Том 3 № 13 (2025)

Том 3 № 13 (2025)
Опубликован: 03-05-2025

Статьи

4-5 53 46

INKLYUZIV TA'LIMGA BO'LGAN EHTIYOJLAR VA ULARNING SABABLARI

Qoriyaxon Umaraliyeva , Salomatoy Ziyoiddinova , Ilxomjon Oxunov

Ushbu tezisda  inklyuziv ta’limning mazmuni, unga bo‘lgan ehtiyojlar hamda bu ehtiyojlarni keltirib chiqaruvchi asosiy omillar yoritilgan. Inklyuziv ta’limning har bir bola uchun teng imkoniyat yaratish va  shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan.

6-9 179 49

7-SINFLARDA "TUR VA POPULYATSIYA" MAVZUSINI O'QITISHDA TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Arofatoy Komilova, Dilorom Xusanova

Ushbu tezisda 7-sinf biologiya darslarida "Tur va populyatsiya" mavzusini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati yoritiladi. Interfaol metodlar, AKT vositalari, klaster, aqliy hujum, taqdimot va muammoli ta’lim usullari orqali o‘quvchilarning mavzuni chuqur anglab yetishi ta’minlanadi. Shuningdek, vizual materiallar, virtual laboratoriyalar va guruhiy ishlash texnikalaridan foydalanish orqali ta’lim jarayonining samaradorligi oshiriladi. Tadqiqotda ushbu yondashuvlarning o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish va mavzuga qiziqishini oshirishga qanday ta’sir qilishi tahlil qilinadi.

10-11 49 24

O‘ZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOT KONSEPSIYASI VA UNING REAL NATIJALARI

Ariwxan Genjebaeva

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida yashil iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan strategik hujjatlar, ushbu yondashuvning nazariy asoslari hamda so‘nggi yillarda erishilgan muhim natijalar tahlil qilinadi. Maqolada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash hamda xalqaro tajriba asosida amalga oshirilgan ishlarga urg‘u berilgan.

12-14 85 57

SUD LINGVISTIK EKPERTIZASI OʻTKAZISHNING HUQUQIY ASOSI VA TURLARI

Shuhrat Saidahmadov

Sud lingvistik ekpertizalarini oʻtkazish va ularning turlari qonunchilikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6256-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Namunaviy Nizom” bilan tartibga solinadi. Sud lingvistik ekspertizalari uchun toʻlanadigan haq miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 570-son qarori bilan belgilangan.


 

15-17 56 43

MUQIMIY SHE’RIYATI XALQ RUHIIYATI VA ADABIY OBRAZLAR UYG‘UNLIGI

Sabina Samatova

Muqimiy ijodi o‘zbek adabiyoti rivojida o‘ziga xos bosqichni tashkil etadi. Uning lirikasida xalqning ichki kechinmalari, hayotga bo‘lgan qarashlari va ma'naviy olami badiiy obrazlar orqali chuqur yoritilgan. Shoir she’rlarida xalq dardini, orzu-umidlarini, ijtimoiy muammolarini ifodalashda jonli obrazlardan foydalanadi. Ushbu tezisda Muqimiyning adabiy obrazlari xalq ruhiyatining ko‘zgusi sifatida tahlil etiladi. Shoirning badiiy tafakkuri va xalqona obrazlar yaratish mahorati xalq ijodi bilan uyg‘unlashgan. Ayniqsa, tanqidiy lirikasi orqali u xalq dardini tasvirlashda samimiylik va realizmga tayanadi. Muqimiy asarlaridagi badiiy vositalar va obrazlar xalq ongidagi tushunchalarni aks ettiradi. Bu jihatlar shoir lirikasining hayotiyligiga va xalq orasida mashhurligiga sabab bo‘lgan. Tadqiqot davomida Muqimiyning poetik merosi asosida xalq ruhi va adabiy obrazlar qanday uyg‘unlashgani o‘rganiladi.

18-22 52 76

"STRESS OLGAN HOMILADOR AYOLLARDAN TUG'ILGAN BOLALARNING YURAGIDA BO'LADIGAN O'ZGARISHLAR"

Madinabonu Xakimova , Munisa Sharipova

Ushbu maqolada homiladorlik davrida onaning stress holati natijasida tug’ilgan bolalarda yurak faoliyatida kuzatilishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar tahlil qilinadi. Stressning homila rivojlanishi va yurak-qon tomir tizimi shakllanishiga bo’lgan salbiy ta'siri, shuningdek, uzoq muddatli asoratlar haqida ma'lumot beriladi. Homiladorlik davrida stressni boshqarishning ahamiyati va bolalar yurak salomatligini himoya qilishga oid tavsiyalar taqdim etiladi.

23-26 153 31

MUSTAQILLIK YILLARI O‘ZBEKISTONDA FOLKLOR MUSIQA SAN’ATIGA E’TIBOR

F. S. Sadullayeva

O‘zbek milliy musiqa madaniyatining tarkibiy qismi bo‘lmish musiqiy folklor san’ati, uzoq o‘tmishdan va asrlar davomida rivojlanib kelmoqda. Yakka va ko‘pchilik bo‘lib qo‘shiq aytish va raqsga tushish, deyarli hamma xalqlarning butun turmush hayoti bilan qadim zamonlardan buyon bog‘liq bo‘lib kelgan. Ma’lumki an’anaviy marosim xalq qo‘shiqlari u yoki bu marosim munosabati bilan xalq tomonidan to‘qilgan qo‘shiqlar jamoa bo‘lib ijro etilgan va ular hozirgi davrgacha bizga yetib kelgan. Zotan xalqimizning bugungi hayotida ham folklor san’ati alohida o‘rin tutadi. Uning sadolari radio va televideniya, teatr va konsert zallarida, maktab va o‘yingohlarda yangraydi.

27-30 63 15

EFFECT OF BILINGUALISM ON COGNITIVE DEVELOPMENT IN CHILDREN

Durdona Turdiyeva, Dilrabo Qurbonovna

Bilingualism, the ability to speak and understand two languages, has been a subject of growing interest in cognitive development research, especially in children. This paper investigates the effect of bilingualism on cognitive development in children, exploring various cognitive domains such as memory, problem-solving, executive function, and language skills.

31-35 62 32

ASHURALI ZOHIRIYNING DAVRIY MATBUOTDAGI VAQF MASALASIGA DOIR QARASHLARI

Shahnoza Mirzamidinova

Vaqf masalasi ham XX asr 20-yillaridagi davriy matbuot sahifalarida eng ko‘p murojaat qilingan mavzulardan biridir. Ashurali Zohiriyning vaqf to‘g‘risidagi fikrlari ham diqqatga sazovor. U o‘zining bu to‘g‘ridagi fikr va mulohazalarini o’sha davr davriy matbuotida keng yoritgan.

36-42 141 174

TA’LIMDA INNOVATSION METODLAR VA ULARNING AHAMIYATI

Shoximardon Tursunqulov, Rohila Avezova

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida innovatsion metodlardan foydalanishning dolzarbligi va samaradorligi tahlil qilinadi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada innovatsion metodlarning turlari, ularning an’anaviy usullardan farqlari hamda ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, innovatsion metodlarning qo‘llanilishi orqali o‘quv jarayonini interaktiv va samarali tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola pedagoglar, ta’lim tashkilotchilari va tadqiqotchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

43-45 165 84

QOBILIYAT VA UNING RIVOJLANISHIGA TASIR QILISH

Kumush Raxmonova, Shohista Norboboyeva , Charos Rahmonova , Munisa Rashidova

Ushbu maqolada insondagi mavjud qobiliyatlar, ularning mazmun va mohiyati, ularni anglash, rivojlantirish, toʻgʻri yoʻnaltirish haqida fikrlar keltirib oʻtilgan.  Mashhur daholar haqida mulohazalar mavjud.