Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 2-son Mart 2025
13
BRONZA DAVRI MADANIY JARAYONLARIDAN KEYIN
QURILISHDAGI O‘ZGARISHLAR: SURXONDARYO MISOLI.
O‘roqov O‘tkir Azamat o‘g‘li
Termiz davlat universiteti tarix mutaxasisligi 2-kurs magistranti,termiz
arxeologiya muzeyi yetakchi mutaxasisi
E-mail:
Anotatsiya: Mazkur maqola "Bronza davri madaniy jarayonlaridan keyin
qurilishdagi o'zgarishlar: Surxondaryo misoli" mavzusida qamrab olingan
tadqiqotni taqdim etadi. Maqola bronza davri madaniyatlari bilan bog‘liq qurilish
texnikasi va uslublaridagi o‘zgarishlarni Surxondaryo viloyati misolida tahlil
qiladi. Tarixiy arxeologik qazishmalar va materiallarni o‘rganish asosida, bu
davrda qurilish texnologiyalaridagi rivojlanishlarni va o‘zgarishlarni aniqlandi.
Qolaversa maqola madaniy va iqtisodiy omillar, shuningdek, hududiy
xususiyatlarning qurilish jarayonlariga qanday ta'sir ko‘rsatganligini yoritadi.
Kalit so‘zlar:
Tarixiy rivojlanish , qurilish texnologiyalari, o‘zgarishlar
tahlili, madaniy jarayonlar, qurilish o‘zgarishlari
CHANGES IN BUILDING AFTER BRONZE AGE CULTURAL
PROCESSES: THE EXAMPLE OF SURKHANDARYA.
Abstract: This article presents a study on "Changes in construction after the
Bronze Age cultural processes: Surkhandarya". The article analyzes the changes
in construction techniques and styles associated with Bronze Age cultures on the
example of Surkhandarya region. On the basis of historical geological excavations
and the study of materials, problems and changes in construction technologies in
this process were identified. In addition, the article shows how the cultural and
economic orientation affects the construction processes of regional production.
Key words: Historical process, construction technology, analysis of
changes, cultural processes, construction changes.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 2-son Mart 2025
14
ИЗМЕНЕНИЯ В СТРОИТЕЛЬСТВЕ ПОСЛЕ КУЛЬТУРНЫХ
ПРОЦЕССОВ БРОНЗОВОГО ВЕКА: НА ПРИМЕРЕ СУРХАНДАРЬИ.
Аннотация: В данной статье представлено исследование на тему
«Изменения в строительстве после культурных процессов бронзового века:
Сурхандарьинская область». В статье на примере Сурхандарьинской
области анализируются изменения в строительных технологиях и стилях,
связанные с культурами бронзового века. На основе исторических
геологических раскопок и изучения материалов выявлены проблемы и
изменения технологий строительства в этом процессе. Кроме того, в
статье показано, как культурно-экономическая направленность влияет на
процессы построения регионального производства.
Ключевые слова: Исторический процесс, технология строительства,
анализ изменений, культурные процессы, строительные изменения
Kirish.
Bronza davri (miloddan avvalgi 3300-1200 yillar) insoniyat tarixida
madaniy, iqtisodiy va texnologik sohalarda sezilarli o‘zgarishlarni keltirib
chiqardi. Bu davrda yuzaga kelgan yangi qurilish texnikalari, me’moriy uslublar
va materiallardan foydalanish usullari keyingi tarixiy davrlar uchun muhim asos
bo‘ldi. Surxondaryo viloyati, uning arxeologik boyliklari va tarixiy yodgorliklari
bilan bronza davrining ushbu o‘zgarishlar jarayonida alohida o‘rin tutadi.
Surxondaryoda olib borilgan arxeologik qazishmalar va topilgan materiallar,
bronza davridan keyingi qurilish texnologiyalari va me’moriy uslublaridagi
o‘zgarishlarni chuqurroq tushunishga yordam beradi. Ushbu maqola, Surxondaryo
misolida bronza davri madaniy jarayonlaridan keyin qurilishdagi o‘zgarishlarni
tahlil qilish orqali, ushbu o‘zgarishlarning madaniy va tarixiy rivojlanishga qanday
ta’sir ko‘rsatganini o‘rganadi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya.
Miloddan avvalgi 2200-1300 yillarni
o‘z ichiga olgan mazkur madaniyat doimiy ravishda
Turkmanistonning janubi Mug‘rob va Kapetdog‘ vohalari, shimoliy
Afg‘oniston Dashli, Faruxobod, Nechkin va Davlatobod vohalari[1], shimoli-
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 2-son Mart 2025
15
sharqiy Eron va Tojikistonning janubiy-g‘arbiy hududlari bilan o‘zaro madaniy
aloqada bo‘lgan. Vatanimizning janubi hududi sanalgan Surxon diyori, janubiy
Turkmaniston, shimoliy Afg‘oniston, janubiy Tojikiston va shimoli-sharqiy Eron
bronza davri yodgorliklari arxeologik jihatdan ko‘pgina tarixchi-arxeolog olimlar:
G. A. Pugachenkova V. M. Masson, L. I. Albaum, B. A. Litvinskiy, E. V.
Rtveladze, A. A. Askarov, A. S. Sagdullayev, V. I. Sarianidi, T. Sh. Shirinov, Sh.
B. Shaydullayev, N. A. Avanesova, K. Abdullayev, M. H. Esonov, A. Sh.
Shaydullayev, D. O. Karimova, xorijiy tadqiqotchilardan esa D. Huff, N. Baroffka,
M. Teufer, K. Kaniuth, M. Tosi, C. Lamberg-Karlovsky, F. Kohl, P. Amiet and F.
Hiebert, S. Salvatori, E. Luneau, J. BendezuSarmiento, L. Stanco, P. Tuslovalar
tomonidan o‘rganilgan va tatqiqodlar olib borilgan[2]. “Ma’lumki, umumbashariy
madaniyatning ajralmas qismi bo‘lgan xalq amaliy san’ati dunyodagi har bir xalq
hayotida, uning turmush tarzi va qadriyatlari rivojida alohida o‘rin tutadi.
Insoniyatning ongli hayotida hunarmandchilikning paydo bo‘lishi – bu sivilizasiya
sari tashlangan eng muhim tarixiy qadam, desak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz”[3]
Muhokama.
Eslab o‘tish
joizki, davlatimiz hududi bronza asridan boshlab
shaharsozlik, me’morchilik, hunarmandchilik taraqqiy etgan yurt hisoblanadi.
Qadimgi Baqtriya hududining keng va xilma xil geografik iqlim sharoiti bu
qadimiy o‘lkada bronza davrida ilk sug‘orma dehqonchilik, ilk shaharsozlik
madaniyati, ishlab chiqarish xo‘jaligi shakllangan va ularning tarixiy rivojlanish
yo‘llarini oldindan belgilab bergan[4]. Sopollitepa, Jarqo‘ton, Bo‘ston, Molali va
Tillabuloq kabi qadimgi yodgorliklarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar shuni
ko‘rsatmoqdaki, Sopolli madaniyati aholisi xo‘jalikning deyarli barcha sohalarini
teng rivojlantirgan umumlashgan jamoadir. Ular me’morchilikda simmetriyani,
fortifikasiyada labirint tizimini joriy qilgan, xalqaro aloqa va savdo
tizimini yo‘lga qo‘ygan, hayvon kuchidan foydalanib yerga ishlov berishni
amalga oshirgan, din tarixida ibodatxonalar qurish darajasigacha rivojlangan, ilk
shahar madaniyatiga, “nom” tipidagi davlatchilikka asos solgan[5]. Me’moriy
ananalari va qurilish uslublari aynan hozirda ham takrorlanib kelishini
ko‘rmoqdamiz. Xususan, me’morchilikda ko‘proq foydalaniladigan ayvon,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 2-son Mart 2025
16
ko‘cha, magistral ko‘cha, supa, ichki xona, zinapoya tushunchalari Sopollitepa
yodgorligida yetarlicha ishlatilgan. Qolaversa, ustachilik ishlab chiqarish sexi,
kulolchilik ustaxonasi, sopol pishirish pechlari[6]. Hozirgi kunda ham bazi
hududlarda foydalaniladigan devorlarni somon suvoq qilish, inshoot pol qismlarini
gips va shu kabi materiallar bilan suvash bronza davri aholisida me’morchilik
bo‘yicha yetarlicha bilim ko‘nikmaga ega bo‘lganliklaridan dalolat beradi. Shu
o‘rinda takror ta’kidlash joizki, binolarning pol qismi qurulishiga alohida e’tibor
qaratilgan. Ko‘p hollarda uyning pol qismi gips, loy suvoq qilingan g‘isht
to‘shamasi, don maxsulotlari saqlash uchun siniq sopol bo‘laklari, somon qo‘’shib
suvalgan loydan va hatto yuzasiga kaolin moddasi suvalgan pol yuzasidan iborat
bo‘lgan[7]. Sopollitepa yodgorligi qurilishida 22x12x42, 20x10x42, 22x12x44,
24x13x46, 20x12x40 sm hajmdagi xom g‘ishtlar ishlatilgan[8]. Qurilishda paxsa
nisbatan kam ishlatilgan. Xo‘jalik turar-joy binolari g‘ishtin, paxsali qilib qurilib
somon qo‘shilib suvoq qilingan. Xonalarda oila ehtiyoji uchun o‘choq, sandal,
supalar qurulishi xarakterli jihat sanaladi.
Xulosa:
Bronza davri madaniy jarayonlaridan keyingi qurilishdagi
o‘zgarishlar, Surxondaryo misolida, o‘zgarishlarning murakkab va ko‘p qirrali
ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu davrda, aholi zichligining oshishi, iqtisodiy va
ijtimoiy hayotning rivojlanishi, shuningdek, yangi texnologiyalar va qurilish
uslublarining joriy etilishi qurilish sohasida sezilarli o‘zgarishlarga olib keldi.
Surxondaryoda bronza davrining yakunlanishi bilan bir qatorda, yangi
madaniyatlar va ta'sirlar paydo bo‘ldi, bu esa mahalliy qurilish uslublariga
o‘zgarishlar kiritdi. Yangi texnik yechimlar, materiallar va arxitektura elementlari
joriy etilishi, buning natijasida, o‘z davrining ijtimoiy va madaniy talablari va
ehtiyojlariga mos ravishda yangi turdagi binolar va inshootlar paydo bo‘ldi.
Shunday qilib, Surxondaryodagi qurilish jarayonlaridagi o‘zgarishlar, faqatgina
texnologik taraqqiyot bilan cheklanmay, balki madaniy va iqtisodiy omillar bilan
ham bog‘liq bo‘lib, ushbu jarayonlar tarixiy rivojlanishni aks ettiruvchi muhim
ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 2-son Mart 2025
17
Foydalanilgan adabiyotlar
[1] Сарианиди В.И. Древние земледельцы Афганистана. – М.: 1977. С. 22
[2] Turdiyev Jasur Kaxramanovich Termiz arxeologiya muzeyi ilmiy xodimi,
Termiz davlat universiteti arxeologiya yo‘nalishi magistranti
[3]Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг биринчи
халқаро ҳунармандчилик фестивалининг тантанали очилиш маросимидаги
нутқи // Халқ сўзи газетаси, № 192 (7422). – Тошкент, 2019
[4] К.А.Раҳимов. Бақтриянинг бронза даври оташгоҳлари ҳусусида
мулоҳазалар // ИМКУ, выпуск 39. Самарканд, 2015. Стр. 69
[5] 157 Шайдуллаев А.Ш. Сополли маданиятининг глиптикаси ва
сфрагистикаси. Фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун
ёзилган диссертацияси. Самарқанд, 2018.
[6]А.Аскаров. Сапаллитепа. «Фан». Ташкент, 1973. Стр 13.
[7] А. Аскаров. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юга
Узбекистана. Ташкент. «Фан». Ташкент, 1977. Стр 33
[8] А. Аскаров. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юга
Узбекистана. Ташкент. «Фан». Ташкент, 1977. Стр 33