Mualliflar

  • Jiyranova Etibor Alijanovna

Muallif biografiyasi

  • Jiyranova Etibor Alijanovna

    Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani 7-sonli umumiy o'rta taʼlim maktabi amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.107101

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zi: Psixik taraqqiyot diagnostikasi psixodiagnostika eksperimental psixologiya eksperiment (tajriba) simptomatik diagnoz etiologik diagnoz tipologik diagnoz

Annotasiya

          Annotatsiya: Psixologik hizmat asoslari, psixologiya sohasidagi asosiy qonun va tamoyillardir. Ushbu asoslar, psixologik tadqiqotlarni amalga oshirish, ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish, psixologik masalalarni yechish va psixologik ko'mak ko'rsatish jarayonida muhimdir.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 2-son Mart 2025

77

PSIXOLOGIYANING INSON HAYOTIDAGI OʻRNI VA MAVQEYI

Jiyranova Etibor Alijanovna

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani 7-sonli umumiy o'rta taʼlim maktabi

amaliyotchi psixologi

Annotatsiya: Psixologik hizmat asoslari, psixologiya sohasidagi asosiy

qonun va tamoyillardir. Ushbu asoslar, psixologik tadqiqotlarni amalga oshirish,

ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish, psixologik masalalarni yechish va

psixologik ko'mak ko'rsatish jarayonida muhimdir.

Kalit so’zi: Psixik taraqqiyot diagnostikasi; psixodiagnostika;

eksperimental psixologiya; eksperiment (tajriba); simptomatik diagnoz; etiologik

diagnoz; tipologik diagnoz

KIRISH.

Yigirma birinchi asrda inson omilining o‘rganilishi va tadqiq qilinishi bilan

bog‘liq psixologik talablar birmuncha takomillashib bormoqda. Chunki inson

tom ma’noda ijtimoiy mavjudot bo‘lganligi bois, uning shakllanishi va shaxs

sifati- da taraqqiyoti eng avvalo unga ta’sir etuvchi obyektiv va sub- yektiv

olamning o‘ziga xos imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu imkoniyatlar tizimini

o‘rganish va tadqiq qilish bugungi psixologlar oldida turgan eng muhim

vazifalardan biri bolib qol- moqda.

Borliqdagi narsa va hodisalardan zavqlanish, nafis his-tuyg‘ularga g‘arq

bo'lish, atrof-muhit jozibasini chuqur his etish, insoniyat yaratgan mo‘jizalardan

hayajonlanish, shaxslararo munosabatga kirishish me’yorini bilish psixologiya

fani tufayligina o ‘z yechimini topadi. O‘tmish zahmatlari-yu hozirgi davrning

iliq nafasi, kelajak ezgu niyatlari-yu olam xayolati, ijodiy o ‘y-fikrlar, mantiqiy

mulohazalar, mustahkam iroda, kuchli xarakter, yuksak aql-zakovat xususiyatlari

va ularning o‘ziga xosligi — bularning barchasi psixologik tahlilning mahsulidir.

Tevarak-atrofni sezish, moddiy dunyoni idrok qilish, zaruriy ma’lu-motlarni


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 2-son Mart 2025

78

eslab qolish, mustaqil fikrlash, voqelik mohiyatini tushunish tegishli tarzda

psixologiya fani mazmunidagina aks etadi va u asta-sekin inson miyasida, ongida

mujas-samlasha boradi.

Shaxsning fazilatlari, faoliyati, xulq-atvori, muomalasi, uning faollashuvi,

ruhiy tushkunligi-yu shijoati, intiluvchanligi, mardligi, mehnatsevarligi,

fidoyiligi, vatanparvarligi, e’tiqodi, dunyoqarashi, qiziqishining namoyon

bo‘lishi va kechishi, rivojlanishi — bularning hammasi psixologik qonuniyatlar

asosida amalga oshadi. Insonning hodisalar, holatlar, vazifalar va shart-

sharoitlarga munosabati o ‘zini o ‘zi anglashda, o ‘zini o ‘zi baholashda, o'zini o

‘zi nazorat qilishda, o‘ziga o‘zi taskin hamda buyaiq berishda, o‘z ichki

imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda mujassamlashadi. Inson ham ichki, ham

tashqi tomondan o ‘zini o ‘zi anglashi, milliy o ‘ziga xoslik alomatlari, betakror

nafosat egasi ekanligi, milliy didi (ta’bi) — bular milliy qiyofa yordami hamda

milliy o ‘zini o ‘zi (o'zligini) anglashda pishib yetiladi. Milliy qiyofa, milliy

xarakter, milliy ong, milliy xulq-atvor, milliy an ’analar, marosimlar, rasm -

rusum lar tavsifi, milliy yoki etnos (elat) psixologiyasi tuzilmasida aks etadi. Oila

a ’zolari orasidagi o ‘zaro munosabatlar, ayol yoki erkaklar o ‘rta- sidagi muloqot,

voyaga yetganlarning voyaga yetmagan yoshlar bilan o‘zaro fikr almashuvi, bir-

birlariga ta’sir o‘tkazishi, hamkorligi, hamdardligi, o‘zaro yordam va o ‘zaro

hurmati, omilkorligi, odilligi mohiyatan psixologiyada o‘z ifodasini

topadi.Psixologiya fani inson psixikasini aniqlash, shakllantirish, yangi sharoitga

ko'chirish, kamol toptirish, rivojlanish dinamikasini ta’minlash, yangi sifat

bosqichiga o'tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan o ‘ta amaliy, tatbiqiy

fanga aylangandir. Psixologiya fani sohalari uning amaliyot uchun muhim

ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, klinik

psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiya,

pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya, sport psixologiyasi va hokazo).

Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan o ‘z predmetiga ega bo‘lib, amaliy sotsial

psixolog, muhandis psixolog, oilaviy psixoterapevt, tibbiyot psixologi, maktab

psixologi kabi sohalarni o ‘z ichiga qamrab olgandir.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 2-son Mart 2025

79

Psixologiya fani tabiatshunoslik fan lari va falsafa negizida paydo bo'lgan

bo‘lib, hanuzgacha uning na gumanitar, na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi

aniqlangani yo'q, biroq shuinga qaramay, uni har ikkala yo'nalishdagi sohalar

bo‘yicha to'plangan ma’lumotlar, qonuniyatlar birlashuvining mahsuli deb atash

mumkin. Ammo psixologiyaning tarkibida ham gumanitar, ham ijtimoiy bilimlar

mavjud bo'lishidan qat’i nazar, u alohida xususiyatga ega bo‘lgan mustaqil fandir.

Hayotiy psixologik bilimlarning ilmiy psixologik bilimlardan yana birfarqli

tomoni shundan iboratki, ilmiy jihatdan asoslangan bilimlar anglashilgan,

mantiqiy puxta, oqilona xususiyatga ega bo‘ladi. Ilmiy psixologik bilimlar esa

faraz va g‘oyalarni ilgari surish daqiqasidan boshlab shakllana boradi va ulardan

kelib chiqadigan natijalarni mantiqan tekshirish bilan yakunlanadi. Shunda ham

olg‘a surilgan g‘oyalar tekshirish jarayonida biron-bir tasdiq yoki inkor m

a’nosiga erishsagina ilmiy psixologik bilimlar tizimiga kiritiladi Inson o

‘zining kimligini anglashga intilishdan, o‘z ruhiy dunyosini va o ‘zgalar

ruhiyatini bilish istagi paydo bo‘lishdan, tabiat va jamiyat hodisalarini

tushunishga ehtiyoj sezishdan,o‘tmish, hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza

yurita boshlagandan buyon psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Psixologik

bilimlar juda uzoq o ‘tmish tarixga ega bo‘lsa-da, u fan sifatida falsafadan XIX

asrga kelib ajralib chiqdi. Psixologiyaning alohida fan sifatida ajralib chiqishiga

o ‘sha davr kishilik jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o

‘zgarishlar sabab bo‘ldi, chunki bular ijtimoiy zarurat taqozosi edi. Psixologik

holatlarni tadqiq qilish, ya’ni psixikaning mohiyatini tushunish maqsadida o ‘sha

davrlari eksperimental ilmiy psixologik laboratoriyalar vujudga kela boshladi.

Bugungi kunga psixologiya fani va ona psixologik xizmatlar ko'pgina rivoj

topti. Shaxsdagi ruhiy va intrapsixologik muammolar, oilaviy munosabatlardagi

kichik-katta muammolarning oldini olish va hal qilish lozimligi ortib bormoqda.

Psixologik masalalarni hal etish uchun psixolog-konsultantlar soni va ularning

kompetentsiyasi ham sonli ravishda ortib bormoqda. Shu bilan birga psixologik

bilim doni ham kengayib bormoqda.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 2-son Mart 2025

80

Xulosa:

Psixologik xizmatlar asoslari fanining dolzarbligi shundan iboratki, u

psixologiya fani va ustozlarga tayyorlangan talabalarga psixolog kim sifatida

ishlash va yordam berishda qo'llaniladigan asosiy kompetentsiyalarni beradi. Fan

talabalarga psixik muammolar bilan ishlash usullari, terrorapiya texnologiyalari,

psixodiagnostika, konsultatsiya va ma'lumotlar bilan ishlash tizimini o'rgatadi.

Bundan tashqari talabalarga psixologik klinikani tashkil qilish va unda yoki

muassasalarda ishlash ko'nikmalarini beradi.

Psixologiyaning dolzarbligi shundan iboratki, u bugungi psixologik xizmatlar

emas, balki kelajakdagi psixologlar mutahassisligini rivojlantiradi. U talabalarga

psixolog tasavvurida eng sodda bilimdoni bilan birgalikda psixolog kim sifatida

ishlash uchun zarur o'zlashtirish va amaliy kompetentsiyalarni beradi. Shu bilan

psixologiya fani asosida yuksak malakali mutaxassislar rivoji yo'lida muhim

qadam qo'yiladi.

Psixologiyaning oʻquvchilatga beradigan mazmun, usul va yondashuvlari

kelajakda psixologik xizmatlar sohasidagi rivojning nufuzli talablarini hisobga

olgan holda shakllanadi. U psixologiyani, psixologik xizmatni va psixolog

mutahassisligini rivojlantirishga yo'naltirib, aholi salomatligiga va farovonligiga

yaqin davrda e'lon etiladigan yangi talablarga javob berishi mumkin. Shunga

ko'ra psixologik xizmatlar asoslari fanining dolzarbligi baholanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Aminov N.A. Bo'lajak maktab o'quvchilarining maxsus qobiliyatlari

tarkibiy qismlari haqida

2.

psixologlar / N.A. Aminov, M.V. Molokanov // Psixologik jurnal. – № 5.

3.

1992. – 104–110-betlar.

4.

Antonova N.V. Shaxsiy o'ziga xoslik muammosi // O'z-o'zini anglash

psixologiyasi


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 2-son Mart 2025

81

5.

nia: o'quvchi / Ed. D.Ya. Raigorodskiy. – Samara: BAXRAH-M, 2000. –

B. 471– 487.

6.

Verbitskiy A.A. Kognitiv va kasbiy motivatsiyani shakllantirish

7.

talabalar / A.A. Verbitskiy, T.A. Platonov. – M.: Oliy maktab ilmiy-

tadqiqot instituti, 1986. – 154 b.

8.

Elizarov A.N. Ishonch telefoni: ota-ona bilan psixolog-maslahatchi sifatida

ishlash

9.

ota-onalar va yoshlar mojarolari sharoitida mi // Psixologiya savollari. –

1995. –