Mualliflar

  • Axmedova Ra'noxon Ismoilovna
  • Axmedova Holisxon Saminovna

Muallif tarjimai holi

  • Axmedova Ra'noxon Ismoilovna

    Bag'dod tumani 28-maktab psixologi

  • Axmedova Holisxon Saminovna

    Bagʼdod tumani 40-maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123066

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: qobiliyat ma`rifat rivojlanish kasb-hunar profilaktika korreksiya psixologik xizmat

Annotasiya

Anontatsiya Ushbu maqolada psixologik xizmatlni tashkil etishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari  haqida bayon etilgan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

190

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA PSIXOLOGIK XIZMATNI

TASHKIL ETISHNING MUHIM VAZIFALARI

Axmedova Ra'noxon Ismoilovna

Bag'dod tumani 28-maktab psixologi

Axmedova Holisxon Saminovna

Bagʼdod tumani 40-maktab psixologi

Anontatsiya Ushbu maqolada psixologik xizmatlni tashkil etishning

ijtimoiy-psixologik xususiyatlari haqida bayon etilgan.

Kalit so`zlar: qobiliyat, ma`rifat, rivojlanish, kasb-hunar, profilaktika,

korreksiya,psixologik xizmat

KIRISH

Quyidagilar psixologik xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish ishlarini

sifatli tashkil etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarni kasb-hunarga

yo‘naltirish ishlari samaradorligini oshirish;

O‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga

moyilliklari asosida kasb-hunarni to‘g‘ri tanlashlariga ko‘maklashish;

Turli yosh davrlarida o‘quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy

rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik

nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy rivojlanishida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan

har qanday salbiy og‘ishlarning oldini olish;

O‘quvchilar ta’lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi

holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni

tashkil etish va amalga oshirish;

Pedagogik jamoalarda sog‘lom psixologik muhitni yaratish va qo‘llab-

quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

191

munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik

madaniyatini yuksaltirish;

Iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning individual-

psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o‘rganish, qobiliyatlarini

namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;

Axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmog‘ining

salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib

kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;

Pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik

bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat

tashkilotlarining samarali hamkorligini ta’minlash.

Psixologik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagicha:

psixologik ma’rifat va tashviqot;

psixologik-pedagogik tashxis;

psixologik profilaktika;

psixologik korreksiya;

psixologik maslahat;

kasb-hunarga yo‘naltirish.

Psixologik ma’rifat - psixologik bilimlarni egallash maqsadida pedagog va

o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning shuningdek, ota-onalar yoki qonuniy

vakillaming psixologik madaniyatini oshirish. Psixologik ma’rifatning vazifalari

quyidagilardan iborat:- o‘quvchilarga eng oddiy psixologik bilimlarni berish va

ularning bu bilimlarni egallashiga erishish, tengdoshlari va katta lar bilan

shaxslararo munosabatlarga kirishish, o‘zlarining shaxsiy sifatlari va xarakter

xususiyatlari, qobiliyatlari, layoqatlariga baho bera olish bilan bog‘liq bo`lgan

bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish;- o‘quvchilarda o‘quv jarayoniga,

o‘qituvchilar va tarbiyachilar bilan muloqotga ijobiy munosabatni shakllantirish;-

o‘smirlar, yigit va qizlarning jinsiy tarbiyasi, ularning oila psixologiyasi va oilaviy

munosabatlar, shaxsiy gigiyena va kasalliklarning oldini olish sohasidagi


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

192

bilimlarni egallashiga erishish;- har bir bolaga individual yondashuvni amalga

oshirishda pedagoglar, tarbiyachilar, ota-onalar yoki qonuniy vakillarning

psixologik kompetentligini oshirish;- individual suhbatlar, ochiq darslar,

seminarlar va maslahatlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali

psixologik bilimlarni targ‘ib qilish.

Psixologik-pedagogik tashxis - o‘quvchilaming qiziqishlari, layoqatlari,

qobiliyatlari, qadriyatlar yo`nalganligi ijtimoiy ustanovkalari va munosabatlari,

bilish va o‘quv faoliyati motivatsiyalarini inobatga olgan holda ularning

individual-psixologik va shaxs xususiyatlarini aniqlash va baholash. Psixologik-

pedagogik tashxisning vazifalari;- 6-7 yoshdagi bolalarning boshlang`ich sinflarda

o‘qishga tayyorgarligini o‘rganish maqsadida ularning psixologik rivojlanishi va

qobiliyatlarini aniqlash;- ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablariga qabul

qilishda o‘quvchilarning bilish va boshqa maxsus qobiliyatlarini aniqlash hamda

baholash;- turli psixologik tashxis metodikalari yordamida o'quvchilar bilan test-

sinovlari o‘tkazish va suhbatlashish, natijalarni maktabda ta’lim olish davri

mobaynida “Psixologikpedagogik tashxis daftari” da qayd etib borish;- o‘quvchilar

(tarbiyalanuvchilar)ning iqtidori va potensial qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon

beruvchi psixologikpedagogik sharoitlarni yaratish maqsadida ulardagi iqtidorni

tashxis qilish orqali aniqlash;- umumta’lim muassasalari o‘quvchilari va

bitiruvchilarining kasb-hunar, mutaxassislik va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi

muassasalari ta’lim yo‘nalishini (kasb-hunar kolleji va akademik litsey) tanlashida

ularning qiziqishi, layoqati va bilish qobiliyatlarini aniqlash;- tarbiyasi og‘ir

bolalar va o‘smirlar bilan korreksion ishlarni amalga oshirish, ularni tarbiyalash,

maktab hamda ijtimoiy muhitga moslashishini ta’minlash maqsadida individual-

psixologik va shaxs xususiyatlarini aniqlash;- tashxis natijalari bilan o‘quvchilar,

ota-onalar yoki qonuniy vakillar, pedagoglarni tanishtirish, shaxsning ongli

ravishda kasb- hunar tanlashini shakllantirish va rivojlantirishda ularga buning

ahamiyatini tushuntirish;- shaxsiy muammolarning yechimini topish va ularga

zarur psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida ota-onalar yoki qonuniy vakillar,

pedagoglar (ularning roziligi olingan holda) bilan tashxis ishlarini olib borish.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

193

Psixologik profilaktika - bolalaming psixologik salomatligidagi buzilishlar,

ularning intellektual, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi salbiy og‘ishlarni o‘z

vaqtida oldini olish. Psixologik profilaktikaning vazifalari:- Suhbatlashish va

tashxis tekshiruvlari natijalari, shuningdek, ota-onalar yoki qonuniy vakillar va

pedagoglardan olingan ma’lumotlar asosida bolalarning psixologik salomatligini

aniqlash,- ijtimoiylashuv, ta’lim va tarbiya jarayonida shaxs shakllanishi hamda

rivojlanishidagi og‘ishlarning oldini olish bo‘yicha choralar belgilash, bolalarning

kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti hamda munosabatlarida psixologik shikast

yetkazuvchi omillarni bartaraf etishga yordam ko‘rsatish;- asabiy-psixik zo‘riqish

va shaxs sifatlarining buzilishi alomatlari aniqlangan, shuningdek, addiktiv

qaramlikda bo‘lgan (alkogol, narkotiklar, toksik moddalarga ruju qo‘yish, internet-

qaramlik va boshqa shu kabi holatlardagi) o‘smirlarga psixologik yordam

ko'rsatish;- maktabgacha va umumta’lim muassasalari, mehribonlik uylari hamda

oilada bolalar tarbiyasi va ta’limining psixogigiyenik shart-sharoitlariga rioya

etilishini nazorat qilish, bu sharoitlar buzilgan holatlarda choralar ko`rish; - bolalar

va o‘smirlami o‘z qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari va bilimlarini tatbiq

etishni xohlagan hayotiy faoliyat sohalarini anglab yetishga tayyorlash;- ota-onalar

yoki qonuniy vakillarga, pedagoglarga (ularning roziligi bilan) shaxslararo

munosabatlarda, oilada yoki pedagogik jamoada nosog‘lom psixologik iqlim

muammolarini hal etishda psixologik yordam ko‘rsatish, psixologik shikast yetka-

zuvchi omillar ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish.

Psixologik korreksiya va rivojlantirish - shaxsning shakllanishi hamda

rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish hamda og‘ishlarni bartaraf etish,

o’quvchilar (tarbiyalanuvchilar) muomalasi va xulq-atvoridagi buzilishlarni

korreksiyalash, shaxsning psixik rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

Psixologik

korreksiya

va

rivojlantirishning

vazifalari:-

O‘quvchilar

(tarbiyalanuvchilar)dagi psixik jarayonlar, ijtimoiy ustanovkalar, subyektiv fikrlar

va salbiy munosabatlar rivojlanishini korreksiyalash;- ta’lim va mustaqil о‘quv

faoliyati jarayonida о‘quvchilarning bilish faolligi hamda qiziqishlarini

rivojlantirish maqsadida ularning intellektual passivligini korreksiyalash;-


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

194

tarbiyasi qiyin bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy ustanovkalari, munosabatlari,

xulq-atvor motivlarini, ularning maktabga va ijtimoiy muhitga yetarli darajada

moslasha olmaslik holatlarini korreksiyalash;- ta’limtarbiya jarayoni barcha

subyektlari o‘rtasidagi normal shaxslararo munosabatlarni korreksiyalash va

rivojlantirish;- o‘quvchilar, ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillariga,

pedagoglarga psixologik korreksiya natijalarini, shaxsning normal rivojlanishi

uchun bu natijalarning ahamiyatini tushuntirish;- pedagogik jamoa a’zolarining

hissiy-emotsional holatlarini, shaxslararo munosabatlarini va ziddiyatli hatti-

harakatini korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish,

rahbarlarning boshqaruv uslubini optimallashtirish.

Psixologik maslahat - o‘quvchilar, tarbiyalanuvchilar, ularning ota-onalari

yoki qonuniy vakillariga, pedagoglarga shaxsiy muammolar va ziddiyatli

munosabatlarni konstruktiv hal etilishida psixologik yordam ko‘rsatish, shaxsning

ichki psixologik imkoniyatlarini safarbar qilish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Psixologik maslahatning vazifalari:- Maktabgacha ta’lim muassasalari

xodimlariga bolalarning intellektual, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishining yosh

xususiyatlari,

rivojlanishdagi

buzilishlar

hamda

kechikishlar,

ularni

korreksiyalash, shuningdek, bolalarni boshlang‘ich sinfda o‘qishga va maktabga

moslashuvga psixologik tayyorlash masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;-

bolalarning boshlang‘ich sinflardan o'rta sinflarga o‘tishi, shuningdek, maktabni

bitirish va bo‘lg‘usi kasb-hunar hamda ta’lim muassasasi (akademik litsey, kasb-

hunar kolleji)ni tanlash masalalarida o‘quvchilar, ota-onalar yoki qonuniy

vakillarga maslahatlar berish;- maktab-internatlar, mehribonlik uylari, shuningdek,

yetim bolalar ta’lim olayotgan umumta’lim muassasalari xodimlariga ta’lim-

tarbiya, bolalarning ijtimoiylashuvi va moslashuvini psixologik kuzatish

masalalari bo’yicha maslahatlar berish;- o‘smirlar va yoshlarga kattalar va

tengdoshlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlar, oilaviy muammolar, xulq-

atvordagi og‘ishlarni bartaraf etish, o‘z-o‘zini tarbiyalash va rivojlantirish,

shuningdek, hayotiy va kasbiy o‘zligini anglash masalalarida maslahatlar berish;-

maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasalari, mehribonlik uylari rahbarlariga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

195

pedagogik jamoani boshqarishni optimallashtirish, qo‘l ostidagi xodimlar bilan

shaxslararo munosabatlar, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni hal etish

hamda sog‘lom psixologik muhitni ta’minlash masalalarida maslahatlar berish;-

maslahat berish jarayonida о‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarda mustaqil ta’lim

olish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini korreksiyalashga ijobiy munosabatlarni

shakllantirish hamda ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

Kasb-hunarga yo‘naltirish - o‘quvchilarning individual qiziqishlari,

moyilliklari, qobiliyatlari, jamiyat va mehnat bozorining muayyan kasb va

mutaxassisliklarga bo`lgan, ehtiyojlarini inobatga olgan holda ularni kasbiy

o‘zligini anglashlari uchun yordam berishga qaratilgan psixologik-pedagogik

hamda tibbiy chora-tadbirlar majmui. Kasb-hunarga yo‘naltirishning maqsadi -

o‘quvchilar va maktab bitiruvchilarini muayyan kasbni hamda akademik litsey

yoki kasb-hunar kollejidagi ta’lim yo‘nalishlarini ongli va mustaqil tanlashga

tayyorlash. Kasb-hunarga yo‘naltirishning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari:-

Kasbiy ma’rifat turli kasblar, ixtisosliklar, mansab lavozimlari, tanlangan kasbni,

ixtisoslikni egallash mumkin bo'lgan ta’lim turlari hamda ta’lim muassasalari,

shuningdek, kasbning insonga, uning jismoniy, psixologik va shaxsiy sifatlariga,

salomatligiga qo‘yadigan talablari haqida ma’lumotlar berish;- kasbiy maslahat -

o‘quvchilarga ularning individual xususiyatlari va mehnat bozori talablariga,

ta’lim olish hamda kelgusida ishga joylashish imkoniyatlariga muvofiq kasb va

ta’lim muassasasini tanlashga yordam berish;- kasbiy tashxis - o‘quvchilarning

bilish (o‘quv predmetlariga, fanga) va kasbiy (kasblarga, mutaxassisliklarga)

qiziqishlarini, kasb tanlash motivlari va kasbiy rejalarini aniqlash hamda

baholash;- kasbiy tarbiya - bolalar va o‘smirlarda mehnat malaka va

ko‘nikmalarini, kasblarga qiziqish, mehnatsevarlik, ishchanlik hamda mas’uliyatni

shakllantirish va rivojlantirish. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha

tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi MMTV , Respublika tashxis markazi

buyruqlari, me’yoriy hujjatlari va metodik tavsi yalari asosida barcha darajadagi

tashxis markazlari tomonidan tashkil etiladi va bevosita ta’lim muassasalarining

psixologlari tomonidan amalga oshiriladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

196

XULOSA

Psixolog o‘quvchilar bilan bevosita aloqada ularda vujudga kelgan

muammolarni hal qiladilar. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri maslahat berish deb ataladi.

Ba’zan o‘quvchilarga va otaonalarga o‘qituvchilarning u yoki bu muammolari

bo‘yicha 10 maslahat beradi, bu bavosita maslahat berishdir, bunda ma'lum

qoidalariga amal qilishga to‘g‘ri keladi. Maslahat berish markazida har doim

psixolog va maslahat berilayotgan shaxsning o‘zaro ta’sir jarayoni, ular orasida

ishonchli o‘zaro munosabatni o‘rnatish yotadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Z.T.Nishanova,

G.K.Alimova

PSIXOLOGIK

XIZMAT.

PSIXOKORREKSIYA

2.

Sh.R.Barotov Ta`limda psixologik xizmat. – Buxoro: BuxDU-2007

3.

N.Mirashirova Maktabgacha tarbiya muassasalarida psixologik xizmat. –

4.

Toshkent: TDPU,2003

5.

Z.T.Nishanova Psixologik xizmat. – Toshkent: Yangiyo`l poligraf

servis,2007

6.

I.V.Dubrovina

Prakticheskaya

psixologiya v

Obrazovanii.

Moskva.

7.

Pedagogika,1998

8.

6.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “O`quvchilarni

psixologikpedagogik qo`llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish

to`g`risida”gi 2019-yil

9.

12-iyuldagi 577-sonli qarori

10.

E.G`oziyev, Sh.Azizova “Tashkiliy psixologiya”. Toshkent 1999

11.

Avezov

O.R.

Ekstremal

vaziyatlarda

psixologik

xizmat

Darslik,”KAMOLOT” nashriyoti, 2023 yil. 332 bet.

12.

Avezov O.R. Ekstremal vaziyatlarda oilaga psixologik xizmat

ko‘rsatish amaliyoti. PEDAGOGIK MAHORAT Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

5-son (2021-yil, oktabr). Buxoro, 2021 y. B. 145-150.