Mualliflar

  • Boboxonov Bekzod Panji o'g'li

Muallif biografiyasi

  • Boboxonov Bekzod Panji o'g'li

    Surxondaryo viloyati Uzun tumani MMTB ga qarashli 19-maktab amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123071

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: melanhole sandus plegma ekstrakt mimika xarakter xarakter.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada inson psixologiyasi temperamentining kelib chiqishi va turlari tahlil qilingan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

170

PSIXOLOGIYADA TEMPERAMENT XUSUSIYATLARINING

OʻRGANILISHI VA KELIB CHIQISH TARIXI

Boboxonov Bekzod Panji oʻgʻli

Surxondaryo viloyati Uzun tumani MMTB ga qarashli 19-maktab amaliyotchi

psixologi

Annotatsiya: Ushbu maqolada inson psixologiyasi temperamentining kelib

chiqishi va turlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: melanhole, sandus, plegma, ekstrakt, mimika, xarakter,

xarakter.

KIRISH:

Temperament – odamning individual xatti-harakatlarini ifodalab turuvchi

tug‘ma va turg‘un psixofiziologik xususiyatlar yig‘indisi. Temperament tug‘ma va

o‘zgarmasdir. Inson qaysi temperament egasi bo‘lsa, umrbod o‘sha temperamentda

qoladi. Temperament tafakkur darajasi yoki insoniylik fazilatlariga qarab ham

bo‘linmaydi. Shu bois ham barcha temperament vakillari ichida iqtidorli va

iqtidorsiz, ilmli va ilmsiz, vijdonli va vijdonsiz kishilarni uchratish mumkin.

Psixologiya fani tarixida temperament haqidagi ta'limotni birinchi bo'lib

qadimgi grek olimi Gippokrat yaratdi. Gippokrat temperamentning mohiyati va

temperament tiplarining nomlarini asoslashga harakat qilib, o'tkazgan tadqiqotlari

asosida temperamentga xos xususiyatlarni tizimga solib, quyidagi turlarga

ajratgan: xolerik, melanxolik, flegmatik, sangvinik.Ularning har biriga xos bo'lgan

xususiyatlarni alohidaalohida tavsiflab bergan. Gretsiya faylasuflari to'rt element

- havo, suv, olov va tuproq elementlariga muvofiq keladigan sifatlar: issiqlik,

sovuqlik, quruqlik va namlik sifatlari to'g`risidagi gipotezalarga asoslangan holda,

ular inson a'zosida bu elementlarga to'g`ri keladigan to'rtta asosiy suyuqlik bor,

deb hisoblaydilar.

Temperament tiplarining nomlari ham ana shu suyuqlik nomlari bilan


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

171

bog`liq. Masalan, xolerik grekcha “hole” so'zidan olingan bo'lib - o't, sangvinik

grekcha “sandus” so'zidan olingan bo'lib - qon, melanxolik grekcha “melanhole”

so'zidan olingan bo'lib - qora o't, flegmatik grekcha “plegma” so'zidan olingan

bo'lib - shilimshiq modda, degan ma'nolarni bildiradi. Gippokrat ta'limotiga ko'ra,

har qaysi odamda yuqoridagi to'rt xil suyuqlikdan biri ko'proq bo'lib, inson

a'zosida ustun turadi.

Rus olimi I.P.Pavlov o'zining “Asab tizimining tiplari” nomli ta'limotini

kashf etdi. Akademik I.P.Pavlov asab tizimining kuchli, muvozanatsiz - xolerik,

kuchli, muvozanatli, epchil - sangvinik, kuchsiz, ta'sirchan - melanxolik, kuchli,

muvozanatli, sust - flegmatik kabi to'rtta umumiy tiplarini aniqladi.Akademik

I.P.Pavlov juda ko'p tajribalar natijasida asab tizimining kuchi hujayralardagi

fiziologik moddalarning qolgan miqdori belgilanishi bilan isbotlaydi. Asab

tizimining kuchi, qo'zg`alish, tormozlanish jarayoniga ham taalluqli bo'lib, kuchli

qo'zg`ovchilarga bardosh bera olish qobiliyatida namoyon bo'ladi. Asab tizimining

genotipik omillari ko'proq ishtirok etgan holda organizmda paydo bo'ladigan

alohida ruhiy xususiyatlarning nimalarga bog`liqligini ifodalab beradi. Bu asoslar

I.P.Pavlov tomonidan ochib berilgan va keyinchalik ko'pgina psixofiziologlar

tomonidan puxta tadqiq qilingan.

Asab jarayonlarining kuchi, ularning vazminlik holati, harakatchanligi,

shuningdek, faolligi ana shunday xususiyatlardandir. Odam asab tizimi qanchalik

kuchga bardosh berishi mumkinligi qo'zg`alish va tormozlanish jarayonlarining

kuchiga bog`liq bo'ladi. Demak, temperament - inson shaxsining alohida

xususiyati bo'lib, shaxsning emocional qo'zg`aluvchanligi, psixik faoliyat tezligi,

his-tuyg`ularning ifodalanishi, muloqotga kirishuvchanlikni ifadolovchi, nisbatan

barqaror tug`ma xususiyat hisoblanadi. har bir insonda temperamentning o'z tipi,

uning asosida yotgan asab tizimi xususiyatlari juda barqaror bo'ladi.

Insonning temperamenti haqidagi tasavvur odatda shu shaxs uchun hos

bo'lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi. Oliy asab

faoliyatining temperament turlari xususiyati haqida quyidagicha ta'riflar beriladi.

Xolerik temperament (harakatchan, serjahl va chaqqon) -hissiyotning tez va


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

172

kuchli qo'zg`aluvchanligi, barqaror bo'lishi bilan ajralib turadi. Xolerik

temperamentli insonlarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, (mimikalarida),

harakat va so'zlashuvlarida yaqqol ko'rinib turadi. Juda g`ayratli, ishga ehtiros

bilan berilish qobiliyatiga ega bo'lgan, tez va shiddatli, qizg`in emotsional

“portlash” va kayfiyatning keskin o'zgarishlariga moyil, ildam harakatlar qiladigan

inson xoleriklar deb ataladi. Bu tip vakillari sabr-toqat kerak bo'ladigan qollarda

o'zlarini tutib turishlari qiyin bo'ladi. Ular juda faol hayot kechirishga intilishadi,

harakatlari va so'zlarida keskinlik, ba'zida esa qo'pollikni ham ko'rish mumkin.

Ularning harakatlari fikrlaridan oldin yuradi, shuning uchun ham ular bir ishni

qilib qo'yib, keyin mulohaza yuritadilar. Ular gohida hushchaqchaq va dilkash

suhbatdosh, gohida esa serjahl va asabiy holda bo'ladilar. Ana shunday paytda

ularni umuman gap tushuntirib bo'lmaydigan darajadagi qiyofada ko'rish mumkin.

Sangvinik temperament (hushchaqchaq, so'zamol) -hissiyotning tez, kuchli

qo'zg`aluvchanligi, lekin be?aror bo'lishi bilan farqlanadi. Sangvinik

temperamentli insonlarning kayfiyati tez-tez o'zgarib, bir kayfiyat o'ziga teskari

bo'lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turishi mumkin. Sangviniklardagi

jarayonlar xoleriklardagi singari tez bo'ladi. Bu hil temperamentli insonlar ildam,

chaqqon, serharakat va jo'shqin bo'ladi. Ular ko'p ishga tez va g`ayrat bilan

kirishadigan, lekin ishdan tez soviydigan bo'lishadi. Bir zayldagi ishlarni uzoq,

davomli suratda bajarishga moyil bo'lmaydilar. Bir turdagi faoliyatdan ikkinchi

turdagi faoliyatga osonlik bilan o'tadi. Tanish va do'stlari ko'p, begona insonlar

davrasida o'zini erkin tutadi. Sezgilari psixik faollikka ega bo'lgan, atrofda

bo'layotgan vazifalarga tez munosabatini bildiruvchi, taassurotlarni hadeb

o'zgartirishga intiluvchi, ko'ngilsizliklarni engil o'tkazib yuboruvchi, jonli,

harakatchan, ifodali mimikasi va harakatlari bo'lgan insonlarga sangvinik deyiladi.

Melanxolik temperament (g`amgin, ta'sirchan)- hissiyotning sekin, lekin

kuchli qo'zg`aluvchanligi va barqaror bo'lishi bilan farqlanadi. Melanxoliklar

barqaror, davomli kayfiyatga moyil bo'lib, bu tur odamlar sustkash bo'ladilar. Bu

temperament egalari ishga birdan kirishmasligi mumkin, lekin kirishganda ham

boshlagan ishini ohiriga etkazadi. Ular bir narsadan hafa bo'lsalar bu hafalik uzoq


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

173

vaqt davom etadi, barqaror bo'ladi. Melanxolik tipidagi insonlarning asab

jarayonlari kuchsiz bo'lib, tormozlanish jarayoni qo'zg`alish jarayonlaridan ustun

turadi. Tez hayajonlanadigan, ta'sirchan, yoqimli yoki yoqimsiz hislarni chuqur

qabul qiladigan va muloqot davomida sekin gapiradigan insonlardir. Ularning asab

tizimlari zaif, har narsaga e'tiborli va ehtiyotkor bo'lishadi. Ta'sirchan, chuqur

kechinmali, gap ko'tara olmaydigan, ammo atrofdagi voqealarga unchali e'tibor

bermaydigan, o'zini to'htata oladigan va sekin ovoz chiqaradigan insonlar

melanholiklar deb ataladi.

Flegmatik temperament (bosiq, og`ir tabiatli)-hissiyotning juda sekin,

kuchsiz qo'zg`alishi va uzoq davom etmasligi bilan xarakterlanadi. Flegmatik

temperamentli insonlarda, hissiyotlarning tashqi ifodasi kuchsiz bo'ladi. Bu hil

temperamentli odamlarni hursand qilish, hafa qilish yoki g`azablantirish ancha

qiyin. Flegmatiklarda psixik jarayonlar sust o'tadi. Bu hil temperamentli odamlar

nihoyat og`ir, yuvvosh, bosiq, harakatlari salmoqli bo'ladi. Flegmatik tipidagi

insonlar hissiyotga tez berilmasligi bilan ajralib turishadi. Ular arz holini hammaga

aytavermaydi, boshqalarning hissiyotlarini ham beparvolik bilan kuzatadi. Ular

uzoq kuta olishi va sabr-toqatli bo'lishi bilan boshqa temperament egalaridan

ajralib turishadi. Yuragi keng, barqaror intilishlarga va doimiy his-tuyg`ularga ega,

harakatlari va nutqi bir hil maromda bo'lgan, ruhiy holatini tashqi tomondan ifoda

etmaydigan inson flegmatik, deb ataladi. Psixologik tadqiqotlar natijasiga ko'ra,

temperament turlari aralash tarzda uchrashi ham kuzatiladi. Insonda qaysi tipdagi

temperamentning xususiyatlari ko'proq namoyon bo'lsa, shunga qarab u yoki bu

temperament tipiga mansub deb ataladi. har bir temperament tipining o'ziga hos

ijobiy va salbiy tomonlari bor. Jumladan, xolerik temperamentli shaxsning ijobiy

tomoni uning g`ayratliligi, harakatlar tezligi, qat'iyligida; salbiy tomoni

tormozlanish jarayoni sust bo'lganligi sabab nojo'ya harakatlarni sodir etib qo'yish

holatlarining yuzaga kelishi; flegmatik tipining ijobiy xislatlaridan biri bosiqlikda,

hissiyotlarni engib o'ta olishda; salbiy jihati sustkashligi, beparvoligi ba'zida

yalqovligida; melonholiklarning ijobiy tomoni ehtiyotkorona munosabat,

osoyishtalik; salbiy tomoni ular oddiy voqealardan ham ta'sirlanishi, arzimagan


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

174

narsadan hafa bo'lishidir.

Temperament xususiyatlari aqliy mehnatga ta'sir etishi, aqliy

jarayonlarning tezligiga, diqqatning barqarorligi va ko'chishi, ishga “jalb qilish”

dinamikasi, ish davomida emocional jihatdan o'z-o'zini tartibga solish, asabning

ma'lum darajada zo'riqishini belgilab beradi. Temperamentning faollik darajasi va

harakatchanlik darajasi kabi xususiyatlari ta'limning muvaffaqiyatiga qarama-

qarshi ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga faoliyatning ba'zi turlarida temperament

xususiyatlaridan faqat ularning bajarilish jarayonining borishi emas, balki ma'lum

darajada natijasi ham boqliq bo'lishidir. Faoliyatning bu turlariga nisbatan

psihikaning ancha maqbulroq va kamroq darajada barqaror belgilar to'g`risida

gapirish mumkin. harakatlar sur'ati va jadallashuviga qat'iy talablar qo'yiladigan

mehnat sohalarida psihikaning individual xususiyatlari mehnat faoliyati

qobiliyatiga ta'sir etuvchi omil bo'lishi mumkin. har bir sohada - fan, tehnika, san'at

sohasidagi har hil kasb egalari orasida temperamentning turli hil tiplari vakillarini

uchratish mumkin. Ko'pchilik shoir va yozuvchilarda ta'sirchanlikning yuqori

darajasini kuzatgan holda ularni melanholik temperamentli shaxslar sirasiga

tegishli deb aytish mumkin. Kasb tanlashda ham temperametning ahamiyatli

jihatlari ma'lum ma'noda o'z ta'sirini o'tkazadi. Ba'zi bir kasblar borki, ular oldiga

yuqori darajada talablar qo'yiladi. Masalan, futbolchi bo'lish uchun chaqqonlik,

serharakatchanlik talab etilsa, aktyor yoki san'atkor bo'lish uchun emocional

qo'zg`alish, tartibga solish, asabning ma'lum darajada zo'riqishini belgilab beradi.

Temperamentning faollik darajasi va harakatchanlik darajasi kabi xususiyatlari

ta'limning muvaffaqiyatiga qarama-qarshi ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga

faoliyatning ba'zi turlarida temperament xususiyatlaridan faqat ularning bajarilish

jarayonining borishi emas, balki ma'lum darajada natijasi ham bog`liqdir.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda,begona muhitga tushib qolganda 60% bolalar doimiy

bog`liklikni namayon qiladilar (Masalan: odatda o'yin va laboratoriyaning o'yin

uchun belgilangan honalarda). Ular onasining oldida bemalol o'ynashadi, yangi

muhitga o'rganishadi. Onasi ketganda esa havotirga tushishadi, qaytganda esa


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

175

unga intilishadi. Ammo ba'zi bolalarda salbiy boqliqlik kuzatiladi. Ular atrof-

muhitni o'rganishni o'rniga faqat onasiga intiladilar. Ona ketganda esa yig`lashga

tushadi yoki onani kelish - kelmasligiga befarq qoladilar. Ho'sh buni qanday

izohlash mumkin? Balki bunday bolalarda hulq-atvor tug`ma bo'ladi. Bolaning

temperamenti tug`ma Qobiliyatni tashkil etadi va bu, ayniqsa his – tuyg`ularga oid

bo'ladi. Yillar davomida jur'atsiz,sust bolalar o'zlarini erkin tutishni o'rganishadi,

lekin dadil va jur'atli bolalarning hammasiyam uyatchang va tortinchoq

bo'lavermaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1 . Дэвид Майерс. Психология 2018 йил. 142-143 бетлар.

2.

K. SH. Baltaeva, SH. T. Iskandarova, N. S. Tadjibaeva, M. I.

Xasanova. Sanoat gigienasi va sanitariyasi. Farmatsevtika va tibbiyot oliy o‘quv

yurtlari talabalari uchun darslik. - T., 2010 y.

3.

Nurmuhamedova M. X., Nazarova X. A. Gigiena. Toshkent, 2007 y.

4.

Internet maʼlumotlari