YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
56
O‘SMIR SHAXSIDA KOMPYUTER O‘YINLARI VA TELEFONGA TOBELIKNI
BARTARAF QILISHNING IMKONIYATLARI
Kamolova Shirinoy Usarovna
Jizzzax davlat pedagogika universiteti,
umumiy psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchi.
Saydullayeva Muhayyo
Jizzzax davlat pedagogika universiteti,
Pedagogika va psixologiya fakulteti 4-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15378320
Annotatsiya:
Maqolada O‘smir shaxsida kompyuter o‘yinlari va telefonga tobelikni
bartaraf qilishning imkoniyatlarini o ‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, Tobelik ya’ni addiktiv
xulq - bu shaxs xulqining biror narsaga hirs qo’yishdan iborat zararli jihatlari yoritilgan.
Kalit so’zlar:
O‘smir shaxsi, kompyuter o‘yinlari, va telefonga tobelik,
psixokorrektsiya, texnologiya, shakllantirish, rivojlantirish, birlashtirish, jipslashtirish, oila
institutini.
Ta`limdagi yangilanish ta’lim jarayoni orqali o’quvchini o’z kelajagini yorqin tasavvur
qila oladigan, bu borada o’z taqdiri va o’z shaxsiga ongli munosabatda bo’lib, turli
faoliyatlarda o’zini- o’zi rivojlantira oladigan erkin faol va mustaqil shaxsni shakllantirishni
ko’zda tutadi.
Yosh avlodni yuksak ma’naviyatli qilib shakllantirish, mustaqil mamlakatimizning
ishonchli va intellektual salohiyatli fuqarolari etib tarbiyalash uzluksiz ta’lim tizimining
dolzarb vazifasi bo’lib hisoblanadi.
So’nggi yillarda mamlakatimizda inson hayoti va turmushi uchun yanada qulaylik
yaratgan ko’pgina zamonaviy qurilmalar, shu jumladan, kattayu kichik keng foydalanayotgan
mobil aloqa vositalari paydo bo’ldi. Shu bois Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21-maydagi
qarori bilan O’zbekiston ta`lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibga
solindi
Shu o’rinda aytish mumkinki, Xalq ta’limi vazirligining ko’rsatmasi bilan hamma
maktabda uyali telefondan foydalanish taqiqlangan. O’zbekiston mobil telefonlardan
foydalanish shiddat bilan ortib borayotgan davlatlar sirasiga kiradi. Kuzatuvlarga ko’ra,
o’smirlar hayotining muhim tarkibiga aylanayotgan uyali telefonlar zararli bo’lsa ham undan
butunlay voz kechib bo’lmaydi. Balki yoshlarning orasida foydalanish madaniyatini
shakllantirish kerak.
Tobelik ya’ni addiktiv xulq - bu shaxs xulqining biror narsaga hirs qo’yishdan iborat
zararli odati bo’lib, biror-bir predmet yoki vositaga ruju qo’yish oqibatida psixik
o’zgarishlarga olib keluvchi holatdir (ingliz tilidan addistion - tobelik, moyillik, yomon illat).
Tobelik xulqining maqsadi bu oddiy hayotdan, zerikishdan, yolgizlikdan, hayot
qiyinchiliklaridan qochishdir.
Adabiyotlarda addiktiv xulq, ya’ni tobelik xulqi deb inson psixik holatini o’zgarishiga
sabab bo’luvchi va oxir-oqibat tobelikni keltirib chiqaruvchi vositalarga aytiladi. Tobelik
xulqida shaxs qoniqish olish maqsadida kimgadir yoki nimagadir murojaat qiladi. 80-yillar
oxiriga kelib, sohaga oid adabiyotlarda "addiktiv xulq" atamasi paydo bo’la boshladi.
Keyinchalik bu atamaga S.A.Kulakovning tushuntirishlari kiritilgan. A.E.Lichko va
V.S.Britenskiyning ishlarida esa bu tushuncha kengroq qamrab olingan. Ts.P.Korolenko va
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
57
T.A.Donskixlarning ta’rifi bo’yicha esa addiktiv xulq "insonning hayotini boshqara boshlaydi,
uni ojiz qilib qo’yadi, tobelikka qarshi kurashishga xalaqit beradi". L.G.Leonova va
N.L.Bochkarevalarning ta’kidlashlaricha, bu jarayon insonni shunchalik qamrab oladiki, uning
hayotini boshqara boshlaydi. Inson o’z qiziqishi oldida ilojsiz, irodasi esa kuchsiz bo’la
boshlaydi.
Avvalo, shaxsning tobelik xulqi, uning psixofiziologik holatini o’zgartirishga intilishida
namoyon bo’ladi. Ushbu ko’rinish shaxsning o’zi bilan o’zi kurashishiga o’xshasa-da, lekin
o’zini boshqarishni yo’qolishiga olib keladi. Addiktiv xulq birdaniga paydo bo’lmaydi, u
uzluksiz jarayonning rivojlanishi va shakllanishi natijasidir.
Hozirgi kunda "addiktiv xulq" tushunchasining ma’nosi ancha kengayib bormoqda. Ba’zi
olimlarning ishlarida u "o’zini o’zi yemiruvchi xulq"ning bir shakli sifatida olindi.
A.G.Ambrumova, Ye.G.Traynina, Yu.V.Popov va T.A.Donskix, Ts.P.Korolenkolarning fikriga
ko’ra, esa "addiktiv xulq" - deviant xulqning bir shaklidir.
Ma’lumki, addiktiv xulqning bir necha turlari mavjud. Shu kungacha pedagogika va
psixologiya sohalari bo’yicha addiktiv xulqning quyidagi shakllari ustida ishlar olib borilgan:
alkogolizm, narkomaniya, ishga tobelik, kompyuter addiktsiyasi (A.E.Voyskunskiy), muzikaga
tobelik, o’yinlarga tobelik va boshqalar. Hozirgi kunda psixologlar kompyuter o’yinlariga tobe
bo’lib qolayotgan o’smirlarning ko’payayotganligidan xavotirga tushishmoqda.
Addiktiv xulqning borligi va sabablarini tushuntirish uchun ko’plab nazariyalar ilgari
surilgan. F.Rays insonning nozik tomonlarini nazorat qiluvchi axloqiy-ma’naviy modelni
ajratib ko’rsatadi. Ushbu nazariyaga binoan agar inson tobelikdan qutilmoqchi bo’lsa, bu
albatta uning qo’lidan keladi, lekin bunga harakat qilmasa, bu uni axloqiy-ma’naviy tomondan
bo’shligini ko’rsatadi.
Keyingisi bu tibbiy model bo’lib, tobelikni kasallik sifatida ko’radi. Tibbiy model insonga
ma’naviy-axloqiy modelga nisbatan kamroq javobgarlikni qo’yadi, ya’ni bu nazariya
tarafdorlari tobelikni kasallik deb xisoblaydi va bunda insonlarni kamroq ayblashadi.
Uchinchisi psixologik model bo’lib, bu nazariya tarafdorlari addiktiv xulqni, stresslarni,
bezovtalik va tushkunlik hislarini bartaraf qilish vositasidir deydilar. Bu modelga ko’ra tobelik
jismoniy jihatdan ortda qolish natijasi emas, balki xulqdagi ortda qolishlar natijasidir.
Mobil tobelik-bu inson xolati, ushbu xolatda telefon ibodat predmetiga aylanadi, inson
o’ylamasdan qo’ng’iroq qiladi, o’zini xarakatini anglamaydi yoki sababini tushuntira olmaydi.
Mobil tobelik, internetga tobelik kabidir. Bu jonli muloqotdan qo’rqish va real dunyoda
insonda ijobiy emotsiyalar uzatadigan biror bir narsa yo’qligi va inson ijobiy emotsiyalarni
internet orqali yoki telefon orqali olishga xarakat qiladi.
Alkogol, tamaki, shirinlik, kompyuter o’yinlari yoki mobil telefonga tobe bo’lish
sabablari bir xildir. Inson o’z xursandchidiklarini tashqi dunyodagi biror bir narsaga "bog’lab"
qo’ymoqchi bo’ladi. Virtual muloqotga kirgan odamlar, bolalikdan jonli xissiyot va muloqotga
o’rgatilmagan.
Rossiya olimlari o’tkazgan izlanish natijalari shuni ko’rsatadiki, mobil telefon insonda
xuddi chekish, ichish yoki o’yin o’ynash kabi tobelikni shakllantiradi. Fantast yozuvchilari har
doim qonxo’r robotlar, jaxldor kompyuterlar katta mashinalar kabi odamlar uchun xavfliligini
ko’rishgan. Shu paytda kichik mobil telefonlar muloyimgina bizni o’z iskanjasiga olgan ular
bizning cho’ntagimizga sekingina kirdi, bilintirmasdan bo’ynimizdan ip tortishdi va XX asr
boshida odam telefon quliga aylandi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
58
Psixologlarda "Mobil tobelik", "SMS - kasallik" degan atamalar paydo bo’ldi. Chet elda
bunga jiddiy e’tibor berilmoqda va tashxislar qo’yib shifoxonalarda davolashmoqda.
Avstraliya akademigi Diano Djeyms shuni ta’kidlaydiki telefonga tobelik sigaretga
bo’lgan tobelikdan kuchlidir va ushbu tobelikdan qutulish oson emas. Masalan, kompyuterga
bo’lgan tobelikdan ko’ra telefonga bo’lgan tobelikdan qutulish qiyinroq, chunki u
kompyuterga nisbatan ko’proq yoningizda bo’ladi.
U bizning xissiyotlarimizga ta’sir qiladi. Do’stlar va yaqinlaringiz bilan suxbatlar
o’zingizni men yolg’iz emasman, meni yaxshi ko’rishadi va meni eshitishga tayyorlar kabi
fikrlar-u, ijobiy xissiyotlarni paydo qiladi. Telefon jim turganda esa aksincha men yolg’izman,
meni hamma tashlab ketdi degan salbiy fikrlarni keltirib chiqaradi. Bizga hayotdan tanish
xolatlarni ilmiy isbotlab berilishiga ko’ra: agar inson o’z sevgan narsasini yo’qotsa (masalan,
telefon quvvati tugab qolsa yoki uyda unutib qoldirilsa) u o’zini yomon xis qila boshlaydi,
asabiylashadi, vaximaga tushadi. Boshqa olimlarning ta’kidlashicha arterial bosimini ortishi
va oshqozonda og’riqlar paydo bo’lishi kuzatilgan.
Hozirgi paytda Internetda eng faol rivojlanayotgan o’zaro aloqaning shakllaridan biri
onlayn o’yinlardir. Kompyuter o’yinlarining asosiy mavzulari zo’ravonlik, qahramonlik va
yaxshilikning yomonlikka qarshi kurashi bo’ladi. An’anaviy ravishda, bunday mavzular kuchli
shaxsiyatlar bilan o’zini identifikatsiya qilish va yangi ijtimoiy kontekstlarda o’zini topish
istagiga javob beradi. O’g’il bolalar ko’pincha video o’yinlarning asosiy qahramonlari bilan
o’zlarini identifikatsiya qilsa, qizlar esa protagonist bilan o’zaro aloqada bo’lishga moyil bo’lib,
o’z ishtiroklarini bilvosita deb qabul qiladilar
O’smir yoshidagi bolalarning kompyuter o’yinlari va telefonlarga tobe bo’lib qolishining
asosiy sabablaridan bu ota-onalarning farzandlariga befarqlik darajasining ortib ketganligidir,
ularning psixologik ehtiyojlarini qondirolmayotganliklari va atrofidagi muhitga yaxshi e’tibor
qaratmayotganliklaridadir.
Shuningdek, shuni xulosa qilish mumkinki, zamonaviy axborot texnologiyalari, ayniqsa
kompyuter texnologiyalari hozirgi bolalar va o’smirlarda ayniqsa 12-13yoshdagi qizlar va
yigitlar uchun dam olish tuzilmasini sezilarli darajada o’zgartirdi chunki aynan shu yoshdagi
bolalar kompyuter o’yinlariga ko’proq qiziqadi, katta yoshdagilarga qaraganda. Aynan bu
yoshdagi o’smir yoshidagi bolalar ham hali o’z maqsadlariga ega emasliklari va ularning bo’sh
vaqtlari ko’p bo’layotganliklari sababli ular bo’sh vaqtlarini aynan shu narsalar bilan
to’ldirishga urinishmoqda, shu sababli ham ular atrofdagi narsalarga tobe bo’lib qolishmoqda.
Bunday tobelik o’smirlar orasida juda ko’plab salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shu bois, bu muammoni bartaraf qilish uchun kompleks yondashuv va yaqin atrofdagi
shaxslarning jumladan ota-onalar va pedagoglarning hamkorligi zarur. Bunday yondashuvlar
o’smirlarning sog’lom psixologik va ijtimoiy rivojlanishiga yordam beradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 21.05.2012 yildagi 139-son
2.
Авдулова Т.П. Психология подросткового возраста: учеб. пособ. для студ.
учреждений высшего образования. М.: Издательский центр «Академия», 2014. – 240 с;
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
59
3.
SHaydulina A.F. Osobennosti kliniki i lecheniya patsientov s patologicheskoy
sklonnostg’yu k azartng’sh igram i komp’yuternoy zavisimostg’yu: Avtoref. dis. ... kand. med.
nauk . - SPb., 2004. - 20 s.
4.
SHnayder D. Trenirovka zreniya dlya rabotayushix na kompyutere /D.SHnayder; per. s
nem. N.A.Vrublevskoy. - M.: AST - Astrelg’, 2005. -95s.
5.
Yurg’eva L.N., Bolg’bot T.Yu. Klinicheskie i psixologicheskie osobennosti lits s
kompyuternoy zavisimostg’yu // Ukr. V1SN. psixonevrologi. -Xar’kov, 2002. - T. 10, vip.1. - S.
244-245.