Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
182
PSIXOLOGIK XIZMATNI TOʻGʻRI TASHKIL ETISH HAMDA
SOHAGA MASʼULIYAT BILAN YONDOSHISHNING OʻZIGA XOS
JIHATLARI
Xoliqova Nigina Mirzobotirovna
Buxoro viloyati,Buxoro tumani 8-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi
amaliyotchi psixologi
Yo'ldosheva Nasiba Muxtorovna
Buxoro viloyati Buxoro tumani 40-umumiy o'rta ta'lim maktabi
amaliyotchi psixologi
Annotatsiya: Psixologik xizmatning asosiy mazmuni — sog‘lom shaxsning
o‘sishini ta’minlash, shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklami korreksiya qilish
(tuzatish), kasb tanlash muammolarini o‘rganish va hal qilishga turtki berishdir.
Kalit so‘zlar: psixolog, amaliyot, jamiyat, kasb, psixologik xizmat ta`rixi,
professional psixologik maslahat,psixologik xizmat
KIRISH
Shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga
psixologiyaning amaliy tatbiqiy yo‘nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida
ko‘pgina
olimlar
o‘z
fikrmulohazalarini
bildirganlar
va
bildirib
kelmoqdalar.Psixologik xizmat AQSHda 1800 yillardan boshlab rivojlana
boshladi. AQSHning birinchi amaliyotchi psixologlari olzini-o‘zi tarbiyalash
muammosini o‘rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida
aqliy taraqqiyot koeffitsentini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik «Gaydens»
xizmatining rivojlanishiga turtki bo'ldi. Fransuz maktab psixologiyasining otasi
Alfred Bine bo‘lib, u bu sohada 1894- yildan boshlab ish boshlagan. Psixologik
xizmatning asosiy mazmuni — sog‘lom shaxsning o‘sishini ta’minlash, shaxs
rivojlanishidagi turli qiyinchiliklami korreksiya qilish (tuzatish), kasb tanlash
muammolarini o‘rganish va hal qilishga turtki berishdir. Chexoslavakiyadagi
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
183
psixolog maslahatchining asosiy vazifasi psixodiagnostik faoliyatdan iboratdir.
Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta’limida psixologiyadan
foydalanish borasida urinishlar pedologiya doirasida vujudga keldi. Pedologiya
rivojlanayotgan va o‘sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy
xususiyatlarini qamrab oluvchi fandir. 1936- yilda pedologik qarashlarni to‘xtatish
haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga ms psixologlari amalga oshirayotgan
bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to‘xtab qoldi. Faqat 1960- yillarning
oxiriga kelib, psixologlaming maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi.
1984- yilda Moskvada "Psixologik xizmat muammolari bo‘yicha I umumittifoq
anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda maktabda psixologik xizmat seksiyasi ham ish
olib bordi. Sobiq Ittifoqda birinchi bo‘lib Estoniyada 1975- yilda maktabda
psixologik xizmat tashkil etildi. Eston psixologlari «tarbiyasi qiyin» o‘smirlar
uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar. Rossiyada 1982- yilda maktablarda
psixolog shtati ochildi. Sh.R.Baratov «Ta’lim tizimida va ishlab chiqarishda
psixologik xizmatni tashkil etishning psixologik xususiyatlari» mavzusida
doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Psixologik xizmatni 3 nuqtayi nazardan qarab chiqish mumkin:
1.
llmiy nuqtayi nazar.
2.
Tashviqot nuqtayi nazar.
3.
Amaliy nuqtayi nazar.
Faqat mana shu nuqtayi nazarlarning birligigina psixologik xizmat
predmetini tashkil etadi. Ilmiy nuqtayi nazar psixologik xizmatning metodologik
muammolarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu yo‘nalish ijrochilarining asosiy
vazifasi maktab psixologik xizmatida ishning psixodiagnostik, psixokorreksiya va
rivojlantiruvchi metodlarini ishlab chiqish va nazariy asoslashga bag‘ishlangan
ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishdan iborat. Tashviqot nuqtayi nazari MMT
xodimlarining psixologik bilimlardan foydalanishini nazarda tutadi. Bu
yo‘nalishda pedagoglar, metodistlar va didaktlar asosiy harakatlantiruvchi shaxslar
bo‘lib maydonga chiqadi. Xizmatning amaliy nuqtayi nazarini maktab psixologlari
amalga oshiradilar, ulaming vazifasi — u yoki bu aniq vazifani hal qilish uchun
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
184
ota-onalar, o‘qituvchilar, sinf jamoasi, bolalar bilan ish olib borishdan iborat.
Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining yo‘nalishi: dolzarb va kelajak
yo‘nalishlari mavjud. Dolzarb yo‘nalish o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasidagi
qiyinchiliklar, ular xulq-atvoridagi, muloqotdagi va shaxsi shakllanishidagi
muammolarni hal qilishga qaratilgan. Kelajak yo‘nalishi har bir bola
individualligini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga psixologik
tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan. Psixologik xizmatning mazmuni:
a) psixoprofilaktika;
b) psixologik maorif va ma’rifat;
d) psixodiagnostika;
c)psixik
rivojlanitirish
psixokorreksiya;
d) psixologik maslahat.
Psixologik xizmat faoliyati o‘quvchilar aqliy taraqqiyoti va shaxsiy
xususiyatlarini tashxis qilishga, ta’lim-tarbiyadagi xatoliklaming psixologik
sabablarini aniqlashga qaratilmasdan, balki bunday xato va kamchiliklarni
yo‘qotish va oldini olishga qaratiladi. Bundan psixologning aniqlangan
chetlashishlarni korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi.
Psixologik xizmat faoliyati bolalar, yosh va pedagogik psixologiya,
psixokorreksiya, psixologik maslahat sohasida timumiy psixologik va maxsus
psixologik bilimlar olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik
xizmatga jalb qilingan pedagoglar bu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta
tayyorgarlikdan o‘tishlari lozim.
Psixologning maslahat berish rejasida quyidagi ishlar o‘z aksini
topishi zarur:
1.
Bolalar, o‘qituvchilar, talabalar ta’lim va tarbiyasi bilan
sluig‘ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan, ma’muriyat,o‘qituvchilar,
murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq,
yaqqol masiahatlar berish.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
185
2.
Ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush iiurish, o‘zaro
munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga yetmaganlar
munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan
individual, guruhiy, jamoaviy tarzda masiahatlar uyushtirish.
3.
Ma’muriyat, bolalar, o‘quvchilar hamda talabalar va ota-onalarga
ularning ruhiy o‘sishi xususiyatlariga oid ma’lumotlar berishi, farzand asrab olish,
onalik va otalikdan mahrum qilish ishlarida qatnashish, tashkilotlaming
g‘amxo‘rlik va vasiylik to‘g‘risidagi qabul qilgan qarorlariga munosabat bildirishi
lozim.
4.
Ota-onalarga bolaning ruhiy rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida
shakllanishi, o‘zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlaming yoshi, jinsi,
individual-tipologikxususiyatlari muammosi bo‘yicha ilmiy-amaliy masiahatlar
beradi.
5.
Maktab o‘quvchilari, o'rta maxsus va kasb-hunar kolleji hamda
akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to‘g‘risida ilmiy-amaliy
xususiyatga molik masiahatlar berish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik
darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish.
Mazkur ishlar o‘quvchilami maktab, kollej va litseylarda «‘qitish davomida
psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib,
ularning individual xususiyatlarini, ta’lim-tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini
aniqlashga moijallangandir. Tashxis ishlari guruhiy yoki individual tarzda
o‘tkaziladi. Bu asnoda amaliy psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi.
Psixolog maslahat o‘qituvchi yuqoridagi usulda ish olib borganda psixolog
va o‘qituvehi o‘z sohasini yaxshi biluvchi mutaxassislar sifatida namoyon bo‘ladi.
1.
O‘quvchi muammolari bo‘yicha ularning hamkorligi bilimlarining
birikuviga imkon beradi va muammolarni hal qilish uchun keng ijodiy
imkoniyatlar yaratadi. Maslahat berishning asosiy ahamiyati ana shunda.
2.
Psixolog o‘quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari,
ularning qiziqishi, mayli, ilk iqtidori kabilarni o‘rganadi, mutaxassis va yetuk
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
186
shaxs sifatida shakllanishiga vordam ko‘rsatadi. Sababl; aniqlash muammo
o‘quvchi bola bilan ishlash
3.
Maktabgacha yoshdagi bolalar, o‘quvchilar, hunar bilim yurti
tinglovchilari yangi tipdagi maktab, oliy o‘quv yurti talabalarida uchraydigan
o‘quv malakalari va ko‘nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvordagi
kamchiliklar, intellektual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi muammolarni tashxis
qiladi.
4.Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishdagi
nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda differensial tashxisni amalga
oshiradi. Nuqsonlaming tibbiy va defektologik tabiatini aniqlaydi. Assotsial xulq-
atvor sabablarini va shakllarini belgilaydi. Giyohvandlik va taksikomanlik,
alkogolizm, o‘g‘irlik, daydilikning ijtimoiy psixologik ildizlarini tekshiradi,
omillarni tahlil qiladi.
5. Iqtidorli talabalar, yosh mutaxassislarni tanlashda ishtirok qilish, ilmiy
psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va unga asoslanib, ularga nafaqalar belgilashda
ishtirok etadi.
Psixologning rasmiy iltimosga javob tarzidagi ishini birinchi nuqtayi nazar
sifatida psixologning yoki bu tarbiyasi qiyin o‘quvchiga nibatan o‘qituvchining
ma’lum ijtimoiy talabiga javobini ko‘rsatish murnkin. Bu holda o‘quvchiga
«tarbiyasi qiyin» tashxisi (diagnozi) o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari, voyaga
yetmaganlar ishi bo'yicha nazorat xodimlari tomonidan qo‘yilgan boMadi.
Psixologning vazifasi — qiyinchiliklaming sabablarini aniqlash va ularga mos
tuzatish (korreksiya) metodlarini topishdan iborat. Psixoprofilaktik ish -
amaliyotchi psixologning eng kam ishlangan faoliyat turlaridan biri hisoblanadi.
Psixoprofilaktika muammolari ko‘proq Amerika adabiyotlarida aks etgan.
Psixoprofilaktikada uch bosqich ajratib ko‘rsatiladi:
Birinchi bosqich dastlabki profilaktika deb ataladi. Bu bosqichda psixolog
sog‘lom bolalar bilan ishlaydi yoki maktabdagi barcha o‘quvchilarni qamrab oladi.
Ko‘pchilik mualliflaming ta’kidlashicha, maktab ruhiy sog‘liq profilaktikasi uchun
qulay hisoblanadi. Ular maktab psixologlarini dastlabki profilaktikani
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
187
o‘tkazadigan mutaxassislar deb tan oladilar.
Ikkinchi bosqich profilaktika m uam m olari mavjud bolalarga qaratiladi.
Uning maqsadi — bolaning o‘qishi va xulq-atvoridagi qiyinchiliklami iloji boric
ha ertaroq aniqlab, ulami yo‘qotishdan iboratdir. Ikkinchi bosqich ota-onalar va
o‘qituvchilarga maslahat berishni ham o‘z ichiga oladi (bolaning o‘qishi o‘zgarishi
uchun ta’lim uslubini o‘zgartirish).
Uchinchi bosqich. Psixolog o‘qishdagi va xulq-atvordagi yaqqol ko‘rinib
turadigan muammolari bor bolalarga o‘z diqqatini qaratadi. Profilaktikaning
dastlabki maqsadi - jiddiy psixologik qiyinchiliklami va muammolami yo‘qotish
va tuzatishdan iborat. Psixolog bola bilan alohida ishlaydi. Psixoprofilaktika
amaliyotchi psixolog faoliyatining maxsus turi bo‘lib, maktabdagi barcha
o‘quvchilar uchun shartsharoitlami yaratishdan iborat.
Shunday qilib, psixolog profilaktik ishining asosiy vazifalari
quyidagilar.
1.
Har bir yosh bosqichida insonning shaxs sifatida shakllanishi, aqlan
barkamollikni ta’minlashning oqilona shartsharoitlarini yaratish;
2.
Shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo‘sag‘asida vujudga
kelishi mumkin bo‘lgan psixologik nuqson va muammolami o‘z vaqtida oldini
olish hisoblanadi.
Ta’limning keyingi bosqichlarida vujudga keladigan barcha muammolar
(o‘zlashtira olmaslik, maktabga borishni istamaslik) yoki bolaning o‘qiy
olmasligiga, o‘qishga qiziqmasligiga bog‘liq bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflaming
oxirida u yoki predmetga qiziqish borliqqa, bilish jarayonlariga faol munosabatini
belgilaydi. Faqat bir predmetga chuqur qiziqish ham o‘quvchilaming umumiy
rivojlanishiga turtki boTadi. Agar boshlang‘ich sinflarda o‘qishga qiziqish
shakllantirilmagan bo‘lsa, undan keyingi yosh davrlarida bu juda qiyin bo‘ladi,
ikkinchidan yetarli darajada shakllantirilmagan o‘quv faoliyati o ‘smirlik davrida
yangi tuzilmalarning paydo boTishiga to‘siq bo‘ladi. Maxsus o‘tkazilgan
tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yorqin
individual farqlarni ko‘rish mumkin. Bu ular o‘quv faoliyatida ko‘zga tashlanadi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
188
o‘quv faoliyatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining umumiy va maxsus
qobiliyatlari birinchi o‘rinda turadi. Tajriba o‘tkazilgan bolalarning 80 %ida
qandaydir muvaffaqiyatga erishilgan. Shunday qilib, maxsus qobiliyatlarni
o‘quvchilar individual farqlarining asosi sifatida qarab, o‘quv-tarbiya ishlarida
ulami hisobga olish zarur. o‘quvchilaming shaxsiy va psixik rivojlanishida umumiy
maxsus qobiliyatlar muhim omil hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki,
maktabdagi amaliy ish uchun psixolog o‘rgangan nazariy bilimlar yetmay qoladi.
Maktabga kelgach, psixologlar ko‘pincha amaliyotning ular oldiga qo‘ygan
muammolaridan dovdirab qoladilar. Shunday ahvolga tushib qolmasligi uchun
psixolog avvalo maktabga nima maqsadda borayotganligini aniqlashtirib olishi
kerak.
Psixologik xizmatning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog
umumiy o‘rta ta’lim maktabida quyidagi vazifalami bajarishi talab etiladi:
1.
Bolalarning har bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual
jihatdan to‘laqonli rivojlanishini ta’minlash, ularda o‘z-o‘zini tarbiyalash va
rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish.
2.
Har bir bolaga indivudual yondashuvni va uning psixologik-
pedagogik o‘rganilishini ta’minlash.
3.
Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida
yuz berishi mumkin bo‘lgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish. Shunday qilib,
psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu psixolog o‘qituvchilar
bilan ishlamaydi, degani emas. Psixolog maktabda yengib o‘tishi kerak bo‘lgan
birinchi to‘siq — bu maktabning pedagogik jamoasiga qo‘shila olishdir. Bordiyu,
psixolog bu murakkab organizmga qo‘shilib keta olmasa, o‘z ishida
muvaffaqiyatga erishishi juda qiyin kechadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytilganda maktab psixologi-bu o‘qituvchilar bilan chiqisha
oladigan, pedagogik jamoa tomonidan tan olingan, ota-onalar va o‘quvchilar
orasida kasbiy obro‘ga ega bo'lgan psixolog amaliyotchidir. Maktab psixologining
asosiy kuchi uchinchi bosqichga, ya’ni «tarbiyasi qiyin» bolalarga qaratiladi va
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
189
o‘quvchilaming asosiy qismi psixolog e’tiboridan chetda qolib ketadi. Hozirgi
Amerika psixologlari maktablardagi psixologik xizmatni ruhiy sog‘liq xizmati
sifatida faoliyat ko‘rsatishning tarafdori bo‘lib chiqmoqdalar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Boymurodov, N. (2008). Amaliy psixologiya. Yangi asr avlodi.
2.
Davletshin, M. (2002). Umumiy psixologiya. TDPU.
3.
Samarova Shoxista Rabidjanovna, Rakhmonova Muqaddas
Qahramanovna, Mirzarahimova Gulnora, Ikromovna, Maratov Temur Gayrat ugli,
Kamilov Bobir Sultanovich. (2020). Psychological aspects of developing creative
personality and the concept of reduction of creativity to intellect. JCR. 7(17): 498-
505. doi: 10.31838/jcr.07.17.69
5.
Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for
Development Pupil Competencies. International Journal of Progressive Sciences
and Technologies, 15(1), 272- 274.