Mualliflar

  • Robiya G‘iyosiddin qizi Rizayeva

Muallif biografiyasi

  • Robiya G‘iyosiddin qizi Rizayeva

    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123080

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ma’nodoshlar usullar takrorlar kompetensiya didaktik materiallar xulosalar. Keywords: synonyms methods repetitions competence didactic materials conclusions. Ключевые слова: синонимы методы повторения компетентность дидактические материалы выводы

Annotasiya

Annotatsiya  :  Mazkur maqolada  til boyligi sanalgan ma’nodosh so‘zlar tavsifi, 10-sinf o‘quvchilari nutqida ma’nodosh so‘zlardan samarali foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish va uni faollashtirish bo‘yicha metodik tizimning takomillashtirilgan yo‘llari yoritilgan. Unda ma’nodosh so‘zlarning lug‘aviy boylik (lingvistik kompetensiya) hamda nutqiy kompetensiyani oshirishdagi ahamiyati, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq faoliyatini rivojlantirishdagi o‘rni va ularni o‘rgatishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiluvchi  interaktiv usullar,  mashq va topshiriqlar (didaktik materiallar) keltirib o‘tilgan.

Abstract:  This article describes synonyms, which are considered a linguistic asset, and describes improved methods of a methodological system for the formation and activation of the skill of effective use of synonyms in the speech of 10th grade students. It discusses the importance of synonyms in increasing vocabulary (linguistic competence) and speech competence, their role in the development of oral and written speech activities of first-graders, and interactive methods, exercises and tasks (didactic materials) that serve as effective tools for teaching them.

Абстрактный: В данной статье дается характеристика синонимов, которые считаются языковым активом, а также описываются усовершенствованные пути разработки методической системы формирования и активизации навыка эффективного использования синонимов в речи учащихся 10-х классов. Подчеркивается значение синонимов в расширении словарного запаса (языковой компетенции) и речевой компетенции, их роль в развитии устной и письменной речи учащихся, а также интерактивные методы, упражнения и задания (дидактические материалы), которые служат эффективными инструментами их обучения.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

138

MA’NODOSH SO‘ZLARNI O‘QITISHDA SAMARALI

USULLARDAN FOYDALANISH

Robiya G‘iyosiddin qizi Rizayeva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

3-bosqich talabasi

rizayevarobiya9@gmail.com

Annotatsiya : Mazkur maqolada til boyligi sanalgan ma’nodosh so‘zlar

tavsifi, 10-sinf o‘quvchilari nutqida ma’nodosh so‘zlardan samarali foydalanish

ko‘nikmasini shakllantirish va uni faollashtirish bo‘yicha metodik tizimning

takomillashtirilgan yo‘llari yoritilgan. Unda ma’nodosh so‘zlarning lug‘aviy

boylik (lingvistik kompetensiya) hamda nutqiy kompetensiyani oshirishdagi

ahamiyati, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq faoliyatini rivojlantirishdagi

o‘rni va ularni o‘rgatishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiluvchi interaktiv

usullar, mashq va topshiriqlar (didaktik materiallar) keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: ma’nodoshlar, usullar, takrorlar, kompetensiya, , didaktik

materiallar, xulosalar.

Abstract: This article describes synonyms, which are considered a linguistic

asset, and describes improved methods of a methodological system for the

formation and activation of the skill of effective use of synonyms in the speech of

10th grade students. It discusses the importance of synonyms in increasing

vocabulary (linguistic competence) and speech competence, their role in the

development of oral and written speech activities of first-graders, and interactive

methods, exercises and tasks (didactic materials) that serve as effective tools for

teaching them.

Keywords: synonyms, methods, repetitions, competence, didactic materials,

conclusions.

Абстрактный: В данной статье дается характеристика синонимов,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

139

которые считаются языковым активом, а также описываются

усовершенствованные

пути

разработки

методической

системы

формирования и активизации навыка эффективного использования

синонимов в речи учащихся 10-х классов. Подчеркивается значение

синонимов в расширении словарного запаса (языковой компетенции) и

речевой компетенции, их роль в развитии устной и письменной речи

учащихся, а также интерактивные методы, упражнения и задания

(дидактические

материалы),

которые

служат

эффективными

инструментами их обучения.

Ключевые слова: синонимы, методы, повторения, компетентность,

дидактические материалы, выводы

Bugungi kunda umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma

nutqini rivojlantirish, ularning fikrini ravon, aniq va mantiqiy bayon eta olish

malakasini shakllantirish ta’lim jarayonining muhim yo‘nalishlaridan biri

hisoblanadi. Ayniqsa, o‘quvchilar nutqida tilimizning boyligi sanalgan ma’nodosh

so‘z(sinonim)lardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish

ularning nutq boyligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek,

maqolada ma’nodosh so‘zlardan o‘rinli foydalanish natijasida o‘quvchilarda

uchrashi mumkin bo‘lgan

‘‘o‘rinsiz

takrorlar’’

ga chek qo‘yish sabablari batafsil

yoritilgan. 10-sinf o‘quvchilari nutqida ma’nodosh so‘zlarni faollashtirish

natijasida ularning og‘zaki nutq boyligini oshirish usullari, xulosalari

ko‘rsatilgan. Ma’nodosh so‘zlar nutqning ifodaliligi va aniqligini ta’minlovchi

vositalardan biri sifatida o‘quvchilarning til madaniyatini yuksaltirishda katta rol

o‘ynaydi. Shu bois, 10-sinf o‘quvchilari nutqida ushbu so‘zlarni faollashtirishga

qaratilgan metodik tizimni shakllantirish asosiy masalalardan biridir.

Shirali, boy va to‘g‘ri nutq tuza olish uchun, avvalo, so‘zlovchining so‘z

zaxirasi boy bo‘lmog‘i lozim. Xuddi shu kabi, nutqning boyligini ta’minlashda,

ayniqsa, ma’nodoshlik (

sinonimiya

) katta ahamiyatga ega. Barchamizga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

140

ma’lumki, ma’nodoshlik hosil qilish, faqat so‘zlar doirasidagina uchramaydi, balki

morfologik, sintaktik va frazeologik birliklar doirasida ham keng tarqalgan.[5]

Ularni o‘quvchilar nutqida faollashtirish va to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha bir qator

olimlar o‘zlarining kitoblarida samarali usullardan foydalanish muhim ekanligini

keltirib o‘tganlar. Jumladan, o‘zbek olimlaridan

A. G‘ulomov,

B. To‘xliyev,

D.

Yuldasheva

kabi metodist olimlar ma’nodosh so‘zlarni o‘qitishda eng muhim

sanalgan interaktiv (interfaol) usullar, metodlar bo‘yicha fikr bildirishgan.

10-sinf o‘quvchilari nutqida ma’nodosh so‘zlarni faollashtirish va

ulardan o‘rinli foydalanish maqsadida quyidagi usullar yoki metodlar

samaralidir.[2]

1.

‘‘So‘zlar xazinasi’’;

2.

‘‘Transformatsiya (

so‘zlar almashinuvi

)’’usuli;

3.

Matndan ma’nodosh so‘zlarni ajratib olish usuli;

4.

Sinonim so‘zlar lug‘ati bilan ishlash;

5.

‘‘Sinonimlar zanjiri’’;

6.

Ma’nodosh so‘zlar ishtirokida hikoya tuzish;

1.

‘‘Qaysi biri ortiqcha?’’metodi.

So‘zlar

1-sinonim

2-sinonim

3-sinonim

4-sinonim

katta

ulkan

bahaybat

yirik

buyuk

kuchsiz

kabi

Kambag‘al

kasal

kam

kerak


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

141

‘‘So‘zlar xazinasi’’ metodiga asoslangan holda, ma’nodosh so‘zlarni

o‘qitish quyidagi tarzda olib boriladi:

Yuqoridagi metod o‘quvchilar uchun foydali metodlardan biri bo‘lib, bunda

o‘quvchilar o‘z bilim saviyasidan kelib chiqqan holda jadvalni tugallaydilar. Qaysi

guruh to‘g‘ri va aniq ma’nodosh so‘zlar jadvalini tugallasa, o‘sha guruh g‘olib

bo‘ladi. 10-sinf o‘quvchilarining ma’nodosh so‘zlarni o‘zlashtirishidagi eng

foydali usullardan biri bu sinonimik qatorni tuzish hisoblanadi. Bunda

o‘quvchilar yangi so‘zlarni o‘z lug‘at boyliklariga kiritadilar. Bu kabi usullarni

o‘qitishda quyidagi amallarni bajarish lozim:[1]

1. Mavjud so‘zlarga ma’nodoshlar topish;

2. 10-sinf ona tili darsligidagi ‘‘Sinonimlar uslubiyati’’ mavzusida berilgan

matndan yoki badiiy parchadan ma’nodoshlarni ajratish

;

3. Ma’nodoshlar asosida saylanma diktant yaratish;

4. Ma’nodosh so‘zlarning ma’no nozikliklarini topish.

Sinonim so‘zlardan foydalanish nutqni boy va ta’sirchan qiladi. Shuningdek,

ular

ortiqcha takroriylik (taftologiya

)dan chekinishga sabab bo‘ladi. Ma’nodosh

so‘zlardan foydalanishda o‘quvchilarda nafaqat

lingvistik kompetensiya

ko‘nikmasi rivojlanadi, balki

nutqiy kompetensiya

ko‘nikmasi ham shakllanadi.

Ma’nodosh so‘zlardan o‘rinli foydalanish og‘zaki va yozma nutqni ifodali, lo‘nda,

ravon va tiniq aks ettirishda ahamiyatlidir.

‘‘Transformatsiya’’

usuli asosida

ma’nodosh so‘zlarni o‘qitishda gapdagi bir so‘zni o‘z ma’nodoshiga almashtirib

qo‘llash orqali gapning mazmunini saqlab qolish nazarda tutiladi. Masalan:

Asl gap: U latofatli qizning maktubini kutardi.

O‘zgartirilgan holat: U suluv qizning maktubini kutardi.

O‘zgartirilgan holat: U chiroyli malakning xatini kutardi.

O‘zgartirilgan holat: U go‘zal qizning xatini kutardi.

O‘zgartirilgan holat: U maftunkor qizning xatini kutardi.

Bu metod har bir gapdagi so‘zlarni o‘z ma’nodoshlariga almashtirish orqali

amalga oshiriladi. O‘quvchilar bu gaplardagi sinonimlarni ma’no nozikliklari


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

142

bo‘yicha ham ma’nodoshlik qatoriga ko‘ra guruhlaydilar.

1-guruh

Latofatli, …

2-guruh

qiz, …

3-guruh maktub, …

Gaplardagi ma’nodoshi mavjud bo‘lmagan so‘zlarni alohida guruh qiladilar.

‘‘Matndan ma’nodosh so‘zlarni ajratib yozish’’[3] usuli eng ko‘p

qo‘llanadigan usullardan biridir. Bunda tegishli mavzuga oid kichik hajmli badiiy,

ilmiy, publitsistik va rasmiy matn beriladi. O‘quvchilar matnda ajratib

ko‘rsatilgan so‘zlarni ma’nodoshlarini aniqlaydilar. Bu usul orqali o‘quvchilarda

yozma nutq ko‘nikmasi shakllanadi, so‘zlarning ma’nosidan matnda to‘g‘ri

foydalana olishadi, mantiqiy jihatdan to‘g‘ri gaplar tuzish qobiliyati rivojlanadi.

Qadimda bir podshoh katta hovuz qurdiribdi. Xalqni jamlab, e’lon

beribdi: -Men bu hovuzning sut bilan to‘ldirilishini xohlayman. Hamma kechasi

bir kosadan sut olib kelib hovuzga quysin. Ertalab hovuz bo‘yida yig‘ilamiz.

Dunyoga dong‘i ketgan hovuz bo‘lsin. Hamma uy-uyiga tarqalibdi. Voqeamiz

qahramoni ham uyga qaytibdi. U yarim tunda bir kosa sutni olib uydan chiqibdi.

Bir-ikki qadam tashlagach, xayoliga shunday fikr kelibdi: ‘‘Hozir yarim tun. Hech

kim ko‘rmayapti. Keyin hamma sut quyganda, men bir kosa suv quysam, bilinmay

ketadi. Qaytaga bir kosa sut yonimga qoladi’’. Uyga qaytib, bir kosa sut o‘rniga

bir kosa suvni olib, hovuzga quyib kelibdi. Tong otibdi. Podshoh, amaldorlar va

butun xalq sut bilan to‘ldirilgan hovuzni tomosha qilgani yetib kelishibdi. Ming

hayajon bilan ko‘rsalarki, hovuz to‘la suv ekan… Qolganlar ham bizning

qahramonimiz kabi ‘‘Men suv quysam, qolganlarniki bilan bilinmay ketadi. Sut

quyganim bilan biror narsa o‘zgarib qolarmidi?-deb o‘ylab, suv quyib ketishgan

ekan’’. O‘sha qahramon kimligini bilasizmi? Siz va men! Siz-u bizning

o‘zgarishimiz butun jamiyatni o‘zgartiradi. Odam yukini boshqalarga

tashlayvermasdan, mas’uliyatni zimmasiga olib, butun insoniyatga foyda

keltirishni maqsad qilib yashay boshlashi kerak. Afsuski, biz ko‘pincha

huquqimizni talab qilamiz-u, majburiyatlarimizni unutib qo‘yamiz. Aslida, bizning


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

143

huquq va majburiyatlarimiz qaysi nuqtada birlashadi? (Internetdan)[4]

‘‘Qaysi biri ortiqcha?’’metodi asosida 10-sinf o‘quvchilarida tanqidiy

fikrlash ko‘nikmasi rivojlanadi. Ma’nodosh so‘zlar qatorida qaysi so‘z mazmun

jihatdan ma’nodoshlik hosil qila olmasligini topadilar. Ma’nodoshlik qatoridagi

so‘zlarni ma’no darajalariga ko‘ra ijobiy yoki salbiy ekanligini muhokama

qiladilar.

gulshan

guliston

gulzor

bog‘

bo‘ston

gulbog‘

chaman

gapirmoq demoq

javramoq valdiramoq bobillamoq vaysamoq sayramoq

avzo

angor

turq

tal’at

diydor

qiyofa

atvor

tabassum jilmaymoq irshayish kulmoq

tirjaymoq

iljaymoq

ishshaymoq

hamdam

yor

o‘rtoq

oshno

birodar

do‘st

rafiq

Yuqorida metodlar asosida 10-sinf o‘quvchilariga ma’nodosh so‘zlarni

qay tartibda o‘qitish kerakligi yoritib o‘tildi. Bundan tashqari, ma’nodosh

so‘zlarni o‘rgatishda yana bir necha usullardan foydalanish mumkin. Masalan,

‘‘Klaster’’ metodi (bosh so‘z asosiy doirada beriladi), ijodiy topshiriq ( sinonimlar

asosida minihikoya tuzish), sinonim juftliklarni topish (test shaklida) va boshqalar.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, 10-sinf o‘quvchilariga ma’nodosh

so‘zlarni o‘qitish ularning so‘z boyligini oshirish, nutq madaniyatini shakllantirish

va fikrni ravon ifodalash ko‘nikmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb

etadi. Maqolada ko‘rib chiqilgan samarali metodlar - klaster metodi, muqobil so‘z

tanlash, matn asosida tahlil qilish kabi usullar – dars jarayonini jonlantirib,

o‘quvchilarni faol fikrlashga undaydi. Bu kabi topshiriqlar orqali o‘quvchilar

ma’nodosh so‘zlarning nozik ma’no tafovutlarini anglab, ularni kontekstga mos

holda ishlatish malakasiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, bunday usullar darslarni

qiziqarli va samarali o‘tkazishga, o‘quvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishini

oshirishga xizmat qiladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

144

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

A. G‘ulomov va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi.

Toshkent – ‘‘Fan va texnologiya’’-2012.

2.

B.To‘xliyev, M. Shamsiyeva, T. Ziyodova.O‘zbek tili o‘qitish

metodikasi. O‘quv qo‘llanma. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, T.: 2006. 192 b.

3.

D.N. Yuldasheva. “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi”. –

Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti, 2021. – 424 b.

4.

Ona tili 10 [Matn]: 10-sinf uchun darslik / B. Mengliyev. –

Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. –224 b.

5.

11-sinf uchun darslik. ‘‘O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi’’.

Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent-2018.