Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
87
SHIMOLIY AFG’ONISTON O’ZBEKLARI: XALQ SIFATIDA
SHAKLLANISH TARIXI VA SHIMOLIY AFG‘ONISTONDA
YASHOVCHI O‘ZBEK URUG‘I NOMLARINING ETIMOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti
TALASH ALAWUDDIN
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Shimoliy Afg‘onistondagi o‘zbek xalqining
etnik-madaniy holati va Afg‘onistondagi o‘zbeklarning ijtimoiy hayotida
urug’chilik hamda Afg‘onistondagi o‘zbek urug’larining nomlanishiga,
shuningdek, urug’lar va ularning joylashuviga e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar: Etnografiya, To‘y, Shimoliy Afg‘oniston, Leksika, urug’lar.
УЗБЕКИ СЕВЕРНОГО АФГАНИСТАНА: ИСТОРИЯ
ФОРМИРОВАНИЯ КАК НАРОДА И ЭТИМОЛОГИЯ НАЗВАНИЙ
УЗБЕКСКИХ ПЛЕМЕН, ПРОЖИВАЮЩИХ В СЕВЕРНОМ
АФГАНИСТАНЕ
Аннотация: В данной статье рассматривается этнокультурное
положение узбекского народа в Северном Афганистане и роль кланов в
общественной жизни узбеков в Афганистане, а также наименование
узбекских кланов в Афганистане, а также кланы и их местонахождение.
Ключевые слова: этнография, свадьба, Северный Афганистан,
лексика, кланы.
UZBEKS OF NORTHERN AFGHANISTAN: THE HISTORY OF
FORMATION AS A PEOPLE AND ETYMOLOGY OF THE NAMES OF
UZBEK TRIBES LIVING IN NORTHERN AFGHANISTAN
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
88
Abstract: This article discusses the ethnocultural situation of the Uzbek
people in Northern Afghanistan and the role of clans in the social life of Uzbeks in
Afghanistan, as well as the name of the Uzbek clans in Afghanistan, as well as the
clans and their location.
Keywords: ethnography, wedding, Northern Afghanistan, vocabulary, clans.
Hozirgi Afg'oniston diyorida yashab kelayotgan o'zbeklarning bu hududga
qanday joylashib qolganligi, ularning kelib chiqish ildizlari, tarixini o'rganish to‘la
nihoyasiga yetkazilmagan. Shundan bo‘lsa kerak ba’zi manbalarda hatto bu yerda
yashayotgan o‘zbeklarga nisbatan diaspora (o’z vatanidan tashqarida yashovchi
etnik guruh) atamasi ham ishlatiladi. Lekin hozirgi Afg'onistondagi o‘zbeklarning
shakllanish tarixiga ilmiy jihatdan yondashadigan bo‘lsak, ularni diaspora emas
yaxlit bir millat o‘laroq evolutsion jarayonlarni bosqichma-bosqich boshidan
o‘tkazib bir millat bo‘lib vujudga kelganligini bilib olamiz.
Afg'oniston shimolida yashab kelayotgan turkiy urug’larning paydo bo'lish
tarixi va o‘zbeklarning millat sifatida shakllanish bosqichlarini ilmiy jihatdan
asoslab beramiz. Afg'onistonda Turkiy urug’larning paydo bo‘lish tarixini V
asrning ikkinchi yarmi ya’ni Eftallar va Xioniylar davlatining paydo bo'lishi bilan
bog'laydilar. Eftal urug’lari Afg'oniston hududlarini bosib olgach bu yerga ko‘plab
turkiy qavmlar Sirdaryo va Orol bo‘ylaridan ko‘chib kelib, o‘rnashib qolishdi. Bu
urug’lar keyinchalik Turk xoqonligi davrida ancha o‘troq hayotga moslashib bu
yerda turkiy ulusning siyosiy nufuzi yanada oshdi.
VII asr oxiri va VIII asr boshlarida islom dininig Butun Xuroson
hududlariga keng yoyilishi, turli dinlarga e’tiqod qilib kelgan turkiy urug’larning
yagona din bayrog'i ostida birlashishlariga zamin yaratdi.
XIII asr birinchi yarmda Mo'g'ullar bosqini davrida turkiy xalqlarning etnik
qiyofasi yanada murakkab shakl kasb etib bordi. Mo'g'ullar qo'shini safida ko'plab
turkiy urug’lar ham mavjud edi. Natijada mo'g'ul urug’lari bu yerda turkiy xalqlar
tarkibiga singib ketishdi. Bu jarayon o'z navbatida Turkiy xalqlarning tarkibida
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
89
yangi etnonimlar paydo bo'lishiga olib keldi
Qadim Afg'on diyori Buyuk ipak yo'li chorrahasida joylashganligi, xilma-
xil madaniyatlar vujudga kelishi, rivojlanishi uchun beshik vazifasini bajardi.
Afg'onistonda yashab kelayotgan o'zbeklarning bu hududda yaxlit o'zbek millati
bo'lib shakllanish davri xuddi Movarounnahrda bo'lgani kabi IX-XII asrlarga borib
taqaladi. Afg'oniston shimolidagi o'zbeklarning ham etnogenizi nihoyatda boy
bo'lib asrlar davomida turli urug’ va urug'larning bu hududga ko'chib kelishi hamda
bir-biri bilan o‘zora yaqinlashib, aralashib ketishi millatning shakllanishida muhim
rol o‘ynagan.
XVI asrgacha Afg'onistonda yashagan o'zbeklarning aksari qarluq va o'g'uz
oilasiga mansub urug'lardan iborat bo'lib, ular o'zlarini umumiy nom bilan turkiylar
deb atashgan bo'lsa, Shayboniylar davriga kelib ko'plab o'zbeklarning qipchoq
urug'i oilasiga mansub urug’lari ko'chib kelishdi. XVI asrdan boshlab
Amudaryoning janubida yashayotgan aksar urug’lar o'zlariga o'zbek degan yaxlit
nomni qabul qilishdi.
XIX asrgacha Afg'oniston shimolida yashovchi o'zbeklar va tojiklar
Buxoro amirligi tarkibida bo'lgan. Asrning 50-yillariga kelib, Angliya va Buxoro
hukmdori amir Nasrulla o‘rtasida munosabatlar sovuqlashdi. Natijada Angliya
o‘sha vaqtdagi Afg'oniston amiri Do'st Muhammadxonni Buxoroga qarshi urushga
gij-gijladi va harbiy yordam ko‘rsatdi. Angliyani harbiy qo‘lloviga ega bo‘lgan
Do‘st Muhammadxon Amudaryo janubidagi o'zbek viloyatlarini birin-ketin bosib
oldi. Edilikda bu hududlarga nisbatan Afg'on Turkistoni yoki janubiy Turkiston
atamasi ishlatila boshlandi. Do'st Muhammadxon yangi egallangan hududlarda
davlat vakili etib o'g'li Afzalxonni tayinladi. Inglizlarni bu hududlarni bosib
olishdan ko'zlagan asosiy maqsadi O'rta Osiyoni zabt etishga kirishgan Rossiyani
Amudaryodan janubdagi yerlarga ko'z olaytirishini oldini olishdan iborat edi.
Barakzay sulolasi davrida Afg‘oniston inglizlar ko'magi va madadida
sekin-asta kuchayib, hududlarini shimolga tomon kengaytirib bordi. U payti
1
Oltoy Nurulloh. O‘zbek tili so‘zligi. — Shibirg‘on (Afg‘oniston): NS, 2007.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
90
Amudaryoning janubiy sohilida Buxoro amirligiga qisman bo‘ysunuvchi Balx,
Qunduz, Shibirg‘on, Maymana singari qator bekliklar mavjud edi. Amir
Do‘stmuhammadxon Barakzay, asosan, o‘zbeklar istiqomat qiluvchi yangi
bo‘ysundirilgan shimoliy bekliklarni yagona Turkiston viloyatiga birlashtirdi
hamda bu yerga pushtunlarni ko‘chirish siyosatini boshlab berdi.
Shunday qilib hozirgi Afg'oniston hududlari XIX asrda sun’iy ravishda
yangi hududlarni bo'ysindirish evaziga vujudga keldi.
Afg'onistonda polietnik davlat sifatida 20 dan ortiq millat vakillari
istiqomat qilishadi. O'zbeklar Afg'oniston hududidagi uchinchi eng yirik millat
hisoblanadi. Asosan, mamlakatning shimolidagi Turkiston va Qatag'on mintaqalari
joylashgan 8 viloyat aholisini aksarini o'zbeklar tashkil etadi. XX asrning 70-
yillarida Afg'oniston aholisi 16 millionni tashkil etgan bo'lsa shundan 2 millionini
o'zbeklar tashkil etgan. Hozirgi kunda Afg'oniston aholisi umumiy soni 30
milliondan oshiqni tashkil etadi, shundan o'zbek millatiga mansub afg'oniston
fuqarolarining umumiy soni to'g'risida ma’lumotlarning ba’zilarida 3-5 million deb
berilsa, ba’zilarida 7-8 million deb beriladi. Afg'onistondagi o'zbeklarning soni
haqida aniq ma’lumotlarning yo'qligiga asosiy sabab o‘tgan 40 yildan buyon bu
yerda aholini ro‘yxatdan o’tkazish amalga oshirilmaganligidir. Bundan tashqari
urush afg'on xalqini tinimsiz bir joydan ikkinchi joyga ko'chishga majbur bo'lishi
bilan bog'liq.
Afg'oniston diyori ko'p millatli bo'lsa-da, o'zbeklar o'zining milliyligini
juda yaxshi saqlab qolgan deyish mumkin. Hatto O'zbekistondagi millatdoshlariga
nisbatan ham milliy qadriyatlar asl holicha rivojlanib kelmoqda, deb bemalol
aytishimiz mumkin. Bu hududda o‘tkaziladigan bayramlar, sayllar, to‘y va boshqa
marosimlarda milliylikka katta e’tibor beriladi.
Saroy urug‘i o‘zbek qadim urug‘laridan biridir. Afg‘onistonda Saroy urug‘i
Jawzjan
,
Balx
,
Sarepul
,
Faryob
va boshqa viloyatlarda yashaydi.
Afg‘onistonda Saroy urug‘ini joylar nomidan qidirish mumkin. Saroy joylari
Afg‘onistonda ko‘p. Ba’zi joylarning nomi “Saroy” deb atalgan; masalan,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
91
Foryobning
Sherintakob
ida joylashgan
Saroy
otli bir qishloq ham qayd etilgan.
Balxiy degan urug‘ saroydan tashqari, Qutchi, Qena, Gaz va Turkmanlar bilan
ham qo‘shilib ketgan. Chechqa urug‘i va Qatag‘on urug’si Manos urug‘i tarmog‘i
Qunduz, Takhor, Baghlon viloyatlarida yashaydi. Manbalarda Chechqa, Chechak,
Sheshka va Chechiq urug‘lari qayd etilgan; Chechak va Chechqa urug‘larining bir
xil bo‘lishi mumkin. Burhoniddin Kashg‘ariy „Rahnamoy-i Qatag‘on“ hamda
Badakhshon risolasida Toliqon yaqinida Chechqalar yashaydi deb yozgan. Lug‘ovt
esa Sheshka degan urug‘ni o‘zbek shajarasiga kiritgan. Xoniqov ham Chechqa
urug‘ini qayd qilgan.
Tarixiy manbalarda quyidagi o‘zbek urug‘lari va turkiy-teri mo‘g‘ul
urug’lari qayd etilgan: Qorloq, Barlos, Qo‘chin, Aralot, Musobozoriy, Qaltato‘y,
Mo‘g‘ul. "Turkiy teri-mo‘g‘ul" deyishdan maqsad – bu turk urug‘larining
mo‘g‘ullar bilan yashab, mo‘g‘ul tilida ham so‘zlashganidir. Ushbu urug‘larning
ota-nomi barcha 92 bobli o‘zbek nasabnomalarida uchraydi.
Amir Temur o‘rdusida ko‘plab urug‘ nomlari mavjud bo‘lgan. Quyidagi 11 ta
urug‘ Amir Temurning “Tuzuk” asarida qayd etilgan bo‘lib, u ularga xos
tamg‘alarni bergan: Barlos, Tarxon, O‘rxon, Jalo‘yir, Tulkichi, Duldo‘y, Mo‘g‘ul,
Sultonuz, Tuqoy, Qipchoq, Aralot va Totor.
Mo‘g‘ul ulusidan Temur Xo‘ja o‘g‘lon “Amir” laqabini olib, eng yuqori
martabali amirlardan biri bo‘lgan. “Tuzuk”da yana bir qancha urug‘lar ota-esasi
bo‘lgan shaxslar nomi bilan tilga olingan. Masalan: Erkinak, Qaroit, Yassun,
Turkman, Qo‘chin, Tulan, Juvon, Qovomi, Nemon va boshqalar. Bu urug‘larning
ba’zilari o‘zbek nasabnomasida tasdiqlanadi va uchraydi.
Shayboniylar Movarounnahrni egallaganidan so‘ng, Qipchoq dashtidan ko‘plab
ko‘chmanchi o‘zbek urug‘lari Movarounnahrga kelib, shu yerda joylashgan.
Eng muhim urug‘lar quyidagilar edi: Qipchoq, 140, Xitoy, Tuyog‘li, Jalo‘yir,
Mang‘it, Saroy, Qaniqlik, Qutchi, Qung‘irot, Qayot, Uyshunchi, Eruchi, Mist,
Tema, Yabu, Burqut, Qaroit, Mo‘g‘ul, Durmon va Kengashlar
2
M.Boboxo`jayevning “Afg`onistonning eng yangi tarixi kitobi” Toshkent-2009
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 3-son May 2025
92
Mo‘g‘ul Urug‘ining Tarixiy Tarqalishi va Hozirgi Holati
Bu urug‘lar Mo‘g‘ullar nahrda yashagan boshqa turkiy urug‘lar bilan
qo‘shilib, asta-sekin o‘troq turmush tarziga o‘tganlar. Siyosiy o‘zgarishlar
jarayonida ko‘plab urug‘lar Afg‘onistonning shimoliy hududlariga ko‘chib o‘tgan.
Odatda, qishloqlar shu urug‘lar joylashganidan so‘ng ularning nomlari bilan
atalgan. O‘zbek mo‘g‘ul urug‘i esa ko‘plab tarmoqlarga bo‘linib ketgan.
Manbalarda ushbu tarmoqlar qayd etilgan: Sort Mo‘g‘ul, Cherikche
Mo‘g‘ul, Ali Mo‘g‘ul, Yakka Mo‘g‘ul, Xofiz Mo‘g‘ul, Qara Mo‘g‘ul, Katta
Mo‘g‘ul, Sori Bosh. Bulardan tashqari, boshqa tarmoqlari ham bo‘lishi ehtimol
qilinadi. Mo‘g‘ul urug‘ining tarmoqlari O‘zbekiston, Tojikiston va Afg‘oniston
hududlarida mavjud
Afg‘onistonda bu urug‘lar asosan Badaxshon va Taxor viloyatlarida zikr
qilingan bo‘lsa-da, Balx, Jowzjon, Sari Pul, Bag‘lon kabi boshqa viloyatlarda ham
uchraydi. Ruscha manbalarga ko‘ra, Mo‘g‘ul, Qarluq, Barlos, Kalta Toy, Cho‘ng
va Changiz urug‘lari Badaxshon hududidagi Ashkoshim atrofida yashab keladi.
Xususan, Mo‘g‘ul urug‘ining 12 tarmog‘i qayd qilingan. Ular orasida Cherikche
Mo‘g‘ul, Ami Mo‘g‘ul va Yakka Mo‘g‘ul zikr etiladi. Barlos va Changiz esa asl
mo‘g‘ul urug‘i hisoblanmay, keyinchalik bu urug‘dan ajralib chiqqanlar sifatida
ko‘rsatiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Islomov, Z. – O‘zbek urug‘ nomlari va ularning semantik tuzilishi. – TDPU
ilmiy maqolalar to‘plami, 2015.
2.
Jabborov I. O‘zbek xalqi etnografiyasi. – Toshkent: O`qituvchi, 1994.
3.
Karomatov, A. – O‘zbek xalqining kelib chiqishi. – Toshkent: Fan, 1985.
4.
M.Boboxo`jayevning “Afg`onistonning eng yangi tarixi kitobi” Toshkent-
2009
5.
Oltoy Nurulloh. O‘zbek tili so‘zligi. — Shibirg‘on (Afg‘oniston): NS,
2007.
6.
M.Boboxo`jayevning “Afg`onistonning eng yangi tarixi kitobi” Toshkent-
2009
7.
www.BBC uzbek.com
3
www.BBC uzbek.com