Mualliflar

  • Yusupova Moxiniso Mengirovna

Muallif biografiyasi

  • Yusupova Moxiniso Mengirovna

    Qashqadaryo viloyati Gʼuzor tumani MMTBga qarashli  28-maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123052

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: kasb-hunarga yo‘naltirish kasb tanlash o‘quvchi qiziqishi mehnat tarbiyasi psixologik yondashuv ijtimoiy omillar kasbiy maslahat ta’lim tizimi innovatsion texnologiyalar.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishning dolzarb jihatlari, ta’lim-tarbiya jarayonida ushbu yo‘nalishning tutgan o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Kasb tanlash jarayonida oilaning, maktabning, pedagoglarning hamda ijtimoiy omillarning roli tahlil qilingan. Maqolada kasbiy yo‘naltirishning bosqichlari, metod va usullari, ayniqsa umumta’lim muassasalarida samarali kasbiy maslahat berish amaliyoti yoritilib, o‘quvchilarni mehnatga, tadbirkorlikka, ishlab chiqarishga va zamonaviy kasblarga yo‘naltirishda yangi yondashuvlar asosida tavsiyalar berilgan. Shuningdek, kasbiy o‘zini anglash, qiziqish va qobiliyatlarni aniqlash mexanizmlari, kasb tanlashdagi psixologik omillar va innovatsion texnologiyalarning o‘rni ochib berilgan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

262

KASB-HUNARGA YO`NALTIRISH

Yusupova Moxiniso Mengirovna

Qashqadaryo viloyati Gʼuzor tumani MMTBga qarashli 28-maktab psixologi

Annotatsiya: Mazkur maqolada yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishning

dolzarb jihatlari, ta’lim-tarbiya jarayonida ushbu yo‘nalishning tutgan o‘rni va

ahamiyati yoritilgan. Kasb tanlash jarayonida oilaning, maktabning,

pedagoglarning hamda ijtimoiy omillarning roli tahlil qilingan. Maqolada kasbiy

yo‘naltirishning bosqichlari, metod va usullari, ayniqsa umumta’lim

muassasalarida samarali kasbiy maslahat berish amaliyoti yoritilib, o‘quvchilarni

mehnatga, tadbirkorlikka, ishlab chiqarishga va zamonaviy kasblarga

yo‘naltirishda yangi yondashuvlar asosida tavsiyalar berilgan. Shuningdek, kasbiy

o‘zini anglash, qiziqish va qobiliyatlarni aniqlash mexanizmlari, kasb tanlashdagi

psixologik omillar va innovatsion texnologiyalarning o‘rni ochib berilgan.

Kalit so‘zlar: kasb-hunarga yo‘naltirish, kasb tanlash, o‘quvchi qiziqishi,

mehnat tarbiyasi, psixologik yondashuv, ijtimoiy omillar, kasbiy maslahat, ta’lim

tizimi, innovatsion texnologiyalar.

Shaxsning ma’lum bir kasbiy faoliyat yo’nalishiga moyilligini aniqlashdir.

Ushbu amaliyot har bir bola iste’dodli va ma’lum bir sohada o’z iste’dodini tatbiq

eta oladi degan fikrga asoslanadi. Kasbga yo’naltirishning turli xil usullari mavjud

— kelajakdagi kasbni tanlashda duch keladigan o’spirin bilan, uning qiziqishlari

va sevimli mashg’ulotlarini muhokama qiladigan mutaxassislar bilan suhbatlar,

shuningdek, standartlashtirilgan usullar mavjud, ularning natijalari kuchli va zaif

tomonlarini tushunishga imkon beradi. Ulardan biri testni to’ldirishni o’z ichiga

olgan «Harrisonn assessment» usuli bo’lib, uning natijalari talabaning rivojlangan

fazilatlarini, shuningdek o’sish zonalarini ochib beradi. Ushbu amaliyot

shuningdek, farzandingizga ushbu texnikaning natijalarini tushunishda yordam

beradigan va rivojlanish rejasini tuzishda yordam beragigan psixolog konsultant


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

263

bilan suhbatni o’z ichiga oladi Kasbga yo’naltirish usuli nima uchun

kerak?Albatta, ba’zi ota-onalar farzandlariga qaysi universitetga o’qishga kirishni,

qaysi mutaxassislikda ta’lim olishni o’zi hal qilishadi, lekin ota-onaning bunday

qarori har doim ham amalga oshmasligi mumkin, chunki kelajak kasbi bo’yicha

hali aniq bir qarorga kelmagan bola bu mutaxassislikka umuman qiziqmasligini

tushunib, o’qishni davom ettirishni istamasligi mumkin.

Kasbga yo’naltirish usulidan foydalanish esa bunday vaziyat duchor

bo’lmaslikga hamda oilaviy byudjetni tejashga va o’qitishga sarflanadigan vaqtni

tejashga yordam beradi. Bolaning shaxsiy fazilatlari va qobiliyatlariga asoslangan

«Harrison assessment» kasbga yo’naltirish usuli sizning farzandingiz uchun eng

maqbul kasblar ro’yxatini taklif etadi. O`quvchi yoshlarni kasb-hunarga

yo`naltirish jarayoni tashkiliy jihatdan ko`proq pedagogik ;harakterga ega

bo`lsada,u mazmunan psixologik mohiyatga ega. Bu yo`nalish pedagogik

faoliyatning ajralmas qismi bo’lib, bu jarayon oiladan, maktabgacha ta’lim

muassasalaridan boshlanib, umumta`lim maktablarida davom etadi. O’z vaqtida

kasbga yo’naltirish o’quvchining hayotdagi o’rnini yaxshiroq egallashida

muhimdir. Psixologik diagnostika va pedagogik tashxis ishlari ham ushbu soha

bilan shug’ullanadi.

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunida endilikda

bizga faqatgina har tomonlama rivojlangan bola bo’libgina qolmasdan, balki har

tomonlama sog’lom, aqlan rivojlangan bolani tarbiyalashda va unga bilim berish

va kamolga yetkazishda har bir insonning asosiy burchi ekanligi uqtiriladi.

O’qituvchining mahorati o’quvchilarning hayotda o’z o’rnini topishlarida, kerakli

mutaxassis, jamiyatning intellektual salohiyatli kadrlari bo’lib yetishishlarida,

ularning kasbiy madaniyatini shakllantirishda va kasb-hunarga yo’naltirishda

muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun o’qituvchilar shaxsiy va kasbiy,

umummadaniy, maxsus kompetensiyaga ega bo’lishlari, shaxsiy-kasbiy sifatlarni

rivojlantirishlari, o’z ustilarida doimiy ishlashlari, pedagogik qobiliyat va

pedagogik

texnikani,

pedagogik

mahorat

hamda

insonparvarlikni

takomillashtirishlari talab etiladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

264

Kasb-hunar tanlashda maqsadning to’g’ri qo’yilishi yarim g’alabadir. Bu

g’alabani yuzaga chiqarishdagi qo’llanilgan vositalar, metodlar samaraliligi,

sinovdan o’tgan bo’lishi ayni muddaodir. Kasbga oid ma’lumotlarni tahlil qilish,

natijalarni solishtirtsh, birlashtirish, o’quvchining kasbiy axborot bazasini

boyitishda qo’llanilgan filmlar, innovatsion yangiliklar vaziyatni baholay olishga

yordam beradi. Shuningdek, tasavvur, qiziqish, ehtiyoj, qobiliyat, bilim, ko’nikma,

odatlar bilan uzviy bog’laydi. Hozirgi kunda kasb-hunarga bag’ishlangan

targ’ibot-tashviqot ishlari, kasbiy bilim va ta’limga yo’naltirilib, o’quvchilarning

fikrlarini, ota-onalarning hamkorligini seminar treninglar, ma’ruzalar va suhbatlar

uyushtirish, kasb-hunarning ijtimoiy ahamiyatini yoritish, anjuman, radio va

teleko’rsatuvlarda chiqishlar, qiziqish va havaslarini orttirish individual

muloqotlarni uyushtirishdan, mazmunli tashkil etishdan iboratdir. Bunda

psixologik xizmatni keng tadbiq qilish, o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish

kasbiy o`zlikni anglash,kasb-hunarga yo`naltirish jarayonining tarkibiga singib

ketgan komponent sifatida maqsadga yo`naltitiruvchi,kuchaytiruvchi,korreksiya

qiluvchi,ya`ni oqimi hususiyatlarini belgilab beruvchi omil hisoblanadi.

O`quvchilarni ongli kasb-hunar tanlashiga ta`sir etruvchi omillar-uning

individual –tipologik hususiyatlari yoki ichki imkoniyatlari va ehtiyojlari

hisoblanadi.Bundan tashqari,o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirishda kasbiy

o`zlikni anglashning nomoyonligi ichki pozitsiyaning shakllanish qonunyatiga

asoslanadi.Ichki pozitsiya o`z-o`zidan emas,balki sub`ektning tashqi muhit bilan

uzluksiz aloqada bo`lishi va tashqi muhitning unga ta`sir etishi jarayonida

shakllanadi. "Men kimman? Men qandayman?» mashqi. Maqsad:o’z-o’zini

namoyish qilish ko’nikmalarini rivojlantirish. Bolalar sizdan "Men kimman?"

degan savolga qog'oz varag'ida javob yozishingizni so'rayman.”. Savolga aniq

javob berish kerakligiga e'tibor bering. "Men qandayman?" - bu boshqa masala.

Misol uchun:

1. Men-Hasan

2. Men kitoblarni yaxshi ko'raman

3. Men quyoshman


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

265

4. Men sportchi va boshqalar.

Har bir inson tayyor bo'lgach, o'zingizni tanishtirishni taklif qilaman.

Ishtirokchilar o'z navbatida turishadi va ular kimligini aytishadi. Agar javob aniq

bo'lmasa, qolganlar spikerga aniqlik kiritishini iltimos qilishlari mumkin. Har bir

o’smir uchun treningda ishtirok etuvchilar soniga qarab 1-2 daqiqa beriladi.

Munozara:

• Nima uchun bu fikrni tanladingiz? Qolganlarni tinglaganingizdan so'ng,

boshqasini tanlashni xohlaysizmi?

* Ishtirokchilarning qaysi biri ko'proq eslab qoldi? Nima uchun? Tavsiyalar:

o'yin sizni qiziqarli tomondan ifodalashga imkon beradi, bu ayniqsa yoshlar uchun

muhimdir.

Bu jarayonda odamlar bir-birlarini yaxshi bilib olishadi, bu esa mashg'ulot

doirasida keyingi ishlarga yordam beradi. “O‘zlikdan chekinish” mashqi Maqsad:

ishtirokchilarda ruhiy engillik hosil qilish, ularni stressdan xalos qilish Jarayon:

ishtirokchilardan trening muhiti (yoki xona) bo‘ylab erkin xaotik tarzda (ixtiyoriy

tarafga qarab) shunchaki harakatlana boshlash so‘raladi. Ularga tasavvurni ishga

solish va o‘zlarini og‘ir temir robot deb bilib harakatlana boshlash so‘raladi.

Ishtirokchilar 10-15 sekund shunday harakatlangach keyingi ustanovka beriladi,

ya’ni endi ular o‘zlarini eriyaotgan temir deb tasavvur qilishlari va harakatda

davom etishlari kerak. YAna 10-15 sekund o‘tgach ular o‘zlarini loy deb tasavvur

qilib haotik harakatni davom ettirishlari lozim. Endi baland daraxtdan tushayotgan

va shamol uchirib ketayotgan barg hazonga aylaning. So‘ngra ishtirokchilarga

aytiladi: endi faraz qiling sizlar juda bahaybat darahtlarga aylandingiz, sizlar bitta

o‘rmon sizlar. Sizni qattiq shamol silkitib uyog‘dan-buyoqqa tebratmoqda, endi

chaqmoq bo‘ldi, yomg‘ir yog‘a boshladi. YAshin urib o‘rmonga yong‘in tushdi va

daraxtlar yona boshladi sizlar yonayotgan daraxsizlar. YOng‘in tugadi daraxtlar

kulga aylanishdi, o‘zingizni kul deb faraz qiling. Yana tasavvurni ishga soling

sizning barcha tashvishu-g‘amlaringiz, muammolaringiz endi mana shu kuldan

iborat barchasi kuyib kul bo‘ldi va siz shunchalar engilsizki sal qattiq shamol

bo‘lsa uchib ketishingiz mumkin. Bundan so‘ng ishtirokchilardan o‘z joylariga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

266

o‘tirib olishlari so‘raladi va ularning taasurotlari xaqida savollar beriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Axmedova N.

Kasbga yo‘naltirish asoslari

. – Toshkent: Fan, 2020.

2.

Ortiqova M., Karimov B.

Kasb tanlash psixologiyasi

. – Toshkent:

O‘qituvchi, 2019.

3.

Rasulov I.

Mehnat tarbiyasi va kasbiy yo‘naltirish

. – Samarqand: Zarafshon,

2021.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar bandligini ta’minlash va

kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, 2022-

yil.

5.

Yusupov M.

Zamonaviy kasblar va mehnat bozorining talablari

. – Andijon:

Barkamol avlod, 2020.