Авторы

  • Ozoda Abdumajitova
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.97909

Ключевые слова:

sifat so’z turkumi sxema multimedia jonli tasvirlar lingvistik bilim.

Аннотация

Maqolada sifat so‘z turkumini ona tili ta’lim tizimida o‘qitishda turli metodlar va multimedia vositalaridan foydalanish aks etgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

43

ONA TILI TA’LIM TIZIMIDA SIFAT SO‘Z TURKUMINI O‘QITISH METODIKASI

METHODOLOGY FOR TEACHING ADJECTIVES IN THE EDUCATIONAL

SYSTEM OF THE MOTHER TONGUE

Abdumajitova Ozoda Baxodir qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti

universiteti talabasi. abdumajitovaozoda77@gmail.com

Abdumajitova Ozoda Bakhodir qizi

Student of Tashkent State University of Uzbek language and

Literature named after Alisher Navoi. abdumajitovaozoda77@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15515714

Annotatsiya.

Maqolada sifat so‘z turkumini ona tili ta’lim tizimida o‘qitishda turli

metodlar va multimedia vositalaridan foydalanish aks etgan.

Annotation:

the article reflects the use of various methods and multimedia tools in

teaching the adjective word category in the educational system of the native language.

Kalit so‘zlar:

sifat so’z turkumi, sxema, multimedia, jonli tasvirlar, lingvistik bilim.

Keywords:

adjective, scheme, multimedia, live images, linguistic knowledge.

Til ijtimoiy hosdisa hisoblanib kishilar bor joyda rivojlanadi, taraqqiy etadi. Bugungi

texnika va innovatsiyalar asrida tilning boyish darajasi ortmoqda. Yangi texnologiyalar bilan
birgalikda tilimizga yangi so‘zlar ham kirib kelmoqda. Bu jarayonni inobatga olib bugungi ta’lim
tizimida ham tilni o‘qitishga katta ahamiyat berilmoqda. Davlat korxonalari, o‘quv
muassasalarida ham o‘zbek tilini bilish, uni egallash kelgusi hayot uchun qo‘yilajak dadil
qadamlardan biriga aylandi. Yangi yaratilayotgan darslik lingvistik bilimlarni o‘rgatish bilan
birgalikda o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi buning
isbotidir. Darsliklarda aks etgan nutqiy mavzular o‘quvchilarning ma’lum bir nutqiy
ko‘nikmasini (o‘qib tushunish, og’zaki nutq, yozma savodxonlik, Tinglab tushunish)
rivojlantirishga qaratilgan. Olib borilayotgan bu islohotlar o‘quvchi yoshlarni hayotiy
bilimlarni chuqurroq egallashga, har qanday sharoitda ham o‘z fikrini erkin va dadil bayon eta
olishiga yordam beradi.

Yangi zamon darsliklari faqat nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish bilan chegaralanib

qolgani yo‘q. Darsliklarda nutqiy ko‘nikmalar bilan birgalikda o‘quvchilarning
lingvistikbilimlarini shakllantirishga ham yondashilgan. Har bir nutqiy bo‘lim o‘z ichiga ma’lum
bir lingvistik bilimni qamrab olgan. Oldingi darsliklardan farqi ushbu bilimlar tizimli emas balki
spiralsimon shaklda amalga oshirilmoqda. Yutuqli jihatlaridan yana biri shundaki, darslikda
aks etgan lingvistik ko‘nikmlarni shakllantirishga qaratilgan qoidalar o‘quvchilar tushunishlari
uchun qulay, oson shaklda yaratilgan. Mustahkamlovchi topshiriqlar ham zamonaviy metodlar
asosida shakllantirilgan.

Lingvistik ko‘nikmalarni shakllantirish har doim dolzarbb masalalardan biri bo‘lib kelgan.

Leksikologiya, fonetika, grammatika kabi til sathlarini o‘qitish o‘qituvchidan chuqur bilim va
katta mas’uliyat talab etadi. Chunki til sathlari til qurilishing asosini tashkil etadi. Ularni


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

44

o‘quvchiga o‘rgatmasdan turib, Tilni o‘rgatib bo‘lmaydi. Shu sababli barcha darsliklarni
lingvistik ko‘nikmalar qamrab olgan. Morfologiya bo‘limi ham bundan mustasno emas.

Morfologiya so‘zning atash ma’nolarini o‘rganuvchi til bo‘limi hisoblanib, uch katta

guruhga bo‘linadi: mustaqil so‘zlar, yordamchi so‘zlar, alohida olingan so‘zlar. Mustaqil so‘zlar
atash ma’nosiga ega bo‘lib, ma’lum bir grammatik bo‘lak vazifasini bajaruvchi, so‘roqqa javob
bo‘luvchi so‘zlardir. Ularni ona tili darsida o‘qitish o‘quvchi nutqida yuzaga keladigan
kamchiliklarni bartaraf etishga qaratiladi. Jumladan sifat so‘z turkumini ham o‘qitish o‘quvchi
nutqini erkin bayon qila olishiga, o‘z nutqida turli so‘zlardan erkin foydalana olishiga, narsa va
shaxslarga ta’rif bera olishida muhim o‘rin tutadi. Sifatlar ishtirokida gaplar hosil qilish,
muayyan matnni o‘qib, shunday so‘zlarni aniqlash singari topshiriqlar mazkur so‘z turkumi
yuzasidan egallangan bilimlarni ular xotirasida shakllanishiga yordam beradi. [ 1:290]

Sifatlarni o‘qitish metodik jihatdan boshlang’ich sinifdan boshlanishi shart. Negaki,

o‘quvchilar boshlang’ich sinfdanoq narsalarni bir biridan farqlay olishi, ularga munosib sifatlar
bera olishi lozim. Masalan,

Mening onam chiroyli, aqlli ayol.

Aynan shu kabi misollar bilan o‘z

lug’at bouyligini oshirishi lozim. Sifatlarni o‘qitish 6- sinf darsligida quyidagicha aks etgan:

Matndan olingan parchani o‘qing, unda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga so‘roq bering.

“Qanday?”, “qanaqa?”

so‘roqlariga javob bo‘luvchi so‘zlarni alohida ko‘chiring.

Teleboshlovchi

kamera

qarshisida o‘zini qanday tutishni, tomoshabinlarning eʼtiborini

qanday

jalb etishni, fikrini

aniq

va

tushunarl

i

tarzda yetkaza olishni bilishi lozim. Shuning uchun

topqir,

so‘zamol, uddaburon

teleboshlovchilar kutilmagan vaziyatlarda ham o‘zlarini

yo‘qotib

qo‘ymaydi.

Bu

sifatl

arga ega bo‘lmagan teleboshlovchilar faoliyati davomida ko‘plab

qiyinchiliklarga duch keladi. Ular birgina

xato

gapi yoki harakati bilan millionlab

tomoshabinlar

oldida

uyalib qolishi

hech gap emas.

Otga bog‘lanib, uning belgisini bildiradigan va “qanday?”, “qaysi?” so‘roqlariga javob

bo‘ladigan so‘zlar

sifat

deyiladi.[2:91]

Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan sifatlar qo‘shma sifatlar hisoblanadi. Qo‘shma

sifatlar asosan qo‘shib yoziladi:

quyonyurak, devqomat, mehnatsevar.

Juft va takror sifat

qismlari chiziqcha bilan yoziladi:

baxtli-taxtli, yo‘l-yo‘l.

Juft sifat qismlari -u/-yu vositasida

bog‘lansa, ular ajratib yoziladi:

yakka-yu yagona

.

Berilgan sifatlar ichidan juft va qo‘shma sifatlarni alohida ko‘chiring.
Kamgap, esli-hushli, shirinsuxan, jahldor, boy-badavlat, hozirjavob, ishyoqmas, sog‘-

salomat, mehnatsevar, kaltafahm, nozik-nihol, qo‘rqoq, chaqqon, madaniyatli, ayyor.

Dars jarayonini ushbu shaklda olib borish albatta yaxshi samara berishi mumkin, lekin

fan o‘qituvchilar ayan shu usul bilan chegaralanib qolmasligi kerak. O‘quvchiga darsni yana
ham qiziqroq, yana ham jonliroq olib borish yo‘llarini izkashi kerak. Men ham tadqiqotchi
o‘qituvchi sifatida sifat so‘zlarni o‘qitishni quyidagi yo‘nalishini taklif qilaman.

O‘rta yoshli o‘quvchilarni ko‘proq turli tasvirlar, jonli obyektlar e’tiborini tortadi. Darsda

turli xil tasvirlardan foydalanish dars jarayonini jonlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari
eslab qolishi kerak bo‘lgan qoidalarni sxema ko‘rinishida namoyish etilganda, xotirada
saqlanish samaradorligi ortadi. Negaki, sxema ko‘rinishida ma’lumotlar ixcham va tasvirlar
orqali aks etadi. Ma’lumotning sxema shaklda ixchamligi o‘quvchi miyasi ishini osonlashtiradi,
yangi ma’lumotni tez o‘zlashtirib oladi. O‘zlashtirgan ma’lumot ixcham bo‘lganligi bois miyada
uzoq muddat saqlanib qoladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

45


1- rasm. Sifatlaning ma’nosiga ko‘ra turlari
Sifatlarning ma’noviy guruhlarini bir – biridan ajratib olishligi uchun turli xildagi

rasmlardan foydalanish o‘rinli bo‘ladi. Har bir turiga uch yoki to‘rttadan rasm orqali misollar
ko‘rsatilsa, o‘quvchi ularni eslab qolishi ortadi. So‘ngra o‘zlashtirgan nazariy bilimlarni
mustahkamlash uchun quyidagi topshiriqlar bajariladi:

1- topshiriq

. Rasmlar orqali ifodalangan sifatlarni toping va ma’nosiga ko‘ra turlarga

ajrating. Ushbu topshiriq darsda o‘zlashtirgan lingvistik ko‘nikmasini mustahkamlashga
yordam beradi. Sifatlarning tasvirlarda aks etishi o‘quvchining eslab qolish imkoniyatini
oshiradi.

2- topshiriq

. “Mening qahramonim” mavzusida matn tuzing. Matnda sifat so‘zlardan

foydalaning. Ushbu topshiriq o‘quvchining ijodiy fikrlashga, taffakkur qilishga undaydi.
O‘quvchilar o‘zlari qahramon deb bilgan kishilarini turlicha ta’riflaydilar. Ularning yaxshi
xislatlarni yozib o‘z leksikonini boyitadilar.

3- topshiriq

. “Sharada”. Biror – bir buyumning belgi xususiyatidan kelib chiqib she’riy

to‘rtlik yaratish. Ushbu topshiriq ham o‘quvchining ijodiy tafakkurini shaklantirishga, lingvistik
bilimlarini mustahkamlashga, bundan tashqari ona tili va adabiyot fani orasidagi integratsiyani
anglashga yordam beradi.

4- topsihriq

. Texnologiyalarning ijobiy va salbiy tomonlari mavzusida debat o‘tkazing.

Ushbu topshiriq o‘quvchining tanqidiy fikrlashiga yordam beradi. O‘quvchilar ikki guruhga
bo‘linadilar, birinchi guruh texnologiyalarning ijobiy tomonlarini, jamiyatdagi ahamiyatini
bayon qilsa, ikkinchi guruh ularning salbiy tomonlarini izohlab berishi kerak bo‘ladi. Topshiriq
so‘ngida barcha fikrlar jamlanib umumiy xulosa beriladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, dars jarayonida turli xil metodlarni va multimedia

vositalarini qo‘llash dars jarayonini samaradorligini oshirishga yordam beradi.

sifatlar

belgi -

xususiyat

maza - ta'm

rang - tus

shakl


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

46

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Yuldasheva Dilorom Nigmatovna O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik

yondashuv asosida) [Matn] : darslik / D.N. Yuldasheva .-Buxoro: ООО "Sadriddin Salim
Buxoriy" Durdona nashriyoti, 2021. - 424 b.
2.

Исроилова, С. М., & Мадумарова, М. Д. (2022). ПОИСК НАИБОЛЕЕ ОПТИМАЛЬНЫХ

СПОСОБОВ

ИНТЕНСИФИКАЦИИ

ОБУЧЕНИЯ

РУССКОМУ

ЯЗЫКУ

КАК

ИНОСТРАННОМУ.

Вопросы науки и образования

, (1 (157)), 8-14.

3.

Абдуллаева, М. Х., Башарова, Г. Г., & Рахматова, О. К. (2019). Преимущества

индивидуального подхода в образовательном процессе.

Проблемы современной науки и

образования

, (12-1 (145)), 88-90.

4.

Qahhorova, G. (2023). Ingliz tilida tinglash mahoratini yaxshilash usullari.

Journal of

Science-Innovative Research in Uzbekistan

,

1

(9), 1249-1254.

5.

Ona tili [Matn]: 6-sinf uchun darslik / K. M. Mavlonova [va boshq.]. – Toshkent: Respublika

taʼlim markazi, 2022.–224 b.

Библиографические ссылки

Yuldasheva Dilorom Nigmatovna O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida) [Matn] : darslik / D.N. Yuldasheva .-Buxoro: ООО "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona nashriyoti, 2021. - 424 b.

Исроилова, С. М., & Мадумарова, М. Д. (2022). ПОИСК НАИБОЛЕЕ ОПТИМАЛЬНЫХ СПОСОБОВ ИНТЕНСИФИКАЦИИ ОБУЧЕНИЯ РУССКОМУ ЯЗЫКУ КАК ИНОСТРАННОМУ. Вопросы науки и образования, (1 (157)), 8-14.

Абдуллаева, М. Х., Башарова, Г. Г., & Рахматова, О. К. (2019). Преимущества индивидуального подхода в образовательном процессе. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (145)), 88-90.

Qahhorova, G. (2023). Ingliz tilida tinglash mahoratini yaxshilash usullari. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 1(9), 1249-1254.

Ona tili [Matn]: 6-sinf uchun darslik / K. M. Mavlonova [va boshq.]. – Toshkent: Respublika taʼlim markazi, 2022.–224 b.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)