YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
53
BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI
Nurulloyev Toxir Nutfulloyevich
Renessans ta’lim universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15516124
Annotatsiya.
Mazkur maqolada boshqaruv psixologiyasi, boshqaruvning uslublari,
rahbar va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlar, zamonaviy boshqaruv psixologiyasining
muammolari haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar
: boshqaruv, psixologiya, muloqot, demokrativ, liberal, perseptiv, avtoritar.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev aytganidek: “Har bir rahbar o‘z
mas’uliyatidagi sohadagi ishlarni tanqidiy baholash va yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan
bajarishga intilishi kerak”.
Bu talab davlat boshqaruvi organlari rahbarlari uchun kundalik qoidaga aylanishi lozim.
Bu yondashuv rahbarlardan faqatgina tashkilotchilik qobiliyatini emas, balki psixologik
sezgirlikni ham talab qiladi.
Rahbar kadrlarning psixologik baholashi, ularda zarur bo‘lgan xislatlar majmuasini ishlab
chiqish va nomzodlarni to‘g‘ri tanlash masalalari ham boshqaruv psixologiyasining muhim
yo‘nalishlaridan biridir.
Hozirgi davrda boshqaruvning psixologik talqini, uning mohiyati va mazmuni muhim
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, boshqaruv psixologiyasining mexanizmlarini tadqiqot qilish
muammolari, uning nazariy asoslari, yetakchi funksiyalari o‘zaro aloqadorligi, o‘zaro
munosabatlarning obyektivligi va subyektivligi hamkorlik uchun muhim ahamiyatga ega.
Agarda mazkur jarayonda “uyg‘unlik hukm sursa, jamoa yoki muayyan tizimda o‘zaro
tushunuv, barqarorlik, mahsuldorlik ro‘yobga chiqadi. Bu ijtimoiy-psixologik hodisalar,
holatlar, vaziyatlar, muammolar yechimi ko‘p jihatdan boshqaruv psixologiyasi materiallariga,
uning ijtimoiy-amaliy tizimiga, tadrijiylikka bevosita bog‘liq. Xuddi shu boisdan mazkur fan
sohasini o‘rganish davr talabi, sivilizatsiya taqozosi, jamiyat taraqqiyoti, ravnaqining
zaruriyatidir.
Boshqaruv psixologiyasi – boshqaruv maqsadi va vazifalarni amalga oshirish davomida
boshqaruv subyekti va obyekti o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi.
Mutaxassislarning fikricha, boshqaruv psixologiyasining boshqa turkum vazifalari boshqaruv
usullarini shakllantirish bo‘lib, ushbu tadbir tashkilotning samarali faoliyatini ta’minlash
maqsadidagi ta’sir etish imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Boshqaruv psixologik asoslari fanini o‘qitishning maqsadi - psixolog, sotsiolog talabalarda
boshqarishning o‘ziga xos murakkab muammolarini bilishga nisbatan intilishni kuchaytirish,
ularda amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq uyg‘otishga qaratilgandir.
U hozirgi davrga kelib: “inson-inson”, “inson-jamoa”, “jamoa-inson”, “jamoa-jamoa”
munosabatlarining boshqaruv imkoniyatlarini tekshirishni taqozo qiluvchi istiqbolli, mustaqil,
maxsus sohalarga o‘z predmeti ko‘lamini yanada kengaytiradi.
Boshqaruv psixologiyasi xo‘jalikni yoki muassasani boshqaruvning ijtimoiy-tarixiy
prinsiplariga va qonunlariga bevosita asoslanadi. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Demokratik detsentralizm (mahalliy boshqaruv ustuvorligi);
Boshqaruvda yakka hokimlik;
Siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy rahbarlikda xo‘jalik yuritishning birligi;
Xo‘jalik hisobining oqilligi;
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
54
Boshqaruvning rejaliligi;
Ommaning boshqaruv jarayonida faol qatnashuvi;
Hamkorlik faoliyatining ishtirokchilarini ma’naviy va moddiy jihatdan rag‘batlantirish;
Kadrlarni tayyorlash, tanlash va joylashtirish jarayonida psixodiagnostika tizimiga
asoslanish.
Boshqaruv psixologiyasining predmeti - rahbar kadrlar va ijrochilarning psixologik
xususiyatlari, yaxlit tizimdagi hamkorlik faoliyatida ularning o‘zaro aloqasini o‘rganishdir. Yoki
boshqaruv psixologiyasining predmeti guruh va ommaning psixologik xususiyatlari, ularning
shaxs ongiga va xulqiga ta’sirini tekshirishdan iboratdir.
Shunday qilib, boshqaruv psixologiyasiga quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiq:
“Hamkorlik faoliyatida shaxsning xulqiga va ongiga guruhiy ta’sir o‘tkazishning psixologik
xususiyatlarini, menejer bilan ijrochi o‘rtasidagi muomala maromini tekshirish, shaxslararo
munosabatlar bosqichlari hamda emotsional holatlarini tadqiq etish, rahbarning psixologik
muhitini ta’minlash bilan bog‘lik faoliyat uslubi va uning mexanizmlarini tadqiq qilish
boshqaruv psixologiyasining predmetidir”.
Hujjatlarni tahlil qilish metodi (muassasa yoki tashkilotda ish yuritishdan tortib to
moliyaviy hujjatlargacha boshqaruvni rasmiy qayd qilishning modellari ifodasi). Hujjatlarning
tadrijiy, izchil, ierarxik ravishda tuzilganligi, zarur ma’lumotlarni undan olish imkoniyati
mavjudligi yuzidan muayyan qarorga kelish ularning tuzuvchilari to‘g‘risida ilmiy psixologik
taassurot olish, xulosa chiqarishga puxta asos yaratadi.
Menejer va uning qo‘l ostidagi odamlarning biografiyasini o‘rganish metodi. Odatda
biografik ma’lumotlar bir necha manbalarni tahlil qilish orqali to‘planishi mo‘ljallangan bo‘lib,
shaxsning avtobiografiyasi, unga berilgan tavsifnoma, devoriy gazeta, mahalliy matbuotlardagi
muassasalarining hujjatlari, badiiy xususiyatli ma’lumotnoma kabilardagi subyektga taalluqli
psixologik jabhalari umumlashtiriladi. Umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida rahbar o‘z qo‘l
ostidagi tobe xodimlar, kichik bo‘g‘indagi rahbarlar yuzasidan g‘oyalar bankini tuzadi.
Rahbarning ish sharoitini bayon qilish (ifodalab berish) metodi. Muassasa yoki tashkilot
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mujassamlashtirgan psixologik holatlar majmuasi rahbar kadrning
o‘z ish (xizmat) sharoitiga nisbatan munosabatida o‘z ifodasini topadi. Bayoniy xususiyatli
faktik ma’lumot, subyektning jismlarga, uning qurshovidagi xodimlariga, faoliyatiga bo‘lgan
his-tuyg‘ulari, kechinmalari to‘g‘risida muayyan psixologik material to‘plashga sharoit yaratib
beradi.
Rahbarning psixologik savodxonligi har qaysi alohida xususiyatli vaziyat, holat, ziddiyat,
shaxs qarshiligi, munosabat, muammo yechimiga oqilona va omilkorlik bilan individual yoki
differensial yondashishni amaliyotga tatbiq etishga keng ko‘lamli imkoniyat, puxta shart-
sharoit, shaxsiy uslub vujudga kelishiga negiz yaratadi.
Rahbar uchun muloqot turlari va ijtimoiy holatlarni boshqarish muhim ahamiyatga ega.
Shaxslararo munosabat negizida muloqot yotishi muomala psixologiyasida mustahkam o‘rin
egallaydi, xuddi shu boisdan uning turlari, o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida malumotlar bilan
rahbar kadrni tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda axborotlar to‘g‘ri va teskari
ko‘rinishlarga ajratiladi, muayyan tavsifi, tasnifi, xususiyati, sifati mavjudligi ta’kidlab o‘tiladi.
To‘g‘ri axborotlar quyidagi xususiyatlari bilan boshqa turlardan ajralib turadi: shakllari,
miqdori, sifati, jadalligi, uzatuvchanligi, oshkoraligi, chehraning emotsional vositalar bilan
uyg‘unligi kabilar.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
55
Teskari axborot o‘ziga xos xususiyatlarga ega: rasmiy, norasmiy, vosita va kanallar,
ijrochining teskari axboroti rahbarning to‘g‘ri informatsiyasiga aylanishi, tarixiyligi, jamoa fikri,
mulohazasi, kayfiyati, faolligi, sustligi, aks ta’sir va boshqalar.
Hozirgi zamonda buyruq, qo‘rqitish, zurlik bilan mehnatkashlarga muomala qilib
bo‘lmaydi, unday davrlar ijtimoiy turmush maydonidan allaqachonlar chiqib ketgan. Davlat
miqyosida yuz berayotgan demokratik o‘zgarishlar, so‘z va vijdon erkinligi, milliy istiqlolga
erishganlik, milliy o‘zligini anglash, huquqiy himoyalanganlik fuqarolar ongini yanada
yuksalishga olib keladi. Yigirma birinchi asr boshidagi odamlar o‘zlarining o‘tmishdosh
hamyurtlaridan juda ko‘p jihatlari bilan keskin tafovutlanadi.
Rahbar faoliyatining psixologik xususiyatlari: boshqaruv lavozimlarining psixologik
tavsifi, inson psixikasiga lavozim taqozo qiluvchi talablar, rahbarning shaxsiy fazilatlari,
sifatlari va xislatlari, kasbga yo‘naltirish va kasb motivatsiyasining psixologik jabhalari, jihatlari
hamda tomonlari, o‘rinbosar tanlash va ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olish,
o‘rinbosarlar shaxsini va faoliyatini baholash, o‘rinbosarlarni lavozimga joylashtirish va ularga
homiylik qilish, o‘rinbosarlarni kasbiy tayyorlashdagi mas’uliyat, ish joyiga nisbatan psixologik
talablar va ularga rioya qilish, mehnat faoliyatini ilmiy jihatdan tashkil qilish va boshqarish.
Rahbar shaxsi barkamolligi, qat’iy xarakteri, milliy qiyofasidan tashqari, bir qator
qobiliyatlarga ega bo‘lishi tabiiy ravishda obro‘ qozonishga puxta negiz hozirlaydi, lavozimning
keyingi bosqichlari uchun imkon yaratadi, istiqbol rejalarini ruyobga chiqaradi.
Tashkilotchilik qobiliyati. Rahbar kadr o‘ta uddaburon, ishbilarmon, muassasa yoki
korxonaning, idora yoki ilmiy markazning oldida turgan vazifalarni maqsadga muvofiq,
sobitqadamlilik bilan bajarishni uyushtira olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Iymon-e’tiqodga, faol hayotiy pozitsiyaga yo‘nalganlik qobiliyati. Rahbar iymon-e’tiqodli,
muayyan hayotiy pozitsiyali, mustahkam paymonli, sof, rostgo‘y, samimiy, jonkuyar,
insonparvar, vatanparvar fazilatli inson bo‘lmog‘i, xodimlar uchun ibrat-namuna vazifasini
bajarmog‘i lozim. Toki so‘z bilan ish birligi ishlab chiqarish amaliyotida bevosita o‘z ifodasini
topsin, boshqalar uning xatti-harakati va kishilar bilan munosabatida taqlid qilishga
odatlansinlar.
Nutqiy qobiliyat. Rahbar savodxon so‘zlashga va notiqlik san’atiga ega bo‘lishi shart. U
tevarak-atrofdagilar bilan uzluksiz ravishda muomalaga kirishib turganligi tufayli nutqi
ixcham, ma’noli, ohangdor, muayyan ritm, sur’at, chastotali bo‘lishligi muhim ahamiyatga ega.
Nutqning jarangdorligi, so‘zlashganda pauza, mantiqiy urg‘uga rioya qilish uning
ta’sirchanligini oshiradi.
Nufuz (obro‘)ga ega bo‘lish. Rahbar o‘zining nufuzi bilan boshqarishni amalga oshira
oladi, xolos. Lekin egallangan lavozim tub ma’nodagi obro‘ keltirmaydi, chunki kishilarning
unga nisbatan munosabati vaqtli xususiyatga ega bo‘ladi.
Perseptiv (idrok kilish) qobiliyati. Rahbar uchun birinchi va ikkinchi darajali masalalar
bo‘lishi mumkin emas, chunki hayot muayyan qismlardan tashkil topgan bo‘ladi, xuddi shu bois
barcha narsalarga e’tibor qilish kerak. Rahbar qisqa vaqt oralig‘ida ishlab chiqarish
uchastkalari, bo‘limlari, a’zolar, amaldorlar va yordamchi xodimlar tashqi qiyofasi, ishga
tayyorligi, mehnat faoliyatini tashkil qilishga taxtligi, texnikaning sozligi, kishilarning kayfiyati
bo‘yicha ma’lumot olish fazilati persepsiyada o‘z ifodasini topadi.
Didaktik qobiliyat. Rahbar bevosita pedagog bo‘lmasada, lekin uning faoliyati ma’lum
axborot va xabarlarni o‘zga kishilarga yetkazish bilan bog‘liqdir. Xuddi shu bois turli toifadagi
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
56
odamlarga, mutaxassislarga murakkab bilimlar, muammolar hamda axborotlarni oson yo‘l
bilan tushuntirish o‘quvchanligi mutlaqo zarur.
Akademik qobiliyat. Hozirgi zamon talabi rahbar kadr har tomonlama kamol topgan inson
bo‘lishini taqozo qiladi. Davlatlararo, millatlararo, shaxslararo, ixtisoslararo amalga oshirish
uchun rahbar har bir sohadan minimal bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan o‘z o‘rnida
muvaffaqiyatli foydalanishi lozim.
Diqqatni taqsimlash qobiliyati. Rahbarning faoliyati keng ko‘lamli, xuddi shu sababdan u
loqaydlikka yo‘l qo‘yishi mumkin emas. Eng oddiy narsadan davlat ahamiyatiga molik
muammogacha mas’ul bo‘lganligi tufayli rahbar sinchkov, teran, kuzatuvchan bir davrning
o‘zida bir necha obyektlarga o‘z munosabatini bildira olishi lozim. E’tiborlilik xodimlarni
hushyor torttiradi, mas’ullik esa tartib-intizomni mustahkamlaydi, loqaydlik illati muhitni tark
etadi.
Psixologik tashxis (diagnoz) qobiliyati. Rahbar turli xususiyatli insonlar bilan hamkorlik
qiladi, ularni tarbiyalaydi, ularga ish o‘rgatadi, yetuk mutaxassis yoki mukammal shaxs sifatida
kamol toptiradi. Har qaysi insonning kelajagini oqilona tasavvur qilishdan iborat oldindan
bashorat etish qobiliyati rahbar uchun muhim ahamiyatga ega.
Jahon sotsial psixologiyasi fanining turlicha yunalishlari, har xil xususiyatli
namoyandalari tomonidan to‘plangan behisob ham nazariy, ham amaliy materiallarni tahlil
qilish va umumlashtirish ularni muayyan mohiyatiga (mazmuniga) ko‘ra menejer (rahbar)larni
quyidagi tiplarga (toifalarga) ajratish imkonini yuzaga keltiradi:
Avtoritar – rahbar barcha ko‘rsatmalarni ishchanlik ruhida, aniq ravshan, keskin ohangda
xodimlarga yetkazadi. Muloqot jarayonida ham xodimlarga nisbatan do‘q-po‘pisa, keskin
taqiqlashlar kabi qat’iy ohanglardan foydalanadi.
Demokrativ huquqiy, fuqaroviy jamiyat bunyod etilar ekan, o‘zidan o‘zi tenglik
to‘g‘risidagi mulohazalar ijtimoiy hayotning asosiy muammosiga aylanadi. Shuni alohida
ta’kidlab o‘tish kerakki, hukmdorlikning turli ko‘rinishlarida ham adolat mezon sifatida
qo‘llanilgan bo‘lsa, demokrativ ishlash uslubi yetakchilik qilganiga hech qanday shak-shubxa
yo‘q.
Liberal toifaga kirib qolishlik qat’iyatsizlik, prinsipial bosh yo‘nalish zaifligi odatiy voqelik
ekanligini anglatadi. Liberal uslub vaziyatdan yengil chiqib ketishning vositasi sifatida tatbiq
etilishi mumkin, xolos. Aks xolda menejment faoliyati shunchaki tashqi ko‘rinishga egaligi
to‘g‘risida soxta taassurotni vujudga keltiradi. Qat’iyatsiz, murosador menejer hozirgi davr
uchun ahamiyatli siymo emas, buni hech unutmaslik zarur.
Hozirgi zamon boshqaruv psixologiyasining asosiy muammolari. Rahbar – xodim
munosabatlari murakkabligi, psixologik yetakchilik ko‘nikmalari kamligi, motivatsiya, muloqot,
konfliktlar bilan ishlash kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga yetarli e’tibor berilmaganligi,
konfliktlar va ularni hal qilish muammolari, ish muhitining psixologik jihatdan nosog‘lomligi,
kadrlarni tanlash va baholashdagi subyektivlik, o‘zgaruvchan muhitga moslashish muammolari
shular jumlasidandir.
Zamonaviy tez o‘zgaruvchi biznes muhitda rahbar va tashkilotlar kreativ fikrlash,
o‘zgarishlarga tayyorlik va strategik psixologik ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Lekin ko‘p
hollarda an’anaviy, qat’iy, byurokratik boshqaruv usullariga tayanilmoqda.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
57
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sh.M.Mirziyoyev, «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari»
2.
Karimova V.M. “Ijtimoiy psixologiya asoslari”.
3.
G‘oziyev E. “Psixologiya”
4.
Barotov Sh.R. “Psixologik xizmatning nazariy va amaliy muammolari”.
5.
Xazratov K, “Boshqaruv psixologiyasi fanidan ma’ruzalar”
6.
Cherednichenko I. P., Telnыx N. V. «Psixologiya upravleniya»