Mualliflar

  • Abdullayeva Saodat Mengbayevna

Muallif biografiyasi

  • Abdullayeva Saodat Mengbayevna

    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti assistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123051

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Konstruktiv yondashuv kompetensiyaviy yondashuv innovatsion metodlar ta’lim texnologiyasi.

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘quv mashg‘ulotini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan rejalashtirish va loyihalash jarayonlari yoritilgan. Pedagogik faoliyatda darsni puxta rejalashtirish o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada o‘quv maqsadlarini aniqlash, metodlarni tanlash, ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, baholash mezonlarini belgilash hamda o‘quv muhitini tashkil etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilarga dars jarayonini tizimli, samarali va natijadorlikka yo‘naltirilgan tarzda olib borishda amaliy yordam beradi.

background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

267

O‘QUV MASHG‘ULOTINI REJALASHTIRISH VA

LOYIHALASHTIRISH

Abdullayeva Saodat Mengbayevna

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti assistenti

Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘quv mashg‘ulotini samarali tashkil etish

uchun zarur bo‘lgan rejalashtirish va loyihalash jarayonlari yoritilgan. Pedagogik

faoliyatda darsni puxta rejalashtirish o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va

malakalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada o‘quv maqsadlarini

aniqlash, metodlarni tanlash, ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, baholash

mezonlarini belgilash hamda o‘quv muhitini tashkil etish kabi masalalarga

alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilarga dars jarayonini

tizimli, samarali va natijadorlikka yo‘naltirilgan tarzda olib borishda amaliy

yordam beradi.

Kalit so‘zlar: Konstruktiv yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv,

innovatsion metodlar, ta’lim texnologiyasi

.

Kirish.

Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchi faqatgina bilim beruvchi

emas, balki o‘quvchilarning intellektual, axloqiy va ijtimoiy rivojlanishiga

rahbarlik qiluvchi muhim shaxsdir. Shu boisdan ham har bir darsni samarali tashkil

etish o‘qituvchidan yuqori darajadagi rejalashtirish va loyihalash ko‘nikmalarini

talab etadi. O‘quv mashg‘ulotini rejalashtirish bu – o‘qituvchining o‘quv

maqsadlariga muvofiq holda darsni qanday tashkil etish, qanday vosita va

usullardan foydalanish, qanday natijaga erishish rejalashtirilganligini ko‘rsatuvchi

jarayondir. Ushbu maqolada aynan shu jihatlar atroflicha tahlil qilinadi.

XXI asrga kelib fan-texnologiya rivojlanishi natijasida axborotlar oqimi

ortib bormoqda. Bu esa mehnat va xizmatlar bozorida faoliyat yuritayotgan har bir

xodimdan bilimlarini qisqa vaqt ichida yangilash, kundalik yangiliklardan

xabardor bo‘lish, o‘z vaqtida shaxsiy kamolot va kasbiy faoliyati uchun zarur


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

268

bo‘lgan jihatlarni o‘zlashtirib borishni taqozo etadi. Aks holda qaysi kasb egasi

bo‘lishidan qat’iy nazar, u o‘zining mehnat va xizmatlar bozoridagi o‘rnini

yo‘qotib qo‘yishi mumkin.

Hozirgi kunda har bir o‘quv fani bo‘yicha texnologiyalar ishlab chiqish

ta’lim jarayonini tashkil qilish maqsadiga erishishda alohida o‘rin tutadi. Barcha

o‘quv fanlari qatori matematika fanlari bo‘yicha ta’lim texnologiyalarini

quyidagilarga asoslangan holda ishlab chiqish maqsadga muvofiq:

1.Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish qoidalarini aniqlash.

2. Ta’lim maqsadini belgilash, ya’ni o‘quv fanining tuzilishi va

mazmunini aniqlash.

3. O‘quv axborotining hajmi va murakkabligini aniqlash.

Zamonaviy

ta’limda

har

bir

o‘quv

mashg‘ulotini

oldindan

rejalashtirish

va

loyihalashtirish

muhim

hisoblanib,

uni

amalga

oshirishda quyidagi qoidalarga (zamonaviy ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishda

o‘qituvchi faoliyatining ketma-ketligi) amal qilish talab etiladi:

ta’lim jarayonini rejalashtirish;

ta’lim jarayonini loyihalashtirish;.

talabalar

bilan

hamkorlikdagi

faoliyatni

amalga

oshirish

bosqichlarini aniqlash;

ta’lim jarayonining tashkiliy-didaktik ta’minotini ishlab chiqish.

Zamonaviy ta’limda har bir o‘quv mashg‘ulotini rejalashtirish va

loyihalashtirishda ta’lim texnologiyasi modeli muhim o‘rin tutadi. Rejalashtirish,

ya’ni istiqboldagi istalayotgan modelni yaratish – loyihalashtirish bilan

qiyoslanganda bu juz’iyroq tushuncha hisoblanadi.

Kutilayotgan natijalarga erishish maqsadida o‘qituvchi tomonidan

jarayonga tayyorgarlik ko‘rish, ya’ni ta’lim shakllari, vositalari, metodlari,

texnologiyalarini oldindan to‘g‘ri tanlash yuzasidan to‘la tasavvurga ega bo‘lish

jarayoni – o‘quv mashg‘ulotini

rejalashtirish

deb yuritilib, u quyidagi bosqichlarni

o‘z ichiga oladi: butun ta’lim davri; o‘quv yili; semestrlar (choraklar bo‘yicha);

oylik; haftalik; kunlik va bir soatlik nazariy yoki amaliy o‘quv mashg‘uloti


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

269

bo‘yicha.

Ta’lim jarayonini oldindan rejalashtirish esa quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

ta’lim maqsadalarini aniqlash, ya’ni “Nima uchun o‘qitiladi?” degan savol haqida

oldindan to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi; o‘rganiladigan nazariy yoki amaliy

material mazmuni, ya’ni “Nima o‘rganiladi?” degan savolga oldindan javob bera

olishi; rejalashtirilgan ta’lim mazmunini yetarli darajada egallash orqali ta’lim

maqsadlariga erishish uchun ta’lim metodlarini tanlash, ya’ni “Qanday o‘qitish

kerak?”ligi haqida tasavvurlarga ega bo‘lishi; ta’lim maqsadlariga erishishda kerak

bo‘ladigan ta’lim vositalari, ya’ni “Nima yordamida o‘qitish zarur” ekanligi haqida

tasavvurlarga ega bo‘lishi; ta’lim maqsadlariga erishishni ta’minlashni tashkil

etish, ya’ni “Qanday amalga oshirish maqsadga muvofiq?”ligi haqida to‘la

tasavvurga ega bo‘lishi; ta’lim jarayonida erishilgan natijalar, ya’ni oldindan

belgilangan maqsadlarga erishildimi yoki yo‘qmi – uni aniqlash bo‘yicha to‘la

tassavurlarga ega bo‘lishlari talab etiladi.

O‘quv mashg‘ulotini rejalashtirish quyidagi asosiy savollarga javob

berishga yordam beradi:

o

Darsning maqsadi nima?

o

O‘quvchilar nimani o‘rganishlari kerak?

o

Qanday metod va vositalar ishlatiladi?

o

Dars qanday bosqichlardan iborat bo‘ladi?

o

Baholash qanday amalga oshiriladi?

Darsni rejalashtirish o‘qituvchiga o‘z faoliyatini aniq yo‘naltirish, vaqtni

tejamli taqsimlash va darsni yuqori samaradorlik bilan o‘tkazishga imkon yaratadi.

Dars loyihasining tuzilishi.

Har qanday o‘quv mashg‘uloti uchun dars

loyihasi (konspekt) quyidagi asosiy qismlardan iborat bo‘lishi kerak:

1.Mavzu nomi

2.Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalish

3.Darsning turi

(yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi, umumlashtiruvchi,

aralash va h.k.)

4.Darsning maqsadlari

(ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi)


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

270

5.Kutilayotgan natijalar

6.Kerakli vositalar va jihozlar

7.Darsning metod va usullari

8.Darsning borishi

(bosqichlari: kirish, asosiy qism, yakun)

9.Baholash mezonlari

10.Uyga vazifa

O‘quv mashg‘ulotini loyihalashda zamonaviy yondashuvlar.

Zamonaviy

ta’lim texnologiyalari darsni loyihalashda quyidagi tamoyillarni hisobga olishni

tavsiya etadi:

o

Konstruktiv yondashuv

: o‘quvchi darsda faol ishtirok etadi, bilimlarni

mustaqil izlaydi.

o

Kompetensiyaviy yondashuv

: bilim emas, balki amaliyotda qo‘llashga qodir

kompetensiyalar shakllantiriladi.

o

Innovatsion metodlar

: klaster, aqliy hujum, keys-stadi, loyihaviy metod,

AKTdan foydalanish.

o

Baholashning shakllari

: reyting, rubrik, o‘zaro baholash, refleksiya.

O‘qituvchining rejalashtirishdagi roli.

O‘qituvchi:

o

o‘quvchilarning bilim darajasini hisobga oladi;

o

o‘quvchilarning faoliyatini oldindan taxmin qiladi;

o

mos metodlarni tanlaydi;

o

o‘quv muhiti va motivatsiyani yaratadi;

o

darsni baholash va tahlil qilishni amalga oshiradi.

Darsga tayyorgarlik ko‘rmagan o‘qituvchi darsni samarali o‘tkaza olmaydi.

Shuning uchun har bir dars oldidan chuqur rejalashtirish – ta’lim sifatining

kafolatidir.

Hozirgi kunda mamlakatimiz ta’lim tizimiga zamonaviy pedagogik va

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish davr talabi bo‘lib

qolmoqda. Bu o‘z navbatida, ta’lim jarayonini oldindan loyihalashtirishni amalga

oshira oladigan, texnologik bilimlar tizimiga ega bo‘lgan zamonaviy

o‘qituvchilarga bo‘lgan talabni oshiradi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

271

Ta’limga texnologik yondashish – bu ma’lumot va ta’lim mazmunini

atroflicha tahlil qilish yo‘li bilan o‘quv-tarbiya jarayonining umumiy, xususiy

maqsadlarini tahlil qilish, o‘qituvchi va talaba maqsadlarining birlashgan

nuqtalarida

(o‘qitish

va

o‘qish

maqsadlari)

ta’lim

nazariyasi

asosida ta’lim jarayonini loyihalash va amalga oshirish yo‘llari orqali ko‘zlangan

maqsadga erishishdir.

O‘quv faoliyatida oldindan kutilayotgan natijalar – bu o‘qitish natijasida

ta’lim oluvchi egallashi va bajarishi lozim bo‘lgan harakatlar bo‘lib, erishilgan

natijalarni ob’ektiv baholash va belgilangan maqsadga mosligini aniqlash imkonini

beradi. Bunda: ta’lim oluvchining dastlabki bilimlari aniqlanadi, o‘quv

mashg‘ulotlari loyihalari tuzib chiqiladi, teskari aloqani yo‘lga qo‘yadi, ta’lim

vositalari, ya’ni tezkor so‘rov, savol-javob, o‘quv topshirig‘i natijalari taqdimotini

baholashni aniqlaydi, loyihaviy faoliyat natijasini jadval ko‘rinishda, ya’ni o‘quv

jarayoni

innovatsion

ta’lim

texnologiyasi

modeli

ko‘rinishida

rasmiylashtiradi.

O‘quv mashg‘uloti texnologik xaritasi – ta’lim texnologiyasi

tuzilishining jarayonli, ya’ni protsessual bayoni aks etgan hujjat bo‘lib, u o‘quv

mashg‘ulotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, bosqichma-

bosqich amalga oshiriladigan faoliyat ketma-ketligining mazmunini yoritib beradi.

o‘quv jarayonining tashkiliy-didaktik ta’minotini ishlab chiqadi va uni

texnologik xaritaga ilova ko‘rinishida rasmiylashtiradi.

Texnologik xaritaga ilova o‘z ichiga quyidagilarni oladi: ta’lim oluvchilar

tomonidan bilim olishni faollashtirish maqsadida qo‘llaniladigan test va savollar

ro‘yxati, guruhlarda ishlash uchun yo‘riqnoma, o‘quv faoliyati natijasida ta’lim

oluvchilar tayanishi mumkin bo‘lgan tushuncha va qoidalar. Masalan, “Fikriy

hujum”, “Yalpi fikriy hujum”, “Fikrlarning shiddatli hujumi”, “6x6x6”, “Klaster”,

“Qarorlar shajarasi” (“Qarorlar qabul qilish texnologiyasi”), “Tajriba vositasida

o‘qitish sikli” (D.Kolb g‘oyasi), “Qora quti”, “Venn diagrammasi” usullari, “Zig-

zag”, “Insert” strategiyalari, “Rolli hamda ishbop o‘yinlar” bo‘lishi mumkin.

O‘qituvchi tomonidan o‘quv jarayonida foydalaniladigan kompyuter,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

272

multimedia, yozuv doskasi, slayd, jadval hamda boshqa vizual materiallar,

munozara o‘tkazish uchun qo‘shimcha savollar, ta’lim oluvchilar faoliyatini

baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari. Ta’lim texnologiyasining innovatsion

modelini shakllantirishda fanlarni o‘qitishning an’anaviy va shaxsga yo‘naltirilgan

texnologiyalari asosiy o‘rinni egallaydi. Ilm-texnika taraqqiyoti jadallashgan

hozirgi davrda samaradorlik, asosan, ta’lim oluvchining o‘qitish jarayonidagi

o‘rni, o‘qituvchining unga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi.

Xulosa.

O‘quv mashg‘ulotini rejalashtirish va loyihalash pedagogik

mahoratning ajralmas qismi bo‘lib, ta’lim jarayonining sifat va natijadorligini

belgilovchi muhim omildir. Zamonaviy ta’lim talablariga javob beruvchi darslarni

tashkil etish uchun o‘qituvchi har bir bosqichni puxta o‘ylab, yangicha

yondashuvlarni qo‘llashi lozim. Faqat shundagina o‘quvchilarda mustahkam bilim,

amaliy ko‘nikma va ijodiy fikrlash rivojlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdullayeva S.M. “Pedagogik texnologiyalar asosida o‘quvchilarning

axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish”. “Ustozlar uchun”. 68-son

1 –to’plam Mart 2025

2.Abdullayeva S.M. “O‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash

kompetensiyasini rivojlantirish”. Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy

axborotlari ilmiy-nazariy jurnali 2022. 2

3.Abdullayeva S.M. “Ta'limda zamonaviy axborot texnologiyasidan

foydalanish”. Modern education and development. Часть–4_ Апрель –2025.

4. Abdullayeva S.M. “5-6-sinf o‘quvchilarining axborotlar bilan ishlash

kompetensiyasini rivojlantirish metodikasining ayrim jihatlari”. Toshkent davlat

pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali 2022.3

5. Abdullayeva S.M. “Ta’lim texnologiyasini yangilash - zamon talabi”.

Pedagogika, 2023, 4-son.

6.Abdullayeva S.M. O‘quv faoliyatida axborot texnologiyalaridan

foydalanish. Лучшие интеллектуальные исследование международный


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

273

научный электронный журнал, ЧАСТЬ-9 ТОМ-2, Ноябрь - 2023 год

7.Izetaeva G.K. Matematik fanlarni modulli texnologiya asosida

o‘qitishning nazariyasi va amaliyoti // Monografiya. – T.: Fan va texnologiya, 2013

8.Siddiqov Z.X. Matematik modellashtirishning nazariyasi va amaliyoti //

Monografiya. –T.: Navro‘z, 2017

9.Tojiev M., Ziyomuhamedov B., Usmonov B.SH., Xurramov A.J.

O‘qituvchi faoliyatini loyihalash // Monografiya. – T.: TURON-IQBOL, 2017

10.M.Tojiev, M.Barakaev, G.Izetaeva, D.Turdiboev.Uzluksiz ta’lim

tizimida

o‘quv fanlarining modulli o‘qitish metodikasi va amaliyoti // Monografiya.

– T.: Turon iqbol. 2017.