Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
252
MOHIR CHANGCHI SOZANDA FAXRIDDIN SODIQOVNING HAYOTI
VA IJODI
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Cholg‘u ijrochiligi” fakulteti “Xalq
cholg ‘ulari” ta’lim yo‘nalishi II bosqich talabasi
Diyora Abdunazarova
Ilmiy rahbar: Axadjon Mamadaliyev
O‘zDK “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi dotsenti, Turon Fanlar
Akademiyasi faxriy professori
Annotatsiya: Ushbu maqolada mohir changchi, dutorchi va bastakor ustoz
san’atkor Faxriddin Sodiqov hayoti va ijodiga bag‘ishlanadi. Uning o‘ziga xos
ijod maktabi va ijrochilik ko‘nikmalari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlari: san’at, ijod, zamondosh, sozanda, qo‘shiq, maktab, mumtoz,
musiqa, chang, dutor.
Mumtoz musiqamizga qalban ixlos qo‘ygan, o‘tmishdosh va zamondosh
ustozlarga ergashgan, iqtidori baland, zukko va izlanuvchan, yosh sozandalardan
bir guruhi an’anaviy negizda kuy, qo‘shiq va ashula yaratish borasida izlandilar va
bu yo‘lda o‘z o‘rniga ega bo‘ldilar.
Ularning orasida katta avlod san’at namoyandalaridan o‘rnak olishga intilib
kelgan, o‘zining nodir qobiliyati bilan ajralib turgan mohir changchi Faxriddin
Sodiqov ham bor edi. Faxriddin Sodiqov mumtoz chang ijrochiligi bilan birga
zamonaviy o‘zbek milliy qo‘shiqchiligi va ashulachiligi, maqom ijrochiligi va
uning ta’lim uslubiyatida ham o‘ziga xos va salohiyati katta
IJODIY MAKTAB
yarata oldi. Milliy musiqa san’atimizning yarim asrlik tarixini uning salmoqli
musiqiy merosisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Ustoz shunchaki ijro etuvchi changchilardan bo‘lmagan. U tom ma’noda
izlanuvchan buyuk ijodkor-talqinchi sozanda edi. Faxriddin Sodiqov chang
cholg‘usini rang-barang milliy ohanglar bilan sadolantirishga harakat qilardi va
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
253
maqsadga erishish yo‘lida sozanda o‘z cholg‘usiga ravon xromatik tovushqatorni
hosil qilish uchun qoshimcha simlarni o‘rnatadi. Changning eng nozik sir-
asroridan to‘la voqif bo‘lgan usta yakkanavozlikdami, jo‘rnavozlikdami-nainki
jarangdor, yoki aksincha mayin, shirador va dardli nag‘malarni o‘ta mahorat bilan
yuzaga chiqara olardi.
Faxriddin Sodiqovning chang cholish uslubidan kelib chiqqan bir nechta
atama, ibora va tushunchalar keyingi avlod iste’moliga kirdi. Xususan, Ustoz
changga xos ikki xil rezlar (bilak va barmoqlar yordamida erishiladigan)ni
ajratarekan
“o‘rab”
,
“o‘tkazib”
,
“maydalamay”
cholish kabi iboralarni o‘rinli
ishlatgan.
Faxriddin Sodiqov tenggi yo‘q changchi, orombaxsh kuy, qo‘shiq, yalla va
ashulalarning mualifi bo‘lishlgii bilan bir qatorda, noziksadoli dutorchi ham
bo‘lgani rost.
Faxriddin Sodiqov dutor cholishda mukammallikka erishgan sozandalardan
bo‘lgan. Hammaga ma’lumki, dutor o‘zbeklar o‘rtasida sevimli, keng tarqalgan
cholg‘ular sirasiga kiradi.
Ayrim hamkasblarining aytishlaricha, changchi va bastakor sifatida nom
qozongan, katta obro‘-martabaga ega bo‘lgan, F. Sodiqov, dutor cholishda ham
mahoratini rasman pesh qilishni o‘ziga ep ko‘rmagan. Mubolag‘asiz shuni
ta’kidlab o‘tishimiz joizki, Faxriddin Sodiqov hech mubolag‘asiz XX asr ko‘p
qirrali sozandalik va nozik bastakorlik
DAXOSI
bo‘lgan.
Ustoz Faxriddin Sodiqov (1914-1977) buyuk san’at nomoyandasi, mo‘tabar
zot, bu ijodkorga o‘xshashni orzu qilmagan changchi, nafaqat changchi, balki
dutorchi, bastakorlarning o‘zi yo‘q desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ustozning yaratgan asarlari o‘zbek musiqa madaniyatida alohida tahsinga
loyiq.
Ularning bastakorlik ijodiyotiga, ijro, aniqrog‘i talqin san’atiga qo‘shgan
hissalari zamonamizga xos va mos tarzda ravnaq topib, yanada gullab yashnab
kelmoqda.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
254
Deyarli har bir asari sodda ko‘rinsada, ijrosi mukammal hisoblanadi.
Asarlarida ko‘pincha yorug‘likka intilish sezilib turadi.
Barcha yaratilgan asarlari xalq orasida munosib o‘ringa ega. Asarlari
quloqqa chalinganda odamni o‘ziga tortadigan, o‘zigagina xos xislatlar aks etib
turadi. Ortiqcha sadolar yo‘q , lekin o‘ta mayinlik , nafislik bor.
Ayniqsa, O‘zbekiston Radiosi va Televideniesi eshittirish va
ko‘rsatuvlarini boshlab beruvchi, “Navro‘z” va Mustaqillik yillarida, Davlat
bayramlari pirovardida jaranglovchi - “Tonggi sado” kuyi, shuningdek, “Gulnor”,
“Vatan marshi”, “O‘zbekcha vals”, “Raqqosa”, “O‘xsharsiz” kabi cholg‘u asarlari,
“Ey chehrasi tobonim” (Muqimiy g‘azali), “Dutorim” (A.Po‘lat she’ri),
“Qorabayir” (A.Po‘lat she’ri), “Zarafshon”(A.Po‘lat she’ri), “Bir go‘zal”
(Mirtemir she’ri), “Yor bilib” (S.Zunnunova she’ri), “Barno yigit” (S.Zunnunova
she’ri), “Bo‘l menga mahbub” (S.Zunnunova she’ri), “So‘lim bahor” (A.Isroilov
she’ri) kabi qo‘shiqlari xalqimiz tan olgan asarlardir.
Shu bilan birga, Ustozning changdagi ijrolarida viqor bilan o‘tirishlari ulkan
bir kalxatni eslatadi. Changni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan cholardilar. O‘z
sozlariga yuksak ehtiromlari, har bir sadolari, muayyan passajlari talqinida yaqqol
sezilib turadi. Go‘yoki changdan taralayotgan sado - tonggi shudring tebranishini
eslatib yuboradi.
“Faxriddin Sodiqov qaerda ijro etmasin, benuqson changini cadosini
eshitgan sozandalar unga tan berib, ofarinlar yog‘dirishgan. Hatto chang cholishni
bilganlardan bunday cholishni o‘zlashtira olishiga ko‘zi yetmay, changchilikdan
voz kechganlar ham bo‘lgan ekan. E’tirof etish mumkinki, chang ixtisosligi
bo‘yicha ham milliy, ham zamonaviy mezonlar nazarda tutilgan taqdirda uning ijro
yo‘li andoza etib qabul qilinishi kerak. Hech mubolag‘asiz ,Faxriddin Sodiqov XX
asr chang dahosi bo‘lgan”[2]!
Ayrim hamkasblarning aytishlaricha, changchi va bastakor sifatida nom
qozongan, katta obro‘ – martabaga ega bo‘lgan F.Sodiqov dutor cholishda ham
tanholigini pesh qilishni o‘ziga ep ko‘rmagan. Uning o‘zbeklarga xos andishali
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
255
fazilatlari, yuksak badiiy didi, o‘ziga va o‘zgalarga nisbatan o‘ta talabchanligi ana
shunday vaziyatlarda o‘zini mag‘rur tutishida yaqqol namoyon bo‘lgan.
Benazir changchi sifatida Faxriddin aka umr bo‘yi asosan ijroviy badiiy
jamoalarda faoliyat ko‘rsatgan. Xususan, o‘ttiz uch yoshidan boshlab u
O‘zbekiston radiosida uzluksiz tarzda dastlab orkestr, so‘ngra ansambl
jo‘rnavozligi bilan band bo‘lgan. Balki shu bois magnit tasmalarga yozdirib
qoldirilgan ulkan meroslaridan sanoqli asarlargina uning sof yakkanavozligida
bitilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
A.Odilov. “O‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik tarixi”. Toshkent. 2005 yil.
2.
R.Yunusov.
Faxriddin
Sodiqov.
Toshkent.:
O‘zbekiston davlat
konservatoriyasi, 2005, 33- bet.