Авторы

  • Sunnatulla Tolipov
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.87675

Ключевые слова:

klaster g’oya usul metod adabiyot qit'a ijodkorlik lirika.

Аннотация

Ushbu maqolada Alisher Navoiy qalamiga mansub bo’lgan qit’alar va maktab darsliklarida ularni zamonaviy usullar yordamida o’rgatish yo’llari haqida so’z yurtiladi. O'quvchilarni adabiyotga muhabbat ruhida ulg'aytiruvchi, fanga nisbatan qiziqishlarini oshiruvchi, ularning dunyoqarashlarini kengaytiruvchi metodlar shoirning hayoti va ijodiga doir topshiriqlar misolida ko'rsatib beriladi. Maqolada “Klaster" ,"Davom ettir”, “Juftini top” usullaridan foydalanishning afzalliklari haqida so'z boradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

103

ALISHER NAVOIY QIT’ALARINI O’RGATISHDA ZAMONAVIY METODLARDAN

FOYDALANISH

Tolipov Sunnatulla Orifjon o'g'li

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Gumanitar fanlar fakulteti

O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi

sunnatullatolipov1@gmail.com

+998-90-121-38-58

https://doi.org/10.5281/zenodo.15401434

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Alisher Navoiy qalamiga mansub bo’lgan qit’alar va

maktab darsliklarida ularni zamonaviy usullar yordamida o’rgatish yo’llari haqida so’z
yurtiladi. O'quvchilarni adabiyotga muhabbat ruhida ulg'aytiruvchi, fanga nisbatan
qiziqishlarini oshiruvchi, ularning dunyoqarashlarini kengaytiruvchi metodlar shoirning
hayoti va ijodiga doir topshiriqlar misolida ko'rsatib beriladi. Maqolada “Klaster" ,"Davom
ettir”, “Juftini top” usullaridan foydalanishning afzalliklari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar

: klaster, g’oya, usul, metod, adabiyot, qit'a ijodkorlik, lirika.

KIRISH

Bugungi kunda ta'lim tizimizda olib borilayotgan bir qator islohotlarning natijasi o'laroq

ko'plab zamonaviy texnologiyalar o'qitish tizimiga kirib kelmoqda. Ushbu texnologiyalarning
adabiy ta'lim berish jarayonida ahamiyatli jihatlari katta. Sababi adabiyotga muhabbat
qo'ygan, undan xabardor bo'lgan kishi ma'naviy jihatdan boy, milliy vatanparvarlik ruhidagi
inson bo'lib voyaga yetadi. Bunday insonlar tomonidan esa kelajakda faqat ezgu ishlar amalga
oshiriladi.

Bugungi globallashuv davri har bir sohaga o'z talablarini qo'ydi.Ta'lim sohasining ham

oldidagi muhim talablardan biri bu zamonaviy, qiziqarli va samarali uslubda o'qitishdir.
Shundagina o'rgatuvchi va o'rganuvchi o'zlarining ko'zlagan maqsadlariga yetishadi. Ta'lim
tizimi rivoj topadi. Ushbu jarayonning qay tartibda amalga oshirilishi esa har bir
o'qituvchining o'z zimmasiga yuklatilgan muhim bir vazifa bo'lib qolmoqda.

ASOSIY QISM

Ma’lumki, 7-sinf adabiyot darsligida Alisher Navoiy qit’a va fardlariga bag’ishlangan

alohida mavzu mavjud.Ushbu mavzuni o’quvchilarga tushunarli, yodda qolarli va qiziqarli
usulda tushuntirib berish uchun bir qancha zamonaviy metodlardan foydalanish kerak
bo’ladi.

Ijodkor hayotiga bilan bir qatorda uning qit’alariga bog’liq bo’lgan savol-javoblarni

tashkil etishda aberadigan eng foydali metodlardan biri bu

‘’Klaster’’

usulidir.Bunda yozuvchi

hayoti va qit’alariga murojaat qilinib, ko’plab ma’lumotlarni umumlashtirish yoki qit’alarning
bosh g’oyasi orqali ularni eslab qolish imkoniyati paydo bo’ladi. Bunda,dastlab, qit’alarda
ilgari surilgan g’oyalar yoziladi va u qaysi qit’a ekanligi topilib ,uning to’liq shakli o’rganib
chiqiladi. Masalan:


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

104

“Juftini top” usuli.

Ushbu metod yordamida lug’atlar bilan yanada faolroq ishlash

imkoniyati yuzaga keladi. Bunda o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga birinchi ustunda bir
qancha so’zlar berilib, yonidan kkinchi ustunda ularning ma’nosi aralashtirib
yoziladi.O’quvchilar so’zlarning to’g’ri ma’nosini topishlari kerak bo’ladi. Masalan:

“Davom ettir”

nomli inovatsion metod orqali o’qituvchi o’quvchilarni hushyorlikka

chaqiradi. Sinf oralab yurib istalgan o’quvchiga yuzlanib unga qarata qit’adan bir parcha
aytadi. O’quvchi esa uning davomi hisoblangan navbatdagi bir qismni aytadi. Boshqa bir
o’quvchi esa undan oldin nechta jumla aytilgan bo’lsa, barchasini ketma-ketlikda sanab,
oxirida o’zi ham yangi misra qo’shib davom ettirib boraveradi. Masalan:

O’qituvchi:

Kamol et kasbkim,, olam uyidin-

1-o’quvchi

: Kamol et kasbkim,, olam uyidin-

Senga farz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq.

2-o’quvchi

: Kamol et kasbkim,, olam uyidin-

Senga farz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o’tmak biaynih,

3-o’quvchi

: Kamol et kasbkim,, olam uyidin-

Senga farz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

105

Jahondin notamom o’tmak biaynih,
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
Ushbu metodning afzalligi shundaki, u o’quvchilarda qit’alarni ,,eshitish xotirasi’’ orqali

yaxshiroq eslab qolish va uni nutqda bayon qilishni shakllantirishi bilan birga, ularda bir-
birini tinglash, o’zgalarning fikrlariga hurmat bilan qarash kabi xususiyatlarni ham
takomillashishiga yordam beradi. Yana bir muhim tomoni ,darsda o’zlashtirishi nisbatan sust
bo’lgan o’quvchilar ajralib qolmaydi, barcha qatori ular ham faol ishtirok etishadi. Ushbu
metod nafaqat Alisher Navoiy qit’alarini, balki boshqa yozuvchining asarlariga nisbatan yoki
shoirlarning she’rlarini yodlash jarayonida ham samarali hisoblanadi. Bunda dars zerikarli
emas, aksincha jonli va faol muloqot shaklida o’tadi.

XULOSA

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Alisher Navoiy qit’alari boy ma’noga ega bo’lib

ularni o’rganish o’quvchilarda vatanparvarlik, ilm olishga intilish, to’g’riso’zlik, samimiylik
kabi muhim insoniy xususiyatlarning oshishiga yordam beradi. Bu jarayonni to’g’ri va foydali
metodlardan foydalangan holda tashkil etish esa jarayonni yanada qiziqarli va sifatli bo’lib
o’tishiga xizmat qiladi. Dars jarayonida o’quvchilarning yoshi, o’zlashtirishi, qiziqishlari va
mavzudan keli chiqib metodlarni qo’llash ta’limning asosiy maqsadiga erishishda muhim
ahamiyat kasb etadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Adabiyot 7:7-sinf uchun darslik |Z.I.Mirzayeva,K.Q.Djalilov.-Toshkent: Respublika ta’lim

markazi, 2022.-224b.

2.

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o’rganish masalalari N68 / – Toshkent. –2023. –

443b.
3.

Ziyouz.uz sayti

4.

Fayziyev I. Sh. & Toshpoʻlatov A. (2022) O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING

MUSTAQILLIKDAN OLDINGI VA KEYING SIYOSIY HAYOTI. British Journal of Global Ecology
and Sustainable DevelopmentVolume-10, Nov., 2022 31-34b
5.

Toshpo‘latov,

A.

(2023).

SHAXS

PSIXODIAGNOSTIKASIDA

PROYEKTIV

METODIKALARDAN FOYDALANISH. Евразийский журнал социальных наук, философии и
культуры, 3(5 Part 2), 170–178.
6.

Temirov, J. ., & Toshpo‘latov , A. (2023). TYUTOR PEDAGOGIK FAOLIYATINI TASHKIL

ETISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI. Наука и инновация, 1(28), 29–32.
7.

Umarova , G. ., & Toshpoʻlatov , A. . (2024). Klaster tanqidiy fikrlash texnologiyasi

texnikasi sifatida. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и
исследований в области управления, 1(10), 49–55.
8.

Toshpo‘latov Abdulaziz Quvondiq o‘g‘li, Ummatova Zamira Atamuradovna. (2023).

SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA SHAXS AGRESSIYA. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF
EDUCATION AND INNOVATION, 2(4), 30–31.
9.

Toshpo‘latov Abdulaziz Quvondiq o‘g‘li, Ummatova Zamira Atamuradovna. (2023).

IJTIMOIY TARMOQLARIDA "OMMAVIY MADANIYATGA" QARSHI KURASHISHNING DIDAKTIK
VOSITALARI. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION, 2(4), 27–29.

Библиографические ссылки

Adabiyot 7:7-sinf uchun darslik |Z.I.Mirzayeva,K.Q.Djalilov.-Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022.-224b.

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o’rganish masalalari N68 / – Toshkent. –2023. –443b.

Ziyouz.uz sayti

Fayziyev I. Sh. & Toshpoʻlatov A. (2022) O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MUSTAQILLIKDAN OLDINGI VA KEYING SIYOSIY HAYOTI. British Journal of Global Ecology and Sustainable DevelopmentVolume-10, Nov., 2022 31-34b

Toshpo‘latov, A. (2023). SHAXS PSIXODIAGNOSTIKASIDA PROYEKTIV METODIKALARDAN FOYDALANISH. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 3(5 Part 2), 170–178.

Temirov, J. ., & Toshpo‘latov , A. (2023). TYUTOR PEDAGOGIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI. Наука и инновация, 1(28), 29–32.

Umarova , G. ., & Toshpoʻlatov , A. . (2024). Klaster tanqidiy fikrlash texnologiyasi texnikasi sifatida. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(10), 49–55.

Toshpo‘latov Abdulaziz Quvondiq o‘g‘li, Ummatova Zamira Atamuradovna. (2023). SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA SHAXS AGRESSIYA. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION, 2(4), 30–31.

Toshpo‘latov Abdulaziz Quvondiq o‘g‘li, Ummatova Zamira Atamuradovna. (2023). IJTIMOIY TARMOQLARIDA "OMMAVIY MADANIYATGA" QARSHI KURASHISHNING DIDAKTIK VOSITALARI. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION, 2(4), 27–29.