YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
125
YOSHLARNING SIYOSIY ONGINI RIVOJLANISHIDA IJTIMOIY
TARMOQLARNING O‘RNI
Inamov Oybek Muxammadalievich
GulDU mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15314626
Bugungi globallashuv davrida axborot texnologiyalarining, ayniqsa, ijtimoiy
tarmoqlarning keng rivojlanishi yoshlarning dunyoqarashi, siyosiy ong va faolligiga bevosita
ta’sir qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar – bu faqatgina muloqot vositasi emas, balki siyosiy
ma’lumotlar, yangiliklar va muhokamalar maydoniga aylangan. Shu sababli, ularning yoshlar
siyosiy tarbiyasidagi o‘rni tobora ortib bormoqda.
Axborot manbai sifatida ijtimoiy tarmoqlar yoshlarni mamlakat va jahon miqyosida
sodir bo‘layotgan siyosiy voqealardan xabardor qiladi. Yangiliklar, siyosiy liderlar chiqishlari,
rasmiy bayonotlar tezda tarqaladi. Muqobil fikr shakllanishi turli fikrlar, tahlillar, blogpostlar
orqali yoshlar tanqidiy fikrlashni o‘rganadi. Siyosiy mavzularda o‘z nuqtai nazarini
shakllantiradi. Siyosiy faollikka undovchi omil. Saylovlarda ishtirok etish, fuqarolik
pozitsiyasini bildirish, ijtimoiy kampaniyalarda qatnashish chaqiriqlari aynan ijtimoiy
tarmoqlarda keng tarqaladi. Masalan, "hashtag" kampaniyalari orqali muayyan siyosiy
masalalarga e’tibor jalb qilinadi. Ijobiy ta’siri demokratik qadriyatlarni singdiradi, so‘z
erkinligi, tanqidiy fikrlash, bahs madaniyatini rivojlantiradi. Siyosiy savodxonlik oshadi,
siyosiy partiyalar, davlat tizimi, saylov jarayonlari haqida bilimlar ortadi. Jamoatchilik fikri
shakllanadi, yoshlar ijtimoiy muammolarni muhokama qiladi, dolzarb masalalarga o‘z
munosabatini bildiradi. Salbiy jihatlari soxta axborotlar (feyk yangiliklar), noto‘g‘ri siyosiy
ma’lumotlar yoshlar ongini chalg‘itishi mumkin. Manipulyatsiya xavfi ayrim guruhlar yoshlar
ongiga ongli ravishda ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladi. Radikalizm xavfi ekstremistik guruhlar
yoshlarni jalb qilish uchun aynan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi. Yuqoridagi mulohazalar
ijtimoiy tarmoqlarning asosiy jihatlarni ko‘rsatadi, ammo yoshlarning ko‘p asrlik ajdodlar
merosini va milliy qadryatlarni to‘g‘ri anglagan holda fikr yuritishlari muhim omildir. Axborot
juda shiddatliy kuchga ega bo‘lib bormoqda. Hatto qisqa fursatda dunyoni ommaviy fikrini
manipulyatsiya qilish imkoniga eka kuchga aylanib ulgurdi. Bundan yoshlarimizni himoyalash
uchun milliy qadryatlarimiz va ajdodlarimiz ma’naviy merosiga murojat qilishimiz zarur.
Yoshlarning siyosiy qarashlarini shakllantirishda ajdodlarimizning ma'naviy merosi katta
o‘rin tutadi. Bu meros yoshlarga nafaqat tarixiy faxr, balki siyosiy ong va vatanparvarlik ruhini
ham singdiradi. Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek kabi siymolar o‘z davrida siyosiy,
ilmiy va madaniy taraqqiyotga katta hissa qo‘shgan. Ularning faoliyati haqida bilish
yoshlarimizda tarixga nisbatan qiziqish, o‘zligini anglash va milliy g‘urur hissini
shakllantiradi. Bu esa, o‘z navbatida, siyosiy barqarorlik va fuqarolik pozitsiyasining
kuchayishiga olib keladi. Ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan qadriyatlar – adolat, halollik,
boshqalarni hurmat qilish kabi tamoyillar siyosiy qarashlarning asosiy omillaridan biri
hisoblanadi. Ular yoshlarni jamiyatdagi islohotlarga befarq bo‘lmaslikka, faol fuqarolik
pozitsiyasini egallashga undaydi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
126
1.
Karimov, I.A. – “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. T. 2008.
2.
Jo‘rayev, M. – “Siyosatshunoslik asoslari”. T. 2010.
3.
G‘ofurov, B. – “Siyosiy tafakkur va zamonaviylik”. T. 2017
4.
Toshtemirov, D. E., Saidov, J. D., & Mamatqulov, S. X. (2019). Technology of creating
modern electronic educational resources. Bulletin
of Gulistan State University
,
2019
(1), 67-71.
5.
Toshtemirov, D., Muminov, B., & Saidov, J. (2020). Fundamentals of compilation of
electronic tasks for students to test and strengthen their knowledge of database.
International
Journal of Scientific and Technology Research
,
9
(4), 3226-3228.
6.
Toshtemirov, D. E., & Djumoboyeva, Y. E. (2021). METHODOLOGY OF PROGRAMMING
OF PROBLEMS CONCERNING PYTHON DATABASE.
Bulletin of Gulistan State
University
,
2021
(2), 9-17.
7.
Абдуқодиров, А. А., & Тоштемиров, Д. Э. (2019). Таълим муассасаларида ахборот-
коммуникация технологияларидан фойдаланиш методикаси.
Монография. Гулистон:"
Университет
,
232
.