YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
149
FONETIK HODISALAR VA ULARNING TURLARI TASNIFI TAHLILI
Alijonova Toshtilla Akmal qizi
ChDPU Gumanitar fanlar fakulteti, 1-bosqich talabasi
alijonovatoshtilla@gmail +998771014112
https://doi.org/10.5281/zenodo.15421301
Annotatsiya:
mazkur maqolada fonetik hodisalar va ularning turlari: kombinator
omillar ta'sirida sodir boladigan hodisalar, pozitsion omillar ta'sirida sodir bo'ladigan
hodisalar, turkiy so'zlarning an'anaviy fonetik tarkibiga moslashish va fonetik hodisalarning
boshqa turlari haqida ma'lumotlarga to'xtalib o'tilgan.
Kalit so'zlar:
kombinator, akkomodatsiya, dissimilyasiya, nazalizatsiya, prokopa,
sinkopa, apokopa, eliziya, sandxi, aferezis, gaplologiya, metateza, geminatsiya, degeminatsiya,
sinerezis, spirantizatsiya.
Kirish.
Fonemaning nutq oqimida turli ottenkalarda namoyon bo'lishi, bunday
ottenkalarning yuzaga kelishida kombinator, pozitsion yoki aralash (kombinator-pozitsion)
va b. omillarning ishtiroki borligi yuqorida aytib o'tilgan edi. Fonetik hodisalar ham aslida ana
shu omillar mahsuli sifatida sodir bo'ladi. Ularning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
I. Kombinator omillar ta'sirida sodir bo'ladigan hodisalar:
1. Assimilyasiya bir xil kategoriyadagi tovushlarning (mas, undosh bilan undoshning)
o'zaro moslashuvidir. Bunday moslashuvning quyidagi turlari bor:
a) progressiv assimilyasiya - oldingi tovushning keyingi tovushni o'ziga moslashtirishi:
ketdi > ketti (td > tt), ekgan > ekkan (kg > kk), qishloqga > qishloqqa (q g > q q) kabi;
b) regressiv assimilyasiya. Keyingi tovushning oldingi tovushni o'ziga moslashtirishi:
tuzsiz > tussiz (zs > ss), birta > bitta (rt > tt) kabi;
v) to'liq, assimilyasiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir - biriga
aynan moslashadi (ular o'rtasida neytrallashuv sodir bo'ladi): nonvoy > novvoy (nv > vv),
terakga > terakka (kg > kk) kabi;
g) to'liqsiz assimilyasiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir - biriga
qisman moslashadi: tanbur > tambur (nb > mb), shanba > shamba (nb > mb) kabi. Bu
so'zlarda”n”(til - tish undoshi) lab-lab”b”ga faqat artikulyasiya o'rni jihatdan moslashgan (lab-
lab”m”ga o'tgan), ammo boshqa belgilari moslashmagan. Qiyos qiling:”m”- sonor,”b”-
shovqinli;”m”- yumuq fokusli burun tovushi (nazal tovushi),”b”- sof portlovchi kabi;
d) kontakt assimilyasiya - ketma-ket joylashgan tovushlarning o'zaro moslashuvi (q.
yuqoridagi misollar);
e) distant assimilyasiya - so'z tarkibida bir-biridan uzoqroqda joylashgan tovushlarning
o'zaro moslashuvi: soch > choch kabi. O'zbek tilida o'zak bilan affiksdagi unlilar
assimilyasiyasi ham uchraydi. Assimilyasiyaning bu turi singarmonizm (unlilar uyg'unlashuvi)
deb ham nomlanadi. Bunda unlilarning uyg'unlashuvi lab garmoniyasi va til garmoniyasi
(lingval garmoniya) shaklida namoyon bo'ladi. Masalan: keldi -”e”(old qator),”i”(old qator).
Bunda o'zak va affikslar tarkibidagi har ikkala unli old qatordir (til garmoniyasi); qoldi -
”o”(orqa qator),”i”(orqa qator). Bunda affiksdagi old qator”i”o'zakdagi orqa qator”o”ga
moslashgan -”i”ning orqa qator ottenkasi yuzaga kelgan (bu ham til garmoniyasi hisoblanadi);
lab garmoniyasi ko'proq shevalarda uchraydi: o'g'lim (adabiy tilda) - ulum (qipchoq lahjasi
shevalarida), ko'zim (adabiy tilda) - ko'zum (k?z?m: qipchoq lahjasida). Bunda o'zak va
qo'shimchalardagi unlilarning lablanish jihatdan moslashuvi sodir bo'ladi. Hozirgi o'zbek
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
150
adabiy tilida assimilyasiyaning bu turi deyarli uchramaydi. Assimilyasiyada fonemaning
kombinator ottenkasi yuzaga keladi (o'zgarish tovushlarning bir-biriga ta'siri natijasida
bo'lganligi uchun).
2. Akkomodatsiya - turli kategoriyalardagi tovushlarning, masalan, unli bilan
undoshning o'zaro ta'siri tufayli yuzaga keladigan moslashuv. Masalan: kisht (k'sht:”i”ning old
qator ottenkasi, u sayoz til orqa”k”undoshiga moslashgan) - qish (qo`sh:”i”ning orqa qator
ottenkasi, u chuqur til orqa”q”undoshiga moslashgan). Ba'zan unli undoshga emas, aksincha,
undosh unliga moslashadi. Masalan, lab-tish (labiodental)”f”undoshi lablashgan”u”unlisi
ta'sirida lab-lab”f”ga aylanishi mumkin. Qiyos qiling: faqat (“f”- lab-tish), nufuz (“f”- lab-lab),
aft (“f”- lab-tish) - ufq (“f”- lab-lab), saf (“f”- lab-tish) - tuf (“f”- lab-lab) kabi. O'zaro ta'sirda
bo'lgan tovushlarning bir-biriga nisbatan oldin yoki keyin kelishiga ko'ra akkomodatsiya
quyidagi ikki turga bo'linadi:
a) progressiv akkomodatsiya. Bunda oldingi tovush keyingi tovushga ta'sir qiladi:
kulmoq so'zida sayoz til orqa”k”undoshi orqa kator”u”ni old qator”?”ga aylantirgani kabi.
Qiyos qiling: qul (“u”- orqa qator unli) - kul (“?”- old qator unlisi); qo'l (- orqa qator”o”unli) -
ko'l (“o'“old qator”?”unlisi);
b) regressiv akkomodatsiya. Bunda keyingi tovush oldingi tovushga ta'sir qiladi.
Masalan: to'k so'zida sayoz til orqa”k”undoshi orqa qator”o'“unlisini old qator”o'“ga
aylantiradi. Assimilyasiyada bo'lganidek, akkomodatsiyada ham fonemaning kombinator
ottenkasi yuzaga keladi.
3. Dissimilyasiya -so'z tarkibidagi bir xil (yoki o'xshash) tovushlardan birining boshqa
tovushga ko'chishi: birorta > bironta (ror > ron), kisa - kista (ss > st) kabi. Bu hodisani
assimilyasiyaning aksi deyish mumkin. Dissimilyasiya hodisasi yo'nalishiga qarab ikki xil
bo'ladi:
a) progressiv dissimilyasiya. Bunda keyingi tovush o'zgaradi: zarur > zaril kabi;
b) regressiv dissimilyasiya. Bunda oldingi tovush o'zgaradi: maqtanmoq > maxtanmoq
kabi.
Tovushning o'zgarish darajasiga ko'ra dissimilyasiya yana ikki turga bo'linadi: a) to'liq
dissimilyasiya. Bunda ikkita bir xil tovushdan biri noo'xshash tovushga aylanadi: kisa > kista
(ss > st) kabi;
b) to'liqsiz dissimilyasiya (qisman dissimilyasiya). Bunda tovushning artikulyasion
xususiyatlaridan ayrimlarigina o'zgaradi. Masalan, uchta > ushta (ch > sh)
kabi:”ch”va”t”undoshlarining
ikkalasi
ham
portlovchi,
ammo”t”ning
ta'sirida”ch”sirg'aluvchi”sh”ga o'tgan.
Tovushlar o'rtasidagi masofaga nisbatan ham dissimilyasiya ikki xil bo'ladi: a) kontakt
dissimilyasiya. Bunda yonma-yon turgan tovushlardan biri o'zgaradi: kisa > kista kabi;
b) distant dissimilyasiya. Bunda dissimilyasiyaga uchrayotgan tovushlar bir-biridan
uzoqroqda joylashgan bo'ladi. Masalan: birorta > bironta kabi.
4. Nazalizatsiya - so'z tarkibidagi burun sonantlari ta'sirida shu sonantlar yonida
qo'llangan unlining rezonator ton bilan aytilishi: non, nok, men, meng kabi. Bunday hollarda
ham fonemaning kombinator ottenkasi (unlining ko'rinishi) paydo bo'ladi.
II. Pozitsion omillar ta'sirida sodir bo'ladigan hodisalar:
1. Reduksiya - unli fonemaning urg'usiz bo'g'inda kuchsizlanishi: bilan - b:lǝn, biroq -
b:rↄq kabi. Bunda”i”unlisining kuchsizlangan, qisqa (bilinar - bilinmas) talaffuz etiladigan
pozitsion ottenkasi yuzaga keladi;
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
151
2. So'z oxiridagi ochiq bo'g'inda tor unlilarning bir oz kengayishi: bordi > borde kabi.
Bunda ham tor”i”unlisining bir oz kengaygan pozitsion ottenkasi yuzaga keladi;
3. Jarangli”b”va”d”undoshlarining so'z oxirida jarangsizlanishi: maktab > maktap (b > p),
savod > savot (d > t) kabi. Bunday holat jarangli j, ɉ(dj), z undoshlarida ham uchraydi: massaj >
massash (j > sh), dilxiroj > dilxiroch (j > ch), sakkiz > sakkiz (z > s)kabi. Yuqoridagi barcha
holatlarda b, d, j, ɉ(dj), z fonemalarining jarangsizlashgan pozitsion ottenkalari
qo'llangan.”O'zbek tilida ko'p bo'g'inli so'zlarda portlovchi, jarangsiz”q”ning so'z oxirida
sirg'aluvchi, jarangli”g'“tarzida talaffuz qilinish hollari ham uchraydi: baliq > balig', o'rtoq >
o'rtog', taroq > tarog' kabi.
III. Turkiy so'zlarning an'anaviy fonetik tarkibiga moslashish. O'zbek tilida bunday
moslashishning quyidagi turlari uchraydi;
1. So'z boshida tovush orttilishi: a) rus > o'ris, ro'za > o'raza, ro'mol > o'ramol kabi.
Ma'lumki, qadimgi turkiy tilda sonor”r”tovushi so'z boshida qo'llanmagan, demak, uni so'z
boshida qo'llash ko'nikmasi ham bo'lmagan, bu hol boshqa tillardan o'zlashtirilgan so'zlar
boshidagi sonor”r”dan oldin bir unlining orttirilishiga olib kelgan, shu tariqa olinma so'zning
fonetik tarkibi turkiy so'zning fonetik tarkibiga moslashtirilgan; b) shkaf > ishkop, stakan >
istakan kabi: turkiy tillarda so'z yoki bo'g'in boshida (pozitsion omil) undoshlar o'zaro birika
olmaydi (sintagmatik omil), ayni shu qonuniyat yuqorida keltirilgan ruscha o'zlashmalar
boshida bir unlining orttirilishiga, demak, shu so'zlarning turkiy til qonuniyatiga
moslashtirilgan shaklining yaratilishiga olib kelgan.
2. Epenteza - so'z o'rtasida tovush orttirilishi. Bu hodisa ham asosan boshqa tillardan
o'zlashtirilgan so'zlar tarkibida yuz beradi - ularning fonetik tarkibi turkiy til qonuniyatlariga
moslashtiriladi (so'z yoki bo'g'in boshida qatorlashib kelgan ikki undosh orasida bir unli
orttiriladi: plan > pilon, klubnika > qulupnay, traktor > tiraktir kabi).Ma'lumki, turkiy so'zlar
tarkibida ikki unli ham yonma - yon qo'llanmaydi. Bu hol Said, oila, soat kabi arabcha
o'zlashmalarning jonli tilda Sayid, oyila, sog'at deb (ikki unli orasida bir undoshning orttirilib)
talaffuz qilinishiga sabab bo'ladi. 3. Epiteza (austeza) - so'z oxirida tovush orttirilishi. Bu
hodisa ko'proq so'z oxirida qatorlashib kelgan sk, nk undoshlaridan so'ng yuz beradi: otpusk
> otpuska, kiosk > kioska, tank > tanka, blank > blanka kabi. Bunda ham pozitsion-sintagmatik
omil (turkiy so'z oxirida sk, nk undoshlari birikmasining uchramasligi) ko'proq darajada asos
bo'lgan.
IV. Fonetik hodisalarning boshqa turlari:
1. Tovush tushishi. So'z o'zagidagi yoki unga qo'shilgan qo'shimchalar tarkibidagi ayrim
tovushlarning ma'lum fonetik qurshov yoki pozitsiya ta'sirida talaffuz etilmasligi. Bu
hodisaning quyidagi turlari bor:
a) prokopa - so'z boshidagi tovushning tushib qolishi: yilon > ilon, yag'och > ag'och >
og'och, yigna > igna kabi. Bunda til o'rta”y”da ovozning ustunligi, demak, uning unliga
yaqinligi, o'zidan keyingi unliga singib ketishi kabi omillar ta'siri bor. Prokopa, asosan, tarixiy
jarayon mahsuli bo'lib, hozirgi o'zbek adabiy tilida uchramaydi;
b) sinkopa - so'z o'rtasidagi tovushning tushib qolishi. Bu hodisa reduksiyaning davomi
sifatida ko'proq uchraydi - o'zak morfemaga affiks morfema qo'shilganda, urg'u oxirgi
bo'g'inga ko'chib, o'zakdagi unli kuchsizlanadi va tushib qoladi: burun > burnim, burning,
burni; o'g'il > o'g'lim, o'g'ling, o'g'li kabi. So'z o'rtasidagi unlining tushib qolishi ba'zan tarixiy
(diaxron) planda sodir bo'lgan bo'lib, hozir sezilmasligi ham mumkin: olcha < olicha, kelyapti
< kelayapti kabi. O'zbek tilida undosh tovushlar sinkopasi ham uchraydi: pastqam > pasqam,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
152
pastda > pasda kabi. Ularning ba'zi turlari tarixiy plandagina qaralishi mumkin: erdi > edi
kabi;
d) apokopa -so'z oxiridagi tovushning yoki qo'shma so'z komponentining tushib
qoldirilishi: baland > balan, xursand > xursan, g'isht > g'ish, go'sht > go'sh, obro'y >
obro',podshoh > podsho kabi. Qo'shma so'z komponentining tushirib qoldirilishi asosan
ruscha leksik o'zlashmalarda uchraydi:metropoliten > metro, kilogramm > kilo, taksomotor >
taksi kabi.
Tovush yoki komponentning tushib qolishiga olib keladigan sabablar qatorida pozitsion
(urg'usiz bo'g'indagi reduksiya) va sintagmatik (yonma- yon qo'llangan tovushlarning
singishib ketishi) bilan birga fonatsion energiyani tejash, ixchamlikka erishish kabi omillar
ham qatnashadi;
2. Eliziya - unli tovush bilan tutagan so'zga unli bilan boshlangan so'zning qo'shilishi
natijasida bir unli tovushning tushishi. Masalan, ayta oldi > aytoldi, Dili orom > Dilorom kabi.
Bu hodisa unlilar singishuvining bir ko'rinishidir. Yana qarang: sinerezis;
3. Sandxi hodisasi - analitik shakllarning ixchamlashuvi natijasida sodir bo'ladigan
fonetik o'zgarishlar.Masalan: ishlar edi > ishlardi, borgan emish > borganmish kabi. Bu hodisa
o'z tabiatiga ko'ra eliziyaga juda yaqin turadi;
4. Aferezis - oldingi so'zning so'nggi tovushi (yoki tovushlari) ta'sirida keyingi so'z
boshidagi tovushning (yoki tovushlarning) tushishi: ne uchun > nechun, mulla aka > mullaka
kabi (14, 85 - 86). Bu hodisa sandxining bir ko'rinishi, xolos;
5. Gaplologiya - yasama so'z tarkibida birin - ketin kelgan ikkita bir xil bo'g'indan
birining tushirib qoldirilishi. Bu hodisa ham ko'proq ixchamlashtirish, energiyani tejash
asosida sodir bo'ladi. Masalan, tragikomediya < tragikokomediya: Bu so'zning tarkibida ikkita
bir xil bo'g'in (“ko”- uchinchi bo'g'in va”ko”- to'rtinchi bo'g'in) birin - ketin kelganligidan
talaffuzda ulardan biri tushirib qoldirilgan va so'zning ana shu ixchamlashtirilgan shakli
adabiy til uchun me'yor bo'lib qolgan. Bunday hodisa mineralogiya < mineralologiya,
morfonologiya < morfofonologiya so'zlarida ham kuzatiladi.
Xulosa: Mazkur maqolada fonetik hodisalar va ularning turli ko‘rinishlari tizimli
ravishda yoritib berildi. Kombinator va pozitsion omillar ta’sirida yuzaga keladigan fonetik
o‘zgarishlar, shuningdek, turkiy so‘zlarning an’anaviy fonetik tarkibiga moslashuvi tilning
tabiiy rivojida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Fonetik hodisalar til tizimining muhim
bo‘g‘ini bo‘lib, ularning o‘rganilishi nafaqat fonetika, balki morfologiya va leksikologiya kabi
boshqa sohalar bilan ham bevosita bog‘liqdir. Tadqiqotda yoritilgan holatlar tilshunoslikda
fonetik hodisalarni chuqurroq anglashga xizmat qiladi va ularni amaliy tahlil qilish imkonini
beradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Hozirgi o'zbek adabiy tili, (1qism, 1980;)
2.
Jamolxonov H.A., Hozirgi oʻzbek adabiy tili, (1qism, T., 2004.)
3.
Юлдашева, Д., & Тешабаева, Л. (2022). БАДИИЙ АДАБИЁТДА ЭРТАК ЖАНРИГА ХОС
ОНОМАСТИК БИРЛИКЛАРНИНГ ПРЕЦЕДЕНТ НОМ ВАЗИФАСИДА ҚЎЛЛАНИЛИШИ.
Gospodarka i Innowacje., 29, 234-242.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
153
4.
Юлдашева, Д., & Тешабаева, Л. (2022). БАДИИЙ АДАБИЁТДА ЭРТАК ЖАНРИГА ХОС
ОНОМАСТИК БИРЛИКЛАРНИНГ ПРЕЦЕДЕНТ НОМ ВАЗИФАСИДА ҚЎЛЛАНИЛИШИ.
Gospodarka i Innowacje., 29, 234-242.
5.
https://wikipedia.org
6.
https://majmua.tdpu.uz
7.
https://teletyp.in