Авторы

  • Nilufar Ulashova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti 1-bosqich talabasi
  • Abrorxon Ochilov
    lmiy rahbari: Shahrisabz davlat pedagogika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.91958

Ключевые слова:

Behbudiy jadidchilik yoshlarga murojaat ma'naviy tarbiya milliy uyg'onish ijtimoiy faollik ma'rifatparvarlik.

Аннотация

ushbu maqolada jadid marifatparvari Mahmudxo'ja Behbudiyning "Yoshlarga murojaat" va "Muhtaram yoshlarga murojaat" nomli maqolalari tahlil qilinadi. Asosiy e'tibor muallifning yoshlarga qaratilgan manaviy,axloqiy, ilmiy va ijtimoiy chaqiriqlari, milliy uyg'onish g'oyalari hamda zamonaviy tafakkur tarbiyasini shakllantirishdagi o'rniga qaratilgan. Maqolalar tahlili orqali Behbudiyning yoshlar tarbiyasiga oid qarashlari, ularning jamiyatdagi faol pozitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan da'vatlari yoritib beriladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

128

BEHBUDIYNING "YOSHLARGA MUROJAAT" VA "MUHTARAM" YOSHLARGA

MUROJAAT MAQOLALARINI TAHLIL ETISH

Ulashova Nilufar Azamat qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti 1-bosqich talabasi

Ochilov Abrorxon Qiyom o'g'li

lmiy rahbari: Shahrisabz davlat pedagogika instituti ijtimoiy

fanlar kafedrasi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15478936

Annotatsiya:

ushbu maqolada jadid marifatparvari Mahmudxo'ja Behbudiyning

"Yoshlarga murojaat" va "Muhtaram yoshlarga murojaat" nomli maqolalari tahlil qilinadi.
Asosiy e'tibor muallifning yoshlarga qaratilgan manaviy,axloqiy, ilmiy va ijtimoiy chaqiriqlari,
milliy uyg'onish g'oyalari hamda zamonaviy tafakkur tarbiyasini shakllantirishdagi o'rniga
qaratilgan. Maqolalar tahlili orqali Behbudiyning yoshlar tarbiyasiga oid qarashlari, ularning
jamiyatdagi faol pozitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan da'vatlari yoritib beriladi.

Kalit sozlar:

Behbudiy, jadidchilik, yoshlarga murojaat, ma'naviy tarbiya, milliy

uyg'onish, ijtimoiy faollik, ma'rifatparvarlik.


Mahmudxoja Behbudiy o'zbek jadidchilik harakatining yirik vakillaridan biri bo'lib,

o'zining ma'rifatparvarlik faoliyati bilan millatning uyg'onishiga, yoshlarning ilm-fan,
madaniyat va zamonaviy tafakkur asosida tarbiyalanishiga katta hissa qo'shgan. Uning
"Yoshlarga murojaat" (1909) va "Muhtaram yoshlarga murojaat" (1915) nomli maqolalari
o'zbek ijtimoiy-fikr taraqqiyotida alohida o'rin tutadi. Ushbu maqolalar orqali Behbudiy
yoshlarga murojaat qilgan, ularni o'z millatiga xizmat qilish, ilm olish, axloqiy tozalik va
vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishga undagan. Behbudiy jadidchilik g'oyalarining faol
targ'ibotchisi sifatida milliy maktablar ochish, ilmiy-marifiy asarlar yozish bilan birga,
ommaviy matbuot orqali yoshlarni uyg'otishga intilgan. U Taraqqiy, Samarqand, Oyna kabi
gazeta va jurnallarda faol ishtirok etgan. Behbudiy uchun yozuvchi bu millat ogohligi uchun
javobgar shaxsdir[1].

Mahmudxo'ja Behbudiy o'zbek jadidchilik harakatining yetakchi namoyandalaridan biri

bo'lib, uning "Yoshlarga murojaat" va "Muhtaram yoshlarga murojaat" maqolalari o'z davrida
milliy ong va ma'rifatni yuksaltirishga qaratilgan muhim asarlar hisoblanadi. Ushbu maqolalar
zamonaviy yoshlarni o'z ustida ishlash, ilm olish va jamiyat rivojiga hissa qo'shishga davat
etadi. Behbudiy bu maqolalarida yoshlarning milliy va ma'naviy kamolotini, ularning o'z
jamiyatiga nisbatan ma'suliyatini oshirish zarurligini ta'kidlaydi. Ushbu esseda mazkur
maqolalarining asosiy g'oyalari va ularning bugungi kun uchun ahamiyati tahlil qilinadi.
Behbudiy yoshlarga ilm-fan, ma'rifat va kasb-hunar o'rganishning muhimligini tushuntiradi.U
yoshlarni dangasalik va beparvolikdan voz kechishga chaqiradi.Jamiyatning taraqqiy etishi
yoshlarning bilimdonligi va faoliyatiga bog'liqligini ta'kidlaydi. Behbudiy yoshlarni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash zarurligini qayd etadi.U musulmon jamiyatlarining orqaga
qolish sabablaridan biri sifatida ilmga e'tibor berilmaganligini ko'rsatadi. Yoshlarni
zamonaviy dunyoqarashga ega bo'lishga va jamiyatni isloh qilish yo'lida harakat qilishga
chaqiradi. Behbudiy ilm-ma'rifatni jamiyat taraqqiyotining asosiy omili deb biladi.Yoshlar
orasida bilim olishni keng targ'ib qilish orqali xalqning madaniy darajasini oshirish
mumkin.Behbudiy o'z asarlarida yoshlarni milliy g'urur va vatanparvarlik hissi bilan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

129

yashashga undaydi.U milliy taraqqiyotga erishish uchun yoshlarning o'z madaniyati va
tarixiga hurmat bilan qarashini ta'kidlaydi.Behbudiy ta'lim va texnologik taraqqiyotdan
orqada qolmaslik uchun zamonaviy bilimlarni organish muhimligini takidlaydi.U ana'naviy
fikrlashdan chiqib, innovatsion yondashuvlarga e'tibor qaratish zarurligini qayd etadi.

Bugungi kunda ham yoshlar uchun ilm olish va ma'rifatli bo'lish dolzarb masala

hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bilim olish imkoniyatlari
kengaygan bo'lsa-da, yoshlarning uni to'g'ri yo'nalishda ishlatishi muhim.Jamiyat
taraqqiyotida faol ishtirok etish va mustaqil fikrlash yoshlar oldidi asosiy vazifalardan biri
bo'lib qolmoqda. 1915-yilda yozilgan bu maqolada Behbudiy oz davatini yanada
keskinlashtiradi. U zamonaviy bilimlardan uzoq, g'aflatda qolayotgan yoshlardan xavotirda.
Muallif shunday yozadi:[2]

"Ey yoshlar! Tashqarida olam ozgarib borur, sen esa uyquda yurursen Sen

uygonmasang, kim uygotar xalqni?" (Behbudiy, 1915).

Bu maqolada "ogohlik" va "ma'suliyat" g'oyalari markazda turadi. Behbudiy uchun har

bir yo'sh millatning ertangi poydevori, shuning uchun ularni beparvolikdan ogohlantirish
zarur deb biladi. Ikkala maqola ham yoshlarni uyg'otish, ma'rifatli bo'lish, millat va vatan
oldida ma'suliyatli bo'lishga chaqiradi. Biroq, "Yoshlarga murojaat" nisbatan yumshoq,
da'vatkor ohangda yozilgan bo'lsa, "Muhtaram yoshlarga murojaat"da keskin tanqid va
xavotir ustuvorlik qiladi. Bu farq zamonning murakkablashuvi, jadidlarning siyosiy bosim
ostida qolishi bilan bogliq.[3]

Yoshlarning ongli ravishda ta'lim olishlari va mustaqil fikrlashni o'rganishlari kelajakda

jamiyatning taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.Mahmudxo'ja Behbudiyning "Yoshlarga
murojaat" va "Muhtaram yoshlarga murojaat" maqolalari o'zbek jadidchiligining asosiy
tamoyillarini o'zida aks ettiradi.[4] U yoshlarni ilm-ma'rifatga intilishga, jamiyatni
rivojlantirishga va vatanparvar bo'lishga chaqiradi. Ushbu maqolalar bugungi kunda ham o'z
dolzarbligini yo'qotmagan bo'lib, har bir yosh uchun o'z ustida ishlash va mustaqil
fikrlashning muhimligini eslatadi. Shuningdek, u yoshlarni milliy o'zlikni anglash,
vatanparvarlik va jamiyatga foyda keltirish yo'lida intilish kabi fazilatlarga chorlash orqali
bugungi kun uchun ham muhim yo'l-yo'riq bo'lib xizmat qiladi. Mahmudxo'ja Behbudiy
maqolalari bu faqat ta'rixiy hujjatlar emas, balki milliy ong shakllanishida muhim pedagogik
vosita hamdir. "Yoshlarga murojaat" va "Muhtaram yoshlarga murojaat" maqolalari orqali
Behbudiy yoshlarni sog'lom tafakkur, ilm va vatanparvarlik asosida kamol toptirishga da'vat
qilgan. Bu maqolalar hozirgi kunda ham yoshlar tarbiyasi va ijtimoiy faolligini oshirishda
dolzarb ahamiyatga ega.[5]

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Behbudiy, M. (1914). Yoshlarga murojaat.

2.

Behbudiy, M. (1915). Muhtaram yoshlarga murojaat.

3.

Alimova, D. (2019). O'zbek jadidchiligining ma'naviy merosi. Toshkent: Manaviyat

nashriyoti.
4.

Jo'rayev, S. (2020). Jadidlar va ma'rifatparvarlik harakati. Toshkent: Sharq nashriyoti.

5.

Ismoilov, A. (2018). Zamonaviy ta'lim va jadid pedagogikasi. Toshkent: Fan va

texnologiya.

Библиографические ссылки

Behbudiy, M. (1914). Yoshlarga murojaat.

Behbudiy, M. (1915). Muhtaram yoshlarga murojaat.

Alimova, D. (2019). O'zbek jadidchiligining ma'naviy merosi. Toshkent: Manaviyat nashriyoti.

Jo'rayev, S. (2020). Jadidlar va ma'rifatparvarlik harakati. Toshkent: Sharq nashriyoti.

Ismoilov, A. (2018). Zamonaviy ta'lim va jadid pedagogikasi. Toshkent: Fan va texnologiya.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)