Mualliflar

  • Dilshoda Olimjon qizi Homidova

Muallif biografiyasi

  • Dilshoda Olimjon qizi Homidova

    TOSHDO‘TAU 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123100

Kalit so‘zlar:

KALIT SO‘ZLAR fonetika unlilar undoshlar talaffuz me’yor usullar mashq topshiriq. Keywords: phonetics vowels consonants pronunciation standard methods exercise task. КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА фонетика гласные согласные произношение норма приемы упражнения задание.

Annotasiya

ANNOTATSIYA:      Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi unlilar tizimi, unli tovushlarning to‘g‘ri  talaffuz me’yorlari,  mashq turlari, talaffuzdagi fonetik mashqlarning ahamiyati ochib berilgan.  O‘quvchilarda  unli va undosh tovushlarning  talaffuzi va imlosini farqlolmaslik yoki chalkashtirish  kabi muammolar va ularni o‘qitishdagi samarali usullar berib o‘tilgan. O‘quvchilarda ba’zi unli va undosh tovushlarning talaffuzidagi tafovutlarni farqlash va ularni turli xildagi topshiriqlar  orqali  yechish yo‘llari ko‘rsatilgan.

Abstract : This article reveals the Uzbek vowel system, the correct pronunciation of vowels, types of exercises, and the importance of phonetic exercises in pronunciation. Problems such as not distinguishing or confusing the pronunciation and spelling of vowels and consonants in students and effective methods of teaching them are given. Students are shown the ability to distinguish the differences in the pronunciation of some vowels and consonants and solve them through various tasks.

АННОТАЦИЯ: В данной статье раскрывается система узбекских гласных, правильное произношение гласных, виды упражнений, а также значение фонетических упражнений в произношении. Студентам были поставлены такие проблемы, как неразличение или путаница в произношении и написании гласных и согласных, а также эффективные методы их обучения. Учащимся демонстрируется умение различать различия в произношении некоторых гласных и согласных и решать их посредством различных заданий.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

74

ONA TILI DARSLARIDA UNLI VA UNDOSH TOVUSHLARNI

O‘QITISHDA SAMARALI USULLARDAN FOYDALANISH

Dilshoda Olimjon qizi Homidova

TOSHDO‘TAU 3-bosqich talabasi

dilshodahomidova39@gmail.com

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi unlilar tizimi, unli

tovushlarning to‘g‘ri talaffuz me’yorlari, mashq turlari, talaffuzdagi fonetik

mashqlarning ahamiyati ochib berilgan. O‘quvchilarda unli va undosh

tovushlarning talaffuzi va imlosini farqlolmaslik yoki chalkashtirish kabi

muammolar va ularni o‘qitishdagi samarali usullar berib o‘tilgan. O‘quvchilarda

ba’zi unli va undosh tovushlarning talaffuzidagi tafovutlarni farqlash va ularni

turli xildagi topshiriqlar orqali yechish yo‘llari ko‘rsatilgan.

KALIT SO‘ZLAR fonetika, unlilar, undoshlar, talaffuz, me’yor, usullar,

mashq, topshiriq.

Abstract : This article reveals the Uzbek vowel system, the correct

pronunciation of vowels, types of exercises, and the importance of phonetic

exercises in pronunciation. Problems such as not distinguishing or confusing the

pronunciation and spelling of vowels and consonants in students and effective

methods of teaching them are given. Students are shown the ability to distinguish

the differences in the pronunciation of some vowels and consonants and solve them

through various tasks.

Keywords: phonetics, vowels, consonants, pronunciation, standard, methods,

exercise, task.

АННОТАЦИЯ: В данной статье раскрывается система узбекских

гласных, правильное произношение гласных, виды упражнений, а также

значение фонетических упражнений в произношении. Студентам были

поставлены такие проблемы, как неразличение или путаница в


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

75

произношении и написании гласных и согласных, а также эффективные

методы их обучения. Учащимся демонстрируется умение различать

различия в произношении некоторых гласных и согласных и решать их

посредством различных заданий.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА фонетика, гласные, согласные, произношение,

норма, приемы, упражнения, задание.

Til o‘rganish jarayonida fonetika — ya’ni tovushlar tizimi va ularning

talaffuzi — asosiy va muhim tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa,

og‘zaki nutqni to‘g‘ri shakllantirishda unli va undosh tovushlarning aniq, tabiiy va

adabiy talaffuz qilinishi o‘quvchining fonetik kompetensiyasini rivojlantirishda

beqiyos ahamiyatga ega. Unli va undosh tovushlar, til tizimida eng muhim fonetik

birliklar bo‘lib, ular nutqning melodikasi, ohangdorligi va tushunarli bo‘lishiga

xizmat qiladi. Shuning uchun ularning to‘g‘ri talaffuzi til o‘rganuvchining nutq

madaniyatini shakllantiradi, so‘zlarni to‘g‘ri o‘qib eshitishda va aytishda asosiy rol

o‘ynaydi.Unli va undosh tovushlar talaffuzini o‘rganishda mashqlarning o‘rni

muhimdir. Bu mashqlar nafaqat talaffuzni yaxshilaydi, balki nutq a’zolari

faoliyatini muvofiqlashtirish, eshitish differensiasiyasini rivojlantirish va

artikulyatsiyani mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Mashqlar yordamida

o‘quvchilar tovushlarning joylashuvi, cho‘zilishi, og‘iz ochilishi darajasi, lablar

ishtiroki kabi xususiyatlarni ongli ravishda anglaydilar hamda ularni to‘g‘ri

ifodalashga o‘rganadilar. Bu, o‘z navbatida, noto‘g‘ri talaffuzning kamayishiga,

aniq talaffuz va nutq ohangining rivojlanishiga olib keladi. Fonetikani metodik

jihatdan o‘rgangan olimlar A.G‘ulomov, B.To‘xliyev, Yuldosheva Dilorom va

boshqalar.

Har bir unli va undosh tovushning talaffuzi va xususiyatlari o‘rganilgach,

talaffuzdosh ( bir-biridan bir tovush bilan farqlanuvchi, turli xil ma’nolarga ega

bo‘lgan so‘zlar tushuniladi) so‘zlar hosil qilishga oid o‘quv topshiriqlaridan

unumli foydalansa bo‘ladi. Chunonchi, 5-sinfda unli tovushlarning talaffuzi


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

76

o‘rganilgach, o‘quvchilardan faqat bir unli bilan farqlanuvchi (masalan, ber-bor,

bur, bo‘r, bir) so‘zlar hosil qilish, undosh tovushlar talaffuzi o‘rganilgandan keyin

bir undosh tovush bilan farqlanuvchi so‘zlar qatorini hosil qilish, ularning

ma’nosini izohlashni talab etadigan topshiriqlardan samarali foydalanish

mumkin.[6]

Fonetika bo‘limini o‘rganishda topshiriqlarning katta qismi adabiy talaffuz

me’yorini shakllantirish va imlo savodxonligini oshirishga qaratiladi. Og‘zaki nutq

ham, yozma nutq ham o‘z me’yorlariga ega. Og‘zaki nutqning me’yorlari

(orfoepiya) bilan belgilansa, yozma nutq me’yori imlo (orfografiya) bilan

belgilanadi. Adabiy talaffuz kishi madaniyatining birinchi belgisidir.

Talaffuz me’yorlarida bosh asos talaffuzning belgiga mumkin qadar

yaqinligidir. Masalan: biz boryapmiz deb yozsak, bu so‘zni shunga yaqin talaffuz

etishimiz ham kerak. Bu so‘zni

boropti, borotti, borvotti, borutti

deb aytish

noto‘g‘ri talaffuz sanaladi. Ona tili darslarida adabiy talaffuz, imlo, unli va undosh

tovushlarni o‘qitishga oid ko‘plab mashqlarni qo‘llash foydalidir. Quyidagi

topshiriq va usullar

Topshiriq.

Berilgan so‘zlar tarkibidagi qaysi tovushlar talaffuz va imloda moslashmasligini

aniqlang.

1.

Do‘s

5. Go‘sh

9. Urushmoq

13. Yomma- yon

2.

Istambul

6. Milyon

10. Tovlamoq

14. Reyting

3.

Boqqa

7. Gram

11. Istirob

15. Masxaraboz

4.

Maktap

8. Burin

12. Yombosh

16. Darvozavon

Bu metod orqali o‘quvchi talaffuzdagi va yozuvdagi tovushlar o‘rtasida

tafovutlarni aniqlay oladi. Har bir so‘zning og‘zaki va yozma shaklini fonetik

jihatdan taqqoslashni o‘rganadi. Berilgan topshiriq orqali o‘quvchilar og‘zaki va

yozma nutq orasidagi fonetik-grafik tafovutni tahlil qilish, talaffuz va imlo


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

77

o‘rtasidagi nomuvofiqlikni ilmiy asosda izohlash ko‘nikmalarini egallaydi. Shu

orqali o‘quvchilarda fonetik tahlil madaniyati, imlo va talaffuzni farqlash malakasi

shakllanadi.[3]

Topshiriq.

Quyidagi so‘zlarni jadvalga imlosi va talaffuziga ko‘ra joylashtiring.[2]

Oila, traktor, direktor, noyabr, muomala, okean, daraxt, ketyapti, o‘sdi, urush,

avtomat, amir, harf, ufq, ilm.

Imloda

Talaffuzda

Oila, …

Oyila, …

Ona tili darsliklaridagi orfoepiyaga doir o‘quv materiallarini berishda muallif

aholi hududiy talaffuzining (sheva) tilga ta’sirini inobatga olishlari kerak.

Talaffuzning imloga va aksincha yozuvning og‘zaki nutqqa ta’siri bo‘lishi

tabiiy. Talaffuzdagi har xillikka sabab sheva bo‘lsa, adabiy talaffuzni

shakllantirishning samarali usuli – fonetik mashqlar ustida ishlash. Talaffuz va

imloda ko‘pchilik o‘quvchilar bo‘g‘iz undoshi ‘‘h’’ tovushini chalkashtiradilar.

Bu uchun ko‘pgina fonetik mashqlar ustida ishlash kerak.

Topshiriq.

‘‘X mi yoki H’’

1.

…ammom 5. …isob 9. …arakat

2.

…alol 6. …ayol 10. …iyla

3.

…onadon 7. …izmat 11. …avotir

4.

…avf 8. …omashyo 12. …atti-

…arakat

13. …aspo‘sh 15. …ilvat 17. …irmon

14. …asharot 16. …arsang 18. …ususiyat

‘‘Xatoni top’’ metodi

. Bu metodda o‘quvchilar so‘zlar juftligida to‘g‘ri

yozilgan so‘zni belgilaydilar [1]va uning imlosiga diqqat qiladilar. "Xatoni top"

metodi – bu didaktik o‘yin asosida shakllangan ta’limiy texnologiyalardan biri


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

78

bo‘lib, u o‘quvchilarning yozma nutq madaniyatini rivojlantirishda, xususan,

orfografik ko‘nikmalarni mustahkamlashda samarali vositadir. Bu metod kognitiv

yondashuvga asoslanadi. Kognitiv yondashuvga ko‘ra, o‘quvchilar bilimni faollik

orqali o‘zlashtiradi. Xatoni topish, taqqoslash, tahlil qilish, aniqlash kabi aqliy

faoliyatlar o‘quvchilarning e’tibor, xotira va analitik fikrlash qobiliyatlarini

faollashtiradi.

Mikrob - mikro‘b Me’zon – mezon

Mikrasko‘p – mikroskop Kerotin - keratin

Million – milyon Morfalogiya - morfologiya

Biotin – biyotin Tonna – to‘nna

Diolog – dialog Qand - qant

Sabzavod – sabzavot Muallim - malim

Daromad – daromat Bahor – bohor

Bundan tashqari unli va undosh tovushlarni o‘qitishda quyidagi didaktik o‘yinlar

va metodlar foydalidir. O‘yinli metodlar (kartochkalar, rolli o‘yinlar, tovushli

jumboqlar ) multimedia vositalari( audiomatnlar, interaktiv doska, videodarslar)

orqali ham unli va undosh tovushlarni o‘qitish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Unli va undosh tovushlarni o‘qitishda samarali usullarni

qo‘llash til o‘rganish jarayonining muvaffaqiyat kalitidir. Talaffuzning to‘g‘ri

shakllanishi nafaqat tovushlarning aniq artikulyatsiyasiga, balki ularni tinglash va

farqlash qobiliyatiga ham bog‘liq. Shu bois, fonetik mashqlarni audio vositalar

bilan uyg‘unlashtirish o‘quvchining tovushlarga bo‘lgan sezgirligini oshiradi va

nutqini yanada tabiiy qiladi. Minimal juftliklar va interaktiv o‘yinlar orqali olingan

tajriba talaffuzdagi xatolarni kamaytirib, o‘rganilayotgan tilga bo‘lgan ishonchni

mustahkamlaydi. Shuningdek, har bir o‘quvchining ona tilidan kelib chiqadigan

fonetik qiyinchiliklarni inobatga olgan holda individual yondashuv qo‘llash

natijani sezilarli darajada yaxshilaydi. Eng muhimi, muntazamlik va sabr-toqat

fonetikani mukammal o‘zlashtirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 3-son May 2025

79

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

A. G‘ulomov va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent –

‘‘Fan va texnologiya’’-2012.

2.

B. To‘xliyev, M. Shamsiyeva, T. Ziyodova. O‘zbek tili o‘qitish

metodikasi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi

nashriyoti. Toshkent-2006

3.

D.

Yuldasheva.

O‘zbek

tilini

o‘qitish

metodikasi.

‘‘Durdona’’nashriyoti. Buxoro-2021.

4.

5-sinf uchun darslik. I qism. Ona tili. Toshkent -2024.

5.

11-sinf uchun darslik. ‘‘O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi’’. Davlat

ilmiy nashriyoti. Toshkent-2018.

6.

K. Qosimova, S. Matchonov, X. G‘ulomova, Sh. Yuldosheva, Sh

.Sariyev. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent- ‘‘Nosir’’nashriyoti. 2009.