Авторы

  • Komila Isoqulova
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.97930

Ключевые слова:

antonim leksikologiya til nutqiy ko‘nikma lingvistik bilim.

Аннотация

Maqolada antonim so‘zlarning o‘quvchi nutqidagi ahamiyati, ularni ona tili ta’lim jarayonida o‘qitish usul va topshiriqlari yoritilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

47

ONA TILI TA’LIM TIZIMIDA ANTONIMLARNI O‘QITISH

TEACHING ANTONYMS IN THE MOTHER TONGUE EDUCATION SYSTEM

Isoqulova Komila

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi isoqulovakomila@gmail.com

Isokulova Komila

Student of Tashkent State University of Uzbek language and

Literature named after Alisher Navoi isoqulovakomila@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15515937

Annotatsiya.

Maqolada antonim so‘zlarning o‘quvchi nutqidagi ahamiyati, ularni ona tili

ta’lim jarayonida o‘qitish usul va topshiriqlari yoritilgan.

Annotation:

The article covers the importance of antonym words in the speech of the

student, the methods and tasks of teaching them in the educational process of the native
language.

Kalit so‘zlar:

antonim, leksikologiya, til, nutqiy ko‘nikma, lingvistik bilim.

Keywords:

antonym, lexicology, language, speech skills, linguistic knowledge.

Bugungi rivojlanayotgan davrda yosh kadrlarni har taraflama mukammal, bilimli,

salohiyatli qilib tarbiyalash oldimizda turgan mas’uliyatli vazifalardan biridir. Bu masalada
maktab ta’lim tizimini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Shuni inobatga olgan holda ta’lim tizimida
ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Darslarda multimedia va internet vositalaridan keng
foydalanish maqsadida turli xil texnologiyalar, o‘quvchilarning fikrlash salohiyatini
rivojlantirish maqsadida yaratilayotgan yangi darsliklar va mashq daftarlari, hayotning turli
jabhalarida qo‘llanadigan turli kasblarni o‘qitish faoliyati, dars jarayonida turli xil interfaol
metodlar va ped texnologiyalardan foydalanish kabi holatlar shular jumlasidandir.
Yaratilayotgan bu kabi islohotlar yosh kadrlarni bilimli, salohiyatli qilib tarbiyalash bilan
birgalikda ularni xalqaro fan olimpiadalarida faol ishtirok etishga undamoqda. Quvonarlisi
shundaki, o‘quvchilar o‘zlari qiziqadigan fan sohasi bo‘yicha fan olimpiadalarida yuqori
natijalarni qo‘lga kiritishmoqda.

Bu kabi islohotlar til o‘qitish borasida ham amalga oshirilmoqda. Til ijtimoiy hodisa

hisoblanib jamiyatning bir qismidir. Til jamiyat bor yerdagina shakllanadi va rivojlanadi. Bu
ko‘plab olimlar tomonidan isbotlangan. Til jamiyatning har bir bo‘g’iniga birdek ta’sir
ko‘rsatadi. Til orqali kishilar o‘zaro muloqot qiladilar, fikr almashadilar. Og’zaki va yozma
nutqning rivojlanganlik darajasi esa shu tildan qanday foydalana olishga bog’liq hisoblanadi.
Tilning barcha struktur qurilishidan erkin foydalana oladigan kishilarning nutqi ham sof, aniq,
mantiqli bo‘ladi. Kishi nutqining shakllanganlik darajasi bir tarafdan tilning struktur qurilishiga
borib taqalsa, ikkinchi tarafdan o‘quvchi leksikonining boyligiga: o‘z nutqida sinonim, omonim,
antonim kabi so‘zlar, ibora va tasviriy ifodalardan keng foydalanishi bilan ham baholanadi.
Bugungi kunda ona tilini fan sifatida o‘qitishda aynan shu masala yetakchi o‘ringa qo‘yilgan.
O‘quvchi o‘z nutqida lingvistik bilimlar bilan birgalikda turli terminlarni, so‘z shakllarini, ibora
va tasviriy ifodalarni qo‘llay bilsagina, ularning fikrlash jarayoni rivojlanadi. Bu jarayon faqat
yozma mashqlar bilan emas balki o‘quvchining 4k ko‘nikmasini shakllantirish bilan amalga
oshirilishi yaratilayotgan yangi darsliklarda belgilab berilgan. 4k ko‘nikmasini shakllantirishda


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

48

lingvistik ko‘nikmalar bilan birgalikda o‘quvchining nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali
erishilish hisobga olingan holda darsliklarda o‘z ifodasini topmoqda.

O‘zbek tilini o‘rganish bugungi kunda siyosat darajasiga ko‘tarilgan ekan, o‘quvchilarga

tilning struktur qurilishi bilan birgalikda uning mazmun mohiyatini, yuzaga chiqish sabablarini
ham o‘rgatish lozim. Til asosini fonetik , leksik va grammatik sath tashkil etar ekan ushbu
sathlarni o‘quvchilar onginga turli metodlar orqali singdirish ona tili fani o‘qituvchisi
zimmasida turgan mas’uliyatli vazifalardan biridir. Bugungi kunda til nutqiy ko‘nikmalarni
o‘qitishga xizmat qilar ekan lingvistik bilim kerakmi degan savol tug’ilishi tabiiy. Lingvistik
bilimni o‘zlashtirishning asosiy sababi ona tilini fan sifatida o‘qitish faqat tilning ma’nosi bilan
bog’liq emas. Tilning struktur qurilishini o‘rganmasdan uning ichki mohiyatini bilish imkonsiz.
Aynan shuning uchun ona tili ta’lim tizimida lingvistik ko‘nikmalar o‘rgatiladi. Lingvistik
ko‘nikmalarni shakllantirish tilning barcha sathlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Jumladan, leksik
sathni ham.

O‘rta umumta’lim maktablari ona tili mashg’ulotlarida ”Leksikologiya” bo‘limini maxsus

o‘qitish orqali o‘quvchilarda mustаqil fikrlаy оlish, ijodiy tafakkurni shakllantirish va
rivojlantirish, ularning so‘z boyligini oshirish ishlari amalga oshiriladi. [1:267] O‘quvchi bu
bo‘limda so‘zning shakl va mazmun jihatdan turlari, o‘z va ko‘chma ma’nodagi so‘zlar,
emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlar ulardan foydalanish imkoniyatlarini o‘zlashtirib o‘z
nutqida faol qo‘llay olishi lozim. O‘quvchi leksikonining boy bo‘lishi ushbu so‘zlarni o‘zlashtira
olish darajasiga ham bog’liq. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib o‘quvchilarga so‘zning shakl va
mazmun jihatdan turlarini, sinonimlar, antonimlar, omonim va paronimlarni o‘qitish ona tili
ta’lim tizimida yetakchi o‘rinlarni tashkil qiladi.

Ma’lumki, so‘zlar shakl yoki mazmunning yetakchilik qilish xususiyatiga ko‘ra ikki

guruhga bo‘linadi. Sinonim, antonimlarda mazmun yetakchi o‘rinni egallasa, omonim,
paronimlarda so‘z shakli yetakchilik qiladi. Ushbu so‘zlarni o‘rgatish o‘rta sinflardan emas
boshlang’ich sinflardan boshlanishi zarur. Bola yoshlik chog’idan o‘z nutqida ulardan faol
foydalana bilsa yuqori sinflarda ham erkin fikr bayon eta oladi.

Antonimlar (zid maʼnoli soʻzlar) — grekcha anti — „zid“, „qarama-qarshi“ onoma yoki

onyma — „nom“ degani boʻlib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan soʻzlar, yaʼni
maʼnosi bir-biriga zid boʻlgan soʻzlar antonim deyiladi. Antonim so‘zlar olmosh va sondan
tashqari barcha so‘z turkumlarida kuzatiladi. Antonimik juft hosil boʻlishi uchun ikkita mustaqil
tushuncha maʼno jihatdan oʻzaro qarama-qarshi boʻlishi kerak. Bu ma’nolar orasidagi farq
o‘zaro zidlanib, qiyoslanadi. Antonim so‘zlardan birini qo‘llaganda kishi ongida uning ikkinchi
jufti shakllandi (issiq – sovuq). Feʼllardagi boʻlishli-boʻlishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga
keltirmaydi. Chunki ular bir so‘zning ikki xil shaklidir. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek antonim
so‘zlar ikki mustaqil so‘zning qarama – qarshiligidan tashkil topadi. Antonimlar baʼzan juft
holda qoʻllanib maʼno kengaytiradi yoki maʼno ifodalaydi: tunu kun (har doim). Koʻp maʼnoli
soʻz oʻzining har bir maʼnosi bilan ayrim soʻzlarga sinonim boʻlishi mumkin: xafa soʻzi bir
oʻrinda xursand soʻziga antonim boʻladi, yoki qattiq yer — yumshoq yer; baxil (xasis) odam —
saxiy odam kabi. Bu kabi misollar ko‘plab topiladi. Ularni o‘rganish nutqni boy qilish bilan
birgalikda o‘quvchi fikrining aniq, izchil shaklda rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Antonimlar, ya’ni o‘zaro zid ma’noli birliklardan fikrni tushunarliroq berish,

ta’sirchanlikni oshirish maqsadida ham foydalaniladi.

Ilm bilan hayot charog‘on

gapining

mazmunini

Ilmsiz hayot zulmatdir

jumlasi orqali ham berish mumkin va ikkinchi holatda


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

49

ilmning ahamiyati, hayotdagi o‘rni ta’sirliroq ifodalanmoqda. Bir qator maqollarimizda
antonimlardan xuddi shu maqsadda foydalanilgan:

1. To‘g‘ri bo‘lsang, o‘sib borib gul bo‘lasan; egri bo‘lsang, o‘sib borib kul bo‘lasan.
2. Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan – dog‘.
Bu maqollarning birinchi qismi umumiy mazmun uchun kifoya qilsa-da, ikkinchi qism

orqali ta’sirchanlikni oshirishga erishilgan.[2:22]

Antonimlarni o‘qitishda turli metodlar, ped texnologiyalardan foydalanish mumkin. Dars

jarayonida zid ma’noli so‘zlarni o‘qitish bir muncha osonroq kechadi. Chunki o‘quvchi antonim
juftlikni bir marta ko‘rgandayoq eslab qoladi. Antonim juftlikni birini ko‘rib ikkinchisini
xotirlash texnikasi buning isbotidir. Antonimlarni o‘qitish 5-sinf ona tili darsligida quyidagicha
aks etgan:

Antonimlar qarama-qarshi ma’noli so‘zlardir

.[3:93]

Masalan:

baland – past, yig‘lamoq – kulmoq, foyda – zarar, kecha – kunduz.

1- topshiriq

. Quyidagi so‘zlarning zid ma’nosini toping. Topgan so‘zlaringiz ishtirokida 4

ta gap tuzib, daftaringizga yozing.

sekin
jimjit
yo‘q
yoshlik

2- topshiriq

. Berilgan so‘zlarning antonimini variantlar ichidan toping.

Xafa, xursand, quvnoq, kayfiyatsiz
Yig‘lamoq, ho‘ngramoq, baqirmoq, kulmoq
Issiq, iliq, sovuq, jazirama
Sekin, tez, asta, zo‘rg‘a.
Qo‘shimcha tarzda antonimlarni o‘qitish bo‘yicha quydagi usul va topshiriqlarni kiritish

mumkin:

Antonimlarni o‘qitishda multimedia vositalaridan foydalanish. Bunda nazariy ma’lumot

turli tasvirlar orqali o‘quvchiga havola etiladi. O‘quvchi o‘qituvchini tinglash bilan birgalikda
tasvir orqali so‘zlarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu jarayon dars samaradorlik sifatini
oshirish bilan birgalikda o‘quvchilarning eslab qolish imkoniyatini 75, 80 % ga oshirishi olimlar
tomonidan isbotlangan. Turli xildagi grafik tasvirlar o‘quvchi xotirasida uzoqroq saqlanib
qoladi. Boshlang’ich sinf darsliklarining rangli rasmlarga boy bo‘lishining asosiy sababi ham
shunda. Shu sabablarni inobatga olgan holda dars jarayonini turli tasvirlar orqali olib borish
dars jarayoniga ijobiy tasir ko‘rsatadi.

Mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumot olingach quyidagi topshiriqlar orqali darsni

mustahkamlash mumkin.

1- topshiriq

. Matn bilan ishlash. Antonim so‘zlar ishtirok etgan matn tahlil qilib o‘quvchi

matnni qayta yozishi kerak bo‘ladi. Matnni qayta yozish ijodiy tafakkurni oshirish, xotirani
mustahkamlash bilan birgalikda o‘quvchi yozma nutqiy ko‘nikmasini rivojlantirishga ham
xizmat qiladi. Matnni qayta yozganda o‘quvchi o‘z lug’at boyligi darajasidan keng foydalanadi.
O‘z imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi bir matn yarata oladi. Bu jarayonda o‘quvchining
kreativlik qobiliyati unga yordam beradi.

2-topshiriq

. Rasmga bir sharh. O‘quvchilarga rasm taqdim etiladi. O‘quvchilar antonim

so‘zlardan foydalangan holda rasmni ifodalab berishligi kerak bo‘ladi. Rasmni istasa og’zaki,
istasa yozma tarzda izohlab berishi mumkin. Bu jarayonda o‘quvchilar rasmni o‘qib tushunish


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

50

ko‘nikmasiga tayangan holda tahlil qiladilar. Unda ifodalangan tasvirlarning qanday ma’no
ifodalayotganini tahlil qilib o‘zaro fikr almashadilar.

3- topshiriq

. “Antonimlar vodiysi”. O‘qituvchi tomonidan Canva.com orqali tayyorlangan

komiks o‘quvchilarga taqdim etiladi. Komiksning bir qismida asosiy voqealar aks etgan matn
yoziladi, qolgan qismidagi matnni o‘quvchilar komiksga tayangan holda o‘zlari yozishi lozim.
Bunda o‘quvchilar bilan kichik guruhlarga bo‘lingan holda ish olib boriladi. Har bir guruh o‘z
komiks voqeasini yaratib beradi. Albatta komikslarida antonim so‘zlar ishtirok etadi. Bu
jarayon o‘quvchining o‘qib tushunish ko‘nikmasini oshirish bilan birgalikda kreativ fikrlashni
ham rivojlantiradi.

Dars jarayonida shu kabi usullardan keng foydalanish mumkin. Ushbu usullar dars

jarayonining samaradorligini oshirish bilan birgalikda o‘quvchining fikrlash imkoniyatini
oshirishga qaratilgan. Qolaversa, bu kabi usullar nafaqat o‘quvchining o‘z ustida ishlashi, balki
o‘qituvchining ham multimedia va interfaol vositalardan foydalana olish qobiliyatini oshirishga
xizmat qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Yuldasheva Dilorom Nigmatovna O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik

yondashuv asosida) [Matn] : darslik / D.N. Yuldasheva .-Buxoro: ООО "Sadriddin Salim
Buxoriy" Durdona nashriyoti, 2021. - 424 b.
2.

Ona tili 10 [Matn]: 10-sinf uchun darslik / B. Mengliyev. – Toshkent: Respublika ta’lim

markazi, 2022. –224 b.
3.

Парпиева, М. М., Мадумарова, М. Д., & Мавлонов, У. О. У. (2018). Развитие мотивации

у студентов к изучению языка. Достижения науки и образования, 1(8 (30)), 56-57.
4.

Ona tili 5-sinf (1-qism) [Matn] : darslik / K.M. Mavlonova, N.S. Hakimova, M.R. Siddiqov,

S.H. Qo‘ldosheva; muharrir O.T. Madvaliyev. – Toshkent: Novda Edutainment, 2024. – 144 b.

Библиографические ссылки

Yuldasheva Dilorom Nigmatovna O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida) [Matn] : darslik / D.N. Yuldasheva .-Buxoro: ООО "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona nashriyoti, 2021. - 424 b.

Ona tili 10 [Matn]: 10-sinf uchun darslik / B. Mengliyev. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. –224 b.

Парпиева, М. М., Мадумарова, М. Д., & Мавлонов, У. О. У. (2018). Развитие мотивации у студентов к изучению языка. Достижения науки и образования, 1(8 (30)), 56-57.

Ona tili 5-sinf (1-qism) [Matn] : darslik / K.M. Mavlonova, N.S. Hakimova, M.R. Siddiqov, S.H. Qo‘ldosheva; muharrir O.T. Madvaliyev. – Toshkent: Novda Edutainment, 2024. – 144 b.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)