YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
51
O‘SMIR YOSHLI O‘QUVCHILARDA XULQ OG‘ISHINI PSIXOKORREKTSIYA
QILISH TEXNOLOGIYALARI
Kamolova Shirinoy Usarovna
Jizzzax davlat pedagogika universiteti,
umumiy psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchi.
Sunnatova Nigina
Jizzzax davlat pedagogika universiteti,
Pedagogika va psixologiya fakulteti 4-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15378301
Annotatsiya:
Maqolada O‘smir yoshli o‘quvchilarda xulq og‘ishini psixokorrektsiya
qilish texnologiyalariga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘smirlarda xulq-atvor ko‘rsatkichlarini tahlil
qilish o‘smir shaxsi ijtimoiy psixologik taraqqiyotini ta’minlashning psixologik asoslari
yoritilgan.
Kalit so’zlar:
O‘smirlik yoshi, psixoprofilaktik imkoniyatlar,
xulq og‘ishi, ijobiy xulq-
atvor, psixokorrektsiya, texnologiya, psixologik omillar, vaziyat, psixik, jismoniy salomatlik.
Jamiyatning har tomonlama taraqqiy etishi, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy
sohalardagi o‘zgarishlar shaxs kamolotiga bo‘lgan talablarni yanada kuchaytirmoqda.
Xususan, yosh avlod, ayniqsa, o‘smirlarning sog‘lom ruhiy rivojlanishini ta’minlash, ularda
ijobiy xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish va har qanday salbiy ta’sirlarning oldini olish
masalasi bugungi kunda pedagog-psixologlar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.
Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 1-maydagi OʻRQ-837-son «Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi toʻgʻrisida» Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-
yanvardagi PF-60-son «2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida», 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy
ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”,
1
2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son «Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik
litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
2
iqtidorli yoshlarning
psixologik xususiyatlariga ularning aktiv faoliyatiga e’tibor qaratilgan.
O‘smirlik davri inson hayotida eng murakkab va ziddiyatli bosqichlardan biri
hisoblanadi. Bu davrda shaxsiylik hissining kuchayishi, mustaqil fikrlashga intilish, emotsional
beqarorlik, o‘zini namoyon qilishga bo‘lgan ehtiyojning oshishi natijasida turli xulq og‘ishlari
kuzatiladi. Agar ushbu jarayonlar o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘naltirilmasa, bu holatlar og‘ir ijtimoiy-
psixologik muammolarga olib kelishi mumkin.
Shu sababli, o‘smirlarning xulqidagi og‘ishlarni erta aniqlash, ularning sabablarini
chuqur o‘rganish va samarali psixokorrektsion chora-tadbirlarni ishlab chiqish psixologiya
fanining dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalish ayniqsa maktab psixologlari,
sinf rahbarlari, ota-onalar va pedagoglar hamkorligini talab qiladi. Hozirgi kunda ta’lim
muassasalarida xulqida buzilishlar bo‘lgan o‘quvchilar soni ortib bormoqda. Bu esa ijtimoiy
moslashuv, o‘qish jarayoni, tengdoshlar va kattalar bilan bo‘lgan munosabatlarga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Shu bois, ushbu muammoni hal qilishda psixokorrektsion yondashuvlarning
amaliyotda qo‘llanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni, 01.05.2023 yildagi O‘RQ-837-son. 01.05.2023
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 03.12.2020 yildagi PQ-4910-son. 04.12.2020
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
52
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan choralar tarkibida, xususan o‘smirlarning ta’lim
jarayonidagi faolligini oshirish, shaxslararo munosabatlarga kirishishda empatiya hissini
rivojlantirish, shaxs sifatida o‘zini to‘g‘ri baholash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishida yordam
berish hamda axloqiy ko‘nikmalar shakllantirilishining psixologik mexanizmlarini
takomillashtirish dolzarb masalalar hisoblanadi. O‘zbekistonlik psixologlardan E.G‘. G‘oziyev,
N.G‘. Kamilova, G.Q. To‘laganova, B.M. Umarov kabi olimlarning izlanishlarida bolalik va
o‘smirlik davridagi psixik xususiyatlarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lib,
ularda asosiy e’tibor deviant xulq-atvor, xarakter aksentuatsiyasi, bolalar va o‘smirlar suitsidi,
o‘z-o‘ziga baho berish va nazorat qilish muammolariga qaratiladi.
O‘smir yoshidagi o‘quvchilarda «Biz» hissining shakillanishiga yordam beradi va uning
ichki holatini mustaxkamlaydi. O‘smir yoshdagi bola uchun do‘st tanlash juda katta
axamiyatga ega. O‘smirlik davrida do‘st juda qadirli hisoblanadi. Do‘stlar doimiy ravishda
ruhan, qalban yaqin bo‘lishga extiyoj sezadilar. Bu extiyoj o‘smir do‘stlarning so‘rashishi va
ko‘rishishlarida (qo‘l berib, quchalab ko‘rishish) birga o‘tirish va birga yurishga xarakat
qilishlarida ko‘rinadi. Ko‘pgina ana shunday juda yaqin munosabatlar, umumta’lim maktabi
o‘smir yoshi o‘quvchilarining shaxs bo‘lib shakllanishdagi, birgalikdagi xarakatlarini o‘zi inson
qalbida va xotirasida birumrga saqlanib qoladi.
Ko‘pgina bunday oilalarda tarbiyalanayotgan o‘smirlar hayotda mustaqil holda harakat
qilishlari, o‘z rejalarini amalga oshirishlari, qiyin ma’suliyatning o‘z bo‘ynilariga olishlari
birmuncha qiyinroq. Ular ko‘pincha intelektual xarakterdagi muammolarni ham qiyinchilik
bilan yengadilar. Kattalarning bu davrdagi eng asosiy vazifalari o‘smirning muammosini
to‘g‘ri anglashi va erkin to‘g‘ri yashashiga yordam berishidir. Shuning uchun tashqi ta’sirlarga
beriluvchan o‘smir yosh qiz va o‘g‘il bolalarga alohida e’tibor qaratish zarur. Buning uchun
ular bilan ishlashda g‘oyaviy –siyosiy vatanparvarlik xissining shakllanishiga, mustaqil bilim
olish, ijodiy fikr yuritishga o‘z-o‘zini boshqarish, anglash, baholash va nazorat qilishlariga
imkon yaratish zarur.
Ko‘pincha o‘qituvchilar o‘smirlardagi salbiy xulq-atvor illatlarini tanqid qiladilar,
o‘smirlarga psixologik yondoshishda metodologik kamchilikka yo‘l qo‘yadi. Bu salbiy
sifatlarning oldini olish chora va tadbirlarini ishlab chiqa olmaydi,o‘smirlarda uchraydigan
salbiy sifatlarni yo‘qotish va yangi ijobiy xulq-atvor sifatlarini asta-sekin tarkib toptirish
mumkin. O‘smirlarning mustaqil faoliyatiga keng imkon berilishi, faoliyati takomillashib,
psixikasi xar tomonlama rivojlanib boradi.
O‘smirlardagi salbiy xulq-atvorni korreksiya qilish maqsadida umumta’lim maktablarida
turli ijtimoiy, motivatsion psixologik trening mashg‘ulotlar va olib borilsa amaliy-psixologik
maslaxatlar korreksion texnikalar va salbiy hulq-atvorni bosqichma bosqich o‘zgartirish
mumkin ya’ni, shaxsning o‘zini-o‘zi va o‘z histuyg‘ularini anglash, o‘z shaxsini qayta baholash,
hissiyotlar ustida ishlash, salbiy xulq-atvorni anglash, shaxslararo munosabatdagi
qiyinchiliklar, kognitiv jarayonlarni rivojlantirish, barkamollikka intilish, ota-ona va
pedagoglar bilan ishlash kabi mashg‘ulotlar majmui qo‘llanildi.
Ijtimoiy, motivatsion psixologik treninglar majmuini xalq ta’lim muassasalari
amaliyotiga tatbiq etilishi orqali bola shaxsining pedagogik va psixologik jihatdan mukammal
rivojlanishiga yordam beradi. Jumladan, maktab amaliyotchi psixologining ish rejasiga
kiritilgan “Ijtimoiy psixologik muammolari mavjud bo‘lgan o‘quvchilarning salbiy burilish va
og‘ishlarining oldini olish”ga qaratilgan psixologik profilaktika, “Xulqida og‘uvchanligi mavjud
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
53
va moyilligi aniqlangan o‘quvchilari bilan korreksiyalash ishlarini tashkil qilish”
3
hamda
“bolalar va o‘smirlarning salbiy burilishi va og‘ishlarining oldini olishda maktab pedagogik
jamoasi va ota-onalarning hamkorligini takomillashtirish” kabi vazifalarini amalga oshirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
O'smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo'lgan alohida xususiyatlarni asosan jinsiy
yetilishning boshlanishi bilan izohlab bo'lmaydi. Jinsiy yetilish o'smir xulq-atvoriga asosiy
biologik omil sifatida ta'sir ko'rsatib, bu ta'sir bevosita emas, balki ko'proq bilvositadir.
O'smirlik davriga ko'pincha so'zga kirmaslik, o'jarlik, tajanglik, o'z kamchiliklarini tan
olmaslik, urushqoqlik, yig'loqilik, kabi xususiyatlar xos. O'smirlar va bolalar psixikasining
yosh davrlarida o'ziga xos xususiyati mavjud bo'lib adabiyotlarda emotsional yetuk emaslik,
kattalar avtoritetiga bo'ysunish, ishonuvchanlik, jinsga oid munosabatlar haqida xabardorligi
va hayotiy tajribasining yetarli darajada emasligi, boshqa insonlarni mavjud harakatlarini
oldindan ayta olish va murakkab vaziyatlarda tanqidiy hamda to'liq baholay olmaslik kabi
sifatlar namoyon bo'ladi.
Bolalar kattalar singari bir maromda rivojlanmaydi, shuningdek, ijobiy va salbiy
psixologik xususityalar, nisbatan barqaror va tinch osoyishta kechadigan davrlar mavjud.
Kattalarga nisbatan xulq-atvoridagi ijobiy va salbiy munosabatning paydo bo'lishi, negativizm
singari nohush xulq-atvor alomatlari o'z-o'zidan kelib chiqadigan bevosita jinsiy yetilish
tufayli poydo bo'ladigan belgilar bo'lmay, balki ular bilvosita ta'sir ko'rsatadigan o'smir
yashaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar vositasi orqali, uning tengdoshlari, turli jamoalardagi
mavqei tufayli, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi o'rni munosabatlari sababli
yuzaga keladigan xarakter belgilaridir.
4
Mana shu ijtimoiy sharoitlarni o'zgartirish yo'li bilan o'smirlarning xulq-atvoriga
to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatish mumkin. Ular tashqi ta'sirlarga va xissiyotlarga juda
beriluvchan bo'ladilar. Shuningdek ularga mardlik, jasurlik, tantiqlik kabi psixologik sifatlar
ham xosdir.
Psixokorrektsiya — bu shaxsda mavjud psixologik muammolar, xulq-atvor og‘ishlari va
hissiy nomutanosibliklarni kamaytirish yoki bartaraf etishga qaratilgan ilmiy asoslangan ta’sir
metodlaridir.
Psixokorrektsiya, ayniqsa, o‘smirlik davridagi muammoli xatti-harakatlarni to‘g‘rilashda
dolzarbdir, chunki bu davrda shaxsiyat shakllanishi davom etadi va o‘zgarishlarga ochiq
bo‘ladi.
2. Psixokorrektsiya qilishning asosiy maqsadlari
O‘smirlarning xulq-atvoridagi salbiy ko‘rinishlarni kamaytirish;
Ijobiy ijtimoiy va axloqiy normalarga rioya qilishga o‘rgatish;
Ichki ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etish;
Moslashuvchan, ijobiy o‘z-o‘zini baholashni shakllantirish;
Muloqot va muomala madaniyatini rivojlantirish.
3. Xulq og‘ishini korrektsiya qilish texnologiyalari turlari
1. Individual psixokorrektsion suhbatlar
O‘quvchi bilan birma-bir ishlash asosida amalga oshiriladi.
Shaxsiy muammolar, qo‘rquvlar, ichki ziddiyatlar ochiladi.
3
N.Jumanova .o'smirlarda salbiy xulq-atvor namoyon bo'lishining psixologik xususiyatlari.
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI FACTOR = 1.7
4
Nishonova Z.T. va b.Rivojlanish psixologiyasi.pedagogik psixologiya .2008y
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
54
Empatiya, tinglash va ishonch muhitida olib boriladi.
Maqsad: o‘quvchining o‘zini anglashiga yordam berish.
2. Guruhli psixokorrektsiya mashg‘ulotlari (treninglar)
Ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantiradi: muloqot, hamkorlik, muammoni hal qilish.
“Men guruhda kimman?” savoliga javob topishga ko‘maklashadi.
Mavzular: agressiyani boshqarish, ijobiy muloqot, o‘z-o‘zini baholash.
3. Art-terapiya (san’at orqali davolash)
Rasm chizish, haykal yasash, ranglar bilan ishlash orqali ichki holatni ifoda etish.
O‘zini erkin ifoda qilish imkonini beradi.
Travmatik holatlarga qarshi ishlashda samarali.
4. Muammoli vaziyatlar asosida rolli o‘yinlar (psixodrama)
O‘quvchi turli ijtimoiy rollarni bajaradi (ota-ona, o‘qituvchi, do‘st).
Empatiya va boshqa nuqtai nazar bilan fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Konfliktli vaziyatlarni model qilish orqali muammoni hal qilishni o‘rganadi.
5. Kognitiv-harakat terapiyasi (CBT) elementlari
O‘smirning salbiy fikrlash uslublari aniqlanadi.
Ularni real, mos va konstruktiv fikrlash bilan almashtirish o‘rgatiladi.
Xulqiy natijalarning sabablari tahlil qilinadi.
6. Rivojlantiruvchi o‘yin texnologiyalari
Didaktik o‘yinlar, treninglar, interaktiv usullar orqali olib boriladi.
Asosan boshlang‘ich bosqichda profilaktika sifatida foydalidir.
O‘zaro hurmat, qoidalarga rioya qilish, ijtimoiy mas’uliyat hislarini rivojlantiradi.
7. Relaksatsion texnikalar
Tinchlanish, asabiylikni kamaytirish, stressni yengish usullari.
Nafas mashqlari, meditatsiya, vizualizatsiya texnikalari qo‘llaniladi.
Agressiv yoki haddan tashqari zo‘riqqan o‘quvchilarda samarali.
5. Psixokorrektsiya samaradorligi uchun shartlar
Ijobiy va ishonchli psixologik muhit.
Rivojlanishga yo‘naltirilgan, hukm qilmaydigan yondashuv.
Pedagog, psixolog va ota-onaning hamkorligi.
Muntazam va tizimli ishlash (bir martalik tadbirlar yetarli emas).
Har bir o‘quvchiga individual yondashuv.
O‘smir yoshida xulq og‘ishini psixokorrektsiya qilish — bu faqatgina muammoli xatti-
harakatlarni bostirish emas, balki o‘quvchining ichki dunyosini, ehtiyoj va motivlarini
tushunib, ijobiy yo‘nalishga yo‘naltirish jarayonidir.
5
Zamonaviy psixokorrektsion
texnologiyalar orqali o‘quvchilarda ijtimoiy moslashuv, o‘zini boshqarish va muomala
madaniyati shakllanadi.
Psixokorreksion dastur tuzishning asosiy tamoyillari .Mеhnatni ko`p talab etadigan
psixologning tuzatish ishi – ota-onalar, o`qituvchilar, tarbiyachilar va bolalar guruhi yoki
individual bir bola bilan hamkorlikda olib boriladi. Ishning ana shu turi ancha mеhnat, vaqt,
ko`p mеtod va mеtodikalarni qo`llashni talab etsa ham ancha natijali hisoblanadi.
5
Erkaboeva, Z. (2020). Bolalar va o‘smirlar psixologiyasi. Buxoro: BDU nashriyoti.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
55
Korrеksion dastur muammoning butunlay hal bo`lishini oldiga maqsad qilib qo`ymaydi,
balki samarali ish olib borishda muammolarning yo`qolishi va yеchilishiga har tomondan
baho bеrilayotganiga ham qaraladi.
Masalan: mijoz uchun dasturda ishtirok etayotgan vaqtda uning emotsional holatining
yaxshilanishi, ijobiy his qilishi bilan bеlgilanadi.
Psixolog uchun korrеksion dastur tashkil etilishi, majburiyatni his etishi oldiga qo`yilgan
vazifani bajarilishi bilan aniqlanadi.
Mijozning yaqinlari uchun esa, mijozda paydo bo`lgan muammoning qay tarzda ijobiy
hal etilganligi bilan aniqlanadi. Korrеksion dasturlarning ijobiy ta'sir doirasi uning
intеnsivligidadir.
Korrеksion mashg`ulotlar 1-1,5 soatdan oshmasligi, olib borilayotgan o`yinning ma'no
jihatdan o`ylanganligi bilan ham bog`liq. Mashg`ulotlar tugagandan kеyin ham iloji boricha
mijozning taraqqiy etishi bilan qiziqib borish, muloqotni yo`qotmaslik bir, ikki oyda bir
marotaba uchrashi lozim. Korrеksion dasturlar qancha erta aniqlanib ish boshlansa shuncha
tеz samara bеradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni, 01.05.2023 yildagi O‘RQ-837-son.
01.05.2023
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 03.12.2020 yildagi PQ-4910-son.
04.12.2020
3.
N.Jumanova .o'smirlarda salbiy xulq-atvor namoyon bo'lishining psixologik
xususiyatlari. VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI FACTOR = 1.7
4.
Nishonova Z.T. va b.Rivojlanish psixologiyasi.pedagogik psixologiya .2008y
5.
Erkaboeva, Z. (2020). Bolalar va o‘smirlar psixologiyasi. Buxoro: BDU nashriyoti.