Mualliflar

  • Matnazarov Ametjon O'rinboyevich

Muallif biografiyasi

  • Matnazarov Ametjon O'rinboyevich

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi To'rtko'l tumani 42-maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123038

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Qiziqish o‘smir jinoyatchilik o‘z-o‘zini anglash ehtiros xarakter rivojlanish korreksiya.

Annotasiya

Annotatsiya: Qiziqish insonni harakatga undaydi. Qiziqishlari turli-tuman o‘smir o‘z tengdoshlari bilan jamiyatda o‘rnatilgan axloqiy-huquqiy talablarga qarama-qarshi bo‘lib, salbiy holatlarga beriluvchanlikni keltirib chiqaradi. Dastlab qiziqish xarakteridagi salbiy xatti-harakatlar keyinchalik uning shaxsiyatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

338

QIZIQISHLARNING BOLALAR VA O‘SMIRLARDA

JINOYATCHILIK XULQINING KELIB CHIQISHIGA TA’SIRI

Matnazarov Ametjon O'rinboyevich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi To'rtko'l tumani 42-maktab psixologi

Annotatsiya: Qiziqish insonni harakatga undaydi. Qiziqishlari turli-tuman

o‘smir o‘z tengdoshlari bilan jamiyatda o‘rnatilgan axloqiy-huquqiy talablarga

qarama-qarshi bo‘lib, salbiy holatlarga beriluvchanlikni keltirib chiqaradi.

Dastlab qiziqish xarakteridagi salbiy xatti-harakatlar keyinchalik uning

shaxsiyatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Kalit so‘zlar: Qiziqish, o‘smir, jinoyatchilik, o‘z-o‘zini anglash, ehtiros,

xarakter, rivojlanish, korreksiya.

KIRISH

Statistikaga ko‘ra, respublikada voyaga yetmaganlar tomonidan sodir

etilgan jinoyatlar soni 2018 yilda 938 tani, 2019 yilda 739 tani, 2020 yilning

birinchi yarmida 338 tani tashkil etgan.Tahlillarga ko‘ra, qotillik jinoyatlari uchun

hukm qilinganlar ko‘p hollarda nosog‘lom muhitda tarbiya topgan bo‘lib chiqadi.

Ularning 20 foizga yaqini ota-onasiz, uchdan bir qismi to‘liqsiz oilada (ota yoki

onasiz) o‘sgan.Har beshinchi holatda oilaning to‘liqsizligi ota yoki onaning

sudlangani bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Ota yoki onaning jinoyat yo‘liga kirishi

bolaning ham shu yo‘ldan borishiga turtki bo‘luvchi asosiy omillardan biri

sanaladi.O‘smirlar jinoyatchiligi ko‘pincha oiladagi muhitga bog‘liq bo‘ladi.

«Voyaga yetmaganlar jinoyatlarining aksariyati ularning ota-onadan ajralib

chiqish jarayonida sodir bo‘ladi, ya'ni o‘smirlarda mustaqil qaror qabul qilish

jarayoni boshlangan davrda. O‘smirning voyaga yetish davri 9-12 yosh va 12-16

yoshga bo‘linadi. Shu vaqtda bolada o‘ziga ishonch va hurmat shakllantirilmasa,

uning orzulari ota-ona tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa, u o‘zini hech narsaga

qodir emasdek his qila boshlaydi. Natijada bu bola dunyoga nafrat bilan ulg‘ayishi


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

339

mumkin.Agar oilada bolaning ehtiyojlari va tashvishlari bilan hech kim qiziqmasa,

unga beparvo bo‘lib, fikri e'tiborga olinmasa va unga nisbatan zo‘ravonlik

ishlatilsa, u o‘z shaxsini buzg‘unchilik va jinoyat sodir etish orqali ko‘rsatishga

harakat qiladi. Xullas, bolaga ruhiy va tan jarohati yetkazilsa, u boshqalarga

nisbatan shunday harakat qilishdan qo‘rqmay qo‘yadi.Ba'zan bir sinfdan

oliygohlarga juda kamchilik o‘qishga kiradi.

Qolganlarida esa jamiyatga kerak ekanliklari to‘g‘risida shubha paydo

bo‘lishi mumkin. Keyin ular mardikorlik yoki shunga o‘xshash mayda ishlarga

o‘zini uradi. Buning oldini olish uchun ota-ona farzandini ilm olishga

rag‘batlantirishi, o‘qishi uchun zarur sharoitni yaratib berishi kerak.

Shuningdek, ota-ona bilan ishlash, ularga bola parvarishi va tarbiyasini

o‘rgatish juda muhim. Chunki o‘smirlar jinoyatchiligi ko‘pincha uydagi muhit

bilan bog‘liq bo‘ladi», – deydi ruhshunos.Insonda o‘z xatti-harakati oqibatini

anglash 25 yoshdan keyin to‘liq shakllanadi.Voyaga yetmaganlar orasida

huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha dasturiy prinsiplarga ko‘ra, o‘smir bolalar

tarbiyasi va himoyasi bilan nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari, balki oila,

ijtimoiy institutlar, maktab, mahalla va yoshlar tashkilotlari ham shug‘ullanishi

kerak.

Xalqaro tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, bolada o‘z xatti-harakati oqibatini

bilish 25 yoshdan keyin to‘liq rivojlanadi. Jinoyat sodir etgan o‘smirlarning 80

foizida ular ulg‘aygach ijobiy xarakter shakllanib, jinoyat yo‘lini tark etishgan.

YUNISEF yangi yondashuvni taklif etmoqda

Bosh prokuratura va uning huzuridagi akademiya YUNISEF ko‘magida

mahalliy hokimliklar bilan birga jinoyat sodir etgan bolalar bilan alohida

yondashuv asosida ishlash loyihasini amalga oshirmoqda. Unda turli tashkilotlar

vakillaridan iborat 10 nafar professionallar jamoasi faoliyat olib bormoqda. Ular

qatoriga Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya kotibi,

koordinator, ijtimoiy xodimlar, mutaxassislar, o‘qituvchilar, fasilitatorlar,

shuningdek, Yoshlar ittifoqi va mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari kiritilgan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

340

Loyiha doirasida uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar (o‘g‘rilik, bezorilik, tan

jarohati yetkazish, talonchilik) sodir etgan 14–18 yoshli bolalar hamda ma'muriy

huquqbuzarliklar (yengil tan jarohati, mayda bezorilik, mayda o‘g‘rilik) sodir

etgan 16–18 yoshli bolalar komissiya tasarrufiga yuboriladi. So‘ngra jamoa a'zolari

bolalar va ularning oilalari ehtiyojlarini aniqlaydilar, o‘smirlarning huquqbuzarlik

xulqini o‘zgartirish uchun individual chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, uni

amalga oshiradilar.

«Asosiy shart – bola o‘z xatosini tushunib yetishi»

Loyiha doirasida ish olib borayotgan ijtimoiy xodim Madina Gobozova bu

faoliyatning ijobiy jihatlariga to‘xtaldi.«

Ushbu yangi yondashuv sababli bolalarga

nisbatan munosabat umuman boshqacha bo‘ladi. Asosiy shartlardan biri bolaning

o‘z xatosini tushunib yetishi va uni tuzatishga rozi bo‘lishidir. Keyin bolaning o‘zi

bilan birgalikda reja ishlab chiqib, uni amalga oshirishga oila a'zolarini ham jalb

qilamiz

» – deydi Madina Gobozova.«O‘smir bilan ishlovchi tergovchi va sudyalar

o‘smir psixologiyasini bilishi kerak”Advokat Abdumalik Abdullayev voyaga

yetmaganlar uchun alohida sud tashkil qilinishi talablari qanday bo‘lishini

izohladi.«

Voyaga yetmaganlar uchun alohida sud tizimi bo‘lishi kerak deb

hisoblayman. Bunda sudya, tergovchi va advokatdan bolalar bilan ishlash

borasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab qilinadi.Voyaga

yetmaganlar tomonidan sodir etilgan barcha jinoyat turlari bilan faqatgina

huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari shug‘ullanishi to‘g‘ri emas.

Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib, ma'lum bir toifadagi

mutaxassislar ham jalb qilinishi qonunchilikda ma'lum mezonlar bilan belgilab

qo‘yilishi kerak.Voyaga yetmaganlar ishini ko‘rib chiqadigan sudyalarga

psixologiya fanini o‘rganish talabi qo‘yilishi kerak, deb hisoblayman. Hozirda

voyaga yetmagan shaxs ishini ko‘rib chiqadigan sudyalar o‘smirlar bilan muloqot

qilishga tayyor emas. Ular psixologik testlardan o‘tganlaridan keyin voyaga

yetmaganlarning ishi bilan shug‘ullanishi mumkin, deb o‘ylayman

» – deya

o‘smirlar sudi tashkil etilishining muhimligini asosladi advokat.Qiziqish shaxsning

muhim psixologik jabhalaridan biri hisoblanib, unda insonning individual


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

341

xususiyati bеvosita mujassamlashadi. Qiziqish - insonlarning dunyoqarashi,

e’tiqodlari, idеallari, ya’ni uning oliy maqsadlari, ezgu niyatlari, orzu-umidlari

bilan bеvosita muhim rol o‘ynaydi hamda ularning muvaffaqiyatli kеchishini

ta’minlash uchun xizmat qiladi.Qiziqish bilimlarni ongli, puxta, barqaror, anglagan

holda o‘zlashtirishda, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda, shaxs qobilyati,

zеhni, o‘quvchanligini rivojtirishga, olamni mukammalroq tushunishga, bilim

saviyasining kеngayishiga yordam bеradi.Qiziqishlarning bolalar va o‘smirlarda

jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga ta’siri mavjud ekanligini o‘smirlik

sublimatsiyasining noto‘g’ri yo‘naltirilganligi bilan izohlaymiz. Qiziqish insonni

harakatga undaydi.

Qiziqishlari turli-tuman o‘smir o‘z tengdoshlari bilan jamiyatda o‘rnatilgan

axloqiy-huquqiy

talablarga

qarama-qarshi

bo‘lib,

salbiy

holatlarga

beriluvchanlikni keltirib chiqaradi. Dastlab qiziqish xarakteridagi salbiy xatti-

harakatlar keyinchalik uning shaxsiyatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin.Qiziqishlar

to‘g‘ri tarbiyalansa, ular o‘smirlarning qobiliyatlari va mayllarining rivojlanishiga

jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘quvchining bilimlari chuqurlashib boradi, u

fanlarni o‘rgana boshlaydi, unda ayrim o‘quv predmetlariga, san’atga, sportning

qaysidir turiga zo‘r qiziqish ortadi. O‘smir juda ko‘p narsalarga; sport, turizm,

kino-teatr, badiiy havaskorlik kabi turli yo’nalishlarga qiziqadi. Ko‘p hollarda bu

qiziqishlar ehtiros xarakteriga ega bo‘ladi. Kun tartibi to‘g‘ri tashkil qilinsa, vaqt

to‘gri taqqoslansa, o‘smir yaxshi o‘qish, maktabdan tashqari xilma-xilishlar bilan

shug‘ullanishi va o‘yin-kulgu uchun yetarli vaqt topa olishi mumkin. Ilk yigitlik

bo‘sag‘asida turgan o‘smirlar uchun kishilarning histuyg‘ulari, kechinmalariga va

ayniqsa, o‘zining ichki dunyosiga, o‘zinio‘zi analiz qilishga moyillik xarakterlidir.

O‘z-o‘zini anglashning - bu o‘zini o‘zi tanish, sifat va kamchiliklarini, o‘z qobiliyat

va imkoniyatlarini bilib olish, o‘z xatti-harakatlari haqida hisob berish ehtiyojidir.

O‘z-o‘zini anglashningeng yuqori darajasi o‘zining hayotdagi o‘rnini aniq tasavvur

qilish, o‘zini shaxs sifatida anglab olishdir. Dastlabki paytlarda uning o‘zi haqidagi

fikrlari ko‘p jihatdan boshqa kishilarning u haqidagi fikrlaridan iborat bo‘ladi.

“O‘z xarakter hislatlaring haqida sen qayerdan bilasan” - degan savolga o‘smirlar


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

342

to‘g‘ridan-to‘g‘ri otaonalari,o‘qituvchilari, o‘rtoqlaridan bilib olganlarini

aytadilar, ammo keyinchalik buni o‘zlari seza boshlaydilar.

Lekin har qalay, o‘zlaridan ko‘ra boshqa kishilarni oldinroq baholay

boshlaydilar.Ular o‘z fikrlarini g‘olib chiqishini xohlashadilar. O‘smirlar boshqa

kishilarni baholashda bazan shoshma-shosharlik qilib, qat’iy fikr yuritishga yo‘l

qo‘yib qo‘yadilar. Masalan: ular ko‘pincha kishilarni faqat ayrim xatti-harakatlari

va ayrim sifatlariga qarab baholaydilar. Bu bahoni esa butun bir shaxsga nisbatan

tadbiq qiladilar. Natijada kishining qadr-qimmati uning ijobiy va salbiy sifatlari

haqida ko‘pincha noto‘g‘ri xulosa chiqaradilar. Ularning o‘z-o‘ziga baho berishi

ham har doim xolis bo‘lavermaydi. Masalan: ular o‘rtoqlaring qo‘polligi

gapiradilar-u, ammo buni o‘zlarida sezmaydilar. Hamma o‘smirlarham o‘z-o‘zini

tanqid qilish, o‘z xatolarini vijdonan va ro‘yi-rost bo‘yniga olishni uddasidan

chiqavermaydi.

O‘smir atrofdagilarning unga bergan bahosiga nisbatan sezgir bo‘ladi. Uning

kayfiyatidagi ranjishsababi ana shunda. Tasodifiy muvaffaqiyat yoki kattalarning

maqtab qo‘yishi, o‘smirlarni o‘ziga ortiqcha baho berishiga, o‘ziga haddan tashqari

ishonuvchanlikka, maqtanchoqlikka olib keladi. Hatto vaqtincha, tasodifiy

muvaffaqqiyatsizlik o‘smirda o‘z kuchiga ishonmaslik ishonchsizlik uyg‘otish,

qo‘rqoqlik, jur’atsizlik va uyatchanlik hissini oshirib yuborish mumkin.Shu

xususiyatlar natijasida unda kelib chiqadigan qiziqishlar salbiy xulqiy

og’ishishlarga, turli jinoiy xatti-harakatlarga olib kelishi mumkin.Shuning uchun

ota-ona yoki o‘qituvchi o‘smirlar bilan bo‘ladigan munosabatda alohida e’tiborli

va nazokatli bo‘lishi zarur.

O‘smirlik yoshida zaif, mustaqil emas, kichkina deb nom chiqarishninig

qo‘rqish xavfi kuchayadi.U o‘zining mustaqilligini ko‘rsatish uchun, o‘zining

nohaqligini tushunib tursa ham, ko‘pincha qaysarlik va qo‘pollik qilaveradi.

Muomalada dag‘allik, talabchanlikva hurmatsizlik o‘quvchiga yosh bolalarga

bo‘lganday muomalada bo‘lish ular yaxshi tushunaman deb hisoblagan misollar

bo‘yicha o‘zlarining mustaqil fikirlarini aytish huquqini mensimaslik ularning

yuqori natijalarga erishishdagi kuch va imkoniyatlariga shubhalanish kabi


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

343

hodisalar, odatda o‘smirda norozilik yoki aniq ifodalangan boshqa bir salbiy

harakatlarni hosil qiladi.

XULOSA

O‘smirlar o‘z-o‘zini tarbiyalashga zarurat sezadilar buni ulardan

onglilikning o‘sishi, kattalarga o‘xshashga intilishlari bilan tushuntirish mumkin.

Ular ma’lum darajada o‘zini ishontirish, o‘ziga buyruq berish, o‘zini nazorat qilish

kabi o‘z-o‘zini tarbiyalash vositalariga egadirlar. Ular ayniqsa, jismoniy va iroda

sifatlarini o‘stirishga harakat qiladilar. O‘smirlikda bolalarda burch va javobgarlik

tuyg‘ulari yetarli darajada o‘sgan bo‘ladi.Bolalar o‘zlari ongli ravishda tanlagan

ma’lum maqsadga erishish uchun ish-harakatlar qilishga qobil bo‘lib qoladilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Шарафитдинов А. и др. Проблема застенчивости у ребенка и

ее устранение //Образование и воспитание. –2020. –No. 2. –С. 64-66.

2.

Шарафитдинов А. и др. Формирование у учеников чувства

общности

/Образование и воспитание. –2020. –No. 2. –С. 66-67

3.

6.МаджидовДж Б, Маджидова В, ШарофиддиновА. Социальный

интеллект как совокупность способностей, обеспечивающих адаптацию

личности в обществе.

страницы: 22-24 источник: актуальные вопросы

современной психологии материалы международной научной конференции.

2017

4.

7.Sharaffitdinov, A., &Yusupov, U. (2022). The opportunities of

educating

morality

for

children

through

samples

of

folklore.

EurasianScientificHerald, 5, 65-68.

5.

Internet materiallari