Авторы

  • Marjona Hikmataliyeva
    Pediatriya yo’nalishi 1-bosqich talabasi
  • Sanjar Ataxanov
    Ilmiy Rahbar: Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va Axborot texnologiyalari kafedrasi Assistenti Farg'ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Inistituti O'zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.89535

Ключевые слова:

tanqidiy fikrlash tibbiy ta’lim NetLogo PBL interaktiv metodlar.

Аннотация

ushbu maqolada tibbiy ta’lim tizimida talabalarni biologik masalalarni modellashtirish orqali tanqidiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish mavzusi ko’rib chiqiladi. Ushbu maqola  usulning afzalliklarini, metodik jihatdan asoslarini hamda natijalarini yoritib berishga yordam beradi. Bundan tashqari tanqidiy fikrlash jarayonini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy innovatsion yondashuvlar tahlil qilib boriladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

168

TIBBIY TA’LIMDA TALABALARNI BIOLOGIK MASALALARNI

MODELLASHTIRISH ORQALI TANQIDIY FIKRLARNI RIVOJLANTIRISH

TEXNOLOGIYASI

Hikmataliyeva Marjona G’ayratjon qizi

Pediatriya yo’nalishi 1-bosqich talabasi

Ataxanov Sanjar Anvarovich

Ilmiy Rahbar: Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va

Axborot texnologiyalari kafedrasi Assistenti

Farg'ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Inistituti O'zbekiston

https://doi.org/10.5281/zenodo.15421776

Annotatsiya:

ushbu maqolada tibbiy ta’lim tizimida talabalarni biologik masalalarni

modellashtirish orqali tanqidiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish mavzusi ko’rib chiqiladi.
Ushbu maqola usulning afzalliklarini, metodik jihatdan asoslarini hamda natijalarini yoritib
berishga yordam beradi. Bundan tashqari tanqidiy fikrlash jarayonini rivojlantirishga
qaratilgan zamonaviy innovatsion yondashuvlar tahlil qilib boriladi.

Kalit so’zlar:

tanqidiy fikrlash, tibbiy ta’lim, NetLogo, PBL, interaktiv metodlar.

Kirish:

O’zi tibbiy ta’lim nima?
Tibbiy ta’lim bu inson salomatligini saqlash, kasalliklarni aniqlash, ularga tashxis qo’yish

va davolash, profilaktika ishlarini olib borish to’g’risida bilim va ko’nikmalarni berishga
asoslangan maxsus ta’lim tizimi hisoblanadi. Tibbiy ta’lim kasbiy ko’nikmalarni shakllantirish,
klinik fikrlashni rivojlantirish, tanqidiy tahlil qilish va bir to’xtamga kelish, etik-deontolgik va
huquqiy me’yorlarga amal qiluvchi malakali mutaxasislarni tayyorlash masalalarini maqsad
qilib oladi. Ushbu yo’nalish zamonaviylikka qarab intilmoqda. Zamonaviy tibbiy ta’lim
tizimida talabalarning tanqidiy fikrlashi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki bugungi
kunda tibbiyot ta’limining eng birinchi vazifasi kasbiy bilimga ega tanqidiy va mustaqil fikrga
ega bo’lgan, o’z kasbi va qaroriga ma’suliyatli tibbiy hodimlarni yetishtirish.

Asosiy qism:

Eng avval tanqidiy fikrlash o’zi nimaligi haqida gaplashsak, tanqidiy fikrlash bu

ma’lumotlarga asoslangan holda tahlil qilish, dalillarni baholab borish va asosga ega bo’lgan
xulosa chiqarish hisoblanadi. Biologik masalalarni modellashtirishda tanqidiy fikrlash
masalasiga keladigan bo’lsak, tanqidiy fikrlash tahliliy fikrlash qobilyatini shakllantirish,
muammoli vaziyatlarga yangicha yondashish, yangi zamonaviy g’oyalarni ilgari surish va
berilgan xulosalar yordamida qaror qabul qilishga o’z yordamini beradi. Ushbu holat esa
tibbiyot amaliyotida muhim hisoblanadigan klinik qarorlar uchun poydevor bo’lib xizmat
qiladi. Biologic modellashtirish texnologiyasi turli shakllarda qo’llaniladi. Misol uchun
simulyatsiyalar ( inglizcha

simulation

so’zidan olingan) . Tibbiy ta’limda simulyatsiyalar

tibbiyot talabalari uchun xavfsiz, ustoz professorlar nazoratida amaliy ko’nikmalarni
o’rganishga qulay muhit yaratadi. Bizning insitutimiz ya’ni Farg’ona Jamoat Salomatligi
Tibbiyot Insitutida ham simulyatsion markaz bor va u yerda talabalar 1-kursdan boshlab
simulyatsiyalar ustida amaliy ko’nikmalarni o’rganishi mumkin. Bu tibbiy simulyatsiyalar
bemor holatini, uni operatsiya qilishni, shoshilinch vaziyatlarda birinchi yordam ko’rsatishni
hamda organizmda kechadigan turli fiziologik jarayonlarni o’rganishga talabalar uchun eng


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

169

yaxshi ko’makchi bo’ldi. Ya’ni bu simulyatsion markaz talabalarni shifoxonalarga bormasdan
insitutda amaliy ko’nikmalarni egallash uchun xizmat qilmoqda.

Virtual laboratoriyalar- bu aslida fizik jihatdan mavjud bo’lmagan lekin raqamli

sharoitda ilmiy tajribalar o’tkazishga yordam beradigan dasturiy yokida onlayn platforma
hisoblanadi. Virtual laboratoriyalar xavfsiz muhitga ega va tejamkor hisoblanadi ya’ni, real
uskunalarsiz hamda masofaviy foydalanish mumkin. Agar virtual laboratoriyalarni ko’rib
chiqadigan bo’lsak, ulardan eng mashhurlari Colorado Universitetidagi PhET Interactive
Simuliatsions, Labster, OLabs, PraxiLabs kabilar hisoblanadi. O’zbekistonda tibbiyot tizimida
virtual laboratoriyalar hamda raqamli ta’lim platformalarining yo’lga qo’yilishi tibbiy
ta’limda keng imkoniyatlarni ochib bermoqda. Masalan Anatomy 3D platformasi orqali
tibbiyot talabalari anatomic bilimlarni yanada mustahkamlashlari mumkin.

Bundan tashqari kampyuter dasturlari yordamida biologik masalalarni modellashtirish

ham keng tus olmoqda. Zamonaviy tibbiy ta’lim tizimida Northwestern University tomonidan
qo’llab quvvatlangan NetLogo zamonaviy interaktiv dasturi muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. Ushbu dastur soddalashtirilgan dastur tiliga ega hamda yuqori interaktivlikda
ishlaydi ushbu xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalar uchun ham, ustozlar uchun ham
qulay hisoblanadi. Asosan NetLogo platformasini epidemiologiya yo’nalishida ishlatishimiz
mumkin. Ya’ni kasallik tarqalishini keng ko’lamda o’rganish uchun eng samarali usul
hisoblanadi.

PBL ya’ni loyihaga asoslangan ta’lim dasturi ham keng miqyosida rivojlanib bormoqda.

Ushbu dastur yordamida tibbiyot talabalari tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini oshirib borish
imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ushbu tizimda zamonaviy tadqiqot usullariga ijodiy yondashuv,
jamoa bilan ishlash kabi muhim xususiyatlar mavjud bo’ladi. Muammoli vaziyatlarni yechish
orqali klinik bilimlarni oshirib borish mumkin.

Keling, muammoli bir masala ko’raylik. Masalan, 34 yoshli ayol bemor klinikaga qorin

sohasidagi kuchli og’riq, ich ketishi va tana haroratining ko’tarilib ketkani bilan shikoyat qilib
keldi. U 2kun avval issiq havoda ishlagan hamda suyuqlik kam iste’mol qilgan. Bemor harorati
38 gradus, qorin qismi palpatsiya qilinganda og’riq bor. Endi shu simptomlar asosida
talabalarga topshiriq beramiz. Bu simptomlar qaysi kasalliklarda uchrashi mumkin,
diagnostika uchun qaysi tahlillar kerak va davolash choralari qanday bo’ladi. Va bu mavzuda
talabalar bahs munozara olib boradi. Bu zamonaviy tibbiyotga nnima beradi? Ushbu tizim
orqali talabalarda amaliy klinik fikrlash kuchayadi, klinik holatlarni to’liq tahlil qilishga ega
bo’ladi hamda jamoaviy tanqidiy fikrlash kasalliklar ustida izlanish hamda muhim qarorlarni
qabul qilishni o’rganish mumkin.

Xulosa

Xulosa qilib shuni takidlashimiz lozimki, biologic modellashtirish texnologiyasi tibbiy

ta’lim tizimida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning eng foydali va samarali yo’li hisoblanadi.
Ushbu metod yordamida talabalrni amaliyotga tayyorlash yanada osonlashdi. Bunda talabalar
nafaqat olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashadi balki ularni amaliyotga tatbiq etish orqali
tibbiyotdagi muammoli masalalarni hal qilish, bemorlarga tashxis qo’yish va davolashning
yangi usullarini ishlab chiqish, professional qarorlarni qabul qilish ko’nikmalariga ega
bo’lishadi. Hozirgi kunda tibbiyot tizimida biologik masalalarni modellashtirish dolzarb
masala sifatida qo’yilgan hamda mamlakatimizda ushbu sohada keng ko’lamli ishlar olib
borilmoqda.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

170

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Komilova D.T “Tibbiy ta’lim muassasalarida fanlarni o’qitish jarayonida yangi

texnologiyalardan foydalanish” - "Экономика и социум"2022
2.

“Medical Simulatsion in Clinical Education” – Geneva 2020

3.

Xudoyberganov D.X “biologiya o’qitish metodikasi” – Toshkent, O’zbekiston Milliy

Ensiklopediyasi 2019
4.

Karimov J.O “ Tibbiyotda klinik vaziyatlarni tahlil qilish metodikasi” – Toshkent 2019

Библиографические ссылки

Komilova D.T “Tibbiy ta’lim muassasalarida fanlarni o’qitish jarayonida yangi texnologiyalardan foydalanish” - "Экономика и социум"2022

“Medical Simulatsion in Clinical Education” – Geneva 2020

Xudoyberganov D.X “biologiya o’qitish metodikasi” – Toshkent, O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 2019

Karimov J.O “ Tibbiyotda klinik vaziyatlarni tahlil qilish metodikasi” – Toshkent 2019