Mualliflar

  • Boyanbaeva Sholpanay Baxitbaevna
  • Eraliyeva Saragul Xojabaevna
  • Eshmuratova Amina Togizbaevna

Muallif tarjimai holi

  • Boyanbaeva Sholpanay Baxitbaevna

    Chimboy tumani 25-maktab amaliyotchi psixolog

  • Eraliyeva Saragul Xojabaevna

    Chimboy tumani 19-maktab amaliyotchi psixolog

  • Eshmuratova Amina Togizbaevna

    Chimboy tumani 41-maktab amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123034

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: pedagogika nutq madaniyati sog’lom muhit innovatsiya pedagogik mahorat tarbiya korreksiya ruhiy buzilish.

Annotasiya

 ANNOTATSIYA: Bizga maʼlumki, har qanday odam boshqa odamdan oʼzining individual-psixologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bundan maʼlum bir odamga xos boʼlgan xislatlar nazarda tutiladi. Psixologiyada xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan faoliyat usullarida nomoyon boʼladigan, tipik sharoitlarida koʼrinadigan va bu sharoitlarga shaxsning munosabati bilan belgilanadigan individual psixik xususiyat yigʼindisi tushuniladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

358

YOSHLARNI SOG’LOM PSIXOLOGIK MUHITDA

TARBIYALASHNING OʻZIGA XOS VAZIFALARI

Boyanbaeva Sholpanay Baxitbaevna

Chimboy tumani 25-maktab amaliyotchi psixolog

Eraliyeva Saragul Xojabaevna

Chimboy tumani 19-maktab amaliyotchi psixolog

Eshmuratova Amina Togizbaevna

Chimboy tumani 41-maktab amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA: Bizga maʼlumki, har qanday odam boshqa odamdan

oʼzining individual-psixologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bundan maʼlum

bir odamga xos boʼlgan xislatlar nazarda tutiladi. Psixologiyada xarakter deganda

mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan faoliyat usullarida nomoyon boʼladigan,

tipik sharoitlarida koʼrinadigan va bu sharoitlarga shaxsning munosabati bilan

belgilanadigan individual psixik xususiyat yigʼindisi tushuniladi.

Kalit so’zlar: pedagogika, nutq madaniyati, sog’lom muhit, innovatsiya,

pedagogik mahorat, tarbiya, korreksiya,ruhiy buzilish.

KIRISH

Yoshlarning psixologik tarbiyasi ularning shaxsiyati, dunyoqarashi va

ijtimoiy hayotga moslashuvi jarayonida muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada olib

borilgan nazariy tahlillar va amaliy tadqiqotlar asosida shuni xulosa qilish

mumkinki, psixologik tarbiya jarayoni bolaning ruhiy sog‘lomligi, emotsional

barqarorligi va ijtimoiy moslashuvchanligini shakllantiruvchi asosiy omil

hisoblanadi.

Birinchidan, bola go‘daklik davridan boshlab emotsional qo‘llab-

quvvatlov, mehr va tushunishga muhtoj bo‘ladi. Bu ehtiyojlar qondirilmaganda

bolada psixologik inqirozlar, shaxsiy muvozanatsizlik va o‘ziga ishonchsizlik

holatlari yuzaga keladi. Piage va Vygotskiy kabi mashhur psixologlarning


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

359

asarlarida bola tafakkuri, o‘zini anglash jarayoni va ijtimoiy o‘zaro ta’sirlar

asosida shakllanishi haqida chuqur ilmiy dalillar keltirilgan. Tadqiqotimizda ham

ana shu nazariyalar amaliyotda o‘z isbotini topdi. Ikkinchidan, oiladagi muhitning

bolaning psixik rivojlanishiga ta’siri beqiyosdir.

Tadqiqotda mehrga asoslangan oilalarda ulg‘aygan bolalarning rivojlanish

ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgani, befarq va jazoga asoslangan muhitda esa sezilarli

darajada past bo‘lgani bu fikrni tasdiqlaydi. Demak, bolaga berilayotgan mehr,

e’tibor va ishonch – bu oddiy muomala emas, balki uning ruhiyatiga, kelajakdagi

shaxsiy holatiga qaratilgan muhim investitsiyadir. Otaonalar va tarbiyachilar o‘z

farzandlari yoki tarbiyalanuvchilariga nafaqat jismonan, balki hissiy jihatdan ham

yaqin bo‘lishlari zarur.

Uchinchidan, tarbiyachilar va pedagoglarning psixologik savodxonligi ham

muhim rol o‘ynaydi. Emotsional qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratishga

intilayotgan tarbiyachilar bilan ishlovchi bolalarda yuqori psixologik va ijtimoiy

moslashuv darajalari kuzatildi. Bu esa maktabgacha ta’lim muassasalarida

psixologik yondashuvni kuchaytirish, tarbiyachilarga doimiy ravishda malaka

oshirish imkoniyatlarini yaratish zaruratini bildiradi.

To‘rtinchidan, bolaning psixologik rivojlanishi bir necha bosqichlarda

o‘tadi va har bir bosqich o‘ziga xos tarzda muhimdir. Ayniqsa, senzitiv davrlar —

bolaning tashqi ta’sirlarga nisbatan eng sezgir davrlari bo‘lib, bu bosqichlarda

berilgan noto‘g‘ri yoki befarq munosabat bolaning butun umriga salbiy ta’sir

ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun bola tarbiyasida xatoliklar qilishga yo‘l

qo‘yib bo‘lmaydi.Beshinchidan, har bir bola o‘ziga xosdir va uni umumiy

me’yorga solib bo‘lmaydi. Shuning uchun psixologik tarbiya individual

yondashuvni talab etadi. Har bir bolaning ehtiyoji, xulq-atvori, ijtimoiy holati va

hissiy tajribasi o‘rganilishi, unga mos ravishda tarbiya strategiyasi tanlanishi

zarur. Bu yondashuv aynan Vygotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasi

bilan bog‘liq bo‘lib, bola yordam bilan o‘z imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin.

Farzand tarbiyasi jarayonida bola huquqlarining kamsitilmasligi talab

etiladi. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

360

hissiyoti va tuyg‘ulariga chuqur ta'sir kо‘rsatadi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko

besh yoshgacha bо‘lgan tarbiya bolaning shaxsiyati shakllanishida о‘ta muhim

ahamiyatga ega ekanini qayd etib о‘tgan. Bu haqda u shunday deb yozgan:

“...tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga yetadi, demak, siz besh

yoshgacha nima qilgan bо‘lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 foizini tashkil

etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi”. Mana shu

jarayonda bola tarbiyasiga о‘ta e'tiborli bо‘lish lozim.

Yoshlarning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy

qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllantirishda, har jihatdan barkamol

etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi katta ahamiyat kasb

etadi. Zero, hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab yetishga о‘z umri va

salohiyatini bag‘ishlagan allomalarimizning asarlarida sog‘lom avlod tarbiyasi

bilan bog‘liq masalalarga alohida о‘rin berilgan.

Sharq allomalari о‘z asarlarida farzandlarga tarbiya va ta'lim berish, uni

ma'rifatu madaniyatga yetaklash muammolariga e'tibor berganlar. Buyuk

mutafakkirlar farzand tarbiyasi, gо‘zal axloqning inson kamolotiga sabab

bо‘luvchi yuksak fazilat ekanini ta'kidlaganlar. Jumladan, Imom Buxoriyning

“alAdab al-mufrad hadislar tо‘plami, Abu Lays Samarqandiyning “Tanbehul

g‘ofiliyn” asarlarida farzandlarga yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish

tarannum etilgan.

Yurtimiz ulamolari о‘z asarlarida farzandining chiroyli odobidan umid

qilgan ota-ona, uni muntazam ravishda husni xulq asosi bо‘lgan muomala

odobining quyidagi qirralari bilan tanishtirib borishi muhim ekanini alohida

ta'kidlaganlar:

-

farzandingiz odamlar bilan muomalada shirinsо‘z, muloyim, bosiq va

kamtar bо‘lishiga e'tibor qarating;

-

odamlar

xursandchiligini

baham

kо‘rish,

g‘am-anduhidan

qayg‘urish, molmulkiga xiyonat qilmaslik, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan

qaytarish husni xulq egalariga xos fazilatlardandir. Shuning uchun farzandingizga

ana shu xislatlarni bolalikdan singdirish payida bо‘ling;


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

361

-

farzandingizga о‘zgalar bilan muomala chog‘ida boshqalarni g‘iybat

qilish, о‘zgalarni mensimaslik, obrо‘si, boyligi yoki mansabiga qarab munosabat

kо‘rsatish ham odobsizlik ekanini uqtirib boring;

-

yoshi ulug‘ kishilar, ustozlar bilan muomalada ularning kо‘ziga tik

boqmay, gaplarini jim tinglash, savollarigagina javob qaytarish, buyruqlarini

sidqidildan bajarish ham bolalar qalbiga jo qilishga e'tibor bering.

Mamlakatimizda sodir bо‘layotgan iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy

о‘zgarishlarning xalq milliy ruhiyatining negizi bо‘lmish oilaviy munosabatlarda

aks etishini tadqiq etish muhim masaladir. Oilaviy munosabatlar tizimi juda

murrakkab va ancha teran mazmunga ega bо‘lib, о‘z ichiga er-xotin о‘rtasidagi,

ota-ona va farzandlar, aka-uka va opa-singillar о‘rtasidagi va shu kabi qator

munosabatlar tizimini oladi. Oiladagi shaxslararo munosabatlar shaxs

shakllanishining muhim omili hisoblanadi. Oilaning eng muhim vazifalaridan biri

shaxs rivojlanishi uchun munosib sharoitni yaratishdir.

Maktab ostonasiga oyoq qo‘yish har bir inson uchun nihoyatda katta hayotiy

burilishdir. Mana shu davrdan boshlab bolalikning eng beg‘ubor onlariga bir qadar

cheklanishlar kirib keladi. Endi bola oilada nafaqat oilaviy ba’zi burchlarni,

vaholanki, uz shaxsi uchun zarur bo‘lgan xususiy vazifalarni bajarishi shart davrga

o‘tadi. Bu bilan uning oiladagi roli bir qarashda kamayganday emas, aksincha

ko‘paygan bo‘ladi. Ya’ni u o‘z obro‘sini endi nafaqat oila a’zolari o‘rtasida,

aksincha, jamiyat o‘rtasida oila obro‘sini o‘z shaxsiy harakati bilan himoya qilish

davri boshlanadi. Ruhiy muhiti sog‘lom oila a’zosi bo‘lgan bolaning birinchi bor

maktabga borishi qanchalik hayajonli bo‘lmasin bola uchun jiddiy qiynchiliklar

tug‘dirmaydi. Chunki maktabda o‘qituvchi hamma bolalarga bir ko‘z bilan

qaraydi. Oilada ham bolaga maktabga borganligi munosabati bilan alohida

erkatoyga qarash qilmasdan, maktab uning o‘zi uchun kerak bo‘lgan burch, sifatida

qaragan ma’qul. Chunki, mana shunday qaralgandagina bola uy vazifalariga,

maktabda berilgan topshiriqlarga shaxsiy burch sifatida qarashga o‘rganib boradi.

Har bir inson yoshligidanoq kamchiligu yutuqlari, oʼz imkoniyatlari haqida

oz boʼlsa-da tasavvurga ega boʼla boshlaydi. Yoshligidanoq bolalar feʼl-atvori


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

362

haqida oldin ota-onalari, keyin esa atrofdagilari oʼz munosabatini bildira boshlaydi.

Tashqi taʼsir natijasi oʼlaroq, har bir insonda oʼziga-oʼzi baho berish qobilyati

shakillana boshlaydi. Qaysidir bola oʼziga juda yuqori baho bersa, yana qaysidir

bola oʼzi haqida salbiy fikrga ega boʼladi. Oʼziga yuqori baho bergan bolalar ham

past baho beradigan bolalar ham taʼlim dargohida bilim olishga qiynaladi. Yuqori

baho bergan bolalarning qiynalishini sababi shundaki, uning oʼzi haqidagi fikri real

imkoniyatlaridan koʼra ilgarilab ketgan boʼladi. Bunday bolalar atrofdagilaridan

norozi boʼlishadi, ularning oʼzi haqidagi fikrini ijobiy tomonga o;zgartirgandan

soʼnggina u bilim olishga qiynalmaydi. Ularning oʼzi haqidagi fikirlarini

oʼzgartirish ham qiyin kichadi. Buning uchun oʼzgalarning yutigʼini koʼrib, u bilan

oʼz imkonyatlarini taqqoslash, atrofdagilarining unga nisbatan toʼgri muomila qila

olishi muhum ahamiyatga ega ekanligini tushuntirish darkor.

Oʼzi haqida salbiy fikirga ega boʼlgan bolalarga ham oson emas. Ularning

boshqalar bilan muomilaga kirishlari, yangi tanishlar orttirishlari qiyin kichadi shu

bilan birgalikda taʼlim olishlari ham qiyin kechadi. Ularni doim bir ishni

boshlashdan oldin “men toʼgʼri yoʼl tutyapanmikin” kabi shubhali savollar

qiynaydi. Bunday shubha gumonlardan qutilish uchun bolalarga avvalambor

oʼzlariga chettan nazar solish kerakliligini tushuntirish kerak. Ularga hech kimdan

kam emasligini shu bilan barobarda boshqalardan ustun jihati mavjudligini

tushuntirish va shu jihatni his qila bilishni oʼrgatish kerak. Аna shundagina bola

hayotda oʼz oʼrnini topa oladi.

XULOSA

Bolalarning qiziqishlariga qarab ularni oʼz xayotida oʼzi xohlagan soha

mutaxasislari boʼlishlari uchun ularga toʼgʼri yoʼnalish berish kerak. Baʼzi bir

bolalar judayam qobiliyatli boʼlishadi,ammo judayam qaysar boʼlishadi. Ular

bilan koʼproq shugʻullanish kerak. Аna shundagina ular ham oʼz hayotida oʼz

oʼrniga ega boʼlishadi. Yakuniy xulosa sifatida aytish mumkinki, sog‘lom va

barqaror jamiyatni qurish, unda faol, ijodkor, hurfikr va baxtli insonlarni

tarbiyalash psixologik tarbiyani to‘g‘ri tashkil etish bilan bevosita bog‘liq.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

363

Bolaning ichki dunyosini eshitgan, tushungan va qo‘llab-quvvatlagan har bir ota-

ona va pedagog kelajak avlodning barkamol shakllanishiga xizmat qilgan bo‘ladi.

Ushbu maqolada keltirilgan ilmiy-nazariy qarashlar, amaliy natijalar va takliflar

nafaqat tadqiqotchilar, balki ota-onalar, psixologlar, tarbiyachilar va ta’lim

sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun ham qo‘llanma bo‘lib xizmat

qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Allamuratov S. I., Uraimov S. R. MOTOR TRAINING OF

STUDENT YOUTH IN THE PROCESS OF TRAINING IN SPECIALIZED

MILITARY-TECHNICAL

LYCEUMS

IN

CONDITIONS

OF

HYPERTHERMIA //Herald pedagogiki. Nauka i

Praktyka. – 2021. – Т. 1. – №. 1.

2.

Kipchakova, Y. X., & Kodirova, G. A. (2020). INNOVATIVE

TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION.

Теория и практика

современной науки

, (5), 29-31.

3.

KIPCHAKOVA,

Y.,

ABDUXAMIDOVA,

M.,

&

RAXMONALIYEVA,

M.

THE

IMPACT

OF

INNOVATIVE

TECHNOLOGIES IN IMPROVING STUDENT

4.

INTERNET MATERIALLARI