Mualliflar

  • Djienbaeva Diloram Tajetdinovna

Muallif biografiyasi

  • Djienbaeva Diloram Tajetdinovna

    Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumani MMTBga qarashli 38-sonli maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123036

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: pedagogik faoliyat emotsional zo‘riqish psixodiognostika miya faoliyati depressiv xulq

Annotasiya

Annotatsiya. Emotsional holatlar boshqa ruhiy jarayonlar singari miya faoliyatining natijasi yoki mahsuli bo’lib hisoblanadi. Emotsional holatlarning yuzaga kelishiga tabiatda va jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, munosabatlar, aloqalar, taassurotlar asosiy sababchidir.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

348

SHAXSLARDA EMOTSIONAL ZO‘RIQISHNING OLDINI

OLISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI

Djienbaeva Diloram Tajetdinovna

Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumani MMTBga qarashli 38-sonli

maktab psixologi

Annotatsiya. Emotsional holatlar boshqa ruhiy jarayonlar singari miya

faoliyatining natijasi yoki mahsuli bo’lib hisoblanadi. Emotsional holatlarning

yuzaga kelishiga tabiatda va jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar,

munosabatlar, aloqalar, taassurotlar asosiy sababchidir.

Kalit so’zlar: pedagogik faoliyat, emotsional zo‘riqish, psixodiognostika,

miya faoliyati, depressiv xulq

KIRISH.

O‘zgarishlar o‘z navbatida, birinchidan, shaxs hayoti va faoliyatining

jadallashishi yoki pasayishiga, ikkinchidan, insondagi ayrim ehtiyojlarning paydo

bo‘lishiga yoki yo‘qolishiga, uchinchidan, odam ichki organlari funksional

holatlarining beqarorlashuviga olib keladi. His-tuyg‘ular uchun eng xususiyatli

fiziologik jarayonlar negizi sifatida shartsiz va shartli reflekslar xizmat qiladi va

ularning muayyan tizimi bosh miya katta yarim sharlari po‘stida yuzaga keladi

hamda shu joyda mustahkamlanadi.

Hozirgi zamonda “salomatlik” tushunchasi Butunjahon sog‘likni saqlash

tashkilotining tushunchasiga asosan, “organizmning to‘liq jismoniy, ruhiy,

jismoniy salomatligi bo‘lib, nafaqat kasalliklarning bo‘lmasligi, balki jismoniy

nuqsonlarning ham bo‘lmasligidir”. Kasallik- inson hayot faoliyatining buzilishi

bilan xarakterlanadigan holat bo‘lib, organizmning vaqtincha yoki doimiy ish

faoliyatining pasayishiga olib keladi. Albatta kasallikning kelib chiqishida

organizm holati, yoshi, yo‘ldosh kasalliklarning bor-yo‘qligi, organizmga kasallik

chaqiruvchi mikroorganizmlarning qancha miqdorda tushishi, irsiy moyillikning


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

349

bo‘lishi, organizmning reaktivligi muhim ahamiyatga ega. Albatta uzoq-umr

ko‘rishning bir qancha shartlari bor, agarda odamzot shu shartlarga rioya qilsa, o‘z

oldiga qo‘ygan oliy maqsad-uzoq umr ko‘rishga zamin yaratadi. Ular

quyidagilardan iborat:

Noto‘g‘ri ovqatlanish. Salomatlikka salbiy ta’sir etuvchi omillardan biri

noto‘g‘ri, muvofiqlashmagan va tartibsiz ovqatlanish hisoblanib, organizm normal

faoliyatining buzilishiga va turli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi

Gipodinamiya- (yunoncha-gipo-kam, past va dinamic-kuch) mushaklarining

yetarli ishlamasligi, qisqarish kuchining kamayib ketishi bo‘lib, odatda, doimo

o‘tirib ishlash, piyoda yurishni yig‘ishtirib, transportda ketish, kamharakatlik,

umuman, mushaklarga tushadigan og‘irlikning kamayib qolishi tufayli kelib

chiqadigan gipokineziya, ya’ni odam harakat faolligining kamayib ketishi bilan

birga davom etadi.

Harakat va salomatlik. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va

kasalliklarning oldini olishning asosiy yo‘li to‘g‘ri tashkil etilgan jismoniy

faollikdir. Harakat natijasida odamning turli a’zo va tizilmalarining faoliyati

me’yorlashadi, buzilgan faoliyatlari esa tiklanadi, aqliy va jismoniy mehnatga

bo‘lgan faolligi oshadi. Zararli odatlar: alkogolizm - ashaddiy ichkilikbozlik, ayrim

kishilarning o‘z salomatligi va mehnat qobiliyatiga shuningdek, jamiyat

farovonligiga zarar yetkazadigan darajada, muntazam ravishda me’yoridan

ortiqcha spirtli ichimliklar ichishi hisoblanadi. Tamaki chekish - kishi sog‘lig‘iga

jiddiy putur yetkazadigan eng zararli odatlardan biridir. Nikotin markaziy va

periferik nerv sistemasiga vaqtincha qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi, arterial qon

bosimini oshiradi, mayda tomirlarni toraytiradi; nafasni tezlashtiradi, ovqat hazm

qilish sistemasining shirasini ko‘paytiradi. Nikotin bilan birga tamaki tutunidagi

yonish mahsulotlari ham organizmni zaharlaydi. Shuning uchun chekmaydigan

kishilarning chekilgan xonada bo‘lishi ham zararlidir. Tarkibida yonish mahsuloti

bo‘lgan tutun nafasga olinganda arterial qondagi kislorodni kamaytirib yuboradi.

U bronxlarning shilliq pardasiga ta’sir ko‘rsatib surunkali bronxit va o‘pka

emfizemasiga sabab bo‘ladi. Narkomaniya-(yunoncha-narke - karaxtlik va mania -


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

350

telbalik, jahl, shod-xurramlik), bangilik, giyohvandlik-narkotik va narkotik ta’sirga

ega moddalarni suiste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallikdir. Ushbu

xastalik bilan og‘rigan kishining jismoniy va ruhiy holati xumorini bosadigan

narkotik modda iste’mol qilishiga bog‘liq. Quyidagi ikki holatda narkotik

moddalarga o‘rganib qolish mumkin:

Ruhiy-emotsional zo‘riqishlar - hozirgi davrda kishilar salomatligiga salbiy

ta’sir etuvchi asosiy omillar hisoblanadi. Odam organizmining normal faoliyati,

uning ruhiyati qay darajadaligiga bog‘liq. Ruhiyat va kayfiyatdagi har qanday

o‘zgarishlar a’zo va sistemalarning faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Odamning ruhan ezilishi, ko‘ngliga og‘ir botadigan kechinmalar va hayotdagi turli

salbiy voqealar zo‘riqishlarga olib keladi. Ruhiy-emotsional zo‘riqishlar natijasida

odamlarda gipertoniya, stenokardiya va miokard infarkti, qolaversa, ruhiy

kasalliklar, zararli odatlarga ruju qo‘yish kelib chiqadi. Ayollarda esa ruhiy-

emotsional zo‘riqishlar ayniqsa, homiladorlik davrida, uning dastlabki 3-oyida o‘ta

xavfli asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Aholi turmushining yaxshilanishi,

ijtimoiy sharoitning barqarorlashishi ruhiyemotsional zo‘riqishlarning oldini

olishning asosiy shartlaridandir.

Turmush tarzi - bu insonning aniq jamiyatda, muhitda ifodalangan hayot,

mehnat, dam olish va hokazolarini o‘z ichiga olgan tushunchadir. Uning tarkibiy

qismlariga faqat ijtimoiy-siyosiy va ishlab chiqarish faoliyatigina emas, balki

ishlab chiqarishdan tashqari vaqtdagi faolligi, ijtimoiy-madaniy faoliyati ham

kiradi. Tibbiy faollik ham uning bir turidir. Turmushda odam turli xil salbiy

taassurotlar, nojo‘ya holatlar va sharoitlarga tushib qolishi mumkin. Bular esa, o‘z

navbatida, salomatlik va turmish tarzini sog‘lomlashtirish haqida to‘la bilimga ega

bo‘lishga majbur qiladi, aholining o‘z salomatligiga bo‘lgan munosabatlarini

tarbiyalash va tibbiy bilimlarni targ‘ib qilishni taqozo etadi. Xulosa qilib aytganda,

yuqorida sanab o‘tilgan salomatlikka qarshi omillar haqida tushunchaga ega

bo‘lish, ularni bartaraf etish, har bir kishining bevosita o‘ziga bog‘liq. Buning

uchun esa sog‘lom turmush, uning tarkibiy qismlari nimalardan iboratliligi haqida

aholi orasida tushuntirish ishlari olib borish lozim. Albatta pedagogik tarbiyaning


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

351

asosiy maqsadi-nafaqat yoshlarga tarbiya berish, balki ta’lim ham berishdan ham

iboratdir.

Turmush

tarzining

nosog‘lom

bo‘lishi

ishsizlik,

kam

ta’minlanganlik,etimlilik va boshqalar) yoshlar orasida kasalliklarning tez va keng

tarqalishiga

sabab

bo‘ladi.

Yoshlar

orasida

surunkali

kasalliklar

ko‘rsatkichlarining ko‘payishi ular orasida tibbiy yordam ko‘rsatishning keng

tarmog‘li olib borish kerakligini ko‘rsatib turibdi: har bir talaba o‘z-o‘ziga yordam,

birinchi tibbiy yordamni tashkil etish, ekstremal holatlarda, favqulodda

vaziyatlarda yordam ko‘rsatishni bilishi kerak. Tabiiy, texnogen, ekologik tusdagi

favqulodda vaziyatlar yoshlar, qolaversa aholi orasida turli darajadagi

shikastlanish, jarohatlar, zaharlanish, yuqumli kasalliklarning ko‘payishiga sabab

bo‘ladi. Bu holatda har bir kishidan tezlik bilan o‘z-o‘ziga va o‘zaro yordam berish

kerakligini talab etadi.

Faqatgina aholining salomat va ma’lumotli bo‘lishigina mamlakatning

rivojlanishiga va mudofaasiga salmog‘li hissa qo‘shadi. “Stress” inglizcha so‘z

bo‘lib tanglik, zo‘riqish, bosim degan ma’nolarni anglatadi. Oddiy tilda

tushkunlikka tushish, deyiladi. Bu ba’zida oz fursat, ba’zida uzoq vaqt kechishi

mumkin. Ikkala holatda ham insonga zarar yetkazadi. Ya’ni, aqliy faoliyatning

susayishi, yurak urishi tezlashishi, qon tomirlari kengayishi, ichki kasalliklar -

oshqozonda yallig‘lanishlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Stressning salbiy

tomonlaridan yana biri miyani tormozlab, ma’nosiz fikrlaydigan darajaga tushirib

qo‘yishi mumkin. Agar odam tez-tez tushkunlikni boshidan kechirsa, atrofdagilar

bilan gaplasha olmaydigan holatga tushadi. Stress natijasida inson o‘ziga past baho

bera boshlaydi. Oqibatda o‘zini yolg‘izdek, yaqinlariga keraksizdek his qiladi.

Sekin-asta ruhiy tetiklik yo‘qola boshlaydi. Stressning ilk belgilari qanday

namoyon bo‘ladi? Uning fiziologik va psixologik turlari mavjud. Bir narsadan

qattiq qo‘rqib ketish, kutilmaganda avtohalokat yoki tabiiy ofatga uchrash,

tanasidagi birorta kasallik oqibatini bilib qolish, to‘satdan yaqin kishisini yo‘qotish

fiziologik stressni keltirib chiqaradi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

352

XULOSA

Psixologik stress - insonning emotsional holati bilan bog‘liq. Bu ko‘proq

qaynona-kelin, er-xotin yoki ona va bola o‘rtasidagi mojarolar tufayli kelib chiqadi.

Uzoq vaqt birga bo‘lgan sevgilisidan ajralish yoki to‘satdan ishdan bo‘shatilish

holatlari ham psixologik stressni keltirib chiqaradi. Har ikki holat insonni ham

tashqi qiyofasiga, ham ichki dunyosiga ta’sir ko‘rsatadi va albatta, asoratlari

bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Гайбуллаев, А. А. Психология: происхождение и структура

научного факта. Вестник интегративной психологии, 19(19), 115-119.

2.

G’aybulloyev, A. A. (2021). Sportchilarda hissiy-irodaviy sifatlar

shakllanishining psixologik mexanizmlari. Psixologiya ilmiy jurnali, 92-96.

3.

Abdurozikovna, S. D. (2014). Social intelligence: general defining

moment. Austrian Journal of Humanities and Social Sciences, (3-4), 154-155.

4.

Сабирова, Д. А. (2016). Олий таълим муассасаларида масофавий

таълимни

жорий

этиштехнологиялари.

Современное

образование

(Узбекистан),

(11), 14-20.

5.

Гайбуллаев, А. А. Психология: происхождение и структура

научного факта. Вестник интегративной психологии, 19(19), 115-119.