YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
43
QOBILIYAT VA UNING RIVOJLANISHIGA TASIR QILISH
Raxmonova Kumush
Norboboyeva Shohista
Rahmonova Charos
Rashidova Munisa
Shahrisabz davlat pedagogika instituti 3- bosqich talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.15342706
Annotatsiya:
Ushbu maqolada insondagi mavjud qobiliyatlar, ularning mazmun va
mohiyati, ularni anglash, rivojlantirish, toʻgʻri yoʻnaltirish haqida fikrlar keltirib oʻtilgan.
Mashhur daholar haqida mulohazalar mavjud.
Kalit so’zlar.
Qobiliyat, individuallik, talant , geniylik, layoqat, intellekt.
Inson borliqda yuksak darajada takomillashgan eng oliy mavjudotdir. U ong, tafakkur,
sezgi, qobiliyat, intellekt, temperament, xarakter, iqtidor, zehn, idrok, aql kabi buyuk
neʼmatlarga ega. Ana shu xususiyatlar bilan u barcha yaratiqlardan ustun turadi. Inson oʻziga
inom etilgan ne' matlar yordamida buyuk komillik choʻqqisiga erishishi mumkin. Psixologik
jihatdan shakllangan, jamiyatda individuallik xususiyatlarini namoyon eta oladigan shaxs
darajasiga koʻtarilishimiz uchun bizga qobiliyat va iqtidor muhim ahamiyat kasb etadi.
Qobiliyat bu insonning individual salohiyati, imkoniyati, layoqatidir. Uning koʻpgina turlari
bor.
Tabiiy qobiliyat. Insonlar bu qobiliyatsiz yashay olmaydi. Ular xotira, nutq, tafakkur
kabilardir.
Maxsus insoniy qobiliyat. Bu oʻz navbatida badiiy, ilmiy, amaliy, pedagogik,
tashkilotchilik, kommunikativ kabi turlarga ajratiladi.
Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, ko’nikma, malakalarini
egallash shu xususiyatlarga bog’liq bo’ladi. Lekin, bu xususiyatlarning o’zi bu bilim va
ko’nikmalarga taalluqli bo’lmaydi. Malaka, ko’nikma va bilimlarga nisbatan odamning
qobiliyatlari qandaydir imkoniyat tarzida namoyon bo’ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan
iborat bo’lib, biror bir ishdagi mahorat darajasi haqiqatdir. Bolada namoyon bo’ladigan
musiqaga qobiliyati uning musiqachi bo’lishi uchun imkoniyatlar, maxsus ta'lim berilishi,
qat'iylik, salomatligining yaxshi bo’lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko’pgina sharoitlar
bo’lishi kerak. Bularsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq so’nib ketishi mumkin. Qobiliyat
tugʻma emas, u maʼlum bir faoliyat natijasida oʻzlashtiriladi, ayni paytda u bilimlar mahsuli
sifatida qaraladi. She'r, hikoya yozish , yoqimli, shirali ovoz, rasm chizish, mohir chevarlik,
hunarmandlik, musiqa asbobini chalish, qoʻshiq kuylash kabilar badiiy qobiliyatni tashkil
etadi. Ularning mavjud boʻlishi inson psixikasidagi qobiliyatga bogʻliq. Qobiliyat erta
aniqlansa, muntazam va tizimli ravishda rivojlantirib borilsa, u yuqori natijalarni koʻrsatish
uchun imkoniyat boʻladi. Qobiliyatning takomillashishi, talant darajasidan geniylikkacha
borishida taʼlim va tarbiya hamda atrof muhit omillari muhim oʻrin tutadi. Geniylik
darajasiga yetishda irodaviy xislatlar - sabr, burch, intizom asosiy koʻrsatkichdir. Uning
uchun bizdan qatʼiylik bilan ishlash talab etiladi. Inson qobiliyati bilim, koʻnikma va
malakalarni egallash jarayonida koʻrinadi. Biroq, koʻpgina kashfiyotchi olimlar aynan maktab
davrida qobiliyatli hisoblanmaganlar. Xususan, Mendeleyev ximiyadan "3" bahoga oʻqigan.
Lobachevskiy, Betxoven, Edison, Marko kabi buyuk daholar ham atrofdagi insonlarda
qobiliyatsiz degan taassurot qoldirgan. Biroq, bugun ularni dunyo taniydi. Ilm fan
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
44
taraqqiyotida mislsiz evrilishlarga sabab boʻluvchi kashfiyotlar qilishgan. Fizik olim Albert
Eynshteyn ham 4 yoshgacha gapirmagan. Oʻqituvchilari uni aqliy jihatdan tengdoshlaridan
orqada deb aytishgan.
Qobiliyat – mahorat darajasi bo’lib, u bilim va ma’lakaning o’zida emas balki ularni
egallash jarayonida namoyon bo’ladi. Masalan bir xil ma’lumotlar asosida bir sinf
o’quvchilariga bir xil bilimlar berilsa ham o’quvchilar u bilimlarni har xil qabul qiladi va
o’zlashtiradi. Qobiliyat faoliyat jarayonida namoyon bo’ladi va rivojlanadi, u faqat sharoit
yaratib berilgandagina rivojlanadi. Qobiliyat faqat tug’ma emas, sharoit va imkon berilganda
rivojlanadi.Har bir bolada qanaqadir qobiliyat bor bo’lib uni bolalik davridanoq aniqlab unga
qobiliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratib berilgandagina uni san’at darajasiga olib chiqa
oladi. Qobilyat vaqt o’tgan sari uzgarishi rivojlanishi va hatto yo’q bo’lib ketishi ham mumkin.
Bularga misol qilib tarixdan va hozirgi davrdan ham ko’pllab qobiliyatli insonlarni misol qilib
olishimiz mumkin.
Demosfen
— qadimgi Yunonistonning eng mashhur notiqlaridan biri bo‘lgan. U
yoshligida so‘zlashda qiynalgan, tiliga piching bor edi (ba’zi manbalarda duduqlanishi bo‘lgan
deyilgan), boshida xalq oldida nutq so‘zlashdan qo‘rqardi (hatto yelkalari titragan deb ham
aytiladi), lekin u og‘ziga tosh solib, dengiz bo‘yida baland ovozda mashq qilib, so‘zlashuv
mahoratini rivojlantirgan. Natijada u yunon tarixidagi eng qudratli notiqlardan biriga
aylangan.
Toma Edison
- Maktabda “aqli zaif” deb chiqarilgan, ammo onasi unga o‘zi ta’lim
bergan. Onasi unga laboratoriya qurib bergan, har bir qiziqishini quvvatlagan. Natijada u
yuzlab ixtirolar yaratdi.
Ludwig van Beethoven
- Otasi uni bolaligidan musiqa bilan shug‘ullantirdi. Uydagi
pianino, o‘qituvchilar va katta mehnat muhiti sababli iqtidori ochildi. Agar musiqali muhit
bo‘lmaganida, ehtimol bu darajaga yetmasdi.
Serena va Venus Williams
- (tennis yulduzlari) Ularning otasi Richard Williams hech
qachon professional tennischi bo‘lmagan, ammo farzandlari uchun maxsus reja tuzib, ularni
kundalik tayyorgarlik bilan shug‘ullantirdi.Ular uchun maxsus tennis kort qurildi, aniq rejim
belgilandi. Yuqori darajadagi qobiliyat — tayyorlangan muhit natijasi.
Bunga yana ko’plab misollar keltirish mumkin. Inson har qanday qobiliyatga qattiq
mehnat orqali erishishi mumkin, faqatgina usha qobiliyatga qonida (irsiyatida) moyillik
bo’lganlarda uni egallash boshqalarga nisbatan osonroq bo’ladi.
“Odatda qobiliyatlar insonga shaxsning barcha individual psixologik xususiyatlari kabi
tabiat tomonidan tug’ma ravishda tayyor holda berilmaydi. Balki hayot davomida va faoliyat
jarayonida shakllanadi. Ilmiy psixologiya qobiliyatlarning tug’maligi nazariyasini inkor etib
shaxs qobiliyatlarining noma'lum tabiiy omillar tomonidan azaliy belgilanishi to’g’risidagi
tasavvurlarga qarshi zarba beradi. Qobiliyatning tug’maligini inkor qilish absolyut tabiatga
ega emas. Psixologiyada qobiliyatning tug’ma ekanligini tan olinmas ekan, bu bilan miyaning
tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan differensial xususiyatlarning tug’maligini inkor qilmaydi.
Qobiliyat taraqqiyotining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon bo’ladigan miya
tuzilishining sezgi a'zolariga va funksional xususiyatlariga layoqat deb ataladi. Layoqat ko’p
qirralidir. Shaxs tomonidan qo’yilgan talablarning tabiatiga bog’liq ravishda aynan bir xil
layoqatlar asosida har xil qobiliyatlar rivojlanishi mumkin.”
F.A.Gallning
fikricha, odamning hamma qobiliyatlari "aql" va "qobiliyat" sifatlari miya
yarim sharlarida o’zining maxsus qat'iy markazlariga ega, ya'ni bu sifatlarning taraqqiyot
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
45
darajasi miya tegishli qismlarining miqdoriga to’g’ridanto’g’ri bog’liqdir. Shuning uchun
odamning kalla suyagiga bir qarash yoki boshidagi do’mboqchalarni shunchaki paypaslab
ko’rish orqali go’yo odamning qobiliyatlarini aniqlasa bo’ladi. Layoqatning miya miqdori,
massasi va og’irligiga bog’liqligi haqidagi faraz ham bekor qilingan.
Xulosa
. Inson tabiatidan turli xil qobiliyatlarga ega bo‘lib tug‘iladi, biroq bu qobiliyatlar
faqat mehnat, sabr, to‘g‘ri yo‘naltirish va muhit ta’sirida rivojlanadi. Qobiliyat – bu bilim va
ko‘nikmalarni egallash jarayonida namoyon bo‘ladigan ichki salohiyat bo‘lib, har bir insonda u
turlicha bo‘ladi. Tarixdagi mashhur daholar hayoti shuni ko‘rsatadiki, ularning qobiliyatlari
avvaldan mukammal bo‘lmagan, lekin ularga yaratilgan sharoitlar va berilgan e’tibor
natijasida ulkan yutuqlarga erishishgan. Demak, har bir bolaning ichida yashirin qobiliyat bor
va uni vaqtida aniqlab, to‘g‘ri rivojlantirish orqali u san’at, fan yoki sport sohalarida yuksak
cho‘qqilarga erishishi mumkin. Eng asosiysi, qobiliyat tug‘ma emas – u faoliyat, mashq va
sharoit orqali shakllanadi. Shu bois har bir inson imkon qadar o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga
chiqarish uchun tinimsiz harakat qilishi kerak.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Shamshetova A.K., Melibayeva R.N., Usmanova X.E., Xaydarov R.O. Umumiy psixologiya. –
Toshkent: Barkamol fayz media, 2018. – 240 b.
2.
G‘oziyev E. Umumiy psixologiya. – Toshkent: Asian Book House, 2020. – 288 b.
3.
Qodirov A. Psixologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2016. – 220 b.
4.
Jabborov T. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: Fan va
texnologiya, 2021. – 192 b.
5.
Karimova V.A. Shaxs psixologiyasi. – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2019. – 206 b.
6.
Hasanboyeva O. Yosh davr psixologiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2020. – 230 b.
7.
Marhamatov Sh. Iqtidorli bolalar psixologiyasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. – 160
b.
8.
Mahkamova Z. Didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilar qobiliyatini rivojlantirish. – Toshkent:
Innovatsiya nashriyoti, 2022. – 140 b.