Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 2-son Mart 2025
47
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQIY
KOMPONENTLARINI RIVOJLANTIRISHNING ILK BOSQICHLARI
VA OLIB BORILADIGAN DASTLABKI ISHLAR MAZMUNI
Obidova Shohsanam G‘anijon qizi
Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya: Ushbu tezisimizda Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy
komponentlarini rivojlantirishning ilk boshqichlari va 1-4-sinf o‘quvchilarida
maktab o‘qish savodxonligi darsliklarida keltirilgan adabiiy asarlar asosida nutq
komponentlarini shakillantirishga qaratilgan dastlabki ishlar mazmuni yoritilgan.
Kalit so‘zlar: komponent, nutq, rivojlanish, bosqich, boshlang‘ich sinf.
Muammoning dolzarbligi: Hozirgi globallashuv davrida har tomonlama
rivojlangan, mustaqil fikrlay oladigan, o‘z fikrini og‘zaki va yozma shaklda erkin
bayon eta oladigan shaxslarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich ta’lim esa nutqiy komponentlikni shakllantirishning ilk bosqichi
hisoblanadi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi: Nutqiy komponentlik masalalari
pedagogika, psixologiya va tilshunoslik sohalarida keng o‘rganilgan. Ammo
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy komponentligini rivojlantirishning ilk
bosqichlariga doir tadqiqotlar yetarli emas.
Tadqiqot maqsadi: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy komponentligini
rivojlantirishning ilk bosqichlarida olib boriladigan dastlabki ishlar mazmunini
aniqlash va asoslash.
Inson yetuk shaxs bo‘lib yetishishda nutq jarayoni shakllanishi va rivojlanib
borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq uni rivojlanishi insonlar aro turlicha
bosqichlarda umr bo’yi davom etadi. Vaholanki, o’quvchilarda nutq jarayonini
rivojlantirishning bir qancha sinovdan o’tgan usullari mavjud.
Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining nutqiy komponentlarini rivojlantirishning ilk bosqishlari
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 2-son Mart 2025
48
maktablarda o‘quvchilarning yosh xususiyatlatlaridan kelib chiqib va olib boriladi
va mavzu oldin qaydarajada o‘rganilganligi va adabiyotlar, metodlar, usullar bilan
tanishib chiqish muhim hisoblanadi. Bular asosan rivojlangan davlatlar
metodikalarni o‘z ichiga olgan. Chunki, o‘z samaradorligi bilan ijobiy natijalari
ko‘rsatgan.
Nutq faoliyati
- bu nutqning o‘zaro ta’sir tushunchalari hamda nutq aloqasi bilan
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan murakkab hodisa hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq komponentlarini rivojlantirish
metodikasi o‘quvchilarda og‘zaki nutq hamda muloqot ko‘nkmalarini
rivojlantirishga xizmat qiladi.
Nutqni rivojlantirishning ilk bosqichlarida o‘quvchilar etapma-etap
quyidagilarni o‘rganadilar:
✓
sinfda, maktabda, kundali hayota, turli xil yoshdagi insonlar bilan muloqot
qilishning lingvistik va nolingvistik vositalarini to‘g‘riligini baholash;
✓
o‘z fikrlarini erkin bayon etish;
✓
hikoya va matnlarga mustaqil ravishda nom bera olish;
✓
matn rejalarini tuzish;
✓
muayyan muloqot jarayonlari uchun turli xildagi xatlar, tabriknomalar va
boshqa xildagi qisqa matnlar yaratish;
✓
nutqning turli xil turlaridan foydalangan holda muayyan bir mavzu
yuzasidan og‘zaki hikoya va matnlarni tuzish, tasvirlash, fikrlash, hikoya
qilish;
✓
gap tartibi buzilgan matnlarni taxlil qila olish hamda ularni tuzatish;
✓
ushbu matndagi semantik bo‘shliqlarni topish.
Bugungi kunda ko‘proq bolalar nutqida buzilishlarga duch kelmoqdalar.
Ko‘pgina ota-onalar mutaxassisning yordamiga murojaat qilmasdan nutq
xatolarini tuzatish mumkinmi, degan savolga qiziqish bildirmoqda.
Biz sizga yordam berishga harakat qilamiz! Bolaning jismoniy, aqliy va
intellektual tarbiyasi erta bolalikdan boshlanadi. Barcha ko‘nikmalar, jumladan,
to‘g‘ri gapirish qobiliyati oilada o‘zlashtiriladi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 2-son Mart 2025
49
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy komponentlarini rivojlantirishning ilk
bosqishlari va olib boriladigan dastlabki ishlar mazmuni shuni ko'rsatadiki,
o‘quvchi to‘g‘ri yozishi mumkin, lekin hayotda u qo‘rqmasdan, hayajonlanmasdan
nutqini bayon qilishda muammolarga duch kelishi mumkin. Oxirgi paytlarda
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini rivojlantirish muammosini hal qilishda
nutq faoliyati nazariyasiga asoslangan va o‘quvchilarning kommunikativ
ko‘nikmalarini, lingvistik bilimlarini va yanada samarali muloqot qilish uchun
o‘zlashtirishga qaratilgan yangi kommunikativ faollik yondashuvi amalga
oshirilgani bejiz emas.
Taniqli tilshunos, professor S.Matchonov boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini
o‘stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinishi lozimligini uqtiradi:
1. O‘quvchilar nutqi mazmundor bo‘lsin.
2. Nutqda mantiqiylik bo‘lsin.
3. Nutq aniq bo‘lsin.
4. Nutq til vositalariga boy bo‘lsin.
5. Nutq tushunarli bo‘lsin.
6. Nutq ifodali bo‘lsin.
7. Nutq to‘g‘ri bo‘lsin.
8. Nutq madaniyatli bo‘lsin.
Nutq o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda muhim vositadir, ayniqsa kichik
yoshdagi o‘quvchilarda.
Nutq fikrni bayon etish vositasi bo‘libgina qolmay, uni shakllantirish quroli
bo‘lib nutq komponentlari ham bunda juda muhim rol o‘ynaydi.
Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha tavsiflaydi: “Nutqni
o‘stirish va rivojlantirish jarayoni bola lug‘atining va so‘zlarning assotsiatsiya
asosida bog‘lanishining ortishida ifodalanadigan miqdoriy o‘zgarishlar, balki sifat
jihatdan o‘zgarish jarayonidir, zero u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki
bog‘langan holda so‘zning barcha funksiyalari, tomonlari va aloqalarini qamrab
oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir”. Albatta bu borada boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining nutqiy komponentligini shakillantirish texnikalari, ularni
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 2-son Mart 2025
50
bosqichma-bosqich amalga oshirish asos bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Alikabulov S. A. Modifying Additives to Bitumen //International Journal on
Orange Technologies. – 2021. – Т. 3. – №. 9. – С. 100-102.
2. Тилакова М.А.Kораев С.Б. "Укувчилар креативли кoбилиятларини
ривожлантириш буйича тавсиялар". Academic research in educational sciences,
4(2)
3. Babayeva D.R. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi (Darslik). – T.:
“Barkamol fayz media”, 2018.
4. S.Matchonov, H.Bakiyeva, X. G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva, G.Xolboyeva.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. – 2021-yil.
5. Azimova I. Ona tili ta’limida lisoniy malakani rivojlantirishning psixolingvistik
asosi. Global ta’lim va milliy metodika taraqqiyoti. Respublika III ilmiy-anjuman
materiallari. – Toshkent, 2019. 215-224 b