Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
353
TA’LIM JARAYONIDA KASB TANLOVCHILARNING
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI HAMDA FAOLLIGINI TAʼMINLASH
Qulmatova Faroxat Abdumalikovna
Surxondaryo viloyati Denov tumani MMTBga qarashli. 23-maktab
amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA: O‘sib borayotgan bolada jismonan o‘zgarishlar ham
sodir bo‘lib boradi. O‘quvchining jismonan imkoniyatlari ko‘payadi. O‘zini va
jismoniy kuchini boshqarish, tanasidagi o‘zgarishlarni kuzatish orqali, o‘zida
kattalarga o‘xshash tomonlar paydo bo‘lishini ko‘radi.
Kalit soʻzlar: yetuk insonni tayyorlashda meditsina, psixologiya va falsafiy
bilimlarning o‘rni.
KIRISH
Kasbga yo‘naltirish borasidagi ilk bilimlar va tavsiyalar maktabdan to‘plab
boriladi.Kasb tanlashda ta’lim muassasining va pedagogpsixologlarning ahamiyati
katta. O‘qituvchi o‘zi tarbiyalayotgan o‘quvchilarga ta’lim berib borar ekan, shu
bilan birga ularni kasb tanlashlariga ham yordam beradi. Bizga ma’lumki,
maktabning kelajakda kasb tanlashga imkoniyati bo‘lgan yoshlarga ta’lim
berishdan iborat asosiy vazifasi-bu o‘quvchilarning fan asoslarini faol, ongli,
mustahkam va tizimli ravishda egallashini ta’minlashdir. Bular asosida o‘qituvchi
o‘quvchilarga ma’lum bir kasblarni tanlashlari uchun tavsiyalar berib boradi.
Ta’lim jarayoni ishtirokchilari bu o‘qituvchi va o‘quvchi hisoblanadi. Bu
yerda ta’lim beruvchi pedagogni va ta’lim oluvchi o‘quvchi nazarda tutiladi. Bular
birgalikda ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki
ta’lim olayotgan o‘quvchi va ta’lim beruvchi o‘qituvchining o‘ziga xos bo‘lgan
psixologik xususiyatlari va jismoniy imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Bular esa o‘z
navbatida ta’lim olishga o‘z ta’sirini ko‘rsatib boradi. Har birimiz bolalikdanoq
o‘zimiz hohlagan kasb egasi bo‘lishni orzu qilamiz. Kasb tanlash – har bir inson
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
354
hayotidagi eng muhim tanlovlardan biri. Kasb – nafaqat daromad topish manbai,
balki umrning asosiy qismi sarflanadigan faoliyat hamdir.
Psixologlar bunday mas’uliyatli qaror qabul qilishda o‘smirlar nafaqat
atrofdagilarning tavsiyasiga tayanib qolmasdan, o‘z iqtidori, qiziqishi, layoqati,
moyilligini aniqlab olishi ham muhim deb hisoblaydilar. Bu borada sizga
psixologik testlar yordam beradi.O‘zingizda qaysi kasbga moyillik va qiziqish
yuqori ekanini psixologik testlar orqali birlamchi bosqichda aniqlab olishingiz
mumkin.
Turli kasblar, istiqbolli yo‘nalishlar va mutaxassisliklar to‘g‘risidagi
bilimingizni mustahkamlashingiz va sizni qiziqtirgan kasblar bilan tanishib
borishingiz kerak.
Kelajakdagi kasbingiz haqida qaror qabul qilganingizdan so‘ng, u haqida
iloji boricha ko‘proq bilimlarga ega bo‘lishga harakat qiling. Buning uchun turli
o‘quv-guruhlari bo‘lgan ko‘plab ixtisoslashgan maktablar va kurslar mavjud
bo‘lib, ular transport vositalari mexanikasidan tortib, tadbirkorlikkacha o‘zingizni
sinab ko‘rish imkoniyatini beradi.Asosiy tanlovdan tashqari, qo‘shimcha ravishda
e’tiborga olinuvchi “zaxira” tanlov ham bo‘lishi kerak. Chunki hayotda nimalar
bo’lishini oldindan bilib bo‘lmaydi, unda har qanday holat ro‘y berishi mumkin.
Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha o‘qishning imkoniyati bo‘lmasa tushkunlikka
tushmaslik kerak va boshqa maqbul variantlarni ham ko‘rib chiqish maqsadga
muvofiq.Ota-ona tomonidan beriladigan maslahatlar albatta foydali, lekin yakuniy
qarorni mustaqil qabul qilishga harakat qiling.
Agar otangiz yoki onangizning kasblarini davom ettirmoqchi bo‘lsangiz, bu
albatta juda yaxshi. Lekin bunga sizni hech kim majburlashi kerak emas. Otaning
yoki onaning shu kasbda o‘z baxti va muvaffaqiyatini topgani o‘g‘il yoki qizda
ham xuddi shu narsa takrorlanadi degani emas. Inson yoqtirmagan ishi bilan butun
hayoti davomida shug‘ullansa, o‘zini baxtsiz his qiladi.Quyidagi bir qancha
maslahatlarni ham e’tiborga oling:
•
kasb tanlashda, sizni yaqindan biluvchi insonlar – oila
a’zolaringiz, do‘stlaringiz bilan maslahatlashing;
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
355
•
yangi kasb sohalari haqida ommaviy axborot vositalaridan
ko‘proq ma’lumot olishingiz mumkin;
•
katta talabga ega kasblar haqida ma’lumotni maxsus onlayn-
resurslar orqali olish ham mumkin;
•
kasb tanlashda istaklaringiz va hayotdagi maqsadlaringizdan
kelib chiqing;
•
imkoniyat bo‘lsa, kasb tanlash bo‘yicha malakali mutaxassis
bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq.
O‘qituvchi ta’lim berish davomida bolalarning iqtidoridan va qobiliyati va
qiziqishidan kelib chiqib, maktabdan keyingi uzluksiz ta’limni qaysi yo‘nalishiga
ta’lim olish uchun kirishlariga yordam beradi. Maktabdan kasbiy maslahat berish
uchun o‘qituvchi o‘zi ham kasbiy maslahat to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lishi
kerakligi kelib chiqadi. Kasbiy maslahat bu asosan yoshlarga kasblar haqida ilmiy
asoslangan maslahat berish bo‘lib, u asosan yoshlarni qobiliyati, manfaatlari,
qiziqishlari, intilishlari asosida kasb tanlashlariga yordam beruvchi sohadir. Kasbiy
maslahat har bir kasb haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi shuningdek kadrlarga
bo‘lgan ehtiyojlar, mehnat faoliyati, kasbning ijtimoiy-iqtisoiy va sanitar-gigienik
statusi, kasbga o‘qitish va insonga kasb qo‘yadigan talablar haqida ma’lumotga ega
bo‘lish kerak. Bunda inson psixik xususiyatlariga, meditsina va jismoniy
ko‘rsatkichlariga va kasbga mos kelmaslik to‘g‘risida ham ma’lumotga ega bo‘lish
kerak. Kasbiy maslahat yosh davrlariga qarab, ma’lumot darajasiga qarab va unda
ishtirok etayotgan o‘qituvchilariga, ota-onalarining ishtirokiga qarab
muvaffaqiyatli chiqadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga ta’lim berish davomida ularni kasb tanlashlariga
yo‘llanmalar berar ekan shunung bilan birga ularni psixologik va jismoniy
salomatligi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Kasb tanlovchi
hisoblangan o‘quvchilar o‘zlarini ruhan va jismonan sog‘lom ekanliklarini
meditsina ko‘rigidan o‘tib tasdiqlashlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari maktab
psixolog-lari va shifokorlari har doim ularni kuzatib boradilar. Psixik xusuxiyatlari
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
356
yoshiga qarab rivojlanib borayotgan o‘quvchi o‘zidagi psixologik xususiyatlarni
kuzatish orqali o‘zgarib borishini bilib boradi. Boladagi diqqat, sezgi, fahm-
farosat, xarakter, tafakkur qilish, qobiliyat va boshqa psixologik xususiyatlar
o‘quvchining rivojlanib borishi bilan o‘zgarib, takomillashib boradi. Ayniqsa bu
o‘smirlik davrida juda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
O‘sib borayotgan bolada jismonan o‘zgarishlar ham sodir bo‘lib boradi.
O‘quvchining jismonan imkoniyatlari ko‘payadi. O‘zini va jismoniy kuchini
boshqarish, tanasidagi o‘zgarishlarni kuzatish orqali, o‘zida kattalarga o‘xshash
tomonlar paydo bo‘lishini ko‘radi. Bular esa uni psixologik jihatidan kattalardek
tutishga, o‘zini ma’lum bir kasbda ko‘rishga intiltiradi. Umuman olganda
o‘quvchidagi psixologik va jismoniy tomonlar asosan uning nerv-fiziologik
tomonlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Insondagi yuz berayotgan psixologik va jismoniy
o‘zgarishlar uning miyasi bilan, psixofiziologik jarayonlar va nerv-fiziologik
jarayonlar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bularni o‘rgangan olimlar insonni kasbiga
xos tomonlarini ham ko‘rsatib berganlar. Insonni jismoniy va ruhiy sog‘ligini
o‘rgangan olimlar qatoriga I.M.Sechenov, I.P.Pavlovni ko‘rsatish mumkin. Kasb
bilan bog‘liq masalalar ko‘proq keyinchalik K.M.Gurevich nomi bilan bog‘liqdir.
K.M.Gurevich kasb masalasi bilan shug‘ullanar ekan insondagi individual–
psixologik xususiyatlarning asosida psixofiziologik jarayonlar yotishini ko‘rsatib,
I.P.Pavlov, B.M.Teplov olib brogan ishlarga suyangan holda tushuntirib berishga
intiladi.
O‘quvchilarni yoshi katta bo‘lib borgan sari undagi xarakter, odatlar
o‘zgarib boradi. Bu uning jismoniy va psixologik taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘ladi.
B.M.Teplov ko‘rsatib o‘tganidek kasb tanlashdagi insonni har xil xatti-
harakati, uning o‘ziga xosligi, uning ishonchi, qiziqishi, bilimi, layoqati, odati,
o‘ziga xosligi, uning ishonchi, qiziqishi, bilim, layoqati, odati, o‘ziga xosligi shaxs
psixologik hayoti bilan bog‘liq bo‘ladi. Insonda yuz berayotgan jarayonlarning
psixologik va fiziologik tomonlarining asosi bu u yoki darajada sodir bo‘layotgan
shartli bog‘lanishlar hisoblanadi. B.M.Teplov bir xil sharoitlarda ham insonlar bir-
biridan ajralib turishini, bilim olishida, ish bajarishdagi psixofiziologik
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
357
imkoniyatlari har xil bo‘lishini ko‘rsatib o‘tdi. Bu jarayon I.P.Pavlov tomonidan
nomlangan nerv tizimiga yoki oliy nerv faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
XULOSA
Kasb tanlashda yana shuni bilish kerakki bolalarni jismoniy tuzilishi va o‘sib
borishining evolyutsion davrlari mavjud. Shulardan kelib chiqqan holda bolalar
o‘zlari yoqtirgan kasblarni tanlab boradilar. Eng muhimi har bir shaxs tanlagan
kasblarini o‘z imkoniyatlarini, psixologik va fiziologijk salomatligiga e’tibor
bergan holda tanlasalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Maktablarda ishchi kasblar
bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Biroq, malaka, chuqur umumiy va maxsus
bilimlarga ega bo’lish uchun allaqachon boshqa darajadagi professional fikrlash
talab etiladi. Bunday o’quv yurtlarining o’quv dasturlari o’nlab ikkita fanni, o’quv
ishlari, test sinovlari va imtihonlarni o’z ichiga oladi. Ularning tayyorgarligi
darajasi yangi ish turlarini o’zlashtirishga, kasbiy jihatdan o’sishga, yangi
texnologiyalarga rioya qilishga imkon beradi. Murakkab ishlar uchun
mutaxassislar, shu jumladan mehnat jamoalarini boshqarish texnik mashg’ulotlar
tomonidan tayyorlanadi, bu erda o’qitish darajasi, mustaqil ish hajmi va
intensivligi yuqori. Bunday holda, o’qish muddati ko’payadi va qabul kirish
imtihonlari natijalariga ko’ra amalga oshiriladi. Sinf o’qitish tizimidan tashqari
ma’ruzalar, seminarlar, laboratoriya ishlari ham bo’lishi mumkin. Ish joyida
texnik maktab bitiruvchilari qaror qabul qilishda mustaqil bo’lishlari va mehnat
jamoasini boshqarish qobiliyatiga ega bo’lishlari kutilmoqda.Ayni paytda matbaa
sanoati, maishiy xizmat ko’rsatish, qurilish, tovar va oziq-ovqat mahsulotlarini
ishlab chiqarish, asbobsozlik jadal rivojlanmoqda. Mexanizm operatorlari,
frezalashgichlar va yuqori sifatli burilish mashinalari mehnat bozorida talabga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1
.F.R.Abduraxmonov,Z.E.Abduraxmonova -Kasb psixologiyasi. Toshkent-
2018
2
. 2.E.A.Klimov. “Kak vibrat professiyu” Moskva, 1990-yil.
3
.Umumiy psixologiya..G‘oziyev.Toshkent-2002
4
.Internet materiallari