YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
130
ZAMONAVIY JAMIYATDA YOSHLARNING IJTIMOIYLASHUVIGA
SUBMADANIYATNING SALBIY TA`SIRI
Aktimirov Sunnatullo Damir o‘g‘li
SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Ijtimoiy ish yo’nalishi 4-bosqich talabasi
Abbasova Maftuna Subxanovna
Ilmiy rahbar: Phd
Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15480935
Annotatsiya:
Kelajagimiz bunyodkorlari bo`lmish yoshlarimizning ta’lim va tarbiyasiga
salbiy ta’sir ko`rsatayotgan “ommaviy madaniyat” bugun barchamizni hushyorlikka
chaqirmoqda. Zero, globallashuv tomon intilayotgan yoshlarimiz har qanday “yangilik” ham
yaxshilik keltirmasligi xususida o`ylab ko`rishlari darkor. Binobarin, ushbu maqolada
“ommaviy madaniyat” ning millat kelajagiga ta’siri, unga qarshi mafkuraviy immunitet yaratish
yo`llari, shuningdek, mamlakatimizda bu borada olib borilayotgan ma’naviy-targ`ibot ishlari
xususida fikr yuritilgan.
Kalit so`zlar:
“ommaviy madaniyat”, ta’lim, ma’rifat, yuksak ma’naviyat, internet, ijtimoiy
tarmoqlar, globallashuv, milliy qadriyatlar, mafkuraviy immunitet.
KIRISH
Bugungi kunda yoshlar jamiyatning eng faol va harakatchan qatlamidir. Ular ijtimoiy
taraqqiyotning muhim omili bo‘lishi bilan birga, global axborot oqimi va madaniy xilma-
xillikning ham asosiy iste’molchilari hisoblanadi. Shu bois, zamonaviy davrda yoshlarning
ijtimoiylashuvi, ya’ni jamiyatga moslashuvi, ijtimoiy qadriyatlarni qabul qilishi va faol ishtirok
etishi jarayonida turli omillar, jumladan submadaniyatlarning ta’siri sezilarli darajaga
yetmoqda. Afsuski, bu ta’sir ko‘p hollarda salbiy bo‘lib, yoshlar ongiga zarar yetkazmoqda.
Submadaniyat –
bu asosiy jamiyat madaniyatidan farqlanuvchi, o‘ziga xos qadriyatlar,
urf-odatlar va xulq-atvor normalariga ega bo‘lgan kichik guruhlar madaniyatidir. Masalan,
gopniklar, emo, repperlar, punklar, metalchilar kabi submadaniyatlar yoshlar orasida ma’lum
davrlarda ommalashgan. Bu guruhlar o‘zlariga xos kiyinish uslubi, musiqasi, til va xulq-atvor
mezonlariga ega bo‘lib, ba’zan jamiyatdagi umumiy qadriyatlarga zid yo‘nalishda shakllanadi.
Farzand tarbiyasi nihoyatda mas’uliyatli va dolzarb masalalardan biri. Tarbiya bolaga “Ona
qornidaligidan beriladi”, deydi donishmandlar. Shunday ekan, turmush tasvishlaridan hech
ortmaydigan otaonalarimiz, jonkuyar tarbiyachi va o’qituvchilarimiz, ko’cha-ko’yda savlat
to’kib yuradigan mahalla ahllarimiz-hurmatli “katta”larimiz tarbiya masalasiga qanchalik
e’tibor berishmoqda? Ommaviy madaniyatning o’ziga xosligi nimada, uning jamiyatdagi
funksiyasi nimadan iborat, insonlar uchun foydali va salbiy jihatlari nimalarda namoyon
bo’ladi, jamiyatning taraqqiyotdagi o’rni salbiymi yoki ijobiymi, u nimalarni madh qiladi, u
nimalarga da’vat qiladi, uning chaqirig’ida qanday g’oyalar singdirilgan, insonlar, ayniqsa,
yoshlarda qanday xulq-atvorni shakllantirmoqda, u ma’naviy tanazzul elchisimi? -degan bir
qancha savollar bizni ushbu maqolaga qo’l urishga undadi. Bizningcha, ommaviy madaniyat
ko’p qirrali jarayon. Insoniyat tarixida Ommaviy madaniyat o’z faoliyati va maqsadlari,
kurashish mexanizmlari hamda usul-tamoyillariga ega bo’lib kelgan. Uning o’ziga xosligi
shundaki, u zamonga qarab o’z shakl-shamoyilini o’zgartirib turgan. “Ommaviy madaniyat”
ishlab chiqaruvchilari inson psixologiyasini yaxshigina o’zlashtirishgan va qaysi yoshni tezroq
o’zlariga og’dirishi-yu, o’zlarining yashirin maqsadlarini amalga oshirish mexanizmlarini
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
131
chuqur ishlab chiqqanlar. Ularning asosiy maqsadi tez fursatda mo’may daromadga, moddiy
ta’minotga ega bo’lishdir. Ular bu maqsadni har xil sabablar bilan yashirishga, xastpo’shlashga
harakat qiladilar. Mutafakkir olim Abu Ali Ibn Sino madaniyatni insonning ruhiy quvvat
oladigan ma’naviy manbai, -deb ta’kidlaydi.
Submadaniyatlarning ba’zilarida zo‘ravonlik, giyohvandlik, axloqsizlik, iste’molchilik,
individualizm yoki jamiyatdan yiroqlashish kabi g‘oyalar ilgari suriladi. Bunday ta’sirlar
quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:
Milliy va diniy qadriyatlarga bepisandlik;
Jamiyatga yot bo‘lgan g‘oyalarni qabul qilish;
Ota-ona va o‘qituvchilarning fikrini inkor etish, nizolarga moyillik;
Yakkalanish, depressiya va zo‘ravonlikka moyillik;
Noan’anaviy turmush tarziga intilish (tatuirovkalar, narkotiklar, ekstremistik fikrlar va
h.k.).
Bu jarayon natijasida yoshlar asosiy jamiyatdan yiroqlashib, mustaqil fikrlash o‘rniga,
submadaniyatlar ta’siridagi andazaviy fikrlar va harakatlarga ergashadi.
“Hozirgi vaqtda ko’z o`ngimizda dunyoning geopolik, iqtisodiyva ijtimoiy, axborot-
kommunikatsiya manzarasida chuqur o’zgarishlar ro’y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi
keskin tus olayotgan bir vaziyatda barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya,
jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb
etmoqda”
Ha, bugun atrofimizda ro’y berayotgan turli voqealarga to’gri va munosib baho
bermasdan, kechayotgan jarayonlarga o’zimizning daxldor ekanimizni his qilmay, “bu
muammolarga mening daxlim yo’q, ular haqida o’ylash mening uchun emas, boshqalar bosh
qotirsin”, degan tushuncha bilan yashashning, loqaydlikning vaqti allaqachon o’tib ketgan.
Bugungi zamondoshlarimiz o’tgan asrning 90-yillaridagi odamlar emas. Yurtdoshlarimizning
ma’naviy dunyosi yuksalib ijtimoiy faolligi o’sib, daxldorlik tuyg’usi kundan kun kuchayib
bormoqda. Binobarin, yuksak ma’naviyatli shaxsni hech kim yenga olmaydi. Yuksak ma’naviyat
qaror topgan jamiyat esa hargiz tanazzulga yuz tutmaydi
1 Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch.-Toshkent :Ma’naviyat, 2008,119-be
Ma’lumki, yoshlar hamma masalada juda ta’sirchan, hissiyotga beriluvchan bo’ladi.
Ayniqsa, ular hayotda uchrab turadigan adolatsizlik, nohaqlik holatlarini nozik his qilib, bu
boradagi ijobiy va salbiy o’zgarishlarni g’oyat tez va hassoslik bilan qabul qiladi. .
Shuning uchun ham turli mafkuravviy markazlar chetdan turib, “mutlaq
erkinlik”,“chegarasiz erkinlik”, “erkin axloq” degansoxta g’oyalarni ularning ongiga
singdirishga zo’r beradi. Bu yo’lda “ommaviy madaniyat” namunalaridan, turli axborot
texnologiyalaridan, radiotelevideniye, internetning ijtimoiy tarmoqlari kabi vositalardan
makkorlik bilan foydalanadilar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning
2021-yil 19- yanvardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada
davlat va jamoat tashkilotlarinig hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag’ishlangan
yig’ilishidagi ma’ruzasida ma’naviy tarbiya to’g’risida shunday degan edilar:”Agar jamiyat
hayotining tanasi iqtisod bo’lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O’zbekistonnni
barpo etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, ya’ni bozor tamoyillariga asoslangan kuchli
iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
asoslangan kuchli ma’naviyatga asoslanamiz” 2 . Ma’naviy-axloqiy tarbiya strategik masala.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
132
Toki, ma’naviyat insonga yo’lboshchilik qilmasa, uni “egib olish”, “og’dirib olish” juda oson
kechadi.
“Hammamizga ayonki, bugungi kunda dunyoda keskin kurash va raqobat hukm
surmoqda. Jahonda manfaatlar to’qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jrayonlari bashariyat
uchun beqiyos imkoniyatlar bilan birga, kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.
Terrorizm, ekstremizm, transmilliy va kiber jinoyatchilik, odam savdosi, narkotik kabi
tahdidlar xavfi tobora ortib bormoqda…” Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek,
eng kuchli va eng taʼsirchan qurolimiz — bu maʼnaviyatdir. Maʼnaviyatli inson — irodali,
dunyoqarashi keng, tafakkuri boy va madaniyatli boʻladi.
2 Sh.M.Mirziyoyev. “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz”. Toshkent, “O’zbekiston”-2017.
3 Shavkat Mirziyoyev Insonparvarlik ezgulik va bunyodkorlik - milliy g'oyamizning
poydevoridir "Tasvir " nashriyot uyi Toshkent 2021.
Va aynan yuksak maʼnaviyat “ommaviy madaniyat”ga, buzgʻunchi va vayronkor
gʻoyalarga qarshi kuchli himoyadir. Yurtimiz buyuk insonlar yurtidir. Biz ajdodlarimiz bilan
qancha faxrlansak, iftixor etsak shuncha ozdir. Ammo kechagi kun xotira, bizga saboq boʻlsa,
ertangi kun bizdan harakatni, umidlar, orzularning roʻyobini kutadi. Ajdodlarimiz kutgan
istiqlol bizning davrimizga nasib boʻldi. Endi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash,
uning qadriga yetish, bizdan keyingi avlodga obod va farovon, taraqqiyot yoʻlidan ildam odim
otib borayotgan mustaqil Vatanni qoldirish masʼuliyati chin insoniylik, vatanparvarlik
burchidir. Buning uchun, eng avvalo, yoshlarimiz taʼlim tarbiyasiga, dunyoqarashining
shakllanishiga eʼtibor berishimiz, turli xil yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmasliklari, “ommaviy
madaniyat” qurboniga aylanmasliklari uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirishimiz
lozim. Oʻzbek milliy tarbiyasi yetuk, komil insonni andoza qilib olgan. “Ommaviy madaniyat”
esa insonni bilim, imon, insof, hayo, sadoqat kabi tuygʻularga loqayd va befarq shaxsga
aylantirib qoʻyadi. “Ommaviy madaniyat” qurboni boʻlgan kishi vatanparvar, fidoyi, rostgoʻy,
insofli boʻlishi qiyin, chunki u erkin fikrlashi kerak. Mustaqil fikrlovchi odamlar koʻp boʻlsa,
“ommaviy madaniyat”ning bozori kasod boʻladi. Shuning uchun ularga oʻrtamiyona,
ergashuvchi omma kerak. Yoshlar qiziquvchan, ishonuvchan, ergashuvchan, lekin katta
kuchdir. Shu bois ham “ommaviy madaniyat” qurbonlari koʻproq yoshlardir. “Ommaviy
madaniyat” shaxsning didini oʻldirib, millionlab odamlarni mustaqil fikrdan, shaxsiy
munosabatdan, demak, oʻzligidan, qalbidan judo qiladi. Bu esa turli xil yot gʻoyalarni gʻarazli
maqsadlar yoʻlida targʻib qilayotgan kuchlar uchun ayni muddao. Demokratiya niqobidagi
bunday tahdidlardan ogoh boʻlish uchun esa oʻzlikni anglash, mohiyatini tushunish muhim
ahamiyat kasb etadi. Mana shunday murakkab sharoitda yoshlarimizni davlatimiz rahbari
Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Jaholatga qarshi ma’rifat” degan ezgu g’oya kun
tartibimizdagi doimiy masalalardan biri bo’lib keladi. Hayotda o’z yo’lini izlayotgan
farzandlarimiz o’z ongi, o’z aqli bilan mana shu g’oyaning tarafdoriga aylanadi. Muqaddas
dinimizda ilmga alohida e’tibor qaratilgan. Qadimlardan ham ilmga tashviq etilib, “Ilm talab
qilish - har bir musulmonga farzdir” deyilgan. Muhtaramyurtboshimizning g’amxo’rliklari va
sa’yharakatlari tufayli yoshlarni ilm-ma’rifatli, odob-axloqli etib tarbiyalashga juda katta e’tibor
qaratilmoqda. Yoshlarimizning buyuk ajdodlarimizga munosib bo’la olishlari uchun har
jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazish uchun ko’plab sharoitlar yaratilayotgani bejiz emas.
Prezidentimizning bu sa’yharakatlari zamirida navqiron avlodimizga nisbatan qanchalar mehr,
ishonch va e’tibor mujassam ekanini ko’plab amaliy misollarda ko’rish mumkin. Bugungi erkin
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
133
va ozod hayotning ma’nosi va qadr –qimmatini yoshlarning ongiga yetkazish, ularga to’g’ri yo’l
ko’rsatishda biz – birinchi navbatda ota-onalar, ustoz-murabbiylarmas’ul bo’lishimiz zarur.
XULOSA
Bugungi globallashuv davrida “ommaviy madaniyat” tushunchasi tobora keng tarqalib,
insonlarning turmush tarzi, dunyoqarashi va qadriyatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu
madaniyat asosan tijorat maqsadida yaratilgan, ko‘ngilochar, yengil va ba’zida ijtimoiy
mas’uliyatdan yiroq axborot va tasvirlar vositasida tarqatiladi. Zamonaviy yoshlar jamiyatning
kelajagi hisoblanadi. Ularning ijtimoiylashuv jarayonida submadaniyatlarning salbiy ta’siriga
tushib qolishi, nafaqat ular, balki butun jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shuning uchun yoshlar orasida sog‘lom dunyoqarash, mustahkam ijtimoiy qadriyatlar va milliy
o‘zlikni shakllantirish dolzarb vazifadir. Bu borada nafaqat oila va maktab, balki butun jamiyat
birgalikda harakat qilishi lozim. Ayniqsa, yoshlar ommaviy madaniyat ta’siriga tez beriladilar,
natijada milliy an’ana, urf-odat va qadriyatlardan uzoqlashish holatlari kuzatilmoqda. Xulosa
qilib aytganda, ommaviy madaniyatning ijobiy tomonlari bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, uning
nazoratsiz tarqalishi jamiyatning ma’naviy asoslariga jiddiy zarar yetkazadi. Shu bois, har bir
ongli fuqarodan, ayniqsa ota-onalar, o‘qituvchilar va davlat tashkilotlaridan mas’uliyatli
yondashuv talab etiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch.-Toshkent:Ma’naviyat, 2008.
2.
Sh.M.Mirziyoyev. “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz”.Toshkent, “O’zbekiston”- 2017.
3.
Shavkat Mirziyoyev Insonparvarlik ezgulik va bunyodkorlik – milliy g'oyamizning
poydevoridir "Tasvir " nashriyot uyi Toshkent 2021.
4.