прогнозирование и моделирование национальной экономики. -Т: Fan va texnologiya, 2007. – 575 с.

X.S. Muxitdinov, O.Q. Xatamov, A.N. Raximov. Ekonometrika asoslari. O‘quv qo‘llanma. – Qarshi: «Intellekt» nashriyoti. 2021 - 287 bet.