YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
39
ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA RUHDOSHLIK SOG‘INCHI IFODASI
Shomurodova Shaxnoza Shermamat qizi
ToshD O‘ T A 1-kurs magistranti
shaxnozashomurodova22@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15515630
Annotatsiya:
Ushbu maqolada A.Oripov she’riyatidagi asosiy mavzulardan bo‘lgan ruhiy
holat – ruhdoshlikka intilish, ruhdoshlik sog‘inchi tuyg‘usining badiiy ifodasi tahlil qilinadi.
Ruhdoshlik sog‘inchi shaxsiy tuyg‘ular bilan cheklanmay, Vatanga, millatga bo‘lgan ma’naviy
intilish sifatida ochib beriladi. Shoir she’riyatidagi o‘ziga xosliklar haqida xulosa qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Ruhdoshlik sog‘inchi, ruhiy yaqinlik, umumbashariy tuyg‘ular, iztiroblar,
dardkashlik, ruhiy yolg‘izlik.
Abstract
This article analyzes one of the main themes in A. Oripov’s poetry - the longing
for spiritual kinship and the desire for soulful connection. This feeling is expressed not only as
a personal emotion, but also as a spiritual aspiration toward the homeland and the nation. The
article also draws conclusions about the distinctive features of his poetic style.
Keywords:
Longing for kindred spirits, spiritual closeness, universal feelings, sufferings,
empathy, spiritual loneliness
Аннотация:
В данной статье анализируется одно из ключевых направлений
поэзии А. Арипова — стремление к духовному единению и тоска по родственной душе.
Это чувство выражается не только как личное переживание, но и как духовное
стремление к Родине и нации. Также делаются выводы о художественной самобытности
его поэзии.
Ключевые слова:
Тоска по родственным душам, духовная близость,
общечеловеческие чувства, страдания, сопереживание, духовное одиночество.
Kirish.
She’riyat asrlar davomida buyuk san’at sifatida insonning ruhiy dunyosini kashf
qilishga intilib kelgan. Shu ma’noda poetik ifoda madaniyati odamzod orzu-istaklari, maqsad
va intilishlarini betakror estetik mezonda baholash garovidir.
1
O‘zbek adabiyotining mumtoz
an'analarini zamonaviy ruh bilan uyg‘unlashtirgan, milliy g‘urur va insoniylik timsoliga
aylangan ijodkorlardan biri Abdulla Oripovdir. Shoir she’riyati nafaqat chuqur falsafiy teranlik,
asl hayotiy xulosalar, balki ruhiy-intellektual izlanishlar, vatan va insoniyat taqdiriga befarq
bo‘lmagan qalb hayqirig‘i bilan yo‘g‘rilgan. Ayniqsa, ruhdoshlik sog’inchi, makon va zamon
tanlamagan ruhiy yaqinlik, ijodkor she’riyatidagi markaziy mavzulardandir. A.Oripov
she’rlarida bu hislarni faqat shaxsiy iztirob sifatida emas, balki umumbashariy tuyg‘ular
darajadasida ifodalaydi.
Asosiy qism.
A.Oripov she’rlarida ruhdoshlik sog‘inchi ko‘pincha Vatan va
vatandoshlariga bo‘lgan cheksiz mehr bilan tasvirlanadi. Shoir ona xalqini, yurtini o‘zining eng
katta ruhiy tayanchi, suyanchi, eng yaqin ruhdoshi sifatida ifoda etadi. Fikrlarimiz isbotini
shoirning “ Imtihon “ nomli she’ridan keltirilgan ushbu parchada ham ko‘rishimiz mumkin:
Azal musofirdir dunyoda odam,
Ruhim garchi sobit, muallaq tanim.
Bir umr qo‘yningda muqim tursam ham,
1
Farrux Xushboqov.Abdulla Oripov she’riyatida lirik kechinma va badiiy ifoda. “Tilshunoslikning rivojlanishi va
adabiyotshunoslik va glovallashuv davridagi texnologiya” 2022
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
40
Sog‘inib yashadim seni, Vatanim.
Mehr bir, nafrat ham bir tomondir bu,
Vatanni sevmoqlik imtihondir bu.
2
Ma’lumli, inson ruhi o‘lmas, vujudi esa o‘tkinchidir. Bashariyat gultoji bo‘lgan inson
mehrdan va nafratdan mosuvo emas. Unda qaysi tuyg‘u qachon ustun kelmasin, Vatanga
bo‘lgan muhabbat ruhi inson hayotining mohiyatini belgilovchi mezon bo‘lib qolaveradi. Shu
sababli ham inson ona yurtidan uzoqdagi qay go‘zal manzilga bormasin, u yerdagi beqiyos
qulayliklar ichra yashamasin ruhi o’z Vatanini qumsab, u tomon talpinaveradi.
Shoirning hayoti davomida boshiga qancha savdolar tushmasin, qiyinchiliklarga
uchramasin, Vatanidan bir on ham ko‘ngli sovigan emas. Aksincha, bu savdolarga sababchi
muholiflar ekanligini bilar edi (Aslida ham shunday edi). Shu sabab ham umrining so‘ngigacha
ularga qarshi kurashdi. Vatan ishqi shoirning ruhiga ko‘rinmas va sanoqsiz iplar bilan shu
qadar chambarchas bog‘langan ediki, u o‘z diyorida qancha mashaqqat chekmasin, shu elni,
shu xalqni yanada kuchliroq sevaverar edi…
Betimsol ijodkorning she’riyatidagi ruhdoshlik faqat shaxsiy do‘stlik darajasida emas,
balki milliy birlik, xalq bilan ruhiy uyg‘unlik darajasida ham ifodalanadi. Uning “O‘zbekiston”, “
Yurtim shamoli”, “Men nechun O‘zbekistonni” kabi she’rlarida ham shoir va xalq o‘rtasidagi
ruhiy birikma, milliy ruhdoshlik chiroli badiiylik bilan ifodalangan.
Ruhdoshlik shoir poetikasining markaziy chiziqlaridan biridir. Abdulla Oripov ko‘plab
she’rlarida insonning o‘ziga o‘xshash, ruhiy hamdardini izlash, qalban yaqin do‘stga ehtiyoj
sezish, bu ehtiyojdan tug‘ilgan iztirob va sog‘inchni yuksak badiiy mahorat bilan ifoda etadi.
…Eshilib, to‘lg‘onib, ingranadi kuy,
Qaylardan kelmoqda bu ohu faryod.
Kim u yig‘layotgan Navoiymikin
Va yo may kuychisi Xayyommikin, dod!
3
Ingrayotgan kuyda asrlar g‘amini, Navoiy yig‘isi-yu Xayyom dod-faryodini eshita olish
uchun qalb qanchalar nozik, sezgir, ruh dardkash va uyg’oq bo‘lmog‘i kerak?! Shubhasizki,
buning uchun ruh, qalb, tafakkur vaqt va makonda cheklanmasdan, samoviy hilqatda parvoz
etmog‘i, Navoiy va Xayyomning ruhiga payvand bo‘la olmog‘i lozim. Shoirda ana shunday ozod
va betimsol ruh ,buyuk qalb hamda hech kimnikiga o‘xshamas betimsol tafakkur bor edi.
Ushbu fikrlarimizning yana bir isbotini A.Oripovning “ Ustozlarim ” she’ridan keltirilgan
parchada ham uchratamiz:
Mening ustozlarim-
Ahli shuaro,
Ruhimning ohangi - sururidasiz.
Biringiz kitoblar bag‘ridasiz jo,
Biringiz Chig‘atoy hududidasiz.
Shoir hatto qabrlari noma’lum bo‘lgan, qatag‘on qilib yuborilgan, nomlari kitoblar
bag‘rida qolgan shoirlar (Cho‘lpon, Usmon Nosir va boshqalar) bilan birga Chig’atoyga dafn
etilgan shoirlarni o‘zining buyuk ma’naviy ustozi deb biladi. Ularning hur fikrlari va go‘zal
ruhiga o‘zining ruhini, o‘ylarini maslakdosh, ruhdosh deb hisoblaydi. Haqiqatdan ham, shoir
2
Abdulla Oripov “Saylanma” Tafakkur qanoti “ nashriyoti. T-2019
3
Abdulla Oripov “Saylanma” Tafakkur qanoti “ nashriyoti. T-2019
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
41
ijodini tahlil qilar ekanmiz, ijodkor qalbi va ruhi bu aziz insonlarning pok va buyuk fikrlari
chashmasidan suv ichganiga har safar qaytadan amin bo‘laveramiz.
Abdulla Oripov ko‘plab she’rlarida insonning o‘ziga o‘xshash ruhiy hamdardini izlash,
qalban yaqin insonga ehtiyoj sezish, bu ehtiyojdan tug‘ilgan iztirob va sog‘inchni yuksak badiiy
mahorat bilan ifoda etadi. Shoirning “ Tabiat “ she’rida ayni ana shunday ruhdoshlik sog‘inchi
ifodasini uchratamiz:
Endi men eslayman ko‘zlarimda nam,
Hikmatli so‘zlarning otash sehrini.
Qumsab talpinaman gohi-gohi dam,
Donishmand otamning shafqat, mehrini.
Shunday paytda o‘zing aylagil shafqat,
Ota bo‘la qolgil menga, tabiat.
4
Inson hayoti davomida necha yoshga kirmasin, qanchalar katta maqsadlarni zabt etmasin
ota-onasi uchun yosh bolaligicha, ularning mehri va madadiga muhtojligicha qolaveradi. Ammo
taqdir bu borada hech bir insonga shavqat qilmaydi… Shoir ham ushbu she’rida taqdirning shu
beshavqatligi tufayli ota-onasidan ayrilganidan keying ruhiy holatini shunday tasvir etadi.
Ularni hayotga qaytarishini tabiatdan o’tinib so’raydi. Hamisha qalbi va ruhida ularga bo‘lgan
malhamsiz sog‘inch bilan yashaydi…
Shoir ko‘p hollarda ruhdoshlik sog‘inchini yolg‘izlik timsoli orqali beradi. Bu ayniqsa
“Yolg‘izlik” she’rida yaqqol seziladi:
Nega,uyiridan ketgan ot misol,
Bir o’zing kezasan yaylovdan yiroq?
Qachondir yolg’izlik kelmasmi malol,
Axir yo’qmi senda do’st-u yor, o‘rtoq?
Deyman: do’stlarim bor havas qilgulik
Himmati bir yurtning xiroji qadar.
Yurakning tubida asrab kelgulik
Tengsiz zotlar ular bahosiz gavhar.
Lekin otam aytgan shunday gap ham bor:
Nomardga yovorma qolsang hamki och.
Aytilmaga joyga bosh suqma zinhor,
Qadringni bilmagan davralardan qoch.
5
Shoir asl yolg‘izlik ruhning yolg‘izligini ekanligini go‘zal falsafiylik bilan tasvirlaydi.
Bu yerdagi yolg‘izlik faqatgina haqiqiy do‘stlarni emas, topilmagan ruhdoshlarni,
tushunilmagan shoir qalbini ifodalaydi. Bu og‘riq — shoirning ijtimoiy, madaniy va falsafiy
qarashlaridan tug‘ilgan.
6
Zero, insonning ruhdoshi bo‘lmagan har qanday manzil begona
makondir!
Xulosa.
Abdulla Oripov she’riyati — insoniylik, poklik, do‘stlik, sadoqat va ruhiy uyg‘unlik
haqida mushohadalarga to‘la xazinadir.
7
Uning ko‘plab she’rlarida ruhiy yaqinlik, ruhiy
birdamlik va uni yo‘qotishdan tug‘ilgan sog‘inch katta badiiy iste’dod bilan ifodalanadi. Bu
4
Abdulla Oripov “Dunyo” G’ afur G ‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti T-2020
5
Abdulla Oripov “Munojot” Tafakkur qanoti “ nashriyoti. Toshkent-2019
6
“Tilshunoslikning rivojlanishi va adabiyotshunoslik va glovallashuv davridagi texnologiya” Namangan-2022
7
“Abdulla Oripov she’riyatida xalqona uslub va milliy ruh uyg‘unligi” O‘zbekiston san’ati va madaniyati jurnali.
Toshkent-2O22
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
42
sog‘inch — shoirning chin inson, asl yurt farzandi, haqiqiy do‘st, sadoqatli ruhdosh topishga
bo‘lgan talpinishidir. Shoir she’riyati shakl va mazmun jihatdan juda mukammal, o‘rganilgani
sayin inson qalbini va ruhini go‘zallashtiradi. Zero, adabiyotshunos olim Q.Yo‘ldosh
aytganlaridek: “Poetik ifodaning aniq va tuyg‘ularni bezovta qiladigan darajada ko‘rimli bo‘lishi
jihatidan Abdulla Oripov she’riyati milliy adabiyotdagi tengsiz hodisadir” .
8
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdurahim Erkaev “Abdulla Oripov dahosi ” “Oltin nashr”. Toshkent-202
2.
Abdulla Oripov “Saylanma” “Tafakkur qanoti” nashriyoti. Toshkent-2019
3.
Abdulla Oripov “Dunyo” G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. Toshkent-
2020
4.
Abdulla Oripov “Munojot” Tafakkur qanoti “nashriyoti. Toshkent-2019
5.
Farrux Xushboqov.Abdulla Oripov she’riyatida lirik kechinma va badiiy ifoda. O’zbek tili
va adabiyoti jurnali Toshkent-2017
6.
Qozoqboy Yo‘ldosh ” So‘z yolqini “ G‘afur G‘ulom nashiyoti. Toshkent-2018
“Tilshunoslikning rivojlanishi va adabiyotshunoslik va glovallashuv davridagi texnologiya”
Namangan-2022 “Abdulla Oripov she’riyatida xalqona uslub va milliy ruh uyg‘unligi”
O‘zbekiston san’ati va madaniyati jurnali. Toshkent-2O22
8
Qozoqboy Yo‘ldosh ” So‘z yolqini “ G‘afur G‘ulom nashiyoti.
Toshkent-2018