YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
69
OʻZBEKISTON SUV HAVZALARIDAGI NOYOB VA YOʻQOLIB BORAYOTGAN
BALIQLAR
Abduhalilova Gulasal Botirjon qizi
ADPI Biologiya yo'nalishi 203-guruh talabasi
Ilmiy rahbar:
Nizomova Bashoratxon
https://doi.org/10.5281/zenodo.14357242
Annotatsiya:
Ushbu tezis Oʻzbekiston suv havzalaridagi noyob va yoʻqolib borayotgan
baliqlarning holatini, ular duch kelayotgan ekologik tahdidlarni va ularni himoya qilish boʻyicha
chora-tadbirlarni yoritishga bagʻishlangan, jumladan, tabiiy yashash joylarini tiklash, sunʼiy
koʻpaytirish va ekologik nazorat choralarini joriy etishni tavsiya qiladi. Baliq turlarining
kamayishiga olib kelayotgan asosiy omillar sifatida suv havzalarining ifloslanishi, gidrotexnik
inshootlar qurilishi va antropogen faoliyat taʼsiriga eʼtibor qaratilgan.
Aннотация:
Данная тезис посвящена изучению состояния редких и исчезающих
видов рыб в водоёмах Узбекистана, экологическим угрозам, с которыми они
сталкиваются, а также мерам по их защите. В частности, рекомендуется восстановление
естественных мест обитания, искусственное разведение и внедрение мер
экологического контроля. Основное внимание уделено таким факторам, как
загрязнение водоёмов, строительство гидротехнических сооружений и антропогенное
воздействие, которые приводят к сокращению численности рыб.
Abstract:
This thesis is dedicated to studying the state of rare and endangered fish species
in Uzbekistan's water bodies, the ecological threats they face, and measures for their
conservation. Specifically, it recommends restoring natural habitats, implementing artificial
breeding programs, and enforcing ecological control measures. The primary focus is on factors
such as water pollution, the construction of hydrotechnical facilities, and anthropogenic
activities that contribute to the decline of fish populations.
Kalit so’zlar
: noyob baliqlar, ekologik muhit, bioxilma-xillik, sun’iy ko’paytirish,
gidrotexnika, populyatsiya, qizilbaliq
Ключевые слова
: редкие рыбы, экологическая среда, биоразнообразие,
искусственное разведение, гидротехника, популяция, осётр.
Keywords:
rare fish, ecological environment, biodiversity, artificial breeding,
hydrotechnics, population, sturgeon.
Hozirgi kunda O’zbekistonda baliqlarning 70 ha yaqin turi tarqalgan bo’lib, ulardan 18 ta
turi Qizil kitobga kiritilgan. Oʻzbekistonning ichki suv resurslari: Amudaryo, Sirdaryo, Orol
dengizining qoldiqlari, koʻllar va sunʼiy suv havzalari. Suv havzalarining bioxilma-xilligi va
undagi baliqlar ekologik tizimning muhim qismi ekanligi hisoblanadi. So’nggi yillarda tabiatdan
foydalanishning kuchayib borishi oqibatida, O’zbekistondagi ko’plab baliq turlari kuchli
antropogen ta’sir ostida qolib, ularning yashash joylari va soni qisqardi, ba’zilari esa butunlay
yo’qolib ketdi. Ayniqsa Orol fojeasi ixtiofaunaga misli ko’rilmagan talofat yetkazdi. Buning
natijasida ko’plab baliq turlari xavf ostida qoldi. Misol tariqasida XX asrning birinchi yarmida
Orol dengizi mintaqasining endemigi hisoblangan Acipenser nudiventris Lovetzky (Orol
bahrisi), Amudaryo gʻijjakbaliqchasi (Schizothorax intermedius): bu turning populyatsiyasi
kamaymoqda, Amudaryo qirgʻovulbaliqchasi (Pseudoscaphirhynchus hermanni): global
miqyosda xavf ostida, Oʻzbekiston choʻrtanbaliqlari (Esox species): mahalliy turlar, Turli karp
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
70
oilasiga mansub baliq turlarini keltirishimiz mumkin. O’zbekistonda qishloq xo’jaligi asosini
sug’oriladigan dehqonchilik tashkil etishi sababli oxirgi 10 yilliklar mobaynida sug’oriladigan
maydonlarni kengaytirish maqsadida Mirzacho’l, Jizzax, Qarshi va Surxon – Sherobod cho’llari,
Farg’ona vodiysining markaziy qismi sug’orish tufayli o’zlashtirilgan, natijada hududlarda
ekologik vaziyat tubdan o’zgardi. Tekisliklardagi yirik daryolar o’zanlarida ham tabiiyki
o’zgarishlar kuzatildi. Daryolar oqimining sun’iy ravishda o’zgarishi, yirik suv omborlari,
irrigatsiya tizimlarining qurilishi, daryolarning yuqori qismlarida suvning tog’-kon sanoati
ehtiyoji uchun ishlatilishi, suv havzalarining ifloslanishi va chetdan keltirilgan baliq turlarining
salbiy ta'siri mahalliy ixtiofaunaga xavf solmoqda. Noyob va yoʻqolib borayotgan baliq turlarini
himoya qilish uchun avvalambor ularni oʻz hududida tarqalishi, populyatsiyalarini holati,
qanchalik kamayish xavfida turganini bilish lozim. Zamonaviy ilmiy tadqiqot ishlari, ilg’or
informatsion texnologiyalarni tashkil topishi, turli tabiiy landshaftlardagi noyob baliqlar holati
haqidagi aniq ma’lumotlarni yetkazishni talab qilmoqda. Baliqlarning ekotizimdagi roli
beqiyosda yuqori. Baliqlar o‘z ekotizimiga katta hissa qo‘shadi: butun ekotizimni qo‘llab-
quvvatlovchi muhim oziq moddalar bilan ta’minlaydi. Sodda qilib aytganda, baliqlar suv
o‘tlari va quyi darajadagi turlar omon qolishlari uchun zarur bo‘lgan ozuqa moddalarini
mukammal qayta ishlovchi hisoblanadi. Ushbu vazifaning ahamiyati shuni ko‘rsatadiki,
ortiqcha baliq ovlash butun ekotizimning to‘g‘ri ishlashi uchun juda zararli bo‘lishi mumkin.
Baliqlarni barcha suv havzalarida uchratish mumkin. Masalan ko‘llarda, daryolarda,
dengizlarda, okeanlarda, suv havzalarida. Bugungi kundagi, hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyo
bo‘ylab 32000 dan ortiq turli baliq turlari mavjud. Insonlar tomonidan ovlagan baliqlar
miqdori juda hayratlanarli ahvoldadir. Masalan, 2021 yilda taxminan 110 million tonna baliq
ovlangan. Odamlarning haddan tashqari baliq ovlashi va dengiz ekotizimini beqarorlashtirishi
tobora oydinlashmoqda.
References:
1.
Laxanov, J.L. "Umurtqalilar zoologiyasi." – Suv hayvonlari va ularning ekologiyasi haqida
asosiy maʼlumotlar manbasi.
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil Kitobi. – Noyob va yoʻqolib borayotgan baliqlarni saqlash
boʻyicha hujjat.
3.
Xolmirzayev, P.S. Haqberdiyev, D.R. Shohimardonov, E.S. Shaptaqov.
4.
Baliqchilik asoslari. O‘quv qo‘llanma. Toshkent — «ILM ZIYO» — 2016. 1-249 b.