Mualliflar

  • Mamatova Zilola O‘taganovna

Muallif biografiyasi

  • Mamatova Zilola O‘taganovna

    Qashqadaryo viloyati Guzor tuman MMTBga qarashli  23-sonli umumiy o‘rta talim maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123056

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: Metod prinsip kuzatish eksperiment test so‘rov proektiv metod

Annotasiya

Annatotsiya: Insonning ichki ongi va dunyosi juda sirli va betakrordir. Shunday yaratilganki u yigʻlashi, kulishi, baqirishi, jilmashi va boshqa turli harakatlarni osonlik bilan bajara oladi. Bundan koʻrinib turibdiki, uning psixologiyasi ham judayam murakkab va koʻproq oʻrganishni talab etadi. Psixologik koʻrsatmalar nafaqat asablari charchagan kattalar uchun balki hali endi katta hayotga asta-sekinlik bilan qadam qoʻyayotgan bolalar uchun ham zarurdir. Bugungi jadallashuv davrida bolalarning ham psixolog koʻmagiga muhtoj ekanligi tabiiy holat boʻlib qoldi. Mazkur maqolada maktab oʻqituvchilari va ota-onalar uchun zarur boʻlgan ayrim metodlar va afzalliklari haqida gaplashamiz.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

243

MAKTABLARDA BOLALAR PSIXOLOGIYASINI OʻRGANISH UCHUN

QOʻLLANILADIGAN METODLAR

Mamatova Zilola O‘taganovna

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tuman MMTBga qarashli 23-sonli umumiy o‘rta

talim maktab psixologi

Annatotsiya: Insonning ichki ongi va dunyosi juda sirli va betakrordir.

Shunday yaratilganki u yigʻlashi, kulishi, baqirishi, jilmashi va boshqa turli

harakatlarni osonlik bilan bajara oladi. Bundan koʻrinib turibdiki, uning

psixologiyasi ham judayam murakkab va koʻproq oʻrganishni talab etadi.

Psixologik koʻrsatmalar nafaqat asablari charchagan kattalar uchun balki hali

endi katta hayotga asta-sekinlik bilan qadam qoʻyayotgan bolalar uchun ham

zarurdir. Bugungi jadallashuv davrida bolalarning ham psixolog koʻmagiga

muhtoj ekanligi tabiiy holat boʻlib qoldi. Mazkur maqolada maktab oʻqituvchilari

va ota-onalar uchun zarur boʻlgan ayrim metodlar va afzalliklari haqida

gaplashamiz.

Kalit soʻzlar: Metod, prinsip, kuzatish,, eksperiment, test, so‘rov, proektiv

metod

Yuqorida aytib oʻtganimizdek, insoniyat judayam murakkab tuzilmadir.

Uning psixologiyasi, fikrlashi ham shunga yarasha. Biz barchamiz psixolog

koʻmagiga ehtiyoj sezamiz, chunki hayotda turli voqealar va holatlar boʻlishi


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

244

mumkin. Mazkur maqolada kattalar haqida emas, aksincha bolalar haqida

gaplashamiz. Agarda siz ota ona boʻlsangiz, farzandingizning dunyoqarashi

shakllantirish va uni har tomonlama yetuk qilib kamol toptirish uchun psixolog

boʻlishingiz shart emas. Bolalar uchun qoʻllaniladigan metodlar va uslublar

mavjud. Shularni qoʻllagan holda ham siz oʻz maqsadizga erishishida mumkin.

Ba’zan mutaxassislar bilan maslahatlashish judayam katta yordam beradi.

An’anaviy ravishda tadqiqot metodlari asosiy va yordamchi metodlarga ajratiladi.

Asosiy metodlar – kuzatish va eksperiment – bola taraqqiyoti haqida

ishonchli ma’liunot bera oladi.

Yordamchi metodlar – test, so’rov, faoliyat mahsullarini o’rganish –

tasvirlovchi ma’lumot berib, bu ma’lumot asosida faqatgina tsxminlami ilgari

surish mumkin bo’ladi.

Kuzatish.

Kuzatish - psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlardan biri bo’lib,

psixik hodisalarai maqsadga muvofiq va tizimli ravishda idrok etishga

asoslangandir. Kuzatish – tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib maxsus tashkil

etilgan idrok jarayonidir. Kuzatish quyidagi talablarga javob berishi kerak: •

Kuzatishdan oldin uning maqsadi aniq belgilanishi kerak: bola psixikasi, xulq

atvori va faoliyatining qaysi tomonlari kuzatilishini aniqlashtirishi lozim;

• Kuzatish ob’ektiv bo’lishi kerak; kuzatishda faqat u yoki bu holat, hodisani

qayd etilishi, uni sub’ektiv talqin etishga o’tmaslik lozim;

• Kuzatish muntazam, katta vaqt oraliqlarisiz o’tkazilishi kerak;

• Kuzatish shunday o’tkazilishi kerakki, bola uning kuzatilayotganini

bilmasligi lozim;

• Kuzatishni amalga oshirayotgan tadqiqotchi kuzatilayotgan hodisalarni tez

qayd eta olish mahoratiga ega bo’lishi zarur.

Kuzatihning quyidagi turlari mavjud:

o ichki kuzatish, tashqi kuzatish va kiritilgan kuzatish;

o standartlashtirilgan va slandartlashtirilimagan kuzatish;

o frontal va tanlanma kuzatish.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

245

Kuzatish metodining asosiy kamchiligi shundaki, unda kuzatilayotgan

hodisalarga faol ta’sir ko’rsatish, ularni o’zgartirish, kuzatish amalga oshirilgan

vaziyatni xuddi shunday ko’rinishda qaytadan yaratib bo’lmaslik kabi xususiyatlar

qayd etiladi. Shunga qaramay bu metod haligacha asosiy psixologik metodlardan

biri bo’lib kelmoqda. Chunki kuzatish metodi orqali, bolalarning har taraflama

ruhiy dunyosini oʻrganish, uni tahlil qilish, ilmiy jihatdan asoslash mumkin.

Vaqtlar oʻtib boshqa metod yaratilsagina “Kuzatish” metodi oʻz asosiyligini

yoʻqotar, lekin hozircha shundan foydalangan holda turli ilmiy ishlar va kitoblar

dunyo yuzini koʻrmoqda.

Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo`nalishda kechadi:

psixik taraqqiyot manbalari muammosini ignazariy hal etilishi va bolalar

psixikasini o`rganishning yanada samaraliroq metodlarini qidirish. Psixik

taraqqiyot manbalari muammolarini naza-riy xal etish deganda, ushbu muammo

bilan shug`ullangan asosiy psixo-logik maktablar va yo`nalishlar vakillarining

qarashlari tushuniladi. Bola psixikasini o`rganishning yanada samaral imetodlarini

qidirish bolalar psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar xaqida aniqroq axborot

olishga xizmat qiluvchi metodlarni ishlab chiqishni anglatadi. Umuman

psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilish metodlarining turli tasnifi mavjud.

Shular to‘g‘risida umumiy psixologiya kursida keng ma’lumotlar berilgan. Yosh

davri va deferensiya psixologiya fani ham psixologiyaning boshqa sohalari singari

o‘ziga hos ilmiy-tadqiqotmetodlariga ega. Quyida atoqli psixolog B.G.Ananev

tavsiya qilgan klassifikatsiyaga asoslanib, mazkur metodlarning xususiyatlarini

yoritishga harakat qilgan. B.G.Ananev psixikani o‘rganish metodlarini to‘rt

guruhga ajratib, ularni tashkiliy, empirik (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki

statistik, natijalarni shaxlash metodlari deb nomlagan. Bu guruhlar o‘zining

maqsad va vazifasi bo‘yicha yana bir necha toifa hamda turlariga bo‘linadi.

Quyidagi mazkur metodlarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy

tavsiya berildi. Tadqiqot metodlarining birinchi – tashkiliy guruhi o‘z ichiga

qiyoslash, longityud (o‘zluksiz), kompleks (ko‘pyoqlama) deb atalgan turlarni

oladi. Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, sotsial psixologiya (katta yoki


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

246

kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o‘zaro taqqoslash), meditsina

psixologiyasi (sog‘lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlariga qiyoslash),

sport psixologiyasi (sportchilarning holati, o`quvliligi va ishchanligini o‘zaro

taqqoslash) kabi fanlarda unumli foydalaniladi.

a) Yosh davri psixologiyasida esa qiyoslash metodi turli yoshdagi

olamlarning bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarni o‘zlashtirishi, aqliy

qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o‘zaro

xosligi

kabilarni

o‘rganishda

qo‘llanadi.

PsixologlardanL.S.Vigostkiy,

P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov, B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.Ya.Galperin va ularning

shogirdlari olib borgan tadqiqotlar (chaqaloqlik, go‘daklik, ilkbolalik,

kichikmaktabyoshi, o‘smirlik, o‘spirinlik yosh davrlarini o‘zaro solishtirish) shu

metoddan foydalanib amalga oshirilgan.

b) Bolalar psixologiyasida qiyoslash metodi bilan bir davrda longityud

(o‘zluksiz) metodi ham qo‘llaniladi. Uning boshqa metodlardan farqi bir yoki

birnecha sinaluvchilar o‘zaro uzoq muddat, hatto, o‘n yillab tekshirilishidir.

Logityud psixologlardan nemis Sh.Shtern, fransuz R.Zazzo, rus psixologlari

N.AMenchinskaya, A.N.Gvozdev, I.S.Leytis, V.S.Mo‘zxinava boshqalar ko‘p

yillardan beri foydalanmoqdalar. Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Xasan-Xusan,

Fotima-Zuxra) yoki aralash jinsli (Hasan-Zuhra, Fotima-Xusan) egizaklar

ko‘zatilgan. Shuning uchun qator tadqiqotlarning “ona kundaligi”

(N.A.Menchinskaya, V.S. Muxina) deb nomlanishi bejiz emas. Uzoq vaqt bir

shaxsni (kichik guruhni) ko‘zatish unda paydo bo‘layotgan yangi fazilatlarning

rivojlanish dinamikasini, xulq-atvoridagiillatlarni (xatti-harakat) va ularning oldini

olish tadbirlarini, murakkab psixologik munosabatlarni, ichki bog‘lanish

qonuniyatlari, mexanizmi to‘g‘risida mukammal, ishonchli, barqaror, ma’lumotlar

to‘plash imkonini yaratadi.

Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijasi ilmiy

ahamiyatga molik bo‘lib, insonshunoslik muammolarini hal qilishda katta yordam

beradi. Ilmiy tadqiqot metodlarining ikkinchi gurux emperik metodlardan iborat

bo‘lib, bu guruhda kuzatish (o‘zini o‘zi kuzatish), eksperiment (tabiiy,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

247

laboratoriya), test, anketa, so‘rov, sotsiometriya, suhbat qilish, tarjimai hol

(shaxsiy guvohnoma, xujjat, turmush faoliyati voqealarini tahlil qilish) kabilar

kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnoz (aniqlash) va prognoz (oldindan belgilash)

vazifalarini bajaradi. Insonda tug‘ilganidan umrining oxirigacha sodir bo‘ladigan

psixologik o‘zgarishlarni chuqurroq va ob`ektivroq tadqiq qilishu un empirik

metodlardan navbati bilan foydalanish yaxshi natija beradi. Ilmiy tadqiqot

metodlarining uchinchi guruhi natijalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib,

ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga bo‘linadi. Psixologik-

pedagogik tadqiqotda ko‘pincha quyidagi statistik metodlardan foydalaniladi.

Proektiv nietod – shaxsni o’rganishning metodlaridan biri. Unda shunday

eksperimental vaziyatlar yaratiladiki, bu vaziyatlar sinaluvchilar tomonidan talqin

etilishi mumkin bo’ladi. Aynan sinaluvchining bergan talqinini tahlil etish orqali

uning shaxsi haqida muayyan xulosalar chiqariladi. Chunki muayyan

eksperimental vaziyatni talqin etar ekan proeksiya mexanizmi tufayli sinduvchi o’z

ichki kechinmalari, o’у xayollari, orzulari, qo’rquv va xavotirlarini tashqariga

chiqaradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaganda qo’llaniladigan

odatdagi proektiv metodikalar quyidagilardan iborat: “Bola appersepsiya testi”,

“Jeksonning oilaviy ustanovkalari testi”, “Dyuss ertaklari metodikasi” va

hokazolar. Ushbu metodikalarni qo’llash ssosan individual ish jaiayonida amalga

oshirilib, ancha ko’p vaqt talab etadi. Proektiv metod bilan o’tkazilgan tadqiqot

natijalariini talqin etishda tadqiqotchidan katta mahorat talab qilinadi. Soʻz oxirida

shuni ta’kidlashimiz lozimki, bolalar psixologiyasini oʻrganish va uni tahlil qilish

oʻsib kelayotgan kelajak avlod uchun zarur boʻlgan sharoitlarni yaratishimiz uchun

lozimdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini psixologiyasini yaxshi qilib

rivojlantirishni bog’cha davridayoq shakllantirib boorish kerak bo’ladi. Dastlabki

bilimlar esa, albatta, uyda beriladi. Aytishadiku, “Qush uyasida ko’rganini qiladi”

deb. Shunday ekan, bolalarni psixologik jihatdan sog’lom baquvvat qilish eng

avvalo uydan boshlanadi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

248

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.Yoshga bog’liq psixologiya. O’quv qo’llanma M .: Rossiya Pedagogika Jamiyati.

– 1999

2.Rivojlanish psixologiyasi: Universitetlar uchun darslik. M .: Oliy ma’lumot;

MGPPU, 2006 .. – 460 p. – (Fanlar asoslari).