YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
120
JAHON BANKI VA O’ZBEKISTON O’RTASIDAGI MOLIYAVIY
HAMKORLIKNING RIVOJLANISHI
Usmonov Jasur Odiljon o’g’li
Andijon davlat texnika institute
Muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv fakulteti
Bank ishi va auditi 4-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15421006
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Jahon banki va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi
moliyaviy hamkorlikning shakllanishi, rivojlanishi va bugungi kundagi holati bosqichma-
bosqich tahlil qilinadi. Mustaqillik yillaridan buyon amalga oshirilgan loyihalar, ularning
iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishga ta’siri, strategik yo’nalishlar va hamkorlikda erishilgan
yutuqlar asosida muhim xulosalar chiqariladi.
Kalit so`zlar:
XVF, XTTB, XVJ.
Kirish.
“Tashqi iqtisodiy aloqalar - iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va faoliyatning boshqa
sohalarida davlat va uning subyektlari xalqaro hamkorligining xilma-xil shakllari tizimidir”
1
.
Shuningdek O`zbekiston ham mustaqillikka erishgach xalqaro sohada jadal ishlarni boshlagan.
U ham siyosiy ham iqtisodiy tashqi aloqalardir. O’zbekiston 1992-yilda Sovet Ittifoqining
parchalanishidan so’ng mustaqillikka erishgach, Jahon bankiga a’zo bo’ldi. Bu davrda
mamlakat iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va xalqaro moliyaviy institutlar bilan
hamkorlikni rivojlantirishni ustuvor yo’nalish sifatida belgiladi. Xalqaro iqtisodiy faoliyatning
sohalari kengaydi va savdo-sotiq, investitsiyalar, ish kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni
ko’chirish, axborot almashish, fan-texnika yutuqlarini ayirboshlash va boshqa ko’plab sohalar
bilan o’zaro bog’liqlikda, o’zaro ta’sirda bo’lishini namoyon eta boshladi. Xalqaro iqtisodiy
aloqalarning mazkur sohalari davlatlar o’rtasida ikki va ko’p tomonlama maxsus bitimlar
tuzish hamda kelishuvlarni amalga oshirish zarurligini taqazo eta boshladi. Jahon banki bu
jarayonda iqtisodiy liberallashtirish, infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish va ijtimoiy
sohalarni rivojlantirishda muhim rol o’ynadi.
O’zbekiston Jahon bankiga a’zo mamlakatlar Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’izston,
Polsha, Serbiya, Shveytsariya, Tojikiston va Turkmaniston bilan birgalikda shveytsariya-
guruhi tarkibiga kiradi. 1992 yilning sentabr oyida Toshkent shahrida Jahon bankining
vakolatxonasi ochildi. Hozirda Jahon bankining O’zbekiston Respublikasi tomonidan ofisi
bo’lib Investitsiyalar bo’yicha Davlat qo’mitasi hisoblanadi.
1-jadval
O`zbekiston va Jahon banki o`rtasidagi hamkorlik
YILLAR
NOMI
ASOSIY YO’NALISHLAR
1992–2000 yillar
Boshlang’ich bosqich
Iqtisodiy islohotlar, infratuzilma
tiklash, suv ta’minoti, energiya,
transport, qishloq xo’jaligi
2001–2010 yillar
Tizimli rivojlanish davri
Sog’liqni saqlash, ta’lim,
kambag’allikka qarshi kurash,
1
Akbarovna N. N. et al. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT YURITISHNING SHAKLLARI VA YO
’NALISHLARI //STUDYING
THE PROGRESS OF SCIENCE AND ITS SHORTCOMINGS.
– 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 57-63.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
121
qishloq infratuzilmasi, suv resurslari
2011–2016 yillar
Faollikning oshishi va
diversifikatsiya
Iqtisodiy barqarorlik, davlat moliyasi,
energiya samaradorligi, tadbirkorlik,
ijtimoiy himoya
2017–hozirgi
kungacha
Islohotlar davri va
strategik hamkorlik
Soliq tizimi, energetika
transformatsiyasi, kambag’allikni
kamaytirish, xususiylashtirish,
barqaror o’sish
“2017 yilning sentabr oyida global amaliyoti menedjeri Alfonso Garsiya Mora
rahbarligidagi Jahon banki delegatsiyasining tashrifi natijasida kelishuv yakuni, shuningdek,
2017 yilning oktabr oyidagi XVF va Jahon banki yillik majlisida O’zbekiston delegatsiyasining
yakuni bo’yicha Markaziy bankning Jahon banki guruhi bilan hamkorligi bank sektorini
takomillashtirish, shu bilan birga, davlat islohotlarini amalga oshirilishi natijasida moliyaviy
sektorda namoyon bo’lishi mumkin bo’lgan xavfni bartaraf qilish bo’yicha keng doiradagi
masalalar bo’yicha hamkorlik yo’nalishlari belgilandi”
2
.
2017 yildan beri Jahon banki O’zbekistonga moliyaviy, texnik va tahliliy yordamini
anchagina oshirdi. U hukumatning keng qamrovli bozor islohoti dasturini amalga oshirishga
qaratilgan sa’yharakatlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Bugungi kunda Jahon bankining
O’zbekistondagi mamlakat dasturi hajmi bo’yicha Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida
Turkiyadan keyin ikkinchi o’rinda turadi. 2021-yil 1-oktabr holatiga ko’ra, u umumiy qiymati
qariyb 4.8 milliard AQSh dollarilik 26 ta loyihadan iborat bo`lgan. Ular Xalqaro tiklanish va
taraqqiyot bankining (XTTB) 1.7 milliard AQSh dollari miqdoridagi kreditlari va Xalqaro
taraqqiyot assotsiatsiyasining (XTA) 3.1 milliard AQSh dollariga yaqin miqdoridagi imtiyozli
kreditlari hisobidan moliyalashtirilgan. Bugungi kunda Jahon banki keng yurtimizda keng
moliyaviy islohotlar amalga oshirmoqda. Ushbu loyihalar davlatning muhim sohalardagi
harakatlarini qo’llashga qaratilgan, jumladan, makroiqtisodiy islohotlarni amalga oshirish,
qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish, suv resurslari, irrigatsiya va drenaj tizimlarini
boshqarish, sog’liqni saqlash, ta’lim, suv ta’minoti, energetika, transport, aholini ijtimoiy
himoya qilish, shahar va qishloq infratuzilmalari, innovatsiyalarning milliy tizimlari, soliq
ma’muriyati kabi sohalardagi sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlash imkonini beradi.
2023-yil 8-dekabr kuni Jahon bankining Ijrochi direktorlar kengashi tomonidan
O’zbekistonda rivojlanish siyosatini qo’llab-quvvatlash bo’yicha operatsiyaning ma’qullanishi
moliyaviy hamkorlikning yangi va strategik bosqichini boshlab berdi. Ushbu turdagi
operatsiyalar Jahon banki tomonidan tanlab olingan islohotlarga to’g’ridan-to’g’ri moliyaviy
yordam ko’rsatishga qaratilgan bo’lib, dunyoning ko’plab rivojlanayotgan davlatlarida
qo’llanilib kelinmoqda.
Bu yondashuv orqali O’zbekiston hukumati iqtisodiy o’sishni jadallashtirish, bozor
iqtisodiyotiga o’tishni chuqurlashtirish, ijtimoiy tenglikni ta’minlash va barqaror o’sish uchun
zarur zamin yaratishni rejalashtirmoqda. Ayniqsa, kambag’allikni 2026-yilgacha ikki baravar
qisqartirish va 2030-yilga borib mamlakatni o’rtachadan yuqori daromadli davlatlar qatoriga
kiritish rejalari — islohotlarning uzoq muddatli, kompleks va natijadorligiga qaratilganligidan
dalolat beradi.
2
https://cbu.uz/uz/about/international-cooperation/74826/
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
122
Jahon banki tomonidan ushbu maqsadlarni qo’llab-quvvatlashga ajratilgan moliyaviy
resurslar nafaqat fiskal barqarorlikni ta’minlash, balki xususiy sektorni rivojlantirish,
davlatning iqtisodiyotdagi bevosita ishtirokini kamaytirish, raqobatbardoshlikni oshirish va
ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirishga xizmat qiladi. Bu esa iqtisodiy o’sishni faqat statistik
raqamlar bilan emas, balki aholining hayot darajasi orqali baholash imkonini beradi.
Shunday qilib, 2023-yilda tasdiqlangan operatsiya O’zbekiston–Jahon banki
hamkorligining zamonaviy, islohotlar markazida turgan modelga asoslangan yangi shakliga
aylanganini anglatadi. Operatsiya aholining ayrim qatlamlarini ijtimoiy-huquqiy himoya
qilishni kuchaytirishga hamda iqlim o’zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog’liq
muammolarga yechim topishga yordam beradi.
Operatsiya doirasida Jahon banki hukumatga $800 mln miqdorida moliyaviy yordam
beradi. Mablag’lar maxsus imtiyozli shartlar asosida, kreditlar shaklida ajratiladi.
“Jahon banki tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy resurslar iqtisodiyotning quyidagi
tarmoqlarida islohotlarni qo’llab-quvvatlash va zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga
yo’naltirilgan:
Energetika
: energetika bozorining mustaqil regulyatorini yaratish va energiya
tariflarini isloh qilish. Tarmoq faoliyatini yaxshilash, energiya samaradorligini oshirish,
infratuzilmani modernizatsiya qilishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish, raqobatni
rag’batlantirish va xususiy sektor ishtirokini ta’minlashdan iborat.
Temir yo’l sohasi
: yo’lovchi va yuk tashish narxlarini shakllantirish tizimini
modernizatsiya qilish, raqobatni rag’batlantirish va institutsional mexanizmlarini
takomillashtirish maqsadida temir yo’l sohasini isloh qilish.
Kimyo sanoati
: institutsional islohotlarni amalga oshirish uchun zamin yaratish
va “Farg’onaazot"ni xususiylashtirish. Sanoatni liberallashtirish, uni modernizatsiya qilishga
xususiy investitsiyalarni jalb etish, kimyo sanoatida samaradorlik va raqobatni oshirish
belgilangan.
Qishloq xo’jaligi
: hosildorlikni oshirish va ekinlarni diversifikatsiya qilish uchun ularni
ekish tartibini liberallashtirish hamda fermerlarga iqlim o’zgarishi oqibatlarini yumshatishda
yordam berish.
Davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish
: O’zbekiston Iqtisodiyot va Moliya
vazirligining DXSh loyihalaridan kelib chiqadigan fiskal majburiyatlarni boshqarish
va tartibga solish sohasidagi salohiyatini rivojlantirish.
Ijtimoiy himoya
: aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy
xizmatlar qamrovi va turlarini kengaytirish, ularning sifatini oshirish maqsadida Prezidenti
huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligini tashkil etish.
Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish
: oiladagi zo’ravonlik uchun
jinoiy javobgarlikni joriy etish va ayollarni jismoniy, jinsiy, iqtisodiy va ruhiy zo’ravonlikdan
himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul yuridik yordam
ko’rsatish
: Adliya tizimidan teng foydalanishni ta’minlash maqsadida ma’muriy, fuqarolik
va jinoiy ishlar bo’yicha kam ta’minlanganlarga davlat tomonidan bepul yuridik yordam
ko’rsatish.
Iqlim o’zgarishiga moslashish va atrof-muhitni muhofaza qilish
: keng ko’lamli iqlim
va ekologik davlat dasturlarini ishlab chiqish, Ekologiya vazirligining salohiyati
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
123
va vakolatlarini kuchaytirish hamda havo sifatini nazorat qilish mexanizmlarini
takomillashtirish”
3
Jahon banki bilan O’zbekiston o’rtasidagi moliyaviy hamkorlik yildan-yilga kengayib,
davlatning strategik rivojlanish rejalariga moslashib bormoqda. Ayni paytda bu hamkorlik
nafaqat moliyaviy, balki texnik, intellektual va institutsional yondashuvlar asosida ham
kuchaymoqda. Bu esa O’zbekistonning global iqtisodiy tizimga integratsiyalashuvi va
barqaror rivojlanishiga zamin yaratmoqda. Jahon banki va O’zbekiston o’rtasidagi hamkorlik
bugungi kunda keng qamrovli strategik sheriklikka aylangan. Bu hamkorlik mamlakatda
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, infratuzilmani yangilash va aholi turmush darajasini
oshirishga xizmat qilmoqda. Kelgusida resurslardan samarali foydalanish O’zbekistonning
barqaror iqtisodiy taraqqiyotiga katta hissa qo’shishi kutilmoqda.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Botirjon R., Oybek A., Fayzulla N. JAHON BANKI VA UNING TUZILISHI, BOSHQARUV
TIZIMI, MOLYAVIY DAROMADI, PUL AYLANMASI ISLOM MOLIYASI //Archive of Conferences.
– 2021. – С. 151-155.
2.
Akbarovna N. N. et al. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT YURITISHNING SHAKLLARI VA
YO’NALISHLARI //STUDYING THE PROGRESS OF SCIENCE AND ITS SHORTCOMINGS. – 2024.
– Т. 1. – №. 3. – С. 57-63.
3.
https://cbu.uz/uz/about/international-cooperation/74826/
4.
https://www.spot.uz/oz/2023/12/09/wb-development-operation/
3
https://www.spot.uz/oz/2023/12/09/wb-development-operation/