Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
150
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA FE’L YASOVCHI –LA
QO‘SHIMCHASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ro‘ziqulov Shohruh Ilhom o‘g‘li
Guliston davlat universiteti stajyor-o‘qituvchisi
shohruhroziqulovv@gmail.com
Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi
Anorboyeva Munisa G‘ulomjon qizi
Annotatsiya. Tilshunoslik fanining o‘rganilishi sistematik ravishda amalga
oshirilmoqda, jumladan, bo‘limlarga ajratish, turkumlarni aniqlash,
kategoriyalarga bo‘lish, guruhlarga ajratish va nihoyat oppozitsiyada turgan
holatlarni baholash kabilar. Demak, so‘z yasalishi ham bundan mustasno emas,
chunki so‘z asosi bilan yasovchi o‘rtasidagi munosabat bu jarayonni asoslab
beradi. Darhaqiqat, tilshunoslik fani tarixidan to bugungi kungacha bo‘lgan
davrda so‘z yasalishi bo‘yicha turlicha qarashlar, fikrlar bildirilib kelinmoqda.
Jumladan, turkiy tillarga oid fe’l yasalishi masalasiga ham alohida e’tibor
qaratilgan. Maqolada eng faol fe’l yasovchi –la qo‘shimchasining o‘ziga xos
xususiyatlari va taniqli tilshunos olimlarning fe’l yasovchi –la qo‘shimchasi bilan
bog‘liq munozarali masalaga oydinlik kiritishga harakat qilganligi va o‘zining
ilmiy qarashlari bilan fe’l yasalishiga doir xulosalar berganligiga guvoh bo‘lamiz
.
Kalit so‘zlar: affiks, mustaqil so‘zlar, taqlidiy so‘zlar, so‘z yasalishi, shakl
yasalishi.
Kirish.
O‘zbek tilidagi yasama fe’llarning ko‘pchiligi ikki asosiy usul:
affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasalgan fe’llardir. O‘zbek tilida fe’l
yasovchi qo‘shimchalar juda ham ko‘p emas. Shulardan eng faol fe’l yasovchi
qo‘shimchalardan biri
-la
affiksidir. Bu affiks fe’l yasovchilar ichida eng
mahsuldor bo‘lib fe’ldan boshqa barcha turkumga oid so‘zlardan fe’l yasay oladi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
151
Uning yordamida otlardan yasalgan fe’llar asosan quyidagi umumiy ma’nolarni
bildiradi: a) o‘zak-negizdan anglashilgan narsa-predmet bilan ta’minlash, shu
predmetga ega holatli qilish ma’nosini bildiradi:
o‘g‘itla, moyla, betonla;
b) asbob-qurol bildiruvchi otlarga qo‘shilganda, shu asbob bilan bajariladigan ishni
qilish ma’nosini bildiradi: randala, qaychila, arrala, egovla kabi;
c) o‘zak-negizdan anglashilgan narsa-predmetni yuzaga keltirish (paydo qilish)
ma’nosini bildiradi: urug‘la, shonala, mog‘orla, bolala kabi[1].
-la
affiksi yuqoridagi so‘zlarga qo‘shilganda, so‘zning asosidagi
birikuvchanlik xususiyati ham o‘zgaradi.
Sifat va ravishlardan -la affiksi yordamida yasalgan fe’llarda o‘zak-negizdan
anglashilgan tusga, holatga ega qilish, shu holatni olish ifodalanadi: tikla, tekisla,
silliqla, sekinla, tezla, tozala, yaxshila kabi.
Undovlardan -la affiksi bilan yasalgan fe’llarda shu undovga xos his-
hayajon, buyruq-xitob, murojaat kabilarni bajarish ma’nosi ifodalanadi. Aniqroq
qilib aytganda, bunday fe’llarning ma’nosi, asosan, undov so‘zga xos ma’no bilan
«demoq» fe’lining ma’nosi yig‘indisiga mos keladi: dodlamoq (dod demoq),
voyvoylamoq (voy-voy demoq), chuhlamoq (chuh demoq), hihilamoq (hi-hi
demoq) va b. Demak, -la affiksi ma’lum darajada «demoq» fe’li bilan ma’nodosh
hisoblanadi.
-la affiksi yordamida undovlardan yasalgan fe’llarda, odatda, undov
bildiradigan his-hayajon, buyruq-istak kabilarning birdan ortiqligi ifodalanadi.
Shunga mos holda, ko‘pincha, undov so‘z takror holda qo‘llanadi: kishtlamoq
(kisht-kishtlamoq). Agar undov so‘z bildiradigan his-hayajon, buyruq-xitob
kabilar takror holda bo‘lmasa, odatda -la affiksi emas, balki «demoq» fe’li
qo‘llanadi: chuh dedi, voy dedi kabi.
-la affiksi «demoq» fe’liga xos ma’noga va takroriylikni bildirish
xususiyatiga egaligidan, biror so‘z yoki gapni birdan ortiq bajarilishini (takroriy
ijrosini) ifodalash uchun ham qo‘llanadi. Bu hodisa, ayniqsa, og‘zaki nutqda ko‘p
uchraydi: ketamanlamoq, onamlamoq (onamlab yig‘lamoq) kabi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
152
Taqlidiy so‘zlardan -la affiksi yordamida yasalgan fe’llarda taqlidiy so‘z
bildirgan tovush yoki biror holatning yuz berishi ifodalanadi, ya’ni bunday
fe’llarning ma’nosi, asosan, taqlidiy so‘z va «etmoq» so‘zining ma’nolari
yig‘indisiga to‘g‘ri keladi; shitirlamoq (shitir etmoq), gumburlamoq (gumbur
etmoq), lapanglamoq (lapang-lapang etmoq) va b. Bunday fe’llarda ham, odatda,
taqlidiy so‘zdan anglashilgan tovush, obraz va sh. k. birdan ortiq bo‘ladi[1].
Fe’lning o‘ziga qo‘shilganda, harakatning takrorlanishl, uzoq davom etishi
ma’nolarini anglatadi: savamoq—savalamoq, oshamoq—oshalamoq, qashimoq—
qashilamoq kabi. Bu ma’no bir necha xil yo‘l bilan ifodalanishi mumkin: a)
o‘zakka
-la
affiksini to‘g‘rIdan-to‘g‘ri qo‘shish bilan (quv—quvla kabi.); b)
fe’ldan avval ish oti yasab, so‘ng
-la
affiksi keltirish bilan (tort—tortqila, o‘r—
o‘rmala, tep—tepkila kabi); d)
-la
affiksini bundan boshqa turdagi yasama otlarga
qo‘shish yo‘li bilan (tom— tomchila kabi); e) o‘sha fe’lni takrorlash bilan (so‘rab-
so‘rab —bir necha marta so‘rab, so‘roqlab kabi); f) fe’lga aniqlovchi keltirish bilan
(bir necha marta so‘rab kabi)[2].
Shu o‘rinda
–la
affiksi faqat so‘z yasovchi qo‘shimcha sifatida emas, balki
shakl yasovchi qo‘shimcha sifatida ham qatnashib kelishi mumkin ekan. Ushbu
fe’l yasovchi qo‘shimcha fe’lga qo‘shilganda asosdagi valentlikka katta ta’sir
ko‘rsatmasdan qolmaydi.
Masalan, qolmoq fe’lining semantik valentliklari – bu fe’l bevosita sintaktik
aloqaga kirishgan, uning semantik valentliklarini namoyon qiluvchi so‘z va so‘z
formalaridir: Men o‘z yurtimda Vatanimni sevganim uchun, xalqimga astoydil
mehnat qilish uchun qoldim.
agens (men)
O‘rin (o‘z yurtimda)
Qolmoq Sabab (vatanni sevganim uchun)
Maqsad (xalqimga astoydil mehnat qilish uchun)
Ko‘rinadiki, qolmoq valentlik substansial xususiyatiga ko‘ra agens, o‘rin,
sabab va maqsad kabi valentliklarga ega bo‘lib, ularning ifodalovchilari
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
153
(realizatorlari) bilan semantik-sintaktik aloqaga kirishgan. Ushbu gapda agens,
o‘rin, sabab va maqsad kabi fe’l semantikasining mantiqiy bo‘laklari – semantik
qatnashuvchilar (aktantlar) fe’ldagi qolish xabarining – fe’l denotativ ma’nosining
namoyon bo‘lishi uchun xizmat qilmoqda. Qolmoq fe’li bilan sintaktik aloqaga
kirishib, predikativ va nominativ birlikni hosil qilgan konstruksiyalarda –
nominativ birliklarda tobe komponentning hokim komponentga moslashishi,
muayyan grammatik shaklga kirishi yuz berganki, bu bevosita fe’l hokim
komponentning talabiga, shunday “tortish kuchi” ga egaligiga, tobe
komponentlarning esa “tortilishi” xususiyatiga ega bo‘lish qobiliyatiga ko‘ra sodir
bo‘lgan.
Xuddi shunday ko‘rinishda yasama fe’llar ham valentlik xususiyatiga ega.
So‘z semantik valentligining muayyan ko‘rinishi fe’l valentligi hisoblanadi.
Chunki
valentlik
nazariyasi
dastavval
fe’lning
gap
konstruksiyasida
qo‘llanishining mahsuli sifatida fe’lning boshqaruv xususiyatlarini o‘rganish
jarayonida shakllanadi. Chunki fe’l akad. V.V.Vinogradov ta’kidlaganidek,
“…boshqa barcha so‘z turkumi kategoriyalariga nisbatan eng konstruktiv
turkumdir. Fe’lli konstruksiyalar otli so‘z birikmalari va gaplarga faol ta’sir qilish
kuchiga egaligi bilan xarakterlnadi”. Demak, fe’lning eng muhim xususiyati
shundaki, u gapning semantik strukturasida markaziy o‘rinni egallaydi. Shunga
ko‘ra L.Tener tobelik grammatikasida gapni tuzilish jihatidan tahlil qilish
jarayonida gapning tuzilish asosi sifatida fe’lga tayanadi[3].
Xulosa
So‘z semantik valentligining muayyan ko‘rinishi fe’l valentligidir. Fe’l
valentligining muhim jihati shundaki, fe’l gapning tuzilishini belgilaydi. Fe’l
gapda valentlik tashuvchiligi bilan, boshqa so‘zlarni o‘ziga biriktira olish
qobiliyatiga ega eng asosiy konstruktiv birlik ekanligi bilan ajralib turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Ҳожиев А
.
Феъл. Тошкент: Узбекистон ССР «Фан» нашриёти,1973.
5-7 б.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
154
2.
Ҳожиев А
.
Ўзбек тили сўз ясалиши тизими. Тошкент:
O‘qituvchi,2007. 146-148 б.
3.
Rasulov R. Valentlik nazariyasi. Academic Research in Educational
Sciences, December 2022. 446 b.
4.
Doniyorovich, O. R. A., Xolbo‘Tayevna, P. I., & O‘G, R. Z. S. I. (2025).
O ‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA LEKSEMANING TIL BIRLIGI
SIFATIDA O ‘RGANLISHI.
Central Asian Journal of Multidisciplinary
Research and Management Studies
,
2
(4), 205-208.
5.
Ro‘Ziqulov, S., Pardayeva, I., & Alisher, O. R. (2025). FE'LDA
VALENTLIK.
Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and
Management Studies
,
2
(4), 209-211.
6.
Shohruh ilhom o‘g, R. Z. (2024, May). O ‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA
SO ‘Z TURKUMLARINING O ‘RGANILISHI. In
INTERNATIONAL
CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND
LINGUISTICS
(Vol. 1, No. 5, pp. 36-46).