Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
113
OMONIMIYANI BELGILASH MEZONLARI XUSUSIDA
Ibrohimova Durdona Sherzod Qizi
Andijon davlat chet tillar institute Arab tili fakulteti 1-kurs talabasi
Pazilova Nasibaxon Muxammadkasimovna,
ilmiy maslahatchi Andijon davlat chet tillar instituti
Annotatsiya. Ushbu maqolada dunyo tilshunosligida omonimlar masalasi
muhokama qilingan bo’lib, dunyo tilshunoslarining omonimlarga bo’lgan
qarashlari aks etgan.
Kalit so’zlar: omonim, so’z, leksema, grammatika, tasnif, semantika,
leksikologiya.
Til ko‘p strukturali hodisadir. Unda ma’nolari bir-biriga yaqin va ma’nolari
bir-biridan tubdan farq qiladigan har xil hodisalarni uchratish mumkin. Shunday
hodisalardan biri til birliklari o‘rtasidagi omonimlik hodisasidir. Omonimlik
hodisasi tilning barcha bosqichlarini qamrab oladi. U leksikada ham grammatikada
ham kuzatiladi. Ilgari ko‘pgina tilshunoslar omonimiyani leksik hodisa deb
tushuntirishga urinib keldilar. Aslida u leksikadan tashqari grammatikada ham
mavjud. Grammatik formalar ya’ni qo‘shimchalar yuzaki qaraganda ma’nosizdek
ko‘rinadi, ammo ularni sinchiklab o‘rganish, farqlarini aniqlash, ularning ham
ma’lum bir ma’nolarining ifodasi ekanligidan darak beradi. Grammatikada ikki
yoki undan ortiq grammatik shaklning teng kelib qolish hodisasi nihoyatda
sinchiklovlik bilan tadqiqot olib borishni talab qiladi. Faqat shu asosdagina,
affikslar o‘rtasida omonimlik xususiyatni payqab olish mumkin. Shuning uchun
ham tilshunoslikda bu hodisa ko‘pgina olimlarni qiziqtirib keldi va ular ma’lum bir
izlanish tarixiga ega bo‘lgan muammodir. Ayniqsa bu masala bo‘yicha rus
tilshunosligi birmuncha boy tajiribaga ega. Buni shundan ham bilish mumkinki
grammatik omonimiya masalasi rus tilida chiqqan ayrim darsliklarda o‘zining
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
114
maxsus ifodasini topgan. Olim A.K.Shaykevich esa omonimlarni tasnif qilish
an’analari va yo‘llari haqida alohida fikr yuritadi. Akademik V.V.Vinogradov
o‘zining maxsus maqolasida umuman omonimiya masalasiga keng to‘xtalib,
grammatik omonimlar haqida ham atroflicha fikr yuritadi [1].
Omonimlarga qiziqish shunchalik kuchliki, u fanlar Akademiyasining
tilshunoslik instituti Leningrad bo‘limining ilmiy ishida maxsus munozara obyekti
bo‘ldi va uning materiallari alohida to‘plam bilan nashr qildirilib, omonimlik
hodisasining tildagi xususiyatlari haqida qimmatli fikrlarning o‘rtaga kelishiga
sababchi bo‘ldi. Turkologiyada ham bu masala bo‘yicha maxsus tadqiqotlar olib
borilgan. B.O.O‘rozboyeva o‘zining alohida kitobida maxsus to‘xtaldi va so‘z
yasalishi sohasidagi omonimlarni alohida ko‘rsatib o‘tdi. Qozoq tilida esa
affikslarning omonimlik xususiyatlari bo‘yicha alohida ilmiy tekshirish ishi
bajarilib, kandidatlik dissertatsiyasining obyekti bo‘ldi [2].
O‘zbek tilshunosligida birinchi omonimlik affikslar haqida birinchi qayd
qilgan olim Ya.D.Pinxasovdir. Shundan keyin affiksal omonimiya hodisasi
to‘g‘risida maxsus maqolalar e’lon qilindi va ularda affiksal omonimiyaning
xususiyatlari tahlil qilindi. Keyinchalik M.A.Jo‘raboyeva o‘zbek tilida affiksal
omonimiya hodisasini maxsus tadqiq qilib, kandidatlik dissertatsiyasini himoya
qildi. Xullas, yuqoridagi ishlardan ko‘rinadiki, affiksal omonimiya masalasi
tilshunoslikda ancha ishlangan soha hisoblanadi, lekin shunga qaramasdan bu
sohada qilinadigan ishlar juda ko‘p [3].
Affiksal omonimiya masalasi ilmiy doirada alohida tadqiq qilingan bo‘lsa,
ham maktab o‘quvchilari, talabalar bu hodisani to‘laligicha farq qila olmaydilar.
Bu hol uning o‘rganilishi hali ommaviy tus olmaganligi sababdandir. Shuning
uchun malakaviy ish obyekti qilib, affikslar omonimiyasini tanladikki, bu o‘sha
grammatik hodisaning xarakterli tomonlarini ko‘rsatib berishga katta yordam
beradi. Omonimik affikslarni o‘rganishda keyingi yillarda chiqqan o‘zbek tilining
morfem lug‘atida unga katta e’tibor berilgan. Bu hol uning til strukturasida katta
o‘rni borligidan darak beradi. Biz bu malakaviy ishimizni yoritish va uni yuzaga
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
115
keltirishda yuqoridagi ishlardan foydalandik va misollarni badiiy adabiyotdan
tanladik. Shu asosda uni har turli omonim affikslarning xarakterli tomonlarini
yoritishga harakat qildik. Affiksal omonimik holatini belgilashning umumiy
nazariy jihatlari hali deyarli ishlab chiqilmagan. Biroq ko‘pchilik tilshunoslarning
omonimiyaga bergan ta’riflarida affikslarning formal tengligi, ammo semantik
jihatdan farq qilishi ko‘rsatib o‘tiladi. Bu 2 belgining omonimiya faktini
belgilashning asosiy kriteriyasi ekanligi omonimiya masalasiga bag‘ishlangan
maxsus diskussiya materiallarida ham qayd qilingan. Biroq «shakliy tenglik» va
«ma’noda farqlilik» tushunchalarini barcha tekshiruvchilar birday talqin
qilmaydilar. Ayrimlar «formal tenglik» deganda umuman til edinitsalarining (shu
jumladan, affikslarning ham) «bir xil aytilib, bir xil yozilishi»ni, «talaffuzi ham,
grafik ifodasi ham aynan bo‘lishi»ni ko‘rsatsalar, ba’zilar yo fonetik (talaffuz)
tomoni, yo grafik (yozilish) jihatininggina teng kelishini ta’kidlash bilan
cheklanadilar. Bizningcha, «formal tenglik» tushunchasida ham aytilishini, ham
yozilishini hisobga olish zarur, chunki marksistik filosofiya nuqtai nazaridan ham
tilning material qismini uning tovush (birlamchi) va grafik (ikkilamchi) tomonini
tashkil etadi va har 2 tomon birgalikda uning formasi sanaladi. Biroq tilda aytilishi
bir xil bo‘lib, yozilishi farqlanadigan yoki aksincha holatlar ham yo‘q emas. Shu
jihatdan ko‘pchilik «ishlarda omonimlarning o‘z ichida 2 turi-omofon va
omotraflar-farqlanadi. O‘z navbatida bu xususiyat, bunday bo‘linish, affiksal
omonimlarga ham xos bo‘lib, buni o‘rni bilan hisobga olish zarur.
Yana shuni aytish kerakki, «formal tenglik» ifodasidan anglashilgan ma’no
kamida 2 ta til edinitsasi o‘rtasidagi munosabatni ko‘rsatadi. Xuddi shu nuqtai
nazardan shakliy teng holatlarni (albatta, polisemiya bundan mustasno) «birgina
forma» deb tushunish noto‘g‘ridir. Ya. D. Pinxasov shunday yozadi: «Birgina
forma bo‘lib, turli ma’nolarni hosil qiladigan, har xil turkumdagi deyiladi».
so‘zlarni yasaydigan affiksga omonimik affiks. Holbuki, «birgina forma» haqida
gap ketar ekan, bu o‘rtada omonimlik to‘g‘risida gapirish mantiqan ham mumkin
emas. Bunday holatlar polisemiya sifatida talqin qilinishi kerak. Demak, formal
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
116
tenglik tushunchasi kamida 2 va undan ortiq mustaqil til edinitsalarining shaklan
mos kelishi demakdir. O‘z navbatida bu tushuncha (formal tenglik)ni juda keng
ma’noda ham tushunmaslik kerak. Biroq ayrim ishlarda tovush kompleksi jihatidan
mos kelgan har qanday til birliklari aytilishi va yozilishidan qat’iy nazar, bir
omonimik qatorga kiritib yuboriladi va shu prinsipga ko‘ra guruhlanadi [4].
Holbuki, omonimiya hodisasini, xususan, affiksal omonimiyani teng
qiymatli edinitsalar doirasida olib qaragan ma’qul. O‘z navbatida bunday cheklash
quyidagi holatlarni istisno qilmaydi. Aksincha, bunda sodda affiks bilan qo‘shma,
sostavli formalarning duch kelishi, o‘zbek tili elementi bilan o‘zlashgan affiksal
edinitsaning shakliy mosligini yuzaga keltirishi, adabiy til doirasida qo‘llanuvchi
affiksal forma bilan u yoki bu shevaga xos bo‘lgan morfologik ko‘rsatkichning
shakliy tenglik hosil qilishi, affikslarning ko‘p variantliligiga ahamiyat berish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Haqiqatan, ba’zan u yoki bu sodda affiks 2 ta
affiksning qo‘shilmasidan iborat bo‘lgan bironta shu shakldagi boshqa sostavli yo
qo‘shma affiks bilan formal teng kelib qolishi mumkin. Masalan, -la+-r II formasi
ko‘plik qo‘shimchasi -lar I ga, -la + -y II qo‘shilmasi -lay I affiksiga shaklan teng
bo‘lib, -lar I strukturasiga ko‘ra sodda affiks bo‘lsa, -lar II esa fe’l yasovchi -la va
sifatdosh ko‘rsatkichi -r komponentlaridan tashkil topgan sostavli formadir.
Qiyoslang: gul + lar I, gul + la + r II. Shunga o‘xshash, -lay I ravish yasovchi sodda
affiks bo‘lsa, -lay II fe’l yasovchi -la va buyruq-istak mayli ko‘rsatkichi -y
affikslarining birikishidan hosil bo‘lgan sostavli formadir: butun lay I bu-tun-la +
-y II.
Teng qiymatli edinitsalarning qiyoslanishi haqidagi fikr bunday shakliy teng
formalarning chog‘ishtirilishiga zid kelmaydi, chunki bu o‘rinda struktural farqli
bo‘lgan 2 ta teng qiymatli edinitsa-affiksal forma qiyoslanilyapti [5].
Shuningdek, affiksal omonimik holatni chegaralash mаsalan u yoki bu tildan
o‘zlashgan affikslarning o‘zbek tilidagi affiksal morfemalar bilan omonimlik hosil
qilishini ham inkor etmaydi. O‘zbek tilida esa bunday o‘zlashtirish natijasida
yuzaga kelgan, son jihatdan kengaygan omonimik qatorlar anchagina. Bu jihatdan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
117
-ov, -l, -an formasidagi omonimik qator xarakterlidir. Chunki fe’l darajasini
yasovchi -l I (o‘qildi), sifat yasovchi ov I (sinchkov), fe’l yasovchi -an I (kuchan)
affikslarining omonimik juftlari rus tilidan o‘zlashgan, sifat yasovchi –l II
(muzikali), familiya ko‘rsatkichi -ov II (Karimov), arab tilidan o‘zlashgan, ravish
yasovchi -an II (taxminan) ko‘rsatkichlaridir [6].
Ko‘rinadiki, bu holatda ham, garchi 2 xil tilga xos morfologik ko‘rsatkichlar
qiyoslansada, ular, avvalo, teng qiymatli affiksal yedinitsalardir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Аъламова М. Ўзбек тилида омоморфемалар («Научные труды
Таш.Д.У», вып. 268, Языкознание.
2. Бердиёров Ў., Хўжаев Т., Йўлдошев П. Умумий тилшунослик
Самарқанд. 1974. 46-47 бетлар.
3. Винаградов В.В. Об омонимии и смежних. Журнал «Вопросы
языкознаний», 1960. стр.6.
4. М-Галинская М.М. Некоторые явления грамматическое омонимы в
современном англыйского языка (Журнал. «Инностранные языкы в школе»,
1956, № 5, стр. 56).
5. Pazilova N TEACHING SPEAKING SKILLS - OVERCOMING
CLASSROOM
PROBLEMS.
TEACHING
SPEAKING
SKILLS
-
OVERCOMING CLASSROOM PROBLEMS. ResearchJet Journal of Analysis
and Inventions. ISSN: 2776-0960 Impact Factor: 7.655. VOLUME 2, ISSUE 5 ,
MAY-2021. Website: http://reserchjet.academiascience.org
6. Pazilova N EFFECTIVE METHODS OF TEACHING WRITING
SKILLS IN DIFFERENT CLASSES. EFFECTIVE METHODS OF TEACHING
WRITING SKILLS IN DIFFERENT CLASSES. ResearchJet Journal of Analysis
and Inventions. ISSN: 2776-0960. Impact Factor: 7.655. VOLUME 2, ISSUE 5 ,
MAY-2021.Website: http://reserchjet.academiascience.org
7. Pazilova NEFFECTIVE WAYS OF TEACHING AND EXPANDING
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
118
VOCABULARY. ResearchJet Journal of Analysis and Inventions. ISSN: 2776-
0960. Impact Factor: 7.655. VOLUME 2, ISSUE 5 , MAY-2021. Website:
http://reserchjet.academiascience.org
8. Pazilova NEFFECTIVE METHODS OF TEACHING WRITING (THE
USE OF “CHARACTER WHEEL” METHOD)EURASIAN JOURNAL OF
ACADEMIC RESEARCH. Volume 1, Issue 2. Part 2 May 2021. The official
website of the journal. www.innacademy.uz. Volume 1 Issue 02, May 2021 ISSN
2181-2020.