Авторы

  • Muslima Jumayeva
    Chirchiq Davlat Pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.89537

Ключевые слова:

bo‘gin fonetika bo‘g‘in turlari bo‘g‘in soni sillabema so‘z bo‘g‘inlari.

Аннотация

Mazkur maqolada hozirgi o‘zbek adabiy tilida bo‘g‘in tuzilishi haqida fikr yuritiladi.Bo‘g‘in nutq oqimining tovushdan katta, so‘zdan kichik ba’zan bir so‘zga teng segment birlik. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalarini bolalarga yaxshilab o‘rgatish imloviy xatoliklarning oldini olishda yordam beradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

157

HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILIDA BO'GʻIN TUZILISHI

Jumayeva Muslima Madaminjon qizi

Chirchiq Davlat Pedagogika universiteti

Gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti 1-bosqich talabasi

Email:muslimajumayeva307@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15421655

Annotatsiya:

Mazkur maqolada hozirgi o‘zbek adabiy tilida bo‘g‘in tuzilishi haqida fikr

yuritiladi.Bo‘g‘in nutq oqimining tovushdan katta, so‘zdan kichik ba’zan bir so‘zga teng
segment birlik. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalarini bolalarga yaxshilab o‘rgatish imloviy
xatoliklarning oldini olishda yordam beradi.

Kalit so‘zlar:

bo‘gin, fonetika, bo‘g‘in turlari, bo‘g‘in soni, sillabema, so‘z bo‘g‘inlari.


KIRISH

Har bir bo‘g‘inning asosini unlilar tashkil qiladi unlilarsiz bo‘g‘in hosil qilib bo‘lmaydi.

So‘zda nechta unli harflar bor bo‘lsa shuncha bo‘g‘in hosil qilamiz. Ba’zan ikki bo‘g‘in orasida
ikkita bir xil undosh yonma-yon kelib qoladi: muddat (mud-dat) kabi. Bu hodisa geminatsiya
hodisasi deyiladi. Bo‘g‘inni bir necha guruhlarga bo‘lib o‘rganamiz. Bo‘g‘inning pedagogik-
metodik ahamiyati ham bor; birinchi sinf o‘quvchilariga to‘g‘ri yozish va o‘qishni o‘rganishlari
uchun juda ham kerak bo‘ladi.Orfografiyada ham juda zarur bo‘lgan qoidalardan bir bu bo‘g‘in
ko‘chirish qoidalari yozuvda so‘zning bir qatorga sig‘may qolgan qismi ikkinchi qatorga
bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi;Adabiyotda ham she’rlarning vaznini aniqlash uchun turoqlarga
bo‘lganimizda ham bizga bo‘g‘in juda ham zarur. Tarkibidagi bo‘g‘inlar soniga ko‘ra so‘zlar bir
bo‘g‘inli (ish, ko‘k, kam, oz, besh, yuz, sen, pisht, ol, yoz); ikki bo‘g‘inli (da-la, qush-cha, yax-shi,
shar-bat, qi-zil, ik-ki, ol-ti, o‘t-tiz, nima, ham-ma, o‘-qi, ish-la, bor-di, bu-gun, se-kin, bi-lan, xud-
di, ...); ko‘p bo‘g‘inli (qo‘-g‘irchoq, a-ra-va-cha, pla-ne-ta-riy, ...) bo‘ladi.So‘zlarni bo‘g‘inlarga
to‘g‘ri ajrata bilish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Tovush nutqning bo‘g‘in (yoki so‘z)
tarkibidagi eng kichik, fonetik jihatdan bo‘linmaydigan birligidir: bola so‘zi 4 ta tovushdan (b,
o, l, a) iborat.Bo‘g‘inga ajratish bilan bo‘g‘in ko‘chirishning asosiy farqi bor. Bo‘g‘inga
ajratishda unlining o‘rni katta lekin bo‘g‘in ko‘chirishda faqat unliga qarab ajratib bilmaymiz.
Masalan: ona bu so‘zni bo‘g‘inga ajratgan paytimizda o-na tarzida ajratilda, agar shu so‘zni
bo‘g‘in ko‘chirish qoidalarida ko‘chirsak buni iloji yo‘q chunki bitta harf satrni oxirida ham
qolmaydi yangi satrga ham o‘tmaydi shu sababli bu so‘zni bo‘g‘inga bo‘lmaymiz faqat bo‘g‘in
ajratish qoidalariga to‘g‘ri keladi.

Bo‘g‘in ko‘chirishning bir necha qoidalari bor: Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning bir necha bo‘g‘ini

birinchi satrga sig‘may qolsa, ikkinchi satrga bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari asosida
ko‘chiriladi.So‘zning bosh va oxirgi bo‘g‘inida bir harf bo‘lsa u keyingi satrga ko‘chirilmaydi.
Masalan: abadiy (a-ba-diy)emas aba-diy holatda bo‘ladi.Uch undosh bir joyda kelsa bir undosh
birnchi qatorda keyingi ikki undosh esa keyingi satrga ko‘chiriladi. Masalan silin-drik bir
tovushni beruvchi harflar birikmasi bir-biridan ajralmagan holda ko‘chiriladi. Si-ngil, so-chim,
sing-lim, ko‘ng-lim. Bosh harflardan iborat qisqartmalar ham bo‘g‘inga ajratilmaydi: AQSH,
BMT, MDH.

Boʻgʻin — tilshunoslikda soʻzning alohida talaffuz qilish mumkin boʻlgan kichik boʻlagi.

Fransuz tilshunosi M. Gammon 1929-yilda Boʻgʻin nutq artikulyatsiyasidagi muskullarning
kuchlanishiga asoslangan, degan fikrni ilgari surgan. Bunda nutq oqimidagi tovush tizimining
izchil holatda kuchlanishi va boʻshashishi nazarda tutiladi, yaʼni nutq qismlari kuchlanish


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

158

bilan boshlanadi va yuqori nuqtasidan kuchlanish bilan tugaydi. Shu takrorlanish boʻgʻinga
ajralishdir. Bu oʻzbek tilshunosi Ayub Gʻulomovning Boʻgʻin nutqning bir nafas toʻlqinidagi
qismidir, degan qarashiga ham moye keladi. "Boshlangʻich" soʻzi uch boʻgʻinli boʻlib, har biri
kuchlanish bilan boshlanadi. Unlisi baland nuqtasi hisoblanib, undoshda kuchsizlanib tugaydi.
Boʻgʻin kuchli boshlanishi va kuchli tugashi ham mumkin.

So`z tarkibidagi unli va undosh tovushlarning o`rinlashish tartibiga ko`ra quyidagicha

bo`ladi. Bunda unlilar uchun v- vokal (ovozli) birinchi harfi, undoshlar uchun c-consonant
(shovqinli) birinchi harfi olinadi:
Masalan: unli-undosh; ol, osh- vc+ vc
undosh + unli+undosh : bog`, tog`: cvc+ cvc
unli+undosh+ unli: o-na, o-ta: v+cv, v+cv
undosh+ unli+ undosh+ unli: lo-la, bo-la: cv+cv, cv+c

unli+ undosh+ undosh: ost, ust: vcc, vcc;
undosh+ undosh+unli+ undosh+ undosh: sport, spirt:ccvcc, ccvc
Bo`g`inning amaliy ahamiyati quyidagilardan iborat: 1) yozuvda so`zning bir qatorga

sig`may qolgan qismi ikkinchi qatorga bo`g`in asosida ko`chiriladi; 2) barmoq vaznida
yoziladigan she`r misralari bo`g`in sonining teng bo`lishiga asoslanadi; 3) birinchi sinf
o`quvchilarini savodga o`rgatish davrida so`zlarni bo`g`inlarga bo`lib o`qish va yozish asosida
savodi chiqariladi.

XULOSA

Bo‘g‘in so'zning, xususan, fonetik so‘zning shakillanishida "qurilish materiali" va

qoliplovchi vazifani bajaradi. Bo‘g‘ining pedagogik ahamiyati ham bor: birinchi sinf
o‘quvchilari to‘g‘ri o‘qish va to‘g‘ri yozishga o‘rgatishda, ularda to‘g‘ri talaffuz va imlo
ko'nikmalarini shakllantirishda bo‘g‘inlab o‘qitish va bo‘g‘inlab yozdirish yaxshi natija
beradi.Bo‘g‘ining she'riyatda turoqlarni, ohangdoshlik va musiqiylikni ta'minlovchi vosita
sifatidagi roli ham katta.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Jamolxonov Hozirgi o‘zbek adabiy tili TOSHKENT 20052.

2.

Qosimova. Boshlang‘ich sinflarda imlosi qiyin so'zlarni o‘rgatish-19643.

3.

Shodmonov. E, Nafasov.T Hozirgi adabiy tili.

4.

Axmedov A. Fonetik tahlil asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2004.

5.

Jumaniyozova M. Fonetik birliklar va ularning nutqdagi roli. – Nukus: Karakalpakstan,

2010.
6.

Маруфова, Ю., & Исраил, М. (2023). Comparative analysis of phraseological units with a

human component in english, russian and uzbek. The use of metaphor. СМИ. Язык и
культура. Перевод., 1(1), 240-245.
7.

Rahmatullayev B. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston

Milliy ensiklopediyasi.

Библиографические ссылки

Jamolxonov Hozirgi o‘zbek adabiy tili TOSHKENT 20052.

Qosimova. Boshlang‘ich sinflarda imlosi qiyin so'zlarni o‘rgatish-19643.

Shodmonov. E, Nafasov.T Hozirgi adabiy tili.

Axmedov A. Fonetik tahlil asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2004.

Jumaniyozova M. Fonetik birliklar va ularning nutqdagi roli. – Nukus: Karakalpakstan, 2010.

Маруфова, Ю., & Исраил, М. (2023). Comparative analysis of phraseological units with a human component in english, russian and uzbek. The use of metaphor. СМИ. Язык и культура. Перевод., 1(1), 240-245.

Rahmatullayev B. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi.